cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

Рекламные посты
5 840
Подписчики
-1724 часа
-1017 дней
-66330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Yiqilsada kurashga to‘ymayotganlar! 2024-yil 18-apreldagi Sudning meni o‘qishga tiklash bo‘yicha darhol ijro etish to‘g‘risidagi ajrimi chiqqan bo‘lishiga qaramasdan SamDU meni talabalar safiga tiklash to‘g‘risidagi buyruq chiqarishni hali hamon paysalga solib kelmoqda. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 71-moddasiga ko‘ra, mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan nizolar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga beriladigan ixtiyoriy 15 kun muddat, allaqachon, tugagan bo‘lishiga qaramasdan SamDU Sud ijro hujjatlarini ijro etishni xohlamayapti. Nima, SamDU mansabdor shaxs va mas‘ul mansabdor shaxslari QONUNlarni, xususan, sud hujjatlarini nazariga ilmay, mensimayaptimi? Kamiga, yetmaganiga bugun SamDU Biokimyo Instituti direktori O‘roqov Sirojiddin meni binodan chiqishimni talab qildi. O‘roqov Sirojiddin seni o‘zingga ham menga qo‘yayotgan noqonuniy talabingga ham qo‘yganman. Menga shart va talab qo‘yish senga emas.
Показать все...
👍 2
Repost from N/a
Президент Ш.Мирзиёев қасамёди маросимида тартибсизлик уюштиришга ҳаракат қилгани учун СамДУдан ҳайдалган талаба суд қарори билан ўқишга тикланди Самарқанд Давлат Университети раҳбарияти университетнинг Биология факультети Биотехнология йўналиши 316 – гуруҳ талабаси Шохрух Рофиевни “сиёсий бузғунчи”га чиқарган ҳолда университет талабалари сафидан ноқонуний равишда четлатиб юборган эди. Талабалар сафидан чиқаришга асос бўлган 2023 йил 18 июльдаги далолатномада Биология факультети декани У.Мирзаев ва бошқалар бирон бир асоссиз ўзларича: “Ш.Рофиев таълим олувчиларни ноқонуний тарзда оммавий ҳаракатланишга жалб этиб, университет маъмурияти ва бошқа тегишли идораларни расмий ва оғзаки равишда ҳам огоҳлантирмасдан 2023 йил 14 июль Президент инагурацияси (Қасамёд қабул қилиш маросими) бўлиб ўтадиган куни Тошкент шаҳрига боришган ва инногурация жараёнига кириш, у ерда тартибсизлик юзага келтириш орқали, эътиборни ўзига ва университетни обрўсизлантиришга каратишга ҳаракат қилишган. Расмий тадбирга киролмаганлиги сабабли, турли марказий ташкилотларга жамоавий тарзда асоссиз мурожаат қилишган” деган хулосага келишган. Ноқонуний ўқишдан четлатилган Шохрух даставвал ўзи мустақил равишда тегишли фуқаролик судига мурожаат қилиб суддан уни талабалар сафига тиклашни сўраган. Биринчи инстанция суди талабанинг ўқишга тиклаш билан боғлиқ даъво аризасини рад қилган. Шундан сўнг талаба Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлимига мурожаат қилган ва жамиятнинг юридик кўмаги билан тақдим этилган Апелляция шикояти Самарқанд вилоят суди Фуқаролик ишлари бўйича хайъати судьялари томонидан тўлиқ қаноатлантирилган. Самарқанд вилоят суди судьяси Г.Эсанованинг 18 апрелдаги №2-1401-2307/20952-сонли ижро варақаси билан Даъвогар Рофиев Шохрух Эгамберди ўғли Шароф Рашидов номидаги Самарқанд Давлат Университети Биология факультети биотехнология тармоқлар бўйича йўналишининг 3-курс талабалик сафига тикланган. “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят судининг адолатли қарорини олқишлайди ва ўз навбатида Самарқанд Давлат Университети раҳбариятини ёш талабаларни “мухолифатчи” ёки “сиёсий бузғунчи”ларга чиқармасликка чақиради. Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлими
Показать все...
