ru
Feedback
PsychoINFO

PsychoINFO

Открыть в Telegram

Muallif: @psychologist_Humoyun Profil: ✔️ Oila va bolalar psixologiyasi ✔️ Ilmiy tadqiqot, nazariya va eksprimentlar ✔️ Shaxsiy-amaliy tajriba

Больше
705
Подписчики
-124 часа
+17 дней
+4430 день
Архив постов
Ota-onalar kimga ko'proq investitsiya kiritishadi – qizga yoki o‘g‘ilga? Tadqiqot javob berdi Yangi tadqiqotga ko'ra, ota-onalar qiz va o‘g‘il farzandlariga turlicha yondashadi. Farq pul yoki vaqtda emas, balki qaysi sohada ko‘proq e’tibor berishlarida. Qizlar quyidagilarda ko'proq investitsiya ega: - munosabatlar va turmush qurish bo‘yicha maslahat - hissiy himoya - moddiy ta’minot O‘g‘il bolalarda: - sport va jismoniy tayyorgarlik - raqobatni rag‘batlantirish - jinsiy masalalarda erkinlik Onalar ko‘proq: - g‘amxo‘rlik va hissiy qo‘llab-quvvatlash - axloqiy tarbiya - intizom - munosabatlar va hayotiy maslahat masalalari bo'yicha farzandlariga yordam bersa; Otalar ko‘proq quyidagi masalarda yordam beradi: - sport va jismoniy mashg‘ulotlar - mexanik va amaliy ko‘nikmalar (masalan, ta’mirlash, yasash) - jamiyat bilan muloqotga kirishish Ta’lim va martaba masalasida qiz va o'g'il bolalarga teng sarmoya kiritiladi. Xulosa shuki: ota-onalar bir farzandni boshqasidan ko‘proq sevmaydi – ular har biriga unga kerakli bo‘lgan narsani beradi. 📌 Eslatib o'tamiz: Tadqiqot AQShda o‘tkazilgan, shu sabab boshqa madaniyatga to'g'ri kelmaslik xavfi bor. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

​​Psixoterapevtlar tavsiya qilgan ichki xavotirga qarshi Top 10 usul — fikrlar vahima boshlaganda ongni tinchlantirish uchun *1. Sovuq suv yoki muz.* Yuzingizni sovuq suv bilan yuving yoki muz surting. Bu yurak urishini sekinlashtiradi va asab tizimini tinchlantiradi. *2. Chuqur nafas olish.* 4-5 gacha sanab, sekin nafas oling va 6-8 gacha sanab, nafas chiqaring. Bu ritm tananing stress holatidan tezroq chiqishiga yordam beradi. *3. Fikrlaringizni qayta shakllantirish.* Vahimali gaplaringizni xotirjamroqlariga alishmashtiring "Men o'zimni yerga urdim" emas, balki "Men g'alati ahvolda ko'rinib qolishdan qayg'uraman". *4. His-tuyg'ularingizni aniq aniqlash.* Ichki tuyg'ungizni qancha aniq nomlasangiz, miyangiz uni qayta ishlashi shunchalik oson bo'ladi. Shunchaki "Men o'zimni yomon his qilyapman" emas, balki aniq: "Men asabiylashyapman", "Men qo'rqyapman", "Men yolg'izlikni his qilyapman". *5. His-tuyg'ularingizga murojaat qilish.* O'zingizdan: "Bu holatdan qanday qutulishim mumkin?" deb so'rash o'rniga, "Hozir bu tuyg'uga biroz joy bera olamanmi?" deb so'rab ko'ring. Biror tuyg'u bilan doimiy kurashishni to'xtatganingizda, u odatda zaiflashadi va uni boshqarish osonlashadi. *6. Jismoniy o'zini tinchlantirish. *Qo'lingizni ko'kragingizga, yonog'ingizga yoki yelkangizga qo'ying va sekin nafas oling. Tana uchun bunday harakatlar xavfsizlik signali bo'lib xizmat qiladi. *8. Kichik qadamlar va ishonch.* O'zingizdan darhol o'zgarishlarni talab qilmang va hatto kichik yutuqlarga ham pozitiv qarang - bu ojizlik hissiga qarama-qarshi vosita. *9. 5-4-3-2-1 texnikasi. *Ko'rishingiz mn bo'lgan 5 ta narsani, teginishingiz mn bo'lgan 4 ta narsani, eshitishingiz mn bo'lgan 3 tani, hidlashingiz mn bo'lgan 2 tani va ta'mini bilish mn bo'lgan 1 tani toping. Bu sizning miyangizni "hozirgi reallik"ka qaytaradi. *10. Hozirgi zamonga e'tibor qarating.* O'tmish va kelajakka kamroq e'tibor qaratishga harakat qiling. Chunki ikkalasi ham mavhum. Miya mavhum narsalarni xavf deb qabul qiladi. Hozir nima bo'layotganiga e'tibor qarating. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Голосовое сообщение01:47

