Development-Rivojlanish
Открыть в Telegram
Ushbu kanalda “Development Eduspace” nomli tarbiya hamda ingliz tili uyg’unligida tilni milliy uslubda o’rgatish markazi asoschisi va muallimi, Ustoz Bekzod O’tkurovning shaxsiy mulohazalari va olimlardan keltirgan iqtiboslar
Больше624
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
-1230 день
Архив постов
Zar qadrini zargar biladi
IELTSdan dars beruvchi Abdulboriy Ustoz o’z kanallarida ba’zi bir fikrlarni bildiribtilar va orasida bizni ham maqtab, e’tirof etibtilar. Bu ustoz bilan hali hamsuhbat bo’lmaganmiz lekin o’qitish jihatidan ikkimiz ham talabchan Ustozlardan hisoblanamiz va meni ko’pgina o’quvchilarim ingliz tilini tugatgach, shu Ustozdan IELTS saboqlarini olishgan. Yozgan ma’qolalarini hammaga birdek tushunarli bo’lsin deb o’zbek tiliga ogirdik:
Ingliz tilida bir bosqichni 3 oydayoq yoki 2 oyni o'zida tugatib bo'lmasligi hech kimga sir emas. Ammo, ko'plab o'quv markazlar ta'lim va biznes o'rtasidagi chegarani mavhumlashtirgan holda, har bir bosqich davomiyligini qisqartirib tashlagan. Natijada, ustozlar bu kabi qisqa muddat ichida zarur materiallarni(bilimlarni) o'quvchiga yetkazishda katta bosimga uchrashmoqda.
Asosiy tashvishim shundaki, talabalar bu qadar qisqa muddat ichida butun ma’lumotni samarali o‘zlashtirishlari va amaliyotda qo‘llashlari juda qiyin. Til o‘rganish vaqt, takrorlash va ishonchni shakllantirishni talab qiladi. Talabalar bosqichdan bosqichga shoshilinch tarzda o‘tayotganda, ular o‘rgangan bilimlarini esda saqlab qolishda qiynaladilar, bu esa tushunmovchiliklar va hatto oilaviy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Masalan, o'quvchi Beginner, Elementary yoki Intermediate bosqichidan o‘ta olmasa, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va hurmatini yo‘qotadi. Ota-onalar esa, farzandini yetarlicha o‘qimayapti yoki ingliz tilini o‘zlashtira olmayapti deb o‘ylashadi. Aslida esa, muammo ko‘pincha kurslarning noto‘g‘ri(hayotiy bo'lmagan) tezligida yotadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotni yodlab olish mumkinligini bilan birga, u ma'lumotlar xuddi shunday tezlikda — hatto undan ham tezroq — unutilib ketishi bor.
Shu sababdan, bir bosqichni tugatgan har bir o‘quvchi, o‘sha bosqich darajasiga yetdi degani emas. 3 oyda Intermediate kursini tugatgan talaba amalda hali ham Pre-intermediate darajasida bo‘lishi mumkin. Xuddi shuningdek, Pre-intermediate darajasida bo‘lgan talaba aslida Elementary darajadagi bilimga ega bo‘lishi hech gap emas.
Shuning uchun men Toshkentda joylashgan Development EduSpace nomli o‘quv markazini (shaxsan tanimasam ham) juda qadrlayman. Meni qoyil qoldirgan jihati shundaki — ular har bir bosqichga butun bir yilni ajratishadi (hozir 6oy), bu esa o‘quvchilarga mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi. Ularning talabalari o‘zlarini Intermediate darajasida deb aytishsa, bu haqiqatdan shunday bo'ladi. Hatto ba’zida maktab ma’muriyati ham ushbu o'quv markazda o'qigan o‘quvchilarning ravon ingliz tilida so‘zlashuvidan qoyil qolib, ularni Upper-intermediate deb hisoblashadi.
Menimcha, bu — chinakam o‘qitish deganidir.
Afsuski, ko‘plab o‘quv markazlarining bosqichlarni shoshiltirib o‘tkazishiga sabab shundaki, ular(ya'ni bir bosqichni chuqur o'rgatuvchi o'quv markazlar) faqat ko‘proq pul ishlashni istaydi degan noto‘g‘ri tasavvuri mavjudligidir. Ko'plab o'quvchilar va ota-onalar bu markazlar ataylab o‘qish jarayonini ko'proq pul ishlash maqsadida cho‘zadi, deb o‘ylashadi. Aslida esa, bu to‘g‘ri emas. Muammo shundaki, ota-onalarning ko‘pchiligi til o‘rganish uchun ko'p vaqt va kuch talab qilinishini yetarlicha anglab yetmaydi. Shuning uchun ular farzandining iloji boricha tezroq bosqichlarni tugatishini istashadi.
