ru
Feedback
Manfaatli

Manfaatli

Открыть в Telegram

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Больше
593
Подписчики
-324 часа
-77 дней
-4330 дней
Архив постов
Al-Hasan Al-Basriy (tabeyin) shunday dedi: "Qish-mo'min uchun ajoyib vaqt. Uning kechasi turish uchun uzoq (ibodatda), kun esa ro'za tutish uchun qisqa". @Manfaatli_sizga

Jannatning 8 darvozasi🌸 1 Dorus-salom 2 Dorul-huld 3 Jannatun-na'im 4 Jannatul-a'din 5 Jannatul-ma'vo 6 Jannat-darul jald 7
Jannatning 8 darvozasi🌸 1 Dorus-salom 2 Dorul-huld 3 Jannatun-na'im 4 Jannatul-a'din 5 Jannatul-ma'vo 6 Jannat-darul jald 7 Jannat-ul 8 Bog'i eram @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

#duo DANGASALIK TUTSA Iymon sustlashib, ibodatga tanbal boʻlib qolsang, ushbu duoni koʻp aytgin: اللهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّ
#duo DANGASALIK TUTSA Iymon sustlashib, ibodatga tanbal boʻlib qolsang, ushbu duoni koʻp aytgin: اللهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّا ولا محْرُومًا “Allohumma laa tajʼalniy shaqiyyan va laa mahruman” Allohim! Meni badbaxtlardan, mahrumlardan qilib qo'yma. @Manfaatli_sizga

SHIKOYAT QILGANNING RIZQI KAMAYADI © Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy @Manfaatli_sizga

Bir kishining o'rniga o'zingni qo'yib ko'rmaguningcha, uning muammosini his qila olmaysan. (Tanasi boshqa dard bilmas) @Manfa
Bir kishining o'rniga o'zingni qo'yib ko'rmaguningcha, uning muammosini his qila olmaysan. (Tanasi boshqa dard bilmas) @Manfaatli_sizga

ISTIG‘FORNING 40 XOSIYATI 1. Allohga itoatgo‘y banda istig‘for aytadi; 2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi; 3. Istig‘for aytgan odam imon halovatiga erishadi; 4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi; 5. Istig‘for aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi; 6. Istig‘for aytgan odamga ne’matlar ko‘paytirib beriladi ; 7. Istig‘for bandaning martabasini ko‘taradi; 8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi; 9. Istig‘for tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi; 10. Istig‘for yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ladi; 11. Mol-dunyoga baraka kiritadi; 12. Istig‘for aytgan inson farzand ne’mati bilan siylanadi; 13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istig‘for aytish bilan uzviy bog‘liq; 14. Istig‘for aytuvchi jahannamdan najot topadi; 15. Istig‘for bandaning jannatga kirishiga sabab bo‘ladi; 16. Istig‘for Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, yaxshiliklarni ko‘paytiradi; 17. Istig‘for tanani baquvvat, sog‘lom qiladi, kasalliklarni aritadi; 18. Istig‘for aytgan odamning hayoti farovon bo‘ladi ; 19. Istig‘for bilan vatan tinch bo‘ladi, el-yurt taraqqiy etadi; 20. Istig‘for inson ko‘nglini xotirjam qiladi; 21. Boshga tushgan balolarni daf etadi; 22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi; 23. Istig‘for aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor bo‘ladi ; 24. Istig‘for majlis kafforatidir; 25. Istig‘for g‘iybatga kafforat bo‘ladi ; 26. Shayton vasvasasini qaytaradi; 27. Alloh istig‘for aytgan bandani yaxshi ko‘radi ; 28. Istig‘for aytish Allohni rozi qiladi; 29. G‘am-tashvishlarni ketkazadi; 30. Xursandchilik olib keladi; 31. Yuzni nurli qiladi; 32. Rizq kelishini osonlashtiradi; 33. Istig‘for aytgan odamning duosi qabul bo‘ladi ; 34. Alloh istig‘for aytuvchining og‘irini yengil qiladi; 35. Ko‘p istig‘for aytgan odam qiyomat kuni nomai a’molini ko‘rib xursand bo‘ladi; 36. Olamdan o‘tib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istig‘for tufayli jannatda yuqori martabaga ko‘tarilishadi; 37. Istig‘for odamni tushkunlikdan xalos etadi; 38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi; 39. Qalbni tiniqlashtiradi; 40. Istig‘for aytgan odamning rizqi keng bo‘ladi, kasb-koriga baraka kiradi... Ziyovuddin Rahimning “Istig‘forning 40 xosiyati” kitobidan @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Kulgili muammolar🙃 © Abdukarim Mirzayev @Manfaatli_sizga

