cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Abstracts by Ruxshona

I'm just an ordinary girl, I don't have any achievements to brag about. If you join, you will be just a companion.

Больше
Рекламные посты
56
Подписчики
Нет данных24 часа
-1837 дней
-19030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ha, biz shunaqamiz. Har doim boshqacharoq ekanligimizni tabiatga,(o'zimizga) isbotlashga urinamiz. Biz e'tiborsiz qolib ketgan turdek tutamiz, o'zimizni. Ha. Aslida ham shunaqa bo'lishimiz kerak edi. O'zimizni o'zimiz "Kerakli" ga chiqarganmiz biz.(boshqa kim ham bunaqa qila olardi,biz uchun.) Jin urgur miyamiz qobiliyatlarini deb, unda ro'y bergan, bir tiynga qimmat mutatsiyalarni deb. Individualizm emish!!!
Показать все...
👍 5💯 2
Baribir boshqalarga o'xshamagan nimamiznidir topishga harakat qilamiz.....
Показать все...
Individualizm Individualizm-bu shaxsning ichki qadr-qimmatini ta'kidlaydigan axloqiy pozitsiya, ijtimoiy dunyoqarashdir. Individualist ma'lum bir falsafaga amal qilishi shart emas. Bu faqat har bir inson individual ekanligi, hammaning o'zini dunyoqarashi, xohishlari borligini ta'kidlaydigan ta'limotdir. Shuning uchun ham, uni qandaydir qoidalar jamlanmasi deb bilmayman. Bu yerda faqat siz borsiz. Insonlarning har qanday ehtiyoji, xohishi, umuman hamma-hammasi qanchalik xilma-xil: Siz mendek fikrlamaysiz, siz menga yoqqan kitoblarni o'qimaysiz, siz meni didim bilan yashamaysiz. Mana shu xilma-xillik-individualizm deyiladi. Va aynan shu yerda men, "men" ligimni namoyon qilