cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Huquq test, ma‘lumotlar, yangiliklar, tarix. KECHA BUGUN ERTA.

KO'ZNI YUMGIL, KO'ZGA AYLANSIN KO'NGIL... JALOLIDDIN RUMIY. A‘ZO bo‘lish bo‘lmaslik tanlovi sizdan.

Больше
Рекламные посты
217
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
-4630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ўзбекистонда янги молиявий пирамида тарқалмоқда😨 Республиканинг турли ҳудудларида одамлар “Parker” савдо белгиси остидаги “Powerbank ижараси”дан даромад олишга фаол жалб қилинмоқда. Шартлар оддий: ташкилотчилар томонидан тақдим этилган мобил илова юклаб олиниб, рўйхатдан ўтилади ва белгиланган тарифлар асосида “инвестиция” киритилади. Тикилган пулга гўёки дунёнинг қайсидир бурчагида поwэрбанк харид қилиниб, ижарага берилади ва ижара пули оқиб кела бошлайди. Хорижда экани айтилаётган “бизнес эгалари”ни ҳали хеч ким кўрган эмас. АЛДАНИБ ҚОЛМАНГ. ЯҚИНЛАРНИ ХАБАРДОР ҚИЛИНГ
Показать все...
📌#e`lon  #объявление ☝️MILLIY PARLAMENTARIZM TARIXIDA ILK BOR! Mustaqil izlanuvchilik  institutiga qabul boshlandi O‘zbekistоn Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil uchun 12.00.11 – “Parlament huquqi” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik  institutiga qabul eʼlon qiladi 👉 Hujjatlar 2024-yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi. ➡️ Batafsil ___ ☝️ВПЕРВЫЕ В ИСТОРИИ НАЦИОНАЛЬНОГО ПАРЛАМЕНТАРИЗМА! Начался прием в институт самостоятельного соискательства Институт парламентских исследований при Законодательной палате Олий Мажлиса Республики Узбекистан объявляет прием в институт самостоятельного соискательства по специальности 12.00.11 - «Парламентское право» на 2024 год. 👉 Документы принимаются до 15 февраля 2024 года.
Показать все...
#эълон #объявление

Mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul boshlandi

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqilgan mumkin Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin. Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi. ☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.
Показать все...
Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 3-kursdan o‘qishi mumkin Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda so‘z bordi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: ➖ kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi; ➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo'ladi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.
Показать все...
Edu.uz

#Prezident #yig‘ilish #Profta’lim Texnikumlarda o‘qitishning yangi tizimi joriy etiladi Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: - kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi; - texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin. 👉 На русском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube

Қозоғистон президенти ҳукуматни тарқатиб юборди Президент Қосим-Жўмарт Тўқаев ваколатидан фойдаланиб, ҳукуматни тарқатиб юбори ш ҳақида фармонни имзолади. Энди Қозоғистонда ҳукумат раҳбари, яъни бош вазир вазифасини вақтинча Скляр Роман Василевич амалга оширади.
Показать все...
Токаев принял отставку кабмина – ВрИО премьер-министра назначен Скляр

Астана. 5 февраля. КазТАГ – Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев принял отставку правительства, сообщает пресс...

Pedagogning maqomi to’g’risida.pdf5.68 MB
АРИНИНГ УЯСИ Нектарнинг ҳидин сезиб,            мактабнинг боғи сари йўл олди гулдан шарбат             йиғувчи асалари. Гулма-гул учиб юриб,            чўчиб тушди у туйқус: Жаранглади қўнғироқ            ва бошланди танаффус. Мактабдаги аҳволни             кўриб лол қолди ари: Вулқондек қайнар эди             ичкари-ю, ташқари. Қий-чув, шовқин-суроннинг             кўринмасди адоғи, Чопган-у, йиқилганнинг             йўқ эди сон - саноғи. «-Арилар маконида             ўсдим, улғайдим, аммо, бунақа ари уя             кўрмаганман мен асло. Бул ҳашаротлар экан             ҳам улкан, ҳам жангари. Маъқул бўлар менимча,             юрсам бу ердан нари.» Деди-ю, митти ари             бул маконни тарк этди. Қайтсам «фалон бўлай», деб             қасамёд қилиб кетди. Бир танаффусга сабри             етмади ҳашаротнинг. Жонига тўзим берсин,             муаллим деган зотнинг!
Показать все...
YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI. Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan. Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi. ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.
Показать все...
MAKTAB️

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da

"Gilamni kaltak bilan qoqmoq gilamga ozor bermoq uchun emas, gilamni poklamoq uchundir. Alloh senga tashvish berar ekan, seni imtihon qilib tozalar, changu gʻuboringni ketkazar. Qaygʻurma…” ©Jaloliddin Rumiy
Показать все...
Toʻrt nafar va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oiladir. Bunda agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi. Davlat koʻp bolali oilalarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 4¹-modda.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.