Islomda 5 farz bor; Iymonda 7 farz bor; Namozda 12 farz bor; Taxoratda 4 farz bor; Tayammumda 4 farz bor; G‘uslda 3 farz bor; Amru ma’rufda 1 farz bor; Nahiy munkarda 1 farz bor; Hayzda 1 farz bor; Nifosda 1 farz bor; Ilm izlashda 1 farz bor. Islomdagi 5 farz 1 Iymon; 2 Namoz; 3 Ro‘za; 4 Zakot; 5 Haj. Iymondagi 7 farz 1 Alloh taologa iymon keltirish; 2 Farishtalarga iymon keltirish; 3 Allohning kitoblariga iymon keltirish; 4 Payg‘ambarlariga iymon keltirish; 5 Qiyomat kuniga iymon keltirish; 6 Yaxshilik va yomonlik ham Allohdan ekaniga iymon keltirish; 7 O‘lgandan so‘ng qayta tirilishga iymon keltirish. Namozdagi 12 farz Namozdan tashqaridagi 6 farz: 1 Namoz o‘quvchining badani katta va kichik betahoratlikdan pok bo‘lishi; 2 Joyi pok bo‘lishi; 3 Kiyimi pok bo‘lishi va avratlarining berk bo‘lishi; 4 Qiblani topishi; 5 Niyat; 6 O‘z vaqtida o‘qish. Namozning ichidagi 6 farz 1 Takbiri tahrima (Namoz avvalida aytiladigan, dunyo ishlarini harom qiluvchi «Allohu akbar» so‘zi); 2 Qiyomda turish; 3 Qiroat qilish; 4 Ruku; 5 Sajda; 6 Qa’dai oxir (tashahhud miqdorida o‘tirish). Tahoratdagi 4 farz 1 Yuzning soch chiqqan joyidan iyakning ostigacha va ikki quloq yumshoqlarining oralarini bir marta yuvish; 2 Ikki qo‘lning chig‘anoqlari bilan bir marta yuvish; 3 Boshning to‘rtdan biriga mas'h tortish; 4 Ikki oyoqning to‘fiqlari bilan bir boradan yuvish. Tayammumdagi 4 farz 1 Namoz o‘qishni niyat qilib tayammum qilish; 2 Toza tuproqni qasd qilishi; (yer jinsidan bo‘lgan, tuproq, tosh, qum kabilar) 3 Ikki qo‘lini tuproqqa urib yuziga masx tortish; 4 Ikki qo‘lini yana urib ikkala qo‘lining chig‘anoqlarini qo‘shib masx tortish. G‘usldagi 3 farz 1 Og‘izga suv olib yuvish; 2 Burunga suv olib yuvish; 3 Butun badanga suv yetkazib yuvish. Amru ma’rufdagi 1 farz Yaxshi amallarni o‘zi bajarib, boshqalarga ham buyurish. Nahiy munkardagi 1 farz Yomon amallardan avval o‘zi saqlanib boshqalarni ham qaytarish. Ilm izlashdagi 1 farz Ilm izlash, o‘qish farz. Inson hayoti davomida kerak bo‘ladigan halol-haromga doir ilmlarni o‘zlashtirishi farzdir. @Manfaatli_sizga

