cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Рекламные посты
343
Подписчики
Нет данных24 часа
+77 дней
+1530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 📆 Joriy yilning 23-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"da tumandagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari va ota-onalar ishtirok etdilar.Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik jamoasi tomonidan tashrif buyuruvchilarga taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, dars mashgʻulotlari va qabul jarayonlari toʻgʻrisida oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tushunchalar berildi. Taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan oʻquvchilarga Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari tomonidan yaratilgan amaliy ishlardan va laboratoriya ishlaridan namunalar namoyish etildi. https://t.me/Nurota_IM
Показать все...
👍 5
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi FUQARO MUHOFAZASI KUNI 📆 Joriy yilning 23 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limi, "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi kuni doirasida o'quv taktik mashg'ulot tashkil etildi. Mashg'ulot doirasida shartli zilzila sodir bo'lgan hududda fuqarolar evakuatsiya qilinib, yaradorlarga hamda vayronalar ostida qolgan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi. ‼️ FVV tuman bo'limi xodimi S.Sohibov hamda "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi boshlig'i J.Eshmurodovlar favqulodda vaziyat sodir bo'lganda to'g'ri harakatlanish va jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko'rdatish bo'yicha tushunchalar berib o'tdilar. https://t.me/Nurota_IM
Показать все...
👍 2
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Показать все...
Joriy yilning 21 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8 "a" sinf oʻquvchisi Sanaqulov Dilshod Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan "Bilimdon bolalar" koʻrsatuvida faxrli I-oʻrinni egalladi. Oʻquvchimizga keyin oʻqishlarida omad tilaymiz.
Показать все...
👍 22👏 5 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining: ➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga; ➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi. 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 📆 Joriy yilning 20-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-B sinf oʻquvchilari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston manzaralari” shiori ostida tumandagi “Chashma” meʼmoriy majmuasiga sayohat uyushtirildi. 🇺🇿 Sayohat davomida oʻquvchilar mazkur ziyoratgohning tarixi, undagi “Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlarining qurilishi, sobiq Shoʻro davridagi ahvoli, mustaqillik yillarida kasb etgan mutlaqo yangi qiyofasi, majmua, shuningdek tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.Shuningdek oʻquvchilar tumandagi Oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan tumanimizning yaqin va uzoq oʻtmishiga oid eksponatlar bilan tanishdilar. https://t.me/Nurota_IM
Показать все...
👏 4👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Qabul_2024 ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim  muassasalari agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi. ⏺ Ochiq eshiklar kunida: ➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi; ➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi; ➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi; ➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi. 📆 23-may ⏰ Soat 10:00 dan 15:00  gacha 📍Manzil: Nurota tuman S.Siddiqov ko'chasi 63-uy. Mo'ljal: Sherdor to'yxonasi ro'parasida.
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ertaga O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bepuladi. 18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi va shu kuni O‘zbekiston muzeylarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi, ya’ni kirish bepul bo‘ladi. Инсайд хабарлар учун: @Artmadadbot Каналга қўшилиш: https://t.me/teatryangiliklari
Показать все...
01:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #ChSB_4 #4_kun 🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 4-ChSB imtihonlari oldidan muhrlangan imtihon materiallari ochildi. https://t.me/Nurota_IM
Показать все...
👍 6
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #ChSB_4 #4_kun 📆 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi saddolari ostida 4-ChSB imtihonlariga start berildi.Jarayonlar oldidan maktab direktori S.Raximov hamda ta'lim muassasasiga tashrif buyurgan mas'ullar o'quvchilarga bo'lajak imtihonlarda omad yor bo'lishini tiladilar. https://t.me/Nurota_IM
Показать все...
👍 8