cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Arab tilini o‘rganamiz

Arab tilini 0 dan o‘rganing. Darslar mundarijasi: t.me/arabtili_arabcha/6 Reklama joylashtirish uchun:️ @reklama_servis

Больше
Рекламные посты
22 052
Подписчики
+3324 часа
+687 дней
+25530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Tajvid o‘rganuvchilar uchun foydali maslahatlar    Tajvid ilmini o‘zlashtirishda eng birinchi bosqich kishi nutqini arabiy harflar talaffuziga o‘rgatishdir. Harflar talaffuzini to‘liq o‘zlashtirgach, keyin sekin-asta qiroat qoidalari o‘rganila boshlanadi.    Shuni eslatib o‘tish lozimki, kishi agar harflarni to‘g‘ri talaffuz qilmasa, u holda uning namozi ham, namozdan tashqaridagi qiroati ham durust bo‘lmaydi. Kishi to‘g‘ri o‘qishga qodir bo‘la turib, harflarni noto‘g‘ri talaffuz qilsa yoki ohangga solib, xato qiroat qilsa, buning uchun u gunohga munosib bo‘ladi.    Tajvid ilmini o‘rganish lozimligi namozni ado etish va moʻmin banda Qur’onni doimo tilovat qilib yurishi lozimligidan kelib chiqqandir. Zero, tajvidsiz namozni risoladagidek o‘qish mumkin emas. Shu sabab har bir moʻmin banda o‘z imkoniyati darajasida ushbu ilmni o‘zlashtirishga harakat va juddu jahd qilishi kerak.     Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tajvid ilmidagi eng birinchi bosqich – harflarning maxrajlari va talaffuzini mukammal o‘zlashtirish, tilni unga o‘rgatishdir. Shu yo‘l bilan ba’zi o‘xshash harflar orasidagi farqlar ham ko‘zga tashlanadi, ularni bir-biridan ajratish osonlashadi.    Ikkinchi bosqich – nutqning fasohati bilan bog‘liq. Bu, avvalo harflarni sof arabiy usulda talaffuz qilish hamda idg‘om, ixfo, mad, tarqiq, tafxim va shu kabi qoidalarni amalda qo‘llash bilan bo‘ladi.    So‘nggi bosqich – tajvid ilmini mukammal egallagan, mohir qorilar bosqichi. Bu narsa vaqf alomatlarini bilish va oyatlar ma’nosiga qarab tilovat qilishda namoyon bo‘ladi. Qur’onni mukammal o‘qishga yordam beradigan narsalardan biri, avvalambor, qiroat ilmidan dars qilishdir. Agar kishi qiroat ilmini yaxshi egallagan bo‘lsa, u uchun tajvid ilmini o‘zlashtirish nisbatan oson kechadi. Jumladan, biz sizlarga taqdim qilayotgan ushbu kitobni yaxshi o‘zlashtirish uchun ham arab tilidan bir oz xabardor bo‘lish talab etiladi. Hozirgi paytda bizda “Muallimus-soniy”, “Mabdaul-qiroat” va “Shifohiyya” kabi o‘qish kitoblari mavjud. Agar mazkur kitoblar avval o‘qib tugatilgandan so‘ng tajvid ilmiga kirishilsa, bu narsa kishiga faqatgina yengillik tug‘diradi. Ayniqsa, ”Shifohiyya” kitobi juda ham foydali.    Tajvid ilmini o‘rganishda insondan talab qilinadigan asosiy narsa doimo, muttasil ravishda nutqi va talaffuzini yaxshilashga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarib yurishidir. Shu yo‘l bilan u mukammal qiroat qilish darajasiga erishadi. Batafsil o‘qish 📖 @arabtili_tv
Показать все...
👍 10 2🔥 2
💎 YIQQAN NOTCOINLARINGIZNI SOTISH VAQTI KELDI! 🔥 NOTCOIN'ni endi haqiqiy pulga aylantirish mumkin. 💸Har 1000 tasi — 50.000so’m! 💸10 000 tasi — 500.000so’m! 👉 MUROJAAT UCHUN: @sadullaev_04 💳 To'lov siz istalgan usulda amalga oshiriladi va eng muhimi to'lov tez, ishonchli va halol.
Показать все...
👍 1
Arab tilini ana boshlayman, mana boshlayman deganlar uchun o‘sha kun keldi!
Показать все...
👍 20
Arab tili 0dan
1:04:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 6-dars. Tanvinlar va ularni qoʻllanishi haqida Dars mundarijasi: - Tanvin haqida; - Tanvinlarning talaffuzi; - Tanving fathada vaqt qilish (toʻxtash); - Tanvinlarning arab tili grammatikasidagi ma’nolari. 📖 @arabtili_tv
Показать все...
👍 14 1
Mana o‘sha audio kitoblar:
Показать все...
