cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

FILOLOG KUNDALIGI 📚

Eng yaxshi kitoblarning oʻzi seni tanlaydi...

Больше
Рекламные посты
1 523
Подписчики
-924 часа
-147 дней
+8430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Xulio Kortasarning “Ishg‘ol qilingan uy” kitobidagi hikoyalar uchun sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan posterlar © Santuagara of library Xarid: t.me/akademsavdo 📍Viloyat markazlariga yetkazib berish tekin. (#) 📚 @akademnashr Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Показать все...
🔥 3👍 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Biror ishga kirishsang-u, xato qilsang, ketgan vaqtingga afsuslanmaysan. Lekin foydasiz mutolaa va keraksiz bilimlarga sarflangan vaqtni oʻrnini hech narsa bilan toʻldirib boʻlmaydi. Qariyb, 2 oylik yozni foydali ishlarga sarflashing uchun sen qilishing kerak boʻlgan eng kichik ish quyidagi kanallarni kuzatish boʻladi: @gullayotganyurak - afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas. @Xushnudbek_kutubxonasi - Ilm yoʻlida birgamiz! @matbuotraisi — biroz kulgu, sarkazm, kitoblar va jamiyat haqida matbuot raisining fikrlari! @dunyo_klassikasi — dunyo adabiyotiga bir nazar. @Siddiqov_Kamoliddin shaxsiy rivojlanish va chet el universtitetlari manbai! @mutolaa_olami - kitoblar haqida fikr, taqrizlar joy olgan kundalik-kanal. Barcha kanallarga qo'shilish uchun: https://t.me/addlist/4l6WPeORbx4zMDQy
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Umuman olganda, biz faqat bizni tishlaydigan va chaqadigan  kitoblarni o'qishimiz kerak deb o'ylayman. Frans Kafka - "Oskar Pollakka xat. 1904" @dunyo_klassikasi
Показать все...
🔥 6💯 4👍 2🕊 2
​​#taqriz Kafka - "Labirint" Men kichkina bir kavakka joylashib oldim va oʻylashimcha, bu muvaffaqiyatli kechdi. Tashqaridan faqatgina katta teshik koʻrinib turar, biroq, u hech qayerga olib bormasdi... Ramzlarga toʻla asarni tushunishdan murakkabroq biror narsa yoʻq. Ayniqsa, u Kafka boʻlsa. Uning mahorati shundaki, oʻquvchini asarni qayta - qayta oʻqishga majbur qiladi. Qahramonlar qanchalik gʻayritabiiy boʻlsa, asar shuncha tabiiylasha boradi. Kafka qoʻllaydigan paradoks shu. "Labirint" - toʻlaligicha ramziy. Labirint - qurilish sanʼatining toji, oʻz nomi bilan sirli joy. ...tishlarim orasiga kalamush tiqilib qolganini his etaman, degan jumla uchraydi. Demak, labirint ichra uloqib yurgan mahluq sichqon emas. Labirint - Kafkaning ichki olami. Bu yer issiq , bexavotir, tinch, lekin ozodlik yoʻq. Chunki "labirint"da chiqish yoʻli yoʻq, negaki uni tashqaridan emas, ichkaridan taʼqib qilishadi. Uning tashqi olamga nisbatan xavotiri bor, chunki odamlarga ishonchi yoʻq, balki uni anglamasliklaridan azobdadir: "kimnidir boshpanamga oʻz ixtiyorim bilan kiritish men uchun nihoyatda ogʻir". Toʻgʻri, koʻngil karvonsaroy emas. Labirint atrofida aylanib yurishi, iniga qaytishni xohlamasligi - baʼzan koʻngil amriga qaramay ish tutishiga ishora. Toʻplangan zaxira - insonning mudom nafsga mubtaloligi nishonasi. Asosiy maydonni atrofdagi yerdan ajratib olish - oʻz qalb ovozini topish, oʻzligini kashf etishga urinish demak. Surbetlarcha yerning kavlanishi - uning ichki olamiga "soʻroqsiz" kirishga urinish, odamlar bilan istalmagan aloqa oʻrnatishi. Yigʻilib ketgan tuproq uyumlari - xotira. Qazish ishlari - u izlayotgan eʼtiqod. Oʻydim-chuqurlar, yoriqlar - u hayotda yoʻl qoʻygan xatolar. Sukunat - eʼtiqodsizlik. Ovoz toʻxtasa, sukunat boshlanadi. Mayda jonzotlar - dunyoviy ishlar. Hikoya oxirida muttasil davom etuvchi, bir qarasa hushtakka, bir qarasa oddiy shivirlashga oʻxshagan ovoz zaiflashib qoldimi? Yoʻq, qaytaga kuchayib ketgandi. Ovoz Kafkaning borligini anglamadi, u meni chindan eshitolmaydi, chunki atrofni sukunat qoplagandi. Xulosa qildimki, Kafka hayotning maʼnisini izladi, lekin baribir hayot - absurd deya, tan oldi: Biroq... Biroq, hammasi hech bir oʻzgarishsiz qoldi. @dunyo_klassikasi
Показать все...