Qalbing Allohga muhabbat bilan to'lib-toshsa odamlarning qalbi senga muhabbat bilan to'lib-toshadi. Robbim, qalbimni muhabbat
Qalbing Allohga muhabbat bilan to'lib-toshsa odamlarning qalbi senga muhabbat bilan to'lib-toshadi. Robbim, qalbimni muhabbating bilan boyitgin! @Manfaatli_sizga

📚Abu Hurayra va Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, ikkovlari aytdilar: “Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga xutba qilib: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki” deb uch marta aytdilar. Keyin boshlarini quyi solib turaverdilar, turaverdilar... Bizdan har bir kishi yig‘lar, u zotning nima uchun qasam ichganlarini bilmas edi. Oxiri boshlarini ko‘tardilar. Yuzlarida sevinch alomati bor edi. Bu biz uchun eng yaxshi ne’matlardan ham mahbubroq edi. So‘ngra: “Qaysi bir banda besh vaqt namozini o‘qisa, Ramazon (ro‘zasi)ni tutsa, zakotini chiqarsa va yetti katta gunohdan chetda bo‘lsa, albatta, uning uchun jannatning eshiklari ochilur va unga, salom ila kir, deyilur”, dedilar”. Nasaiy rivoyat qilgan Banda uchun jannatning eshiklari ochilishiga mone bo‘ladigan yetti katta gunoh quyidagilar: 1. Alloh subhonahu va taologi shirk keltirmoq. 2. Alloh qatlini harom qilgan jonni nohaqdan o‘ldirmoq. 3. Yetimning molini yemoq. 4. Ribodan mol topib yemoq. 5. Sehr bilan mashg‘ul bo‘lmoq. 6. Urushda orqaga qarab qochmoq. 7. Mo‘mina, pokiza ayollarni zinoda ayblamoq. @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Duoning ijobat bo‘lishi va hojatning ravo bo‘lishi © Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

13 – TAVSIYA : 🌱 Ustozimiz Jamoluddin Abulmavohib ash-Shoziliy rahmatullohi alayh aytar yedilar: men, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushimda ko'rdim. Ul Zot menga: - “Uyqu oldidan “Bismillahir Rohmanir Rohim”ni besh marta, “A’uvzu billahi minashshaytonir-rojim”ni besh marta aytasan. Keyin, “Yey Alloh! Muhammad s.a.v. haqqi-hurmati menga Muhammad (ﷺ) ni shu dunyoda ham, oxiratda ham ko'rsatgin, deb ayt. Agar uxlashdan oldin shularni aysang, men oldingga kelaman va aslo qolib ketmayman” - dedilar”.

Ko‘p istig‘for aytsangiz: 1. g‘amingiz ketadi, 2. qarzingiz uzilishi oson bo‘ladi, 3. sahv-xatolaringiz kechiriladi, 4. barcha yaxshilikga muyassar bo‘lasiz, 5. samo eshiklari sizga ochilgay, 6. duolaringiz qaytarilmaydi – ijobat bo‘ladi insha Alloh. Istig‘forni qanday aytasiz? Istig‘for lafzlaridan ba’zilari: 1. "Astag‘firulloh" (Allohdan mag‘firat so‘rayman) 2. "Astag‘firulloha va atubu ilayhi" (Allohdan mag‘firat so‘rayman va Unga tavba qilaman) 3. "Allohummag‘firli va tub alayya innaka antat tavvabur rohiym" (Iloho, O‘zing meni mag‘firat qil, tavbalarimni qabul qil. Zero, Sen tavbalarni qabul qilguvchi va Rahimli Zotsan) @Manfaatli_sizga

