cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ONA TILI VA ADABIYOT

Assalamu aleykum Bizning Kanalimizda: •✅DTM TESTLAR •✅QUIZ TESTLAR •✅OVOZLI CHAT •✅ODDIY TESTLAR •✅FOYDALI MA'LUMOTLAR Ona tili va adbiyotdan quizlar testlar kanali ©️Admin @Samadov_Asadbek_14_01

Больше
Рекламные посты
1 203
Подписчики
-224 часа
+127 дней
+12130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi, 10 kun qoldi! 🇺🇿 Prezidentning tegishli farmoniga ko'ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: 👉 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 👉 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: ➖birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ➖ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. ✅ @Quizlar_olami_2023
Показать все...
👍 1
​​#Audioroman 📚 Asar nomi: "Ikki eshik orasi" 👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov ⚙️ Janr: Roman 🔢 Qismlar soni: 10 ta 🎤 O'qidi: Ahmadjon Mirzayev 📼 San'at gulshani O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda o‘zbek xalqining fazilatlari - jumardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo‘qotmasligi, mehridaryoligi, teran tuyg`ular, yorqin bo‘yoqlarda tasvirlangan.Asarda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida o‘zbek xalqining urush davridagi hayoti, umr yo‘lidagi chigalliklarni mahorat bilan qalamga olgan. Asarda zamonning tuganmas azob toshlariga uchragan, insoniy qadr-qimmatini yo‘qotmagan insonlar, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan xalq qismati tasvirlangan. Asarni o‘qigan kitobxon ijodkorning o‘sha davr ruhini asarda to‘liq mujassam ettira olganligiga guvoh bo‘ladi. Mutolaa! ️@Quizlar_olami_2023
Показать все...
👍 5
🔴Parafrazalar(tasviriy ifodalar) Narsa-predmetlarning ikkinchi nomini anglatadi. 🌽Dala malikasi - makkajoʻxori 🐫Sahro kemasi - tuya 🌊Ekinning qoni - suv 🧱Zavodning noni - temir ⚔Taraqqiyot kushandasi - korrupsiya ⚖Adolat qoʻrgʻoni - sud 🕊Tinchlik elchilari - kabutarlar 👨‍🏫Baxt va shodlik kuychisi - Hamid Olimjon 🍃Baxt qushi - Humo 🌚Koʻkning fonusi - oy 🏫Ilm oʼchigʼi - maktab ❄️Kumush choyshab - qor ✈️Poʻlat qush - samalyot Yuqoridagi kabi soʻzlarning ikkinchi nomlanishi ularning tasviriy ifodasi sanaladi. Biz bilan muvaffaqiyatga erishing 👨‍🎓👩‍🎓! 💫✨✨✨@Quizlar_olami_2023✨✨✨💫
Показать все...
🔥 3
❗️35 ta savol Oʻtkan kunlar badiiy asari boʼyicha ❗️❗️ Testlarni ishlaymiz Javoblarni camentariyaga tashlanglar ❗️❗️ Testlarni vaqti tugaganda javoblarini tashlayman tekshirib olasizlar ??❗️❗️ Vaqt : 22:00 gacha ❗️❗️
Показать все...
👍 1
❗️35 ta savol Oʻtkan kunlar badiiy asari boʼyicha❗️ Testlarni ishlaymiz : Javoblarni camentariyaga tashlanglar Oʻzim tekshirib beraman ❗️❗️ Vaqt 22:00 gacha ❗️❗️
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📒KO'MAKCHI📒 📝Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladigan so'zlar ko'makchilar deyiladi. 📝Otlarning boshqa so'zlarga tobe bog'lanishi uchun xizmat qiladigan so'zlarga ko'makchilar deyiladi. 📝Ko'makchilar tarixan mustaqil so'zlar bo'lib, hozirgi kunda leksik ma'nosini yo'qotgan va grammatik ma'no ifodalashga o'tgan so'zlardir. ✏️Mustaqil ma'nosini yo'qotish darajasiga ko'ra ko'makchilar 2 guruhga bo'linadi: 1.Sof ko'makchilar; 2.Vazigadosh ko'makchilar.         📌Sof ko'makchilar📌 Atash ma'nosini tamoman yo'qotgan va faqat o'zi birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiladigan ko'makchilarga sof ko'makchilar deyiladi. Masalan: bilan, uchun, sari, haqida, tufayli, singari, uzra, qadar, sayin, kabi, yangligʻ. ✏️ESLATMA: Sof ko'makchilar urg'u olmaydi. Ba'zan bilan, uchun ko'makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida qo'llanadi. -la, -chun chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: Fursat g'animatdir shoh satrlar-la bezamoq chogʻidir umr daftarin. @Quizlar_olami_2023
Показать все...