Kim o'zini ko'rsa, o'sha "Piter Pen" Hissiy falajlik: o'z his-tuyg'ularini noo'rin ifoda etish va his-tuyg'ulari xira; Hissizlik: befarqlik, vazifalardan qochish va uchrashuvlarga kechikish; Muloqot o'rnata olmaslik: munosabat qurish va uni sog'lom ushlashda qiynalish; majburiyatdan qo'rqish va mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni istamaslik va natijada emotsional bog'lanish qobiliyati shakllanmasligi; Mas'uliyatdan qochish: karyera, moliyaviy boshqaruv yoki barqaror, uzoq muddatli munosabatlarni saqlash kabi kattalar rollari va majburiyatlardan qochish; faqat hozirgi zamonda yashash, kelajakni o'ylamaslik; xato un javobgarlik olmaslik va ko'pincha aybni boshqalarga yuklash; Ayollar bilan munosabatlar: "ona qiyofasini" izlash; Erkaklar bilan munosabatlar: otadan uzilgandek his qilish va successful (muvaffaqiyatli) erkaklar bilan muloqot qilishda qiynalish; Romantik munosabatlar: rad etilishdan qo'rquv va partnyorni qaram qilishga intilish; romantik sheriklarda "ona qiyofasini" izlash. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Piter Pen sindromi - "mangu bolakay" Ulg'ayishdan bosh tortuvchi, mangu bola bb yashaydigan, 14-15 yoshda bo'lsa ham sut tishlari bo'lgan bola. U Neverland orolida o'ziga o'xshash bolalar bn yashaydi - bu yerda cheksiz o'yin-kulgi, qaroqchilar bn jang, osmonda uchish, hamda hech qachon ulg'aymaslik imkoni bor edi. Bu Piter Pen sindromi. Psixologiyada Piter Pen sindromi psixologik rivojlanishda o'smirlik bosqichida qolib ketish bb: unda orzu bor, lekin harakat yo'q; kimdir kelib, ular un barchasini muhayyo qilishini kutadi. Sindrom erkaklarda ko'proq; ayollarda esa kam uchraydi. Kimni esida bor Vendi degan qiz? U ham asar qahramonlaridan. Ammo u ulg'ayishni istaydi: ma'suliyat olish, atrofdagilarga empatiyasi bor, o'zi bn bog'liq vaziyatlarni kontrol qiladi qilish...kabi sifatlarga ega. Multikning oxirida katta bo'lish, ulg'ayish un oroldan ketadi. Piter Pen rosa yalinadi, shu yerda qol, deb. Esladimi kimdir? 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Buni davomi bor kutib turilar 👌

