cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qashqadaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyati Prezident, ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari rasmiy kanali.

Больше
Рекламные посты
822
Подписчики
-624 часа
-87 дней
+30630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

2️⃣ Xalqaro yoshlar ekologik oromgohining ikkinchi kuni sermazmun va samarali bo‘ldi. ✍️ Eko-oromgoh bayrog‘i rasmiy ko‘tarilgandan so‘ng, ishtirokchilar "Barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va bolalar hamda yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiya" yo‘l xaritasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi jiddiy vazifani bajarishga kirishdilar. 📝 O‘tgan yili qabul qilingan hujjat bu yil nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro ko‘lam kasb etadi, Turkiy mamlakatlarni ham o‘z ichiga oladi. — 2️⃣ День второй Международного молодежного экологического лагеря оказался насыщенным и продуктивным. ✍️ После официального подъема флага эколагеря, участники взялись за серьезную задачу по разработке предложений для расширения дорожной карты "Региональной стратегии по продвижению культуры устойчивого развития и вовлечению детей и молодежи в климатическую повестку". 📝 Документ, принятый в прошлом году, в этом году станет не только региональным, но и международным, включая в себя также Тюркские страны. 🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Показать все...
👍 1
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi
“Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi. 🔰Qarorga ko'ra, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o'rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Institut) hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi. 🏢Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta'lim resurs markazi faoliyati ularni Institutga qo'shish orqali tugatiladi. 🗂 Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etiladi. 📝 Shuningdek, 2024/2025-o'quv yilidan maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi. ▶️ Bunda: 🔹Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bo'ysunuviga o'tkaziladi; 🔹maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo'yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi tashkil etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Unga koʻra: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etildi. 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab: umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklarini oʻtkazib boriladi. 2025-yil yakuniga qadar: ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi. 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab: umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalari joriy qilinadi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etildi. 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab: Vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi; maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab: maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi; barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#soha_qonunchiligi ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra: Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi. 2024-yil 1-sentabrga qadar: har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab: ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi. Shuningdek: ➖ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi; ➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi; ➖har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
20:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul yuzasidan #uzbekiston24
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev bilan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli, imtihon jarayonlari bo‘yicha suhbatni tomosha qilib o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
ta'lim.mp4171.55 MB
#Kasbiy_rivojlanish #Koreya ⏺Ayni damda Agentlik tizimidagi maktablarning 28 nafar oʻqituvchilari Koreya Respublikasining Chungcheongnam provinsiyasi Cheonan shahrida amaliyot o‘tashmoqda. 📝 Trening davomida oʻqituvchilar uchun taʼlimning zamonaviy metodikalari, taʼlim jarayonida IT texnologiyalarini qoʻllash singari mavzularda maʼlumot berilmoqda va tajriba almashinmoqda. ✅ Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kurslari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
34:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Maktablarda fanlarni zamon talabalari asosida o’qitish zarurati #uzbekiston24 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
oo.mp4385.91 MB
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Bilimni baholash agentligi (sobiq DTM) tomonidan olinadigan imtihonlarning majburiy va mutaxassislik fanlaridan namunaviy test topshiriqlari Majburiy bloklar: Ona tiliRus tili va adabiyotiQoraqalpoq tili va adabiyoti Matematika ➖ Matematika (rus) ➖ O‘zbekiston tarixiO‘zbekiston tarixi (rus). Mutaxassislik fanlari:Huquqshunoslik Tarix ➖ Biologiya ➖ Fizika Kimyo Matematika Geografiya Ingliz tili Nemis tili Fransuz tili Ona tili va adabiyoti Rus tili va adabiyoti Qoraqalpoq tili va adabiyoti Ona tili va adabiyoti (o'zga tilli guruhlar uchun) ➖ Rus tili va adabiyoti (o'zga tilli guruhlar uchun)
Manba: Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-sayti.
@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.