cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Durust media 🇺🇿

🇺🇿Durust media tahliliy axborot sahifasi •Iqtisodiy tahlillar •Geosiyosiy yangiliklar •Ijtimoiy fanlar •San'at va madaniyat •Murojaat uchun @durust_admin1

Больше
Рекламные посты
403
Подписчики
-124 часа
-107 дней
-2930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇸AQSh Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol Oq uyni Kiyevga Amerika qurollari bilan Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishiga ruxsat berishga chaqirdi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
#tahlil Global Janubga yaqinroq nazar Carnegie Fondi’ga koxirgiq vaqtlarda Global Janub konsepsiyaning qayta tiklanishi global tartibda o’rnatilgan tengsizlik bilan bog’liq. Global Janub tushunchasi postkolonial va rivojlanayotgan mamlakatlarning dunyo ishlarida birdamligini ko’rsatuvchi ajoyib qayta tiklanishni boshdan kechirmoqda. Biroq, ba’zilar bu atamani rad etishga chaqirmoqda. Financial Times kolumnisti A.Bitti bu terminni “umuman foydasiz” hisoblasa, Foreign Policy eksperti K.Raja bu ibora mamlakatlarni yagona birlik sifatida ko’rib, mustaqillikdan mahrum qilishini aytmoqda. Boshqa guruh tanqidchilar esa bu termin geografik nazardan xatoligiga ishora qilishyapti. Xususan, Hindiston ekvator chizig’idan yuqorida, boyroq va Global Janubga kirmaydigan Avstraliya va Yangi Zelandiya esa pastda joylashgan. Bundan tashqari, bir qator olimlar, Global Janubni “rivojlanayotgan mamlakatlar” yoki “uchinchi dunyo”ga sinonimligini ta’kidlaydilar. Global Janub boshqaruv tizimlari, iqtisodiy sharoitlar, strategik mavqei va madaniy o’ziga xoslik jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladigan bir qator mamlakatlarni qamrab olganligi ham ziddiyatli baholanadi. Yuqoridagi tanqidlarga qaramay atamaning siyosiy ahamiyati va ramziy potensialini inobatga olish o’ta muhim. Xususan, o’nlab yillar davomida Global Janub konsepsiyasi past va o’rta daromadli mamlakatlar hukumatlari va fuqarolari tomonidan ijobiy qabul qilindi. Ekspertlarga ko’ra, Global Janub termini sovuq urushda tomonlarni tanlashdan qochishga intilgan Qo'shilmaslik harakati (QH) a’zolari uchun foydali bo’ldi, chunki bu ikki atamalar turli mamlakatlarni umumiy dastur asosida birlashtirdi. Ya’ni, tarixiy jihatdan bo’ysunuvchi davlatlarning ovozi va ta’sirini kuchaytirib, ularni iqtisodiy va siyosiy birlashtirishga hamda global kuchlar muvozanatini o’zgartirishga imkon berdi. Hozirgi global o’zgaruvchanlik sharoitida Global Janub ostida qandaydir katta qarshilik guruh/blokni emas, balki yanada adolatli xalqaro iqtisodiyot va dunyo tartibini qayta ko'rib chiqishni talab qilayotgan davlatlar guruhini tushunish kerak. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇨🇴🇵🇸Kolumbiya prezidenti Falastinda elchixona ochishga buyruq berdi, — CNN. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇸🇪🇪🇪🇨🇿🇳🇱Niderlandiya, Chexiya, Estoniya va Shvetsiya Yevropa Ittifoqiga “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun qabul qilinsa, Gruziya bilan vizasiz rejimni bekor qilishni taklif qildi. Bundan tashqari, mamlakatlar Yevropa fondlaridan Gruziyaga mablag‘ o‘tkazishni to‘xtatib, maqsadli sanksiyalarni qabul qilishni taklif qilmoqda. Takliflar may oyi oxirida Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida muhokama qilinadi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
🤷‍♂ 1👍 1👏 1
