cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Farosat bilan o'qing...

Gel gör beni beni aşk neyledi Derde giriftar eyledi.. #İlahi Aksariyat yoshlar biroz bo‘lsada fikrlagan qizni ko‘rsalar o‘limdan qo‘rqqanday qo‘rqib ketadilar. #iqtibos Murojaatingiz bo'lsa : @tezyozing_bot ga tez yozing ^_^

Больше
Рекламные посты
1 283
Подписчики
+124 часа
+537 дней
+12830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam har tong otganda:
اصبحنا و اصبح الملك لله والحمد لله لا شريك له لا اله الا هو و اليه النشور
O'qilishi: asbahna va asbahal mulku lillahi valhamdu lillahi la shariyka lahu la ilaha illa huva va ilayhin nushuur. Ma'nosi: Tong ottirdim. mulk allohnikidir. allohga hamd va sanolar bo'lsin. uning sherigi yo'q. undan boshqa iloh yo'q. qabrlardan tirilib qaytish ungadir. @qaalbdaftari
Показать все...
❤‍🔥 15 3🥰 3🔥 2🌚 2🕊 1🍓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yangi ilm in shaa Alloh)
Показать все...
🌚 4🍓 3🥰 2❤‍🔥 1 1🕊 1
🌸 Iftor Alhamdulillah @qaalbdaftari
Показать все...
❤‍🔥 15🥰 2 1🕊 1🌚 1💯 1🍓 1🤗 1💘 1
Duoning ijobatidan koʻra uning ijobat boʻlishiga boʻlgan ishonch muhimroq Chunki eʼtiborini ijobatga qaratgan kishi - voqeaga, yaʼni maxluqqa eʼtibor berayotgan boʻladi. Ijobatga ishongan kishi esa Allohga ishonayotgan boʻladi Duo baribir ijobat boʻladi. Yoki roʻyobga chiqish bilan, yoki undan yaxshirogʻi nasib qilishi bilan va oxiratda bitmas savob berilishi bilan. Muhimi Alloh duolarni javobsiz qoldirmasligiga ishonish kerak. © Azizbek Zubaydullayev ustoz @qaalbdaftari
Показать все...
❤‍🔥 15 5🌚 2🔥 1🥰 1🕊 1🍓 1
#toliblarga Sen o'zing xohlagan narsangga erisha olmaysan, istagan narsalaringni tark qilmasdan. Ya'ni sen istagan narsalaringni tark qilmasdan, aslo xohlagan narsangga erisha olmaysan. Orzu qilgan narsangga, yomon ko'rgan narsangga sabr qilmasdan erisha olmaysan. Albatta katta yutuqlar nimanidir evaziga keladi! Olimlarni siyratini o'qisangiz, tuni bilan ilm o'qir edi, muzokara qilar edi, ibodat qilar edi, kunduzlari ro'za tutardi... Mashaqqatlar mehnatlar bilan erishiladi. ©Ustoz Husayn Buxoriy @qaalbdaftari
Показать все...
💯 19❤‍🔥 8 3🔥 2🥰 2🌚 2🕊 1🍓 1🤗 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌸 Iftor...) Alhamdulillah 🌙 Soatlarcha ro'za tutganimizdan keyin 10 daqiqa ichida to'yishimiz, bizlarga dunyo havaslarini o'tkinchi ekanligini isbotidir. ©ذكية @qaalbdaftari
Показать все...
35❤‍🔥 11🥰 5🌚 4🔥 3🎉 1🕊 1🍓 1🤗 1
Kechirdim dedimu ammo kechira olmadim... Alloh taolo eng marhamatli Zotdir. U avf qiluvchi va kechirguvchidir. Ammo men bir oddiygina bandaman xolos. Meni qalbim shunday kir, men bir qulman, gunohkor bandaman shu sabab ko'p holatlarda kechirdim, unutdim deymanu ammo uning aksi bo'ladi. Na qilay bu holatni boshqara olmayman. Ammo boshqara oluvchi yagona Zot Allohdan doim so'rayman. " Ya Rabbiy, men uni kechirdim dedimu ammo negadir kechira olmadim... Ammo Sen uni kechirgin Robbim, sen unga bir bandanga bera oladigan barcha yaxshiliklaringni bergin Robbim. Imkon bo'lsa meni qalbimdan ham unga nisbatan adovatni olib qo'ygin Allohim. Bu mening qo'limdan kelmadi ammo shubhasiz Sen bunga Qodir yagona Zotsan... " ©ذكية @qaalbdaftari
Показать все...