👍 1
✅FONETIKA URG'U OLMAYDIGAN QO'SHIMCHALAR 1.- la fe'l yasovchi qo'shimchasi ; 2. Fe'lning bo'lishsizlik shakllari: -may, -mayin,-masdan, -maslik, -ma ; 3. Qo'shimcha holatidagi yuklamalar:--mi, -chi, -a(ya), -u, -yu, -da, -ku, -oq(yoq), -gina, -dir ; 4.O'xshatishni ifodalovchi shakllar:-day, -dek, -cha ; 5.Sonning ma'no turini hosil qiluvchi qo'shimchalar:-ta, -tacha,   -larcha, -lab,-ala, -dan ; 6. Bog'lamalar: -man, -san, -miz, -siz, -dir ; 7. Zamon shakllari: -moqda, -yapti, -di, -gan, -moqchi : 8.Familiya oxiriga qo'shiluvchi qo'shimchalar: -ov, -ova, -yev, -yeva 9. Sof ko'makchilar: uchun, bilan, sari, kabi, sayin, haqida, singari ; 10. Fe'lning buyruq-istak mayli shakllari: -sin, -gin, -ay, -aylik ; 11. Qo'shma va takroriy so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydi ; 12. Bo'lishsizlik  belgilash  gumon olmoshlarida urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydi. @Quizlar_olami_2023
Показать все...
👍 1
⚠️Yulduzlar mangu yonadi⚠️ badiiy asaridan savol-javob 1. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi dastlab qaysi jurnalda bosilib chiqqan? J.: “Sharq yulduzi” 2. Qaysi asarda yashinmachoq, oqsuyak singari o‘yinlar haqida so‘z yuritilgan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 3. Xo‘jasoatdagi kurashga kim bakovullik qiladi? J.: Bo‘ri polvon 4. Ikki polvon baravar yikilsa, qanday yiqilish bo‘ladi? J.: It yiqilish 5. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi kimning to‘yi bilan boshlangan? J.: Zulfiqor polvonning 6. Ko‘pkarida otdan yiqilib, kimning bir ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi? J.: Nasim polvonning 7. Esli molim, oqilim, churiya-chur-ey, Yelkamdagi kokilim, churiya-chur-ey, Shuncha molning ichida, churiya-chur-ey, Bog‘da ochilgan gulim, churiya-chur-ey. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 8. Tog‘larda bor gulxayr, churiya-chur-ey, Oq sutingni qil xayr, churiya-chur-ey, Kelar yili tuqqaning, churiya-chur-ey, Bo‘lsinda Zuhra-Tohir, churiya-chur-ey. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 9. Turtkilasam iyasan, churiya-chur-ey, Bir kadi sut berasan, churiya-chur-ey, Yashirib qolgan sutingni, churiya-chur-ey, Qay bir kimga berasan, churiya-chur-ey. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 10. Bo‘ri polvonning onasi kim? J.: Oyxol xola 11. G‘ujmoqi bug‘doy, Donginang to‘q-ay, To‘p bo‘l, o‘rayik, Xo‘pda ko‘rayik. Ushbu qo‘shiqni kim kuylaydi? J.: Momoqiz 12. “Egachim elakli bo‘ldi, elagi tilakli bo‘ldi” kinoyasi qaysi asarda qo‘llangan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 13. Yo‘rtib-yo‘rtib haydagin-a, mayda-yo, mayda-yo, Don somondan arisin-a, mayda-yo, mayda￾yo, Ayni sahar bo‘lganda-yo, mayda-yo, Xo‘jayi Xizir dorisin-a, mayda-yo, mayda￾yo. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 14. Ayri-ayri tuyog‘ing, mayda-yo, mayda￾yo, Olmos bo‘lsin jonivor-a, mayda-yo, mayda￾yo, Seni boqqan dehhonlar-a, mayda-yo, mayda-yo, Sarmast bo‘lsin jonivor-e, mayda-yo, mayda-yo. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 15. Mo‘l xirmondan oldim somon, mayda￾yo, mayda-yo, Oshiqqa qorong‘idan oydin yomon, mayda￾yo, mayda-yo Oshiqlar murodini bersin xudo, mayda-yo, mayda-yo, Kechalar yomg‘ir yog‘ar, kunduz tuman, mayda-yo, mayda-yo. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi @Quizlar_olami_2023
Показать все...