Aslida esa, til o‘rganish — bu poyga musobaqasi emas, balki sabr, amaliyot va mustahkam poydevor talab qiladigan jarayon.
©Abdulboriy Abdulhamidov
Assalamu alaykum men uchun qadrli va omonat bo’lgan shogirtlarim va ularning ota-onalari!
Yana bir Ramazon oyini ortda qoldirib, navbatdagi Hayit ayyomini ham ko’rishni nasib etdi. Bunday barokatli va xayrli kunlarni yana ko’pini ko’rish barchamizga nasib etsin. Tutilgan ro’zalarimizni qabul qilib, qilgan duolarimizni ijobat qilsin. Yilning qolgan oylarida ham Ramazonda o’zimizni tarbiya qilib olgandek o’tkazishni nasib qilsin.
Bu oyda shogirtlarim haqqiga ham ko’pdan ko’p duolar qildik. Tez orada ijobatini ko’rsatsin. Allohim barchamizni yuzimizni yorug’ qilsin, ostin qilmasin, ustun qilsin, aziz qilsin, xor qilmasin!
O’qing! Ilm oling! To’xtamang.
Bizni buyuk ishlar kutyapti!
Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!
Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz
1-Apreldan boshlab darslarimizni yanada yangi saviya va sifat darajasiga ko’tarish maqsadida tuzib chiqilgan yangi dasturimiz haqida ota-onalar va shogirtlarimiz uchun ovozli hisobot (qolgan o’zgarishlarni o’quvchilarimizga yetkazaman)
Bugun bir guruhimiz iftorlik dasturxoni atrofida yeg’ilishdi. Ko’rib quvonaman.
Shogirtlarimz yaxshi bilishadiki, men darslarda va undan tashqarida har bir talaba bir-biri bilan inoq, bir oila, bir-birini qo’llaydigan, kerak bo’lsa tartibga chaqirib sog’lom tanqid qila oladigan va bir maqsadda birlashgan jamoa shakillantirshni o’rgataman.
Sababi, Ustoz har bir guruhning muhitini xuddi aka-uka, opa-singillar to’plangan oilaga aylantirmas ekan, u yerdagilarda uyalish, xato qilishdan qo’rqish, bo’linishlar, o’zaro hurmatsizliklar ko’payadi.
Ustozlikni bo’yniga olgan har bir professional odam birinchi shunday qulay muhitni shakillantirib, keyin mavzu tushuntiradimi, tarbiya o’tadimi yuqaveradi, barakasi ortaveradi.
Yaxshi yo’lda birlashing, qolganida ajraling!
Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz
Har bir shogirtimni o’z bolam deganman,
Ta’lim-tarbiyasini yelkamga olganman
Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz
🌙
Ramazon munosabati bilan barcha guruhlardagi shogirtlarimiz uchun -200.000 chegirma qilib beriladi!
Ya’ni doimiy to’lovdan 200.000 so’m ayirib to’lashingiz mumkin.
Qadri baland va sog’ingan oyimiz barchamizga muborak bo’lsin!
Bizda o’qib ketgan shogirtimiz @behruz_7001 dan kecha bir quvonchli gaplar eshitdik
(Behruz xususiy maktabda o’qiydi)
Bugungi guruhlarimizdan birida musobaqa o’tkazdik. Hali 3-raundi ham bor. Listening bo’yicha bo’ladi. Hozircha o’rinlar shu ko’rinishda.
Sizlarni guruhda ham shunday qilamizmi?
Tadbirlar
Bugungi tadbirlar ham nazarimda hamma tomonlama yuqori saviyada o’tdi. Shogirtlarimizdan ajoyib sovg’alar ham oldim. Kelgan ota-onalarga va shogirtlarimni barchasiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman!
Sifatli video va rasmlar hali oldinda!
Tadbirlar
Bugungi tadbirlar ham nazarimda hamma tomonlama yuqori saviyada o’tdi. Shogirtlarimizdan ajoyib sovg’alar ham oldim. Kelgan ota-onalarga va shogirtlarimni barchasiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman!
Sifatli video va rasmlar hali oldinda!
Bugungi hasharchilar bilan hazil video qildik🙂
Ustozlarni xizmatiga tayyorlar - haqiqiy shogirtlardir!
Ertaga Zakovatda ko’rishamiz!
