MSR Aka - uka matematiklar
Открыть в Telegram
📌 Kuchli ustoz | 2020-yildan boshlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli o‘quvchilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy oʻquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
Больше555
Подписчики
-124 часа
-77 дней
-2830 дней
Архив постов
✅ Oʻquv kursimizni yangi manzilga koʻchirdik!
📍Sizlarga qulay boʻlishi uchun Asaka shaharda joylashgan 55-sonli maktabga oʻtdik.📌 Moʻljal: Bounty ro'parasi, IRIS kafesi yonida. Sizlarni 55-maktabda kutib qolamiz 😊 @msr_math
✅ Oʻquv kursimizni yangi manzilga koʻchirdik!
📍Sizlarga qulay boʻlishi uchun Asaka shaharda joylashgan 55-sonli maktabga oʻtdik.Sizlarni 55-maktabda kutib qolamiz 😊 @msr_math
Repost from N/a
❓ Maqsadli qabul nima degani?
📌 Agar siz maqsadli qabuldan foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.
❓ Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
➖ Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.
📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.
❓Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?
Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.
❓Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?
Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.
❓O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?
OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.
❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:
❌ Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;
➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️O'tgan yili 7-iyul kuni ruxsatnomalar chiqqandi. Bu yilgisi qachon chiqadi?
Ruxsatnoma — abituriyent uchun muhim hujjat. Joriy yilgi qachon berilishi hozircha noma'lum.
Unda:
- Тest sinovi topshirish hududi va hududga kelish vaqti - Test topshirish joyi nomi - Test topshirish manzili - Test topshirish alifbosi - Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi.Abituriyentlar ruxsatnoma my.uzbmb.uz sayti orqali olinadi! Eslatma, ruxsatnoma ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga ham beriladi. 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
Qabulning 1-bosqichi tugadi. 2-bosqich qachon?
◼️ Abituriyentlar 1-bosqichda hujjatlarini topshirib bo'lishdi. Bu bosqichda OTM tanlanmaydi.
Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlari iyul–avgust oylarida o'tkaziladi. Natijalar imtihondan keyingi kuni e'lon qilinadi.
➖ 2-bosqich: Testlar to'liq yakunlangach, abituriyent 15 kun davomida olgan baliga qarab OTM, yo'nalish va ta'lim shaklini tanlaydi
(Ularda tanlov ustuvorligi bilan 5 tagacha variant mavjud).
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️ Texnikum bitiruvchilari suhbat asosida imtihonsiz talaba bo'lishi mumkin
◼️ Amaldagi tartibga ko'ra, texnikum bitiruvchilari kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat asosida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining 2-bosqichiga qabul qilinishi mumkin!
📅 Buning uchun my.edu.uz orqali ro'yxatdan o'tish muddati: 5-iyuldan 25-iyulgacha
📌 Imtiyoz quyidagi bitiruvchilarga taalluqli:
🔹 Baholarining kamida 50 foizi "5" (a'lo) bo'lganlar;
🔹 Tibbiyot yo'nalishlarida esa kamida 85 foizi "5" bo'lishi kerak;
🔹 Imtiyoz texnikumni bitirgan kundan boshlab 2 yil davomida amal qiladi.
🗣 Suhbat qanday o'tadi?
▪️ 4 ta savol beriladi;
▪️ Maksimal ball — 100;
▪️ O'tish bali — 67.
💳 Qabul to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
⚠️ Ushbu tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda xorijiy va nodavlat OTMlarga tatbiq etilmaydi.
🗓 Hujjatlar 5-avgustga qadar ko'rib chiqiladi, natijalar esa abituriyentning shaxsiy kabinetida e'lon qilinadi.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
❗️ 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga1️⃣soat qoldi.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59
📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Test uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59 ga qadar uzaytirildi — Bilimni baholash agentligi
❗️To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
‼️ESLATMA
#abituriyent
Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.
❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!
To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.
Barchaga omad!
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❓ Joriy yilida qaysi yo'nalishga qaysi fanlardan test topshiriladi?
Davlat oliy ta'lim tashkilotlarining barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha topshiriladigan fanlar majmuasi:
➖ Har bir yo'nalish bo'yicha 2 ta fan (yoki kasbiy (ijodiy) imtihon) belgilangan.
➖ Ro'yxatda 227 ta ta'lim yo'nalishi va ularning yo'nalish kodlari ko'rsatilgan.Siz o'zingiz tanlagan yo'nalishni topib, unga qaysi fanlar kerakligini ko'rishingiz mumkin. 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️Qabul tugashiga 1 kun qoldi
#abituriyent
Bugun, 24-iyun soat 08:03 holatiga ko’ra oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 616 ming 415 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 O‘zbek tili — 545 ming 373 nafar;
🔹 Rus tili — 57 ming 804 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili — 11 ming 937 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 ming 301 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ erkaklar — 283 ming 738 nafar
🙋🏻♀️ ayollar — 332 ming 677 nafar
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.
“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
✅ Bunda:
🔹 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;
🔹 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida matematika va chet tili fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
🔹 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;
🔹 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
🔹 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;
🔹 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
🔹 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🔹 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2025-2026-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.
🖊 @BMB_testbot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin.
🔗 @talim_eduuz
🎓 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihonlari
🔗 @msr_math
Repost from N/a
❗️Qabul tugashiga 3 kun qoldi
#abituriyent
Bugun, 22-iyun 08:08 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 486 ming 682 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 o‘zbek tili — 430 ming 875 nafar;
🔹 rus tili — 45 ming 738 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili — 9 ming 4 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 65 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 207 ming 15 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 259 ming 667 nafar
@talim_eduuz
Repost from N/a
Nega bizda diplomga qiziqish kuchli?
➖ Nega O'zbekistonda ko'plab abituriyentlar qaysi yo'nalishga kirish oson bo'lsa o'shanga kirishga harakat qilishadi?
➖ Yoki teskarisi, nega diplomining nufuzi baland oliygohga kirishga harakat qilishadi?
Abituriyentlarga yuborib qo'ying!
❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent@talim_eduuz