❤‍🔥 20 6💘 4🔥 2🕊 2💯 2🥰 1🌚 1🍓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔔 Ashuro kuni in shaa Alloh 16-iyul kuniga to'g'ri kelmoqda ekan. Ma'lumingizkim Ashuro ro'zasini Muharram oyining faqat o'ninchi kunidagina emas balki to'qqizinchi kuni bilan birgalikda tutilsa maqsadga muvofiq bo'lishi haqida bu postda aytgan edik. ➡️ Post. Albatta o'qing! 🔎Yuqoridagi hadis sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'zlari Ashuro kuni ro'zasini tutib, ummatlariga ham o'sha kunning ro'zasini tutishni amr qilganlarida ba'zi xabardor sahobiylar u zot sollallohu alayhi vasallamga yahudiy va nasroniylarning Ashuro kunini ulug'lashilarini eslatdilar. Chunki sahobai kiromlar Payg'ambarımız sollallohu alayhi vasallamning yahudiy va nasroniylarnikiga o'xshagan ishni qilmasliklarini, doimo ularnikidan boshqacha, Islom ummatiga xos ish qilishlarini yaxshi bilar edilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarning Ashuro kuni ro'zasi haqidagi xabarlarini bag'rilenglik bilan qabul qildilar va yanagi yili yahudiy va nasroniylarga o'xshab, Muharram oyining faqat o'ninchi kunining emas, balki ularga xilof qilib, to'qqizinchi kunining ro'zasini ham tutishlarini aytdilar. Ammo o'zlari kelgusi yilning Ashuro kuni kelmasidan Rafiqi A'loga rihlat qildilar. Lekin gaplari o'z kuchida qoldi. Barcha mo'min-musulmonlar u zotning aytganlarini qilib, Muharram oyining to'qqizinchi va o'ninchi kunlari ro'zasini tutishga otlandilar. 📌Yuqorida nega to'qqizinchi kuni ham tutish kerakligi haqida to'liq yozilgan. @qaalbdaftari
Показать все...
15❤‍🔥 4🌚 3🔥 1🥰 1🎉 1🤩 1💯 1💔 1🍓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Xitob Allohim! Bizlarni O’zingning eng suyukli bandalaring qatoridan qilishingni so’rayman. Bizni ummatga manfaatli qilgin va to’g’ri yo’ldan adashtirmagin. Bizga O’zing rozi bo’ladigan hayot nasib etgin. Bizni kuchlilar, quvvatli va taqvodorlar safidan qilgin. Bizni Seni rozi qilishga intiladigan va Sendan qo’rqadigan odamlar bilan o’ragin. Bizni toqatidan ortiq sinov bilan sinama Robbim. Bizga O’z huzuringdan ko’plab manfaatli va Rabboniy ilmlar hamda yuksak fahmu farosat ato ayla. Ey Robbim! Bizni yolg’iz O’zingdan boshqa hech kimga va hech narsaga muhtoj etma va bizni O’zingdan boshqa biror kimsaga va biror narsaga yor etma (bog’lab qo’yma). Bizni shokirlar, tavvobinlar (ko’p tavba qiluvchilar) va zokirlar qatoridan qilgin. Bizni Sening oldingdagi burchlarini ado etishida sobitqadam qilgin! Ikki dunyo azobidan saqlagin. Bizni hisobsiz jannatingga kirguvchilar qatoridan qil. Bizni o’z nafsimizning yomonligidan asra va barcha gunohlarimizni mag’firat et. Bizni O’zingga oshiqlardan qilgin. Bizni butun dunyo ahli uchun O’z rahmatingning vositachisi qil. Ya arhamar Rohimiyn. Ushbu duoimizni Payg’ambarimiz alayhissalomning duolarini qabul aylaganing kabi qabul et. Omin. © farzand haqqi uchun so'ralgan duoni, o'zimizga xitob shaklida o'zlashtirildi! @qaalbdaftari
Показать все...
❤‍🔥 13🔥 4 3🥰 3🕊 1🌚 1🍓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Endi ishq bizni yo'qlab kelmaydi. Chunki biz ustiga "beton" quyilgan tuproqning ostida qolgan va endi sira ochilmaydigan ikki dona moychechak urug'larimiz... @qaalbdaftari
Показать все...
💔 25❤‍🔥 8🌚 3 2🕊 2🔥 1🍓 1🤓 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.