Xo'sh, men pushti rangni yaxshi ko'raman! Bilaman, men turli xil ryukzaklar, pushti tirnoqlarim va kiyimlarim, oson hayot va kapalakli soch qistirgichlarim bn hammani asabiylashtiraman. Menimcha, atrofimdagi hamma juda jiddiy, har doim band. Yashash un to'liq stavkada ishlash shartmas. Men frilanserlikni yaxshi ko'rsam-da, "zakaz"lar hozir kelmagani ma'qul. Ota-onam menga doim yordam berishadi; ular meni yaxshi ko'rishadi. Dadam maslahat va pul bn yordam beradi, onam esa shaxsiy psixologim va do'stim. Xo'sh, munosabatlarda omadsizman — menga dimog'dor erkaklar uchraydi. Va ular doim bitta gapni qaytarad: "Katta bo'l!" Men esa 27 allaqachon yoshdaman. Menga bir xil templi hayot yoqmaydi, rejalashtirishni yomon ko'raman! Kechiksa, jazosi yomon bo'ladigan joylarga bormayman, ortiqcha majburiyatlar yoqmaydi; men ularsiz yashay olaman! Men qaror qabul qilishni yoqtirmayman va hamma narsa joyiga tushib ketmaguncha kutishni afzal ko'raman. Mening 30 yoshli do'stim bor. U har tarafdan o'ziga mustaqil. Men uchun esa ota-onam bor. Ular meni hali ham bolaligimni va ehtimol nevara ko'rish qiyinligini aytadi. Va, ochig'i, onam mutlaqo haq. Men erga tegmoqchimasman. Uchrashuvlarni yaxshi ko'rsam ham, er va uchta "farishta" un kechki ovqat tayyorlash men un emas. Va haftada besh kun ishlash - uzr, bu menga yoqmayapti! Pul topishning osonroq yo'llari bor. "Men kelajakdan qo'rqmayman. Va u oson bo'lmasligini tushunaman. Lekin mening hayotim mening yoshimdagi har qanday odamga qaraganda ancha qiziqarliroq. Bu Piter Pan sindromiga ega qizning hikoyasi. Piter Pen sindromi — mas’uliyatdan qochish, reallik bn hisoblashish qobiliyatining sustligi va voyaga yetishni istamaslikdan iborat psixologik holat. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Голосовое сообщение02:03

Repost from Psixologiya 360
Farzandingizni qutqaring! Samolyotda styuardessa qutqaruv moslamasini namoyish qilayotib, kislorod maskasi haqida shunday deydi:
“Agar bolangiz bilan sayohatga chiqgan bo’lsangiz, samolyotda xavfli vaziyat sodir bo’lsa, niqob bilan avval o’zingizni so’ng farzandingizni ta'minlang”
Sababi bolangizni qutqaraman deb, ham o’zingiz ham farzandingiz nobud bo’lishi mumkin. O’zingizni qutqarsangiz farzandingizni ham qutqara olasiz. Farzandlar bilan bo'ladigan boshqa munosabatlarda ham xuddi shu holat. O'zingiz psixologik yordamga muxtoj bo'la turib, bolangizga yordam berolmaysiz. Bolangizga yaxshilik qilishni istasangiz, avval o'zingizga yordam bering. Siz baxtli bo'lsangiz bolangiz ham baxtli bo'ladi! Psixologiya 360

Do'stim bilan qo'lda osh yedik va duo qildik: ota-onamizning oldida yuzimizni yorug' qilgin. Savol tug'ildi: nega o'zimizning oldimizda yuzimiz yorug' bo'lsin, demaymiz 🧐🧐

Голосовое сообщение02:55

I hate monday – Dushanba "og'ir" kun "Dushanba effekti": dam olish kunlaridan keyingi birinchi ish kunida stress darajasi, yurak xurujlari va hatto o'z joniga qasd qilish holatlari keskin ko'tariladi. Haftalik tartibning buzilishi: ish, uyqu, ovqatlanish, harakat, aqliy faoliyat – barchasi "olovga yog' sepadi".
Shanba-yakshanba kuni erkin, komfortga o'rganib qolgan miya, dushanba kuni "jang"ga borishi kerak. Mana nima uchun dushanba "og'ir".
📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Raz uxlavorish kerakmi, hammasiga ko'z yumib))

