Sardoba tumani Yoshlar kanali
- Подписчики
- Просмотры постов
- ER - коэффициент вовлеченности
Загрузка данных...
Загрузка данных...
Qadrli sirdaryolik yoshlar!Sizlarni joriy yil, 25-aprel kuni Guliston shahar 1-sonli Musiqa maktabida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichiga taklif etamiz! 🎶 “Yoshlar ovozi” – hududiy bosqichida tanlovning mahalla, sektor, tuman, shahar bosqichlarida anʼanaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yoʻnalishlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar yana bir bor o'z isteʼdodlarini namoyon etadilar.
Ma'lumot uchun: Tanlovning mahalla bosqichlarida 6 ming 467 nafar yoshlar qatnashgan boʻlib, ularning 70 nafari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishgan🎼 Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin! #YoshlarOvozi
Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !✅Telegram ✅Facebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
Aziz sirdaryolik yoshlar!Mana bir necha yildirki mamlakatimiz bo‘ylab "Xon atlas" festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi. Maqsad esa ipak matolarimizning iste’mol bozoridagi mavqeyini yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, ipakchi hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu matodan tikilgan liboslarda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat. Biz Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi huzurida tashkil etilgan "Yoshlar Media akademiyasi"ning yosh tinglovchilari viloyatimiz yoshlari o'rtasida "Xon atlas" challengeni boshladik !
Siz ham challengeda ishtirok eting!Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! ✅Telegram ✅Facebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
Президентнинг 2024 йил 5 апрелдаги “Ёшларга ер ажратиш орқали уларнинг даромадларини ошириш ва бандлигини таъминлаш, шунингдек, янги ер майдонларини ўзлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори билан ёшларга ер ажратиш бўйича янги тартиб жорий этилди. Қарорга кўра, туман ҳокимликлари захирасидаги 60 минг гектар ер майдони электрон онлайн аукцион савдоларига қўйилиб, деҳқон хўжаликларини ташкил этиш учун ёшларга ижарага берилади ҳамда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришдан сотишгача бўлган занжирни қамраб…
Sayxunobod tumanida yoshlarga ajratib berilayotgan ekin yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘quv – amaliy seminari tashkil etildi.2021 yil 3 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 12-sonli yig‘ilish bayoni va mazkur bayonning ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan viloyatda hozirgi kunda 3000 gektar yer maydoni talabgor yoshlarga ijara asosida ajratib berilishi rejalashtirilgan. Xususan, bugun seminar davomida "Gulbuloq" mahallasining 20 nafar yoshlariga 50 sotixdan 30 yillik ijara asosida yer maydonlari ajratib berildi va shu bilan birgalikda sohaning asl mutaxassislari tomonidan yoshlarga yetarlicha bilim va ko'nikmalar berib o'tildi. Viloyatimizda yerga mehr qo‘ygan va yerni xazina manbai deb bilgan yoshlar uchun imkoniyatlar juda katta. Faqat har bir yigit-qiz o‘zi qilayotgan ishga, mehnatga ishonchi yuksak bo‘lsa, albatta, muddaosiga yetadi. Chunki yurtimizda yerga egalik qilish, undan samarali foydalanish va daromad topish uchun barcha qulayliklar va imkoniyatlar mavjud. ✅Telegram
Sayxunobod tumani “Gulbuloq” mahallasida yoshlarga ajratib berilayotgan ekin yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘quv – amaliy seminari tashkil etildi.Tuman hokimi Komiljon Mullajonov, sektor rahbarlari, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Maqsudbek Sirojidinov, mutasaddi rahbarlar hamda yoshlar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, har qarich yerdan unumli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Sayxunobod tumanida 2024 - yil davomida 400 gektar yer maydoni 800 nafar yoshlarga berilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ro‘yxatlar shakllantirilib, talabgor yoshlarga aholi qatnashi uchun qulay va unumdor hududlardan joy ajratilib berilmoqda”, - dedi viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Maqsudbek Sirojidinov.Seminarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida oziq - ovqat mahsulotlarini ekish tartiblari, daromad olishning aniq hisob - kitoblari haqida to‘xtalib o‘tildi. ✅Telegram
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.