ru
Feedback
Development-Rivojlanish

Development-Rivojlanish

Открыть в Telegram

Ushbu kanalda “Development Eduspace” nomli tarbiya hamda ingliz tili uyg’unligida tilni milliy uslubda o’rgatish markazi asoschisi va muallimi, Ustoz Bekzod O’tkurovning shaxsiy mulohazalari va olimlardan keltirgan iqtiboslar

Больше
625
Подписчики
-424 часа
-27 дней
-1230 день
Архив постов
🏆 10-Noyabr, Yakshanba kuni Development o’quvchilari o’rtasidagi Zakovat intellektual ligasi kuzgi mavsumining 1-turi bo‘lib
🏆 10-Noyabr, Yakshanba kuni Development o’quvchilari o’rtasidagi Zakovat intellektual ligasi kuzgi mavsumining 1-turi bo‘lib o‘tadi! 📌 O‘yinlar Yakshanba kuni soat 9:30da boshlanadi 😄Jamoa a’zolarining barchasi rasmiy liboslarda bo‘lishlari lozim. 📍Liganing o‘yinlari 102-maktab binosida o‘tkaziladi. https://yandex.uz/navi/?whatshere%5Bzoom%5D=18&whatshere%5Bpoint%5D=69.220902,41.329910&si=g6942mrgubcdypg1atg9kwdcar O’yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun @development_aloqa bilan bog‘lanishlari mumkin.

Munirada ham yaxshi natija bo’libti. Muborak bo’lsin!🥳
Munirada ham yaxshi natija bo’libti. Muborak bo’lsin!🥳

Samiraning imtihon natijasi Tabriklaymiz!🙌
Samiraning imtihon natijasi Tabriklaymiz!🙌

Birinchi Ustozlar…

🏆 DEVELOPMENT🦅 o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining o’tkazilish sanasi ma'lum bo‘ldi! 📆 10- va 24-noyabr, yakshanba kunlari O‘quvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turniri o‘tkaziladi 💰Eslatib o‘tamiz, turnirda qatnashish 200.000 so’m va g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi: 🥇-o‘rin uchun - 5mln so‘m 🥈-o‘rin uchun - 2mln so‘m 🥉-o‘rin uchun - 1mln so‘m Eng asosiysi mukofot emas, turnirdan olinadigan intellektual foydadir! Maqsadimiz yoshlarimizni ilm olishga qiziqtirish va dunyoqarashlarini kengaytirishdir! 📍Manzil: 102-maktab

Zakovatdan javob Bilimdonlardek fikrlay olibsizmi?!

Zakovatdan savol Javobini o’ylab ko’ring

Zakovatdan javob Жавоб: АҚШда севиб истеъмол қилинадиган ва кўп транспортировка қилинадиган бу маҳсулот одатда устма уст тахл
Zakovatdan javob Жавоб: АҚШда севиб истеъмол қилинадиган ва кўп транспортировка қилинадиган бу маҳсулот одатда устма уст тахланади. Бу эса юқоридаги қутилар остидагисини эзишига олиб келади. Аммо ушбу оддий мослама эса пиццани эзилишининг олдини олади.

Zakovatdan savol АҚШда ушбу гугурт қутисидан каттароқ мосламани аниқ бир маҳсулотни етказиб беришдан олдин қутининг ичига сол
Zakovatdan savol АҚШда ушбу гугурт қутисидан каттароқ мосламани аниқ бир маҳсулотни етказиб беришдан олдин қутининг ичига солишади. Шу орқали маҳсулот сифатини сақлаб қолишга ҳаракат қилишади. Бу қайси маҳсулот?