Relation (munosabatlarga asoslanganlik) – psixologning patsient bilan o'rnatadigan sog'lom aloqasi Ko'pchilik odamlar sog'lom munosabatlar o'rnata olaman deb o'ylaydi, ammo yaqinlik chuqurlashgan sari bezovtalanish va qo'rquv his qiladi, hamda qochadi. Ona kompleksiga ega bo'lganlar tashqaridan adekvat, o'ziga ishongan, juftiga emotsional "padderjka" bera oladigandek tuyulsa-da, ong ostida yashirin rad etilish, ajralish qo'rquvlari, bog'lanib qolish, qaramlik kutuvlari mavjud bo'ladi. Har qanday munosabatga shunday yashirin kutuvlar bilan kiradi. Psixologning vazifasi – sog'lom munosabat shaklini o'rnatgan holda patsientga kutuvlarini "sindiradigan" tajriba (experience) berish. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Inisiatsiya – "bolalik"dan "kattalik"ka o'tish – qaramlikdan ongli yetuklikka o'tish bosqichi Bu yosh ulg'ayishi emas; mustaqillik, mas'uliyat va javobgarlik olish, xatti-harakatlari oqibatiga mas'ullikni tushunishdagi ichki o'zgarishdir. Bular yo'q bo'lsa, yoshi 40 da bo'lsa ham u – bola. Psixologik tarafdan inisiatsiya: "Men bolaman va hech narsani hal qilmayman" pozitsiyadan, "hayotim un o'zim javobgarman" pozitsiyaga o'tishdir. Shaxsiyat transformatsiya bosqichlarini Karl Yung 3 bosqichda ko'radi:
1. Ajralish: Eski holat, fe'l-atvor, qaramlik, hamda ota-onaga bog'liqlikdan voz kechish. 2. Tushunarsizlik (chegara holati): Stress, psixologik krisiz yoki ruhiy azoblanish davri. Bu vaqtda psixika qiyinchiliklar bn to'qnash keladi va bu yangi tajribalarni singdiradi. Natijada eski holatdan yangisiga o'zgaradi. 3. Qaytish va yangilanish: Jamiyatga yetuk, mustaqil va o'zining "ichki soyasi"ni tan olgan shaxs sifatida qaytish.
Ruhiy azob, qiyinchilik ko'rmagan psixika yetilmaydi. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

Horror kinolar depressiyani pasaytiradi — Tadqiqot Depressiya alomatlari bo'lgan odamlarga qo'rqinchli filmlar ko'rsatildi. N
Horror kinolar depressiyani pasaytiradi — Tadqiqot Depressiya alomatlari bo'lgan odamlarga qo'rqinchli filmlar ko'rsatildi. Natijada: • ular tashvish va ichki salbiy fikrlardan xalos bo'lishdi; • film qancha qo'rqinchliroq bo'lsa, psixologik muammolar shuncha pasaydi, meyordan oshganda — natijalar orqaga ketdi. Nega horror kino depressiyani pasaytiradi? Depressiyada odam o'zining ichki salbiy fikrlari bilan o'ralashib qoladi. Qo'rqinchli film diqqatni tashqi dunyoga qaratishga majbur qiladi. Natijada, miyaning depressiya bilan bog'liq markazlari vaqtincha "o'chadi" va salbiy fikrlar to'xtab qoladi. P/s: Aytgancha, kecha "Qo'rqinchli filmlar" kuni edi. Depressiyani davolashga hali kech emas. 📌 Obuna bo'lish: @psycho_review

photo content

Голосовое сообщение06:46

Onaga bog’lanib qolish — “mother complex” Ona kompleksi — bu insonning o'zi bilib-bilmay qiladigan harakatlari, fikrlari, o'ylari, his-tuyg'ularining tagida ona obrazi yotishini tushuntiruvchi tushuncha. Bunday odam nima qilsa ham harakatining driveri ona obrazi bo'ladi. Bola onasiga qattiq bog’lanib qolishi tufayli ona kompleksi yuzaga keladi va natijada o‘z ehtiyojlarini mustaqil qondirish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi yoki kech shakllanadi. Kelajakda o‘z fikr va pozitsiyasini erkin ifodalashda muammolar kuzatiladi.
Misol: - 20 yoshli talaba bahosini qo'ydirish uchun onasini yetaklab kelishi; - xotinining maishiy talabini onadan ruxsat olib qondirishi; - qizlarda esa o'z shaxsini unutib, ona bilan bitta bb ketish.
📌 Obuna bo'lish: @psycho_review