4🕊 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
3-iyul — Frans Kafka tavallud topgan kun. Kafka adabiyotda inson ruhidagi qoʻrquv va xavotirni tipiklashtirish darajasiga olib chiqqan birinchi yozuvchi hisoblanadi. Bu qoʻrquv, eng avvalo, mavjud voqelikning, muhitning begonalashuvidan, insonni oʻziga maʼnan tobe va mute qilishga qaratilgan xatti-harakatidan paydo boʻlgan. Kafkaning tilida hech qanday obrazlar, oʻxshatishlar, bezashlar, hissiy kechinmalar, ehtiroslar tasviri uchramaydi. Uning tili sovuq, axborot va holatni aks ettiradi, xolos. Unda badiiylashgan jimjimalar yoʻq. Umuman, Kafka voqelik va harakatni boʻyab ifodalamaydi. U hayotning boshqalar koʻrolmaydigan, koʻrishga idroklari va salohiyatlari yetmayotgan qirralarini, tomonlarini tasvirlab, chizib berdi, insonni tahlikaga solayotgan hikmat-majozlarni yaratdi. Nazar Eshonqul "Kitob bandasi" @dunyo_klassikasi
Показать все...
👍 7 4🤩 3🕊 1
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarqmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmuni va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Показать все...
2🕊 2👍 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Inson anglagan narsasini koʻra oladi va ongida mavjud narsalarnigina anglay oladi. Bertilon @dunyo_klassikasi
Показать все...
💯 7🔥 3👍 2 2😁 1🕊 1
00:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
Krishtianu Ronaldu eng sevgan filmi qaysiligini maʼlum qildi. "Silence of the lambs" Tomas Harrisning Gannibal Lekter haqidagi tetralogiyasi asosida suratga olingan boʻlib, avvalroq "Qoʻzichoqlar sukunati" haqida yozgan edim. Endi esa tetralogiyaning 1-kitobi AQSHda "Choʻqintirgan ota" dan keyingi chop etilgan eng mashhur roman — "Qizil ajdarho" ni oʻqiyapman. Jinoyat mavzusini chuqur bilish va katta jurnalistik tajriba Harrisga shunday taʼsirchan va betakror asarlar yaratishga imkon bergan. @dunyo_klassikasi
Показать все...
1.79 MB
🔥 8👍 3 2
Qafas qush izlagani ketdi. Kafka @dunyo_klassikasi
Показать все...
💔 14🔥 9 6💘 3😢 2👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Men ko'pincha kechani kunduzdan ko'ra jonliroq va rang-barangroq deb o'ylayman. Vinsent van Gog @dunyo_klassikasi
Показать все...
❤‍🔥 22👍 12 8 6🕊 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.