Xonqizi🐞
Kanal faqat ayol-qizlar uchun! Ey lutf ila yaralgan ayollar. Ilm, taqvo, farosat, nafosat sizda mujassam bo‘lmog‘i lozim. Iltimos, mualliflik huquqiga rioya qiling! Kanal linki: @xonqizii Murojaat uchun: @xonqiziibot Hamkorlik uchun: @xonqizida_reklama
Больше2 519
Подписчики
+924 часа
+477 дней
+7630 дней
- Подписчики
- Просмотры постов
- ER - коэффициент вовлеченности
Загрузка данных...
Прирост подписчиков
Загрузка данных...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sog‘inch - butun yer yuzini asir olgan bir iqlimdir! Sovitadi, og‘ritadi, ranjitadi...
Xonqizi
❤ 22🍓 4👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tanimdagi dardlarga shifo bergan Allohim! Siniq qalbimga boshqa jarrohlardan shifo so‘ragan har onim uchun afv et!
Xonqizi
😢 45❤ 12🥰 6👍 3🍓 1
Ko‘pchilik kitob o‘qishga dangasalik qilishini, buni qanday yengishni, nimani qayerdan qanday boshlashni bilmaydi. "G‘oyibona" ni kuzatar edim. Mana yana yangi loyiha bilan qaytibdilar. Ilmga, mutolaaga chorlaydigan kanallarni hech qanday shartlarsiz tavsiya qilaman. Siz ham ulanib oling! Yangi kitobxon dugonalar, kitobxon jamoa bilan uzoqlarga sayohat qilasiz!
Kanalga ulanish uchun link:
https://t.me/dofamiin94
https://t.me/dofamiin94
https://t.me/dofamiin94
O‘tgan hafta botga murojaat qilgan edilar, keyingi haftaga degan ekanman. Va'da - va'da! Keyin G‘oyibona ekanliklarini bilib qoldim va men ham g‘oyibona tavsiya qilishga qaror qildim.
👍 9❤ 3
Repost from Dofamin || 📚
Фото недоступноПоказать в Telegram
E’lon🧕
Kitobxonlik bekati
Sizni azizalarni yangi va qiziqarli loyihamizga taklif qilamiz! Istalgan 5 nafar qiz bilan birgalikda (qizlar har safar o’zgarishi mumkin) har kuni bir vaqtning o'zida tanlab olingan kitobdan bir betdan o'qib, so'ngra o'qiganlarimizni muhokama qilamiz.
Loyiha tafsilotlari:
🕰️ Boshlanish vaqti: Har kuni (Shanba yakshanbadan tashqari) soat 15:00
📚Kitoblar: Eng ko’p ovoz yig’gan kitob;
🧕 Muhokama: O'qish tugagach, o'qiganlarimizdan olgan saboqlarimizni, tushunchalarimizni birgalikda muhokama qilamiz
Bu loyiha orqali biz yangi bilimlarga ega bo'lamiz, fikrlarimizni boyitamiz va kitobga bo'lgan muhabbatimizni yanada kuchaytiramiz. Barcha ishtirokchilar bir-birlariga qo'llab-quvvatlovchi va rag'batlantiruvchi bo'lishadi.
Maqsadim birgalikda o’qib, fikr almashib, o’z kamfort zonamizdan chiqish!Tez kunda kuni vaqti e’lon qilinadi🧕 📱 Telegram
👍 14👏 5
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarning aksariyati bolasini hojatxonaga tashlab ketgan ayol, bolasi bilan o‘zini suvga tashlagan ayol, bolalari bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagan ayol, erini qotiliga aylangan ayol... Bularning oxiri ko‘rinmayapti.
Lolaqizg‘aldoq kabi nozik bir xilqat egalari qanday qilib bunday vahshiyliklarga qo‘l uryapti? Bo‘y yetguncha hatto otasining ko‘ziga tik qaramagan, to‘yigacha uyidagilardan uyalib yurgan, homilador bo‘lsa, ota uyiga borishga uyaladigan ojizalar nima uchun aynan turmushdan keyin fe'lida qahri qattiqlik oshib ketyapti.
Qachonlardir hamma qizlar yaxshi-ku, yomon xotinlar qayerdan keladi, degan gapni eshitgandim. Buning ma'nisini endi tushunib yetyapman.
Qizlarni pishir-kuydirga, tikish-bichishga, oliygohga, kelinlikka tayyorlashadi-yu, onalikka, ayollikka, insonlikka o‘rgatishmaydi. Vaqti kelsa, og‘ir-vazmin bo‘lish, murosa-yu madora qilish, qarshingizdagi inson ming nuqsonli bo‘lsin, Allohdan hidoyat so‘rash, o‘zining va boshqalarning haqqiga duo qilish va shu orqali murodiga yetishni eslatishmaydi.
Oiladagi har qanday kelishmovchilikni jahl bilan emas, aql bilan to‘xtatishga, qaror qabul qilganda faqat o‘zini o‘ylash emas, Allohga xush kelish-kelmasligi haqida tafakkur qilishga undashmaydi.
Bu borada juda ko‘p va xo‘p gaplar aytiladi. Katta ustozalar, tajribali ayollar tomonidan tavsiyalar beriladi. Kelinlarni mana shu holga olib kelib qo‘yayotgan oila a'zolariga ayblar qo‘yiladi. Ammo ular o‘zgarmasa, bolalar o‘limi, o‘z joniga qasd qilish, qotilliklar davom etaveradimi?
Ularni o‘zgartirishning imkoni yo‘q bo‘lsa, unda, o‘zni o‘zgartirishning iloji bor-ku? O‘zini o‘zgartirish boshqalarning o‘zgarishini kutib yashashdan yengilroq-ku? Ularning o‘zgarganiga ishonish qiyin, lekin o‘zini taftish qilish osonroq-ku?
Iltimos, o‘zingizga ozor berayotgan vaqtingizda, sizdan keyin dardingizga chiday olmay yonadigan onayizoringizga, otajoningizga joningiz achisin. Allohning huzuriga qaysi yuz bilan borishni o‘ylang. O‘lim bilan hammasidan qutulaman desangiz, yanglishasiz. Hamma haqiqat o‘limdan keyin boshlanadi. Jon omonat, uni o‘z Egasi vaqti-soati bilan olmaguncha xiyonat qilmang!
Xonqizi
❤ 39👍 8🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shunday bir inson bo‘lingki, "Alloh senga o‘zing kabi birini uchratsin" deganlarida, xotirjamlik bilan "Amin" deya biling!
Xonqizi
❤ 64🔥 12👍 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
Xatolaringga eng to‘g‘ri baho beradigan bu - Onadir!
Xonqizi
❤ 43👍 12🥰 2🕊 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Allohim! Qalbimdagi ne'matlarning eng buyugi senga bo‘lgan umidimdir!
Xonqizi
❤ 45😢 10🔥 6👍 4🥰 3🐳 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Samimiyat - eng go‘zal karomatdir!
Xonqizi
❤ 55👍 11🔥 5
Выберите другой тариф
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.