cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Buloqboshi tuman 1-son kasb-hunar maktabi.

©️Buloqboshi tumani 1-son kasb-hunar maktabi matbuot xizmati. Buloqboshi tumani 1-son kasb-hunar maktabida bo'lib o'tayotgan muhim hodisalardan va yangilikdan xabardor bo'lasiz. Murojaat uchun: @gulomjon_gofurjonovich

Больше
Рекламные посты
217
Подписчики
-124 часа
+17 дней
+130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
😊 “Shum bola”ni Mutolaada tinglang! 📝 Oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub ushbu asar 1936-yili yozilgan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. ⚡️Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli. 🎙Qissaning audio shakli “Mutolaa” ilovasida 13 qismdan iborat bo’lib, davomiyligi 10 soatni tashkil qiladi. 📲“Mutolaa” ilovamiz orqali asarni tinglashingiz hamda mutolaa qilishingiz mumkin: • Play Market / App Store Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
❓Abituriyent test topshirgach nimalarni tanlaydi? ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.
XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. ✅ @talimuz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Super kontrakt miqdori – yo'nalishlar kesimida Xususiy OTMlardan davlat OTMlarining noturdosh ta'lim yo'nalishlariga imtihonsiz o'qishni ko'chirishda tabaqalashtirilgan to'lov- kontrakt miqdorlari
Ko'pchilik imtihonsiz o'qishni ko'chirish yuzasidan asos va qancha harajat bo'lishini so'ramoqda. Murojaatlar yuzasidan yo'nalishlar kesimida imtihonsiz o'qishni ko'chirish qancha harajat talab qilishini hisoblab chiqdik.
Asos: Prezident qarori (15.06.2022-y, PQ-279-son) ⚠️ Qo'shimcha: Ushbu jadval joriy yilda o‘qishga topshirgan va kirish imtihonlarida 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan abituriyentlar uchun ham amal qiladi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Показать все...
⚡️Majburiy matematika blokidan test! ✅ Fan nomi: Matematika ✅ Savollar soni: 1.700 ta ✅ Muallif: Sanjar Xudayberdiyev Milliy sertifikat | INFO👇 https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Показать все...
BAZA X.S.S.400.pdf4.09 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🥵 Havo kundan-kunga isiyotganda o‘qishga qanday motivatsiya topish mumkin? 🔥 Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Ruhan va jismonan o‘zingizga qulaylik yaratib olsangiz, keragicha o‘qiy olishingiz mumkin: 📚Avvalo, uyda havo yaxshi aylanadigan joyni dars qilish uchun tanlang. Qulay atrof-muhit o‘qishga nisbatan charchoq his qilishingizga yo‘l qo‘ymaydi. 🌓 Dars qilish vaqtini optimallashtiring. Asosan, kun salqin bo‘ladigan paytlari: erta tong va kechki payt dars qilish uchun ko‘proq qulay bo‘lishi mumkin. 🥤Kerakli miqdorda suyuqlik ichib turing. Yoningizda doim stakanda suv yoki choy yo biror sharbat tursin. Tana suvsizlansa, charchoq kuchayadi. 😐 Og‘ir va qattiq muqovali kitoblardan foydalanasizmi? Issiqda ular ham og‘irlik qilishi mumkin. Agar yengilroq variantdagi kitoblardan o‘qish imkoningiz bo‘lsa, unda shundaylarini tanlang. 💪 Eng muhimi, maqsadingiz va rejangiz aniq bo‘lsin. Dedlayn ham aniq bo‘lsa, tezroq kerakli ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun harakatingiz ham kuchliroq bo‘ladi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показать все...
⚡️Ertaga abituriyentlar test o'tkiziladigan binolarga kirib, tanishib ko'rishlari mumkin!
Bilim va malakalarni baholash agentligi xabariga ko'ra, ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Majburiy emas!@talimuz
Показать все...
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka, 📝qoralama uchun bo’sh qog’oz va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
⚡️Rasman: 2-mutaxassislikka qabul boshlandi 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. ▪️Bunda nomzodlar platformada: ➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; ➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar. ☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qutlov Diplom muborak
Показать все...
👍 3
📅 Xabaringiz bor, 2024-yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqa, futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati bo'lib o'tadi. Andijon viloyati musobaqaning bir necha muhim uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari va binoning korinishi
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.