👍 5
Temur tuzuklari
O‘tkan kunlar
Shoh Edip
Mehrobdan chayon
Jimjitlik
Shamol ortidan yugurib
Shum bola
Ruhlar isyoni
Sohibqiron
O‘yla va boy bo‘l
Alpomish
Qaynona
Amir Temur saltanati
Iymon va huzun
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
O‘lsang kim yig‘laydi
To‘siqlarga qaramay sevdik
Kaktuslar ham gullaydi
Oshiq ham bo‘lmaylikmi?
Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
Molxona
Boy ota kambag‘al ota
Olim yetishtirilgan onalar
Vavilonlik eng boy odam
200 hayot darsi
To‘ydan keyin ham muhabbat bo‘lsin
Tentakning hayot tajribasi
Jannatga taklifnoma
Do‘st orttirish va odamlarga ta'sir o‘tkazish
Rahbarning oltin kitobi
Qirq hadisi qudsiy
Peshonamdagi nur
Shukronalik mo‘jizalari
Andalusiya
Kuchsizlar kuchi
Konstitusiya
Magnit Ayol
Ishqqa oid 40 qoida
Ov
Zulmat ichra nur
Mamlakatlar tanazzuli sabablari
Ong osti sirlari
Sherlok Xolms: Boskom Vodiysining Siri
Sherlok Xolms: Mallalar Uyushmasi
Sherlok Xolms: Moviy Karbunkal
Dardingni sev
Jadidlar (to‘plam)
Chinor (roman)
Sog‘lom yurak
Farg‘ona tong otguncha
Oybegim mening
Andisha va g‘urur
Anna Frank kundaligi
Jayhun ustida bulutlar
Sarvqomat dilbarim
Uch og‘ayni
Jelsemino
Kichkina shahzoda
Urush
Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi
Xo‘jand qal'asi
MEN: Bas qil, ey nafs
SIR: Oshiqlar o‘lmas
LOL: Har shaharning o‘z egasi bor
“Parvardigorim, O‘zing qalbimni keng qilgin. Ishimni oson qilgin. Tilimdan tugunni-duduqlikni yechib yuborgin. (Toki qavmim) so‘zimni anglasinlar” (Toha, 25-28). Lekin, tilim hech qiroatga kelishmayapti, deb har xil bahonalar qilish, tajvid ilmiga bee’tibor bo‘lish yaxshi emas. Chunki, Alloh taolo aytadi: “Darhaqiqat, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat oluvchi bormi?” (Qamar, 17, 22, 40). Banda niyatini poklab, ixlos bilan tajvid ilmini egallashga kirishsa va Allohga duo qilib, unga oson qilishini so‘rasa, albatta Alloh bu bandaning yo‘lini yengil qiladi, uni Qur’onni to‘g‘ri o‘qishlikka muvaffaq etadi, qulfi dilini ochadi. Alloh taolo barchalarimizni O‘zining Kalomini to‘g‘ri va tajvid qoidalariga mos holda tilovat qilib, unga chiroyli amal qiladigan bandalardan qilsin! Ziyovuddin Rahim va Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Tajvid qoidalari” kitobidan. • ¹Tajvid ilmi bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kishilar tilovat qoidalarini nazariy jihatdan, nomma-nom bilishlari shart emas. Asosiysi, amaliy jihatdan qoidalarni puxta o‘zlashtirib, Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qiy olish malakasiga erishsalar, ular uchun shuning o‘zi kifoya qiladi. • ²Masalan, “Al-Qori ” (Sound Vision) elektron darsligi foydalanish uchun juda qulay. Unda harflarning talaffuzi yaxshi tushuntirilgan hamda o‘xshash harflar orasida farqlar rasmlar orqali izohlangan. Shuningdek, unda 30 pora Qur’on tilovati ham mavjud. “Al-Qori ” dasturidan kompyuter orqali foydalanish mumkin. 📖 @arabtili_tv
Показать все...
