cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"𝐵𝑖𝑧𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑡𝑎𝑙𝑞𝑖𝑛𝑑𝑎"

Ishq malum bir qoliplarga ega emas! Va u hech qanday qoidalarga bo'ysinmaydi... Har kim muhabbat qissasini o'zi yaratadi! Bu esa bizning talqindagi sevgi hikoyasi...

Больше
УзбекистанУзбекский27 580Книги20 910
Рекламные посты
322
Подписчики
Нет данных24 часа
-67 дней
+1930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

У тебя новое анонимное сообщение! Qalesiz ro'zada charchamayapsizmi Hikoyez rossa qizivottiyu kechagini o'qib erib kettim ijodizga omad Yo'q charchash yo'q allohga shukr! Endiyam qizimas uyat bo'lar😂
Показать все...
У тебя новое анонимное сообщение! Nega hayrlashasiz boshqa asar bormaysizmi Hozircha bu asar tugaganidan so'ng boshqani rejalashtirmayapman. Bir muddat butkul tanaffus olaman!
Показать все...
Hayrlashish arafasida bir nimalar haqida gapirib bergim kelyapti,ammo nima haqida gapirishni bilmayman sizlar so'ranglar😅
Показать все...
💋 1
У тебя новое анонимное сообщение! Qaysi janrdigi kitoblani oʻqiw yoqadi Detektiv nima bo'lsa ham bemalol o'qiy olaman hayotiy badiiy asarlarni o'qishda o'zim biroz injiqman,faqat sujet yoqsa o'qiyman.
Показать все...
У тебя новое анонимное сообщение! Munaqa asarlla tunda oqilwni man bilmi kim biladiya😌❤️ Tunni kutamiz😅
Показать все...
1
Shuni aytib o'tishim joizki "Sevma uni" dan keyin yuragimdan chuqur joy olgan, o'zimcha mukammal bo'ldi degan asarim "Bizning talqinda". Ammo bu asar sir bo'lib qoladi balki sizlardan boshqa hech o'qimas!
Показать все...
💋 1
У тебя новое анонимное сообщение! Ozi yaxw ciloyli asarlla tunda oqllade a jonon🫣🫶 Bilasde shodam😂❤️
Показать все...
Menda asar tayyor😙 Ammo tunda o'qiymiz! Kutilgan kutilmagan voqealarga tayyor turinglar Ungacha bir dildan suhbat quraylik😁 http://t.me/anonaskbot?start=GNV2Xz1PeTjpVK5
Показать все...
Анонимные сообщения 🔵

Бот для получения анонимных сообщений в Телеграме Тех. поддержка бота — @botomanager