☝️​​BAXTLI YASHASHINGIZ UCHUN AYRIM TAVSIYALAR:
✔️ Kuningizni Bomdod namozini ado etish bilan boshlang! ✔️ Istig‘for aytishda davomiy bo‘ling! ✔️ Duo qilishni bir kun ham uzib qo‘ymang. Chunki duo, najot arqonidir. ✔️ Hamisha,  talaffuz qilayotgan so‘zlaringizni farishtalar yozib borayotganini eslang! ✔️ G‘am - tashvishlarga ro‘baro‘ bo‘lsangiz,  «LAA ILAHA ILLALLOH» ni ayting! ✔️ Oz bo‘lsada, sadaqot беринг.  Qurbingiz yetmasa,  shirin so‘zingiz bilan,  yoki,  tabassumingiz bilan bo‘lsa ham! ✔️ Namozlarda sajdaga borganingizda, qalbingiz to biroz bo‘lsada xotirjamlikni his etmaguncha qaytmang. ✔️ Biror so‘z aytishdan oldin, uni mulohaza qilib ko‘ring. Ayrim parvo qilmay aytilgan gaplar bo‘ladiki, eshitgan kishini tirik o‘likka aylantiradi! ✔️ Biror mazlumning duoibatiga uchrab qolishdan ogoh bo‘ling! ✔️ Har qanday maqola, gazeta va jurnallar-u, kitoblardan oldin, bir bora bo‘lsa ham Qur’onga murojaat qiling! ✔️ Oilangizga kunda bir bora bo‘lsa ham Allohni eslating! ✔️ Nafs, hamisha yomonlikka buyuruvchidir. Siz, unga qarshi qattiq kurash e’lon qiling! ✔️ G‘azab qilmaslikka harakat qiling! ✔️ Eng kuchlilarning kuchligi, eng qudratlilarning Qudratligi siz bilan ekanini his etib yashang! ✔️ Gunohlarga tavba qilishni aslo kanda qilmang. ✔️ Sabrli bo‘ling! ✔️ Salbiy gumonlardan mutlaqo yiroq bo‘ling. Zero, insonni barbot qiluvchi illat, o‘zgalar haqidagi salbiy gumonlardir. ✔️ Allohdan yuz o‘girishga sabab bo‘luvchi omillardan yiroqlashing! ✔️ Mo‘minlarga ozor berib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling! ✔️ Bugungi axloqingiz, kechagidan go‘zalroq bo‘lsin. Hech bo‘lmaganda yomonlashmasin. ✔️ Haqqingizda xatolikka yo‘l qo‘ygan kishilarni gunohidan o‘ting. Xususan ular, ahli -oilangiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bo‘lsa! ✔️ Namoz, yuzingizga nur, ishlaringzda muvaffaqiyat,  qalbingizga yorug‘lik bag‘ishlaydi. Uni doimo  muhofaza eting! ✔️ Jahannam otashini tez - tez tasavuringizga solib turing. Chunki, ma’siyatlardan uzoqlashtiradi! ✔️ «Har bir qiyinchilik bilan bir yengilchilik bordir»  oyatini tez - tez yodga olib turing! ✔️ Turli mish - mishlardan  yiroq bo‘ling! ✔️ Amallaringiz o‘z hisobingizda qolishini ta'minlang.  Buning uchun g‘iybatdan yiroq bo‘ling. ✔️ Oilangizni seving, ularga shirin so‘z bo‘ling, dardini tinglang! Zero,  eng yaqin kishilaringiz, oila a’zolaringizdir! @Manfaatli_sizga

#duo Qarzdan qutilish duosi اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ O‘qilishi: Allohumma! Inniy a’uuzu bika minal hammi val hazani val a’jzi val kasali val buxli val jubni va zola’id dayni va g‘olabatir-rijali. Ma’nosi: Allohim! Men Sendan g‘am va mahzunlikdan, ojizlik va dangasalikdan, baxillikdan va qo‘rqoqlikdan, qarzga botib qolishdan va odamlarning menga g‘olib bo‘lishidan panoh so‘rayman. (Imom Buxoriy, Muslim, Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati). @Manfaatli_sizga 🌱

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

12 – TAVSIYA : 🌱 “al-Mafoxir al-aliyya”da Abu Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhning quyidagi tavsiyasi keltirilgan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni tushda ko'rish uchun “Izash-shamsu kuvvirot”, “Izas-samaaun fatarot” va “Izas-samaaun shaqqot” suralarini o'qib yurishga odatlaning. @Manfaatli_sizga 💫