Tajvid o‘rganuvchilar uchun foydali maslahatlar Tajvid ilmini o‘zlashtirishda eng birinchi bosqich kishi nutqini arabiy harflar talaffuziga o‘rgatishdir. Harflar talaffuzini to‘liq o‘zlashtirgach, keyin sekin-asta qiroat qoidalari o‘rganila boshlanadi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, kishi agar harflarni to‘g‘ri talaffuz qilmasa, u holda uning namozi ham, namozdan tashqaridagi qiroati ham durust bo‘lmaydi. Kishi to‘g‘ri o‘qishga qodir bo‘la turib, harflarni noto‘g‘ri talaffuz qilsa yoki ohangga solib, xato qiroat qilsa, buning uchun u gunohga munosib bo‘ladi. Tajvid ilmini o‘rganish lozimligi namozni ado etish va moʻmin banda Qur’onni doimo tilovat qilib yurishi lozimligidan kelib chiqqandir. Zero, tajvidsiz namozni risoladagidek o‘qish mumkin emas. Shu sabab har bir moʻmin banda o‘z imkoniyati darajasida ushbu ilmni o‘zlashtirishga harakat va juddu jahd qilishi kerak.¹ Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tajvid ilmidagi eng birinchi bosqich – harflarning maxrajlari va talaffuzini mukammal o‘zlashtirish, tilni unga o‘rgatishdir. Shu yo‘l bilan ba’zi o‘xshash harflar orasidagi farqlar ham ko‘zga tashlanadi, ularni bir-biridan ajratish osonlashadi. Ikkinchi bosqich – nutqning fasohati bilan bog‘liq. Bu, avvalo harflarni sof arabiy usulda talaffuz qilish hamda idg‘om, ixfo, mad, tarqiq, tafxim va shu kabi qoidalarni amalda qo‘llash bilan bo‘ladi. So‘nggi bosqich – tajvid ilmini mukammal egallagan, mohir qorilar bosqichi. Bu narsa vaqf alomatlarini bilish va oyatlar ma’nosiga qarab tilovat qilishda namoyon bo‘ladi. Qur’onni mukammal o‘qishga yordam beradigan narsalardan biri, avvalambor, qiroat ilmidan dars qilishdir. Agar kishi qiroat ilmini yaxshi egallagan bo‘lsa, u uchun tajvid ilmini o‘zlashtirish nisbatan oson kechadi. Jumladan, biz sizlarga taqdim qilayotgan ushbu kitobni yaxshi o‘zlashtirish uchun ham arab tilidan bir oz xabardor bo‘lish talab etiladi. Hozirgi paytda bizda “Muallimus-soniy”, “Mabdaul-qiroat” va “Shifohiyya” kabi o‘qish kitoblari mavjud. Agar mazkur kitoblar avval o‘qib tugatilgandan so‘ng tajvid ilmiga kirishilsa, bu narsa kishiga faqatgina yengillik tug‘diradi. Ayniqsa, ”Shifohiyya” kitobi juda ham foydali. Tajvid ilmini o‘rganishda insondan talab qilinadigan asosiy narsa doimo, muttasil ravishda nutqi va talaffuzini yaxshilashga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarib yurishidir. Shu yo‘l bilan u mukammal qiroat qilish darajasiga erishadi. Qur’on o‘qishni o‘rganishga moslangan mashqlar ikki xil usulda olib borilishi mumkin: 1) To‘g‘ri o‘qilgan qiroatni eshitish. Bunda u mohir qorilarning biriga quloq tutadi hamda Mushafga qarab, uning ketidan so‘zma-so‘z kuzatib boradi va unga taqlid qilib, harflarni risoladagidek talaffuz qilishga harakat qiladi. Misol tariqasida mashhur mujavvid qorilardan hisoblanmish Xalil Husoriy, Minshaviy, Abdulbosit va Ali ibn Abdurrohman al-Huzayfiylarning qiroatini olish mumkin. Chunki mazkur qorilar (ayniqsa al-Huzayfiy) boshqalarga qaraganda tajvid ilmiga alohida e’tibor bergan holda tilovat qiladilar. Allohga hamdlar bo‘lsinki, bizda ushbu qorilarning tilovati yozilgan disk va kassetalar mavjud. Bundan tashqari Qur’oni karim tilovatini o‘rgatuvchi maxsus elektron darsliklar yoki ustoz-shogird mashg‘ulotlari ham disk va kassetalar shaklida chiqarilgan. Ana o‘shalarni olib, foydalanish mumkin.² 2) Harflarni qanday talaffuz qilinishini o‘zlashtirgach, uni yanada mukammalroq bajarishga harakat qilib, muntazam shu narsa ustida shug‘ullanish. Bunda tilga qiyin bo‘lgan harflar, biron jumla yoki oyatni alohida qog‘ozga yozib olib, ularni ko‘proq talaffuz qilish va takrorlash ham yaxshi natija beradi. Mashqlar davomida kishining tili tilovatga kelishmasligi, qiyinchilikka uchrashi tabiiy, albatta. Ana shunday hollarda moʻmin kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning “Tili qiynalib o‘quvchiga ikki barobar ko‘p ajr beriladi” degan hadislarini esga olsa, qalbida taskinlik topib, shijoati yana oshadi. Shuningdek, agar til qiroatga kelishmasa, Muso alayhissalomning quyidagi duosini o‘qish ham yaxshi natija beradi:
Показать все...
Farzand tarbiyasi ilmi
Показать все...
👍 8 4
Farzand tarbiyasi
59:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 5-dars. Qalqala harflari, Lozim va oriz sukun, tashdid haqida Dars mundarijasi: - Qalqala harflari; - Qalqala va uning darajalari; - Sukun va uning ikki qismga boʻlinishi: lozim va oriz sukun; - Pauzali forma; - Tashdid belgisi. 📖 @arabtili_tv
Показать все...
👍 22 18🔥 1🥰 1🌚 1
Kichkina bola o‘rtog‘ining uyiga birga o‘ynash uchun bordi. O‘rtog‘i bilan o‘ynayotgan paytda: - Do‘stim, iltimos, shovqin solma, dadam uyg‘onib ketadilar, - dedi. Shunda o‘rtog‘inikiga kelgan bola dedi:
Показать все...
👍 10 2🤔 2🤯 1🤩 1
Davomini o‘qish