cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QR METODIKALÍQ XIZMET KÓRSETIW BÓLIMI

Medodik xızmet kórsetiw bólimi

Больше
Рекламные посты
1 382
Подписчики
-124 часа
-247 дней
-11530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from N/a
Фото недоступноПоказать в Telegram
📚 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablarda 2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi 🧑‍🏫 2024-2025 o'quv yili boshlanguniga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinf “Tabiiy fan (Science)”ning mazmun-mohiyati boʻyicha “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
👉 Yuqoridagi fanlar bo'yicha ochiladigan qisqa muddatli ONLAYN o'quv kurslari haqida xabar beramiz. Bizni kuzatib boring.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 26-martdagi 94-son buyrug'i.
🌐 Malaka oshirish|CPD_official
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Фото недоступноПоказать в Telegram
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi ✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi. ➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan. ❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz. ✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. 👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
👍 1
Общий доступ 2_5379895761754409883.pdf
Показать все...
👍 1
Repost from O'qituvchi
⚡️Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarini rag'batlantirish jamg'armasi mablag'larini shakllantirish manba'si bo'lgan, umumta'lim muassasalarning dirеktor jamg'armasiga ajratilgan mablag'larning 5 foizi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, shu jumladan mеtodistlari hamda umumta'lim muassasalari dirеktorlarini moddiy qo'llab-quvvatlash tadbirlariga yo'naltirilish mumkinligi to'g'risida KO'RSATMA XAT. 2024-yil 17-may 💰Oylik bot «O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @oqituvchi_ga https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
Показать все...
Repost from O'qituvchi
Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?) Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi. Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi. 💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi. 🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi. ©uztdi 💰Oylik bot «O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @oqituvchi_ga https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
Показать все...
👍 1