1
Faiza... Yuvinish xonasiga kirib eshikni yopdimu,chuqur nafas oldim. -aqldan ozish hech gap emas! Yuzimni sovuq suvda yuvib tashladim. Kiyinib pastga tushdim,u bu paytda oynaga termulib yuziga bir nimalar surish bilan band edi. Nonushtani tayyorladim. Va hozir menda Saiddan qochish rejimi yoqilgani uchun to'g'rimizdagi hovlidagi kutubxonaga ketdim. Oldinlari bu uyga kelganimda shu taraf hovlida turardim. Hozir kun-u tunimni o'tkazadigan xonaga kechagina termulib o'tirganlarim esimda. Vaqt juda tez o'tib ketadi. Lekin atrofga o'z ta'sirini o'tkazmasdan, teginmasdan o'ta olmas ekan.... Sekin tepa qavatga ko'tarildim, bu hovlida endi faqat Dilshoda va Madina kelinoyimlar turishibdi. Kutubxona eshigini ochdim,hali hamon o'sha eshikdagi g'ichirlagan ovoz! Kirishim bilan bu yerga bo'lgan ilk tashrifim ko'z oldimda gavdalandi. huddi kecha sodir bo'lgandek suhbatlarimiz so'zma-so'z yodimda... Ko'zlarimni yumib yodga oldim. Xona eshigi ochiq,ichkarida esa kitob javoni yonida Said turardi,kirganimni bildirib men birinchi gap boshlagandim,ham unga gap tashlab yurish bahslashish menga yoqardi. -demak shunday! Kattagina kitob javoniga yaqinlashdim U darhol ortiga qarab meni ko'rdiyu hafsalasi pir bo'ldimi,ishida davom etdi -qanday? Dedi meni dastlabki gapimga qaytib -kunduzlari qizlar bilan suhbat kechalari esa kitoblar hamrohingizmi? -topding! Naqadar aqllisan! -nimasini aytasiz! Bitta kitobni ochib varaqlarkanman kulib qo'ydim -o'zing nimaga uyg'oqsan soat 1da? Yoki qo'rqib ketdingmi? -o'ziz qo'rqoqsiz! Kitobni sharaqlatib yopdimu ketishga shoshildim,pijamada va sochlarim nima ahvolligi esimga tushib ketdimi uni yonida bu ahvolda turish kamiga yarim tunda obroyimga to'g'ri kelmaydi! -heyyy! -nima?ortimga g'azab bilan qaradim -sochlaringni yoysang ochilib ketarkansan! -yana nimalar?! Sochimni quloqlarim ortiga o'tkazib yurib ketdim -bo'ldi! U ortimdan sekin shunday dedi... Lablarimda tabassum mavjlandi,hech narsa o'zgarmabdi...Biz hamon shunday yosh bolaga o'xshab gaplashamiz. Hech qachon o'zgarmasak kerak! Said ketganini derazadan ko'rganimdan so'ngina oshxonaga qaytdim. Birozdan keyin uydagi hamma uyg'ondi,va biz birga nonushta qildik. Said nega erta ketganini so'rab yuragimni ezib tashlashdi. Men ahmoq ham negaligiga qiziqmapman,chunki hayollarimni harakatlari bilan chalkashtirib yubordi! Bugungi kunim ovqat qilish va E'zozani onasi qayergadir ketgani uchun unga qarashga bag'ishlandi. -Bolaga qarash buncha qiyin bo'lmasa.. Xonamga kirib chuqur uff tortdim,so'ngra esa borib kravatga o'zimni tashladim. Yaxshiyam E'zoza ancha katta kichkina bo'lsa bilmadim. Soat 10 bo'libdi,Said kechikyapti. Qo'ng'iroq qilsammikan?! Nega qilishim kerak,ishlari ko'payib ketgandir! Kiyimlarimni almashtirib yotoqni ochib yotdim,biroq sal oldingi kuchli uyqu o'zini Said haqidagi havotirlarga bo'shatib bergani bois,uhlash fikrimdan qaytdim. Telefonimni olib bir soniya ham o'ylamasdan Saidni raqami ustiga bosdim,ammo operator qizdan yoqmaydigan javob oldim. Telefoni o'chirilgan ekan,keyingi chaqiruvlarim ham besamar ketdi,1 larga yaqin uhlab qolibman. Kech yotganim uchunmi ertalab kech uyg'ondim. Darrov telefonimni olib endi Saidga qo'ng'iroq qilmoqchi edim hamki undan habar keldi. "Faiza kecha ishlarim chiqib qolgandi,habaringni o'qidim. Ertalab kelganimda uhlayotgan ekansan,uyg'otgim kelmadi. Esingda bo'lsa bugun oyimni operatsiyasi,sizlar kelishingiz shart emas akam bilan ikkimiz bu yerdamiz. Havotir olma deb aytib qo'yyapman." -Ahmoq qanday havotir olmasligim mumkin? Ko'rpamni ochib tashlab o'rnimdan sakrab turdim. Darhol ustimga bir narsalarni ilib,ko'chaga otildim. Bahtimga hali hech kim bu tomon hovliga kelmagan ekan. Taksiga manzilni aytdim,dadajonga tegishli klinika bo'lgani uchun bilaman. Ming hil narsani o'ylab shifoxonaga keldim. Oldin ham bir marta bu yerda bo'lganim uchun kiraverishdagi qiz meni tanir ekan,darhol qayerga borishimni ko'rsatib yubordi. Eshikni ochishim bilan yo'lak ohirida yolg'iz devorga suyanib turgan Saidni ko'rdim.
Показать все...
❤‍🔥 36 13💘 6🥰 4🔥 2💋 2😘 2
Shahdam qadamlar bilan u tomon yaqinlashdim,unga yetishimga naq ikki qadam qolganda u ham meni ko'rdi. -Faiz... U ismimni aytib ulgurmasidan,bo'ynidan qo'llarimni o'tkazib mahkam quchdim. Dimog'imga o'tkir hidli atir aralash dorilar ifori urildi,zum o'tmay uning qo'llari ham ohista belimdan o'tganini his qildim. Quloqlari ostida shivirlab ichimdagini oshkor qildim. -kechiring Said! -nimaga go'zalim? Ko'zlariga termuldim,javoban ikki yuzimdan tutdi. -men bu yerda sizni yoningizda bo'lishim kerak edi,ammo.....aytgancha oyijon yaxshimi? -hali aniq narsa deyishmadi,biroq operatsiya yaxshi o'tyapti menimcha,akam borib qarab turibdilar... -Said juda havotir oldim... -jonim meni! Gaplarimni eshitdiyu meni qayta bag'riga oldi, jim sochlarimdan silardi. -yaxshisiz-a Said? -sen kelding! Yonimdasan! endi yaxshiman....
Показать все...
❤‍🔥 73😘 15🥰 12 7🤩 2💯 2💋 2🔥 1💘 1