​​Англияда ўқиётган Ўзбекистонлик талабанинг таълим тизимимиз хақидаги фикрлари: • Лондонда тили бурро тадбир уйиштириб "фаол" бўлганлар бир тийин экан. • Мен ҳиндлар ва хитой, корейс ва япон талабаларини кўриб мактабдаги олган билимларига тан беряпман. • Хуллас, мен шунчаки бўм-бўш мия билан магистратурага келиб қолибман. Масалан, гурухдаги ҳамма математикани чачворади. Сиз ўйлаган даражада эмас, яхши билади дегани хам эмас. Булар "чачворади". Шунақанги тенгламаларни улар мактабларидан ўрганиб келишганки, мен уларга ҳалиям ета олмаяпман. • Компютерни, офис дастурларини, ҳар хил программалар ва дастурлашни ўзимча яхши биламан десам. Бутун гуруҳ, ҳа ишонинг, ҳар бири мендан яхши билади. • Дунёқараш жиҳатидан ҳам биз Марказий Осиё талабалари оқсоқ эканмиз. Улар шунақанги дунё таниган брендларни эгаларидан тортиб, улар нима ишлаб чиқарадию, қайси маҳсулоти яхши эканини билишади. Мен бўлса ҳалиям кофе турларини фарқига бормайман. • Сиз ўзингизни Ўзбекистонда туриб "Келажак бизники, шу туришимда Ўзбекистонни дунёга танитаман" деманг. • Мен шунақа деб хато қилганимни билдим. Биз ростдан юртимизни юқорига олиб чиқмоқчи бўлсак, ростдан ўқишимиз керак. • Лондонга келиб билдим. Биз орқада эканмиз, кўп соҳада. Давлат сиёсати ёки иқтисодий нуқтаи назардан эмас, оддий мактабдаги асосий фанлар кўникмаларидан уларни амалиётга татбиқигача... • Бизни яна энг катта айбимиз бу номзодларга катта рағбатлар беришимиз. Мисол учун: Бизнинг Навоий, Беруний ва Зулфияни олаётган болалар келиб Ню Йорк, Лондон, Токио ёки шунга ўхшаган шаҳарлардаги бизнес марказлардан юқори лавозим тугул қабулхонага хам ишга кира олмайди. Нега? • Чунки у ерда биздаги "фаол талаба"дан олдин ҳинд ёки хитойлик ишга топшириб бўлган. Ундан устун бўлиш учун "Компаниям фахрим" деган видео ясаб келсангиз ўтмайди. • Бу ерда, яъни Лондонда, яхши офис ишига киришингиз осмонўпар бинода ишлашингиз учун ростакам юзма юз интервью бўлади. Улар сиздан ютуқларингизни умуман сўрамайди. Улар сиздан "илм" сўрайди. Уларга сизнинг 2 та мақола орқали хар кимга бериладиган Қозоғистоннинг хусусий кўкрак нишонлари бир тийин. • Улар илм сўрайди. • Хулоса: бу фикрлар ҳеч кимга қаратилмаган лекин, кўзимизни очишимиз керак. Дунё миқёсида бизнинг талабалар анча ортда. Сиздан илтимос "Мен энг фаол, энг зўр талабаман" деманг. Англияда сиз тенги одамлар анча бунча сизнинг ва бизнинг келажакдаги иш жойларимизни эгаллаб, қўлимиздан олиб бўлишмоқда... • Ўқинг... Пост муаллифи: Алишер Ҳашимжанов

sticker.webp0.32 KB

sticker.webp0.33 KB

O’zini hurmat qilgan, ona tilisini saqlasin (videoni oxirigacha ko’ring) Bugun chet tillarini mukammal o’rganib, ularni turli xil sohalarga tadbiq etgan holda o’sha sohalarni rivojlantirish zamonamizning eng dolzarb talablaridan bo’lib turibti. Lekin ayniqsa ota-onalar ham unutmasliklari lozimki, har bir chet tilini o’rganishda ham o’z chegaralari albatta mavjuddir. Masalan, ma’lum bir chet tilini o’rganish orqasidan o’sha millatning ziyonli odatlarini, nosog’lom yashash tarzini, bizga yod fikrlashini o’zlashtirib olib, va hatto ularga o’zini o’xshatishga harakat qilishga va oqibatida milliylikga, ayniqsa bizning qadriyatlarimizga zid bo’lgan “normalarni” ham o’zida shakillantirib olishga zamin yaratib qo’yishi ham mumkindir. Unutmaslik lozimki, o’rganayotgan chet tilining grammatikasini chuqur o’zlashtirish, undagi so’z boyligini ko’paytirishga qattiq harakat qilish, hattoki o’sha tilning shevalariga e’tibor berish, chet tilidagi adabiyotlarni mutolaa qilsh va turli hil sertifikatlar uchun intilish - o’z Ona tilisini unutish, uni eng past darajalarda bilish hisobidan bo’lmasligi lozim. Bu o’zlikni yoqotishdan boshqasi emas. Chet tili darajasi a’lo bo’lsa-yu, o’z ona tilisidan darajasi achinarli bo’lsa, undaylardan o’z qadriyatlarini va ulug’vor tarixini kelajakda davom ettiruvchilar chiqarmikin?! Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