🌁"ASRGA TATIGULIK KUN"🏙️ ROMANI BO'YICHA SAVOL-JAVOBLAR MUALLIF : RUXSHONABONU TEACHER 💥Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani qachon yozilgan?   ❗1980-yil 💥Chingiz Aytmatovning qaysi romani matbuotda chiqishi bilanoq, keng jamoatchilikni larzaga solgan?   ❗"Asrga tatigulik kun" 💥Qaysi asar voqealari bir kun ichida bo'lib o'tadi?   ❗"Asrga tatigulik kun" 💥Qaysi asari Chingiz Aytmatov uchun, jon-u jahonning o'zi edi?   ❗" Asrga tatigulik kun" 💥Asarga kimning kitobidan epigraf qilib olingan ?   ❗Arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" asaridan 💥Asarni kim o'zbek tiliga tarjima qilgan?   ❗Asli Rashidov💥" Asrga tatigulik kun"  romanida siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar  hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamyargina odam ham, aslida, siyosatning ta'siridan xoli bo'lolmasligi qaysi qahramon taqdiri misolida juda ishonarli aks ettirilgan" Bu qaysi qahramon? ❗ Edigey Bo'ron 💥" Asrga tatigulik kun"  romanida voqealar qayerda bo'lib o'tadi?   ❗Bo'ronli bekatida, Sario'zak cho'lida 💥Ona Bayit qabristonigacha Bo'ronli bekatdan  eng yaqin yo'ldan yurilganda  borish-u kelish qancha masofa edi?   ❗60 chaqirim 💥 Kazangapning ólganini Edigeyga kim yetkazadi?   ❗Ukkubola 💥Kazangapning dafn marosimi maslahatiga necha kishi yig'ilgandi?   ❗Besh kishi🧾"Atrofda yer ko'p, albatta, istaganimcha topiladi. Faqat odamlar nimagadir yaqinlarini duch kelgan joyga ko'mib ketishavermaydi. Har holda bejiz bo'lmasa kerak" Ushbu fikr kimga tegishli? ❗Edigeyga 🧾Sobitjonning xotini nima uchun qaynotasining dafn marosimiga kelmadi? ❗Allaqanday konferensiyada qatnasharmish, ana shu yig'inga chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish 🧾Manqurt kim? ❗Xotirasidan umrbod mahrum etilib, o'tmishni eslolmaydigan qul. 🧾Oqmoya tuyaning avlodlari qanday xususiyatga ega? ❗Urg'ochilari o'ziga tortib, oq bosh tug'ilib, nayman eliga ma'lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Bo'ron singari qoradan kelgan, juda baquvvat bo'ladi. 🧾Nayman qabilasi uchun nima isnod hisoblanardi? ❗Jangda birodarlarining kimsasiz Sario'zak cho'lida dafn etilmay qolib ketgani. Muallif: Kamola Ibrohimova 🌱Keyingi qo'llanmani qaysi badiiy asardan qilishimizni xohlaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring! @Quizlar_olami_2023
Показать все...