Shubhasiz, Irlandiya, Norvegiya va Ispaniyaning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi xalqaro maydonda muhim voqea bo'ldi. Bu qaror ko'proq ramziy ma'noga ega bo'lsa-da, katta siyosiy va diplomatik oqibatlarga olib keladi: - xalqaro maydonda falastinliklarni ma'naviy va diplomatik qo'llab-quvvatlash kuchayishi. Yaqin vaqtda boshqa davlatlar ham Falastin xalqi bilan birdamlikni bildirib, Terrorchi isroil-Falastin mojarosiga nisbatan o'z pozitsiyalariga aniqlik kiritishlari mumkin. Ya’ni boshqa mamlakatlar, ayniqsa Yevropada, Irlandiya, Norvegiya va Ispaniyadan o'rnak olishlari mumkin. Bu esa o’z navbatida mojaroni tinch yo'l bilan hal qilish uchun terrorchi isroil va uning ittifoqchilariga qo'shimcha bosim o'tkazishga xizmat qiladi. - yuqoridagi davlatlarning terrorchiisroil, uning bosh homiysi AQSh hamda boshqa G’arb davlatlari bilan munosabatlari murakkablashishi. Taxminlarga ko’ra, mazkur qadam YI ichidagi kelishmovchiliklarni kuchaytirishi mumkin, bu esa Yaqin Sharqqa nisbatan yagona tashqi siyosatni shakllantirishga xalaqit beradi. Bundan tashqari, bu Yervropa diplomatiyasining yanada parchalanishiga va YIning xalqaro maydondagi ta'sirining zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan ushbu e’tirof orqali yuqoridagi uchlik Arab va musulmon davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashi hamda iqtisodiy-siyosiy dividend olishi istisno qilinmaydi. - ichki siyosatda qutblanish. Xususan, terrorchi isroil-Falastin mojarosi masalasi deyarli barcha mamlakatlarda aholining ikkiga bo’linishiga sabab bo’ldi va shu sabab Falastinni tan olgan davlatlarda ichki siyosiy vaziyat keskinlashishi mumkin. 🇵🇸⚡️🇮🇱 Bu fonda terrorchi isroil va Falastin qanday choralarni amalga oshirishi kutilmoqda? Rasmiy Tel-Aviv Falastinning tan olinishiga aniq salbiy munosabat bildiradi. Masalan, zikr etilgan davlatlardagi elchilar darhol maslahatlashuvlar uchun chaqirib olindi. Ekspertlarga ko’ra, yahudiylar Madrid, Oslo, Dublinga qarshi hatto sanksiyalar kiritishi va ularga qarshi targ’ibot ishlarini boshlashi mumkin. Falastinliklar esa aksincha xalqaro hamjamiyat e’tirofidan ilhomlanib, harbiy guruhlar faolligini yanada oshiradi va shu bilan mintaqadagi keskinlikning kuchayishi va zo'ravonlikning avj olishiga olib keladi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
👍 3🔥 1👏 1
02:08
Видео недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🇮🇷 19-май куни вертолёт ҳалокатида ҳалок бўлган Эрон президенти Иброҳим Раисийнинг мотам маросимида иштирок этиш учун келган Ўзбекистон делегацияси. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
Ispaniya, Irlandiya va Norvegiyaning Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotlarini Turkiya katta mamnuniyat bilan qabul qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Biz Ispaniya, Irlandiya va Norvegiyaning Falastin davlatini tan olishini e’lon qilganidan juda mamnunmiz. Falastinni tan olish xalqaro huquq, adolat va vijdon talabidir”
— deyiladi Turkiya TIV bayonotida. Anqara bu ishg‘ol qilingan Falastin xalqining tortib olingan huquqlarini tiklash va Falastinning xalqaro hamjamiyatda munosib maqomga ega bo‘lishi uchun o‘ta muhim qadam ekanini ta’kidladi. Turkiya tashqi ishlar vazirligining xulosasiga ko'ra, "Turkiya ko'proq davlat Falastinni tan olishi uchun sa'y-harakatlarni davom ettiradi". Avvalroq Irlandiya va Norvegiya Falastinni tan olishini e'lon qilgan edi. Ispaniya ham xuddi shunday qarorga keldi. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches tegishli qaror 28-maydan kuchga kirishini tasdiqladi. Shundan so‘ng Terrorchi isroil Norvegiya va Irlandiyadagi elchilarini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
🇵🇸🇳🇴🇮🇪🇪🇸 Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastin davlatini tan olganliklarini rasman e'lon qilishdi . Qaror 28-maydan kuchga kiradi. Terrorchi isroil tashqi ishlar vaziri Katz javoban Norvegiya va Irlandiyadan elchilarni maslahatlashuvlar uchun chaqirib olishni buyurdi. 🇺🇿 @Durustmedia kanalimizga obuna boʻling
Показать все...
👍 8
"Уруш Исроил мағлубияти билан тугайди"
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #boshlandi Mavzu: Gaaga sudi kimlarni qamamoqchi? "Fikrat" tahliliy dasturi Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq Tomosha qiling ➡️ youtube.com/live/HNgTbETYuBQ
Показать все...
👍 1