👍 7👏 4
Repost from N/a
Президент Ш.Мирзиёев қасамёди маросимида тартибсизлик уюштиришга ҳаракат қилгани учун СамДУдан ҳайдалган талаба суд қарори билан ўқишга тикланди Самарқанд Давлат Университети раҳбарияти университетнинг Биология факультети Биотехнология йўналиши 316 – гуруҳ талабаси Шохрух Рофиевни “сиёсий бузғунчи”га чиқарган ҳолда университет талабалари сафидан ноқонуний равишда четлатиб юборган эди. Давоми Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлими
Показать все...
👍 2 2
Samarqand viloyat prokuraturasi haqida! Vanihoyat, nazoratchi tashkilot Prezident Administratsiyasining va mas‘ul tashkilot Bosh prokuratura nazorati ostida Samarqand viloyat prokuraturasi o‘z ishini a‘lo darajada bajarib, menga nisbatan tuhmat uyushtirgan SamDU talabalari, SamDU o‘qituvchilari va SamDU mansabdor shaxslarini qilgan huquqbuzarliklariga qonuniy baho berish uchun men taqdim qilgan ishga oid barcha hujjatlarni tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borish uchun Ichki ishlar organlari Tergov Bo‘limiga yuborildi. Samarqand viloyat Prokuraturasi xodimlari yana har doimgidek adolatni ta‘minlashdek o‘z professional burchlarini yuqori darajada ado etmoqda. Samarqand viloyat Prokuraturasi xodimlariga o‘z minaddorchiligimni izhor etaman. Tuhmat uyushtirganlar bilan esa, hali hammasi endi boshlandi.
Показать все...
👍 3 1
❗️Vazirlar Mahkamasining (226-son, 06.05.2024 y.) qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda
✔️Qarorni qabul qilish zarurati: 1️⃣ Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;
Ma'lumot uchun: Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog'i o'rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi.
2️⃣ har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;
Ma'lumot uchun: 2017-2022 yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o'rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma'lumot ko'rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan.
3️⃣ shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 sentabrdagi PF–6075-son Farmoni bilan 498 ta hamda 2021 yil 30 apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 380 ta, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qarori bilan 1 887 ta, 2022 yil 21 iyuldagi 396-son qarori bilan 422 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.
✅Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda: O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.
Ma'lumot uchun: ushbu qarorlar vaqtinchalik (bir martalik) hamda tashkiliy chora-tadbirlarni (yillik rejalar, bayram kunlari va yubileylarni nishonlash) amalga oshirish bilan bog'liq hujjatlar hisoblanadi.
Показать все...
👍 1
Bu menga nisbatan o‘zimiznikilar tomonidan qo‘yilgan tuzoq bo‘lishi mumkin. Meni javobgarlikka torttirish uchun "Buyurtma" tushgan bo‘lishi mumkin. **Shu sababdan har ehtimolga qarshi "Eltuz" ga nisbatan avvaldan qanday fikirda ekanligimni sizlarga ma‘lum qilib qo‘yishni lozim topdim. "Eltuz" asoschisi Qudrat Bobojon davlat xoyini va u hozirda davlatdan badarg‘a qilingan. Men uni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaganman va oxirigacha shunday bo‘lib qoladi.** Menga ushbu xabarni yuborganlarga sabab topib bermaslik uchun "Eltuz" telegram kanalini ham darhol tark etdim. Sh.Rofiyev
Показать все...
Bu menga nisbatan o‘zimiznikilar tomonidan qo‘yilgan tuzoq bo‘lishi mumkin. Meni javobgarlikka torttirish uchun "Buyurtma" tushgan bo‘lishi mumkin. Shu sababdan har ehtimolga qarshi "Eltuz" ga nisbatan avvaldan qanday fikirda ekanligimni sizlarga ma‘lum qilib qo‘yishni lozim topdim. "Eltuz" asoschisi Qudrat Bobojon davlat xoyini va u hozirda davlatdan badarg‘a qilingan. Men uni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaganman va oxirigacha shunday bo‘lib qoladi. Menga ushbu xabarni yuborganlarga sabab topib bermaslik uchun "Eltuz" telegram kanalini ham darhol tark etdim.
Показать все...