cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Kitobdan parcha

Jahon bestseller kitoblaridan jumlalarni o’qing va kitoblar haqida ma’lumot oling📚 •Mazmunli va motivatsion jumlalar •Buyuk insonlardan iqtibos Biz bilan qoling hamda o’zingizni rivojlantiring🔝 Reklama: @kitobiyiqtibosreklama Murojat: @islomjon_ldn

Больше
Рекламные посты
22 420
Подписчики
-1824 часа
-1007 дней
-64130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

...Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. 📚”Dunyoning Ishlari” @kitobiyiqtibos
Показать все...
👍 117😢 52💔 39 28🔥 13 3😁 1🎉 1
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha. ©️Jaloliddin Rumiy @kitobiyiqtibos
Показать все...
🔥 169👍 56 37 16🎉 4😢 3
Mehmondorchilik Mezbon, dasturxondagi «quruq meva»larni olmaxondek ildamlik bilan «shipirib tashlayotgan» mehmonga zimdan razm solib turib, iltifot qildi: — Marhamat qilsinlar, mehmon, marhamat qilsinlar! Manavi «chaq-chuq» lardan jinday-jinday tanovul qilib o'tirsinlar… — Rahmat, — dedi mehmon «yumushi»ni bamaylixotir davom ettirib. — Otam rahmatli o'lar chog'ida menga vasiyat qilganlar. «Mehmonga borsang, o'nta mayiz, o'nta mag'iz, o'nta xandonpista, o'nta bodom, o'nta yeryong'oq, o'nta turshak, o'nta sho'rdanak, o'n bo'lakkina burama holva tanovul qilmasang, mezbon xafa bo'ladi», deganlar… — Hay-hay-hay! Otangiz ko'-o'-o'p donishmand bo'lgan ekanlar-da! Mabodo shuncha narsani bir yo'la tanovul aylash odamni jinday beorom qiladi, demaganmilar? — Aytganlar! «Shuncha ne'matni tanovul etish og'irlik qilsa yoki shoshib turgan bo'lsang, mevalardan to'rtta-to'rttadan yegin-da, qolganini cho'ntagingga solib qo'y, bo'lmasa, mezbon xafa bo'ladi», deganlar. — E, barakalla, mehmon, barakalla! Marhamat, olaversinlar! So’raganning aybi yo'q, mabodo otangizning oldiga shoshib turganingiz yo'qmi? 📚”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar “ @kitobiyiqtibos
Показать все...
😁 185👍 25 12 7🔥 5🎉 1
Donolar aytadigan gaplari borligi uchun gapiradilar. Ahmoqlar esa biror narsa deyish uchun gapiradilar. ©️Plato @kitobiyiqtibos
Показать все...
👍 166 30😁 22🔥 21 13💔 6
OQ, OYDIN KECHALAR Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom bo’lardi. Erta bahorda qiyg‘os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: «Bodom yolg’iz bo’lgani uchun meva qilmaydi», deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga koloblatib suv separ, kunbo’yi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo‘shilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit bo’lib qolar edi… 📚”Dunyoning Ishlari” @kitobiyiqtibos
Показать все...
🔥 113👍 51 33😢 29 8💔 8🎉 1
Yashash uchun vaqtimiz oz emas, balki ko'p vaqtimizni behuda sarflaymiz. ©️Seneca @kitobiyiqtibos
Показать все...
👍 164🔥 45 31😢 28 25😁 1
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Qiyomat qachon, ey Allohning Rasuli!» deb so’radi. «Sen unga nima tayyorlading?» dedilar. «Men unga ko’p namoz, ro’za va sadaqa tayyorlaganim yo’q. Lekin Allohni va Uning Rasulini yaxshi ko’raman», dedi. «Sen o’zing yaxshi ko’rganlar bilan birgasan», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «Biz ham shundaymi?» dedik. «Ha», dedilar. O’sha kuni qattik xursand bo’ldik»ni ziyoda qilgan. 📚”Yaxshilik va axloq” @kitobiyiqtibos
Показать все...
👍 135 53🔥 28😢 21 3
Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad-gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan? ©️Jaloliddin Rumiy @kitobiyiqtibos
Показать все...
🔥 217 57👍 46😢 19 7💔 3😁 2🎉 1
Kutishni bilgan odamga hamma narsa o'z vaqtida keladi. 📚”Urush Va Tinchlik” @kitobiyiqtibos
Показать все...
👍 219🔥 60 42 27😢 8💔 7
Uddaburon — Mening o'g'lim shunaqa uddaburonki, tegirmonga tushsa, butun chiqadi! — Meniki tegirmonga tushsa bir qop un orqalab chiqadi! 📚”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar” @kitobiyiqtibos
Показать все...
😁 291👍 46 25🔥 18 12😢 4💔 3🎉 1