E’lon Tayyor turing, tez orada shogirtlarimiz o’rtasida Zakovat intellektual musobaqasini uyushtirmoqchimiz. O’z jamoangizni tuzgan holda qatnashishingiz mumkin bo’ladi. Siz nima deysiz? To’liq tafsilotlar darslar davomida beriladi. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Zakovatdan javob Javob: Panda 🐼 Izoh: Ushbu poster Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi tomonidan tayyorlangan edi. Bund
Zakovatdan javob Javob: Panda 🐼 Izoh: Ushbu poster Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi tomonidan tayyorlangan edi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad akulalarning yoqolib ketayotganiga insonlar e’tiborini qaratish bo’lgan.

Zakovatdan savol Ijtimoiy reklama posterining chap tomonida “dahshatli” , o’ng tomonida “yanada dahshatliroq” deya yozilgan.
Zakovatdan savol Ijtimoiy reklama posterining chap tomonida “dahshatli” , o’ng tomonida “yanada dahshatliroq” deya yozilgan. Diqqat savol, bu posterni qaysi tashkilot tayyorlaganini emas, o'sha tashkilot logosida nima tasvirlanganini toping. Javobini kechroq jo’natamiz. Unga qadar o’z javoblaringizni yozib qoldiring. (Googledan emas, aqlimizdan foydalanib, fikr qilib ko’raylik)

Stipendiyachilar ro’yxati: Avgust-Sentabr uchun 1. Ergashboyeva Aziza Farhod qizi 2. Ismoilova Ruqsora Usmonjon qizi 3. Abdug
+5
Stipendiyachilar ro’yxati: Avgust-Sentabr uchun 1. Ergashboyeva Aziza Farhod qizi 2. Ismoilova Ruqsora Usmonjon qizi 3. Abdug’afforov Abdulloh Kamoliddin o’g’li 4. Shokirjonov Nurmuhammad Zoxid o’g’li 5. Ubaydullayeva Robiya Shuxrat qizi 6. Sobirjonova Diyora Mo’minjon qizi 7. O’lmasov Ibrohim Lutfulloh o’g’li 8. Shoadhamova Muxsina Dilshod qizi 9. Abdullayeva Mubina Dilshodbek qizi 10. Hamidullayev Shukurulloh Hikmatulloh o’g’li 11. Isroilova Mubina Boxodir qizi 12. Karimov Ibrohim Ahmad o’g’li 13. Ravshanova Mubina Rustam qizi 14. Xamidov Muhammadjon Jamoliddin o’g’li Shu shogirtlarimiz o’z faolligi va harakatlari uchun navbatdagi stipendiyalarni qo’lga kiritdilar. Biz bunday o’quvchilarimiz bilan faxirlanamiz! Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Faol bo’ling! Ota-onalar uchun maktablarda ta’lim va tarbiya sifatini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha so‘rovnoma 🔘Havola: https://forms.gle/KYrsUNCxHLSeqjQs5

Duoning kuchi Rasmda ko’rib turganlaringiz shogirtlarimiz Abdulloh Dilshodbek o’g’li va Muhammad Mustafo Dilshodjon o’g’li bo
+1
Duoning kuchi Rasmda ko’rib turganlaringiz shogirtlarimiz Abdulloh Dilshodbek o’g’li va Muhammad Mustafo Dilshodjon o’g’li bo’ladilar. Ular bugun har birlari darslarimizda faolligi va ziyrakligi uchun 1.000.000 so’mdan stipendiya olib, Ota-onalarini juda mamnun qiladigan bo’ldilar. Sizlarga bundanda muhimroq va ibratli bir gapni aytsam. Hammamizga yaxshi ma’lumki ota-onani roziligi va duosi farzand uchun xuddi ikki qanotdek bo’ladi. Qanotsiz qush ucha olmaganidek, farzand ham ularni duolarisiz yuksala olmaydi. Bugungi shu ikki shogirtimizni rasmga tushirayotganimizda bir gapni aytib qolishdi. Muhammad Mustafoning onalari o’g’illarini bir kun rasmga tushib, shu kanalimizda chiqishini so’rab duo qilgan ekanlar. Yanada qizig’i, Abdullohni ham shunday duo qilishgan ekan. Mana, duolar va yaxshi niyatlar amalga oshganini barchalarimiz guvohi bo’lib turibmiz. Muborak bo’lsin! Bu katta muvaffaqiyatlarning kichik bir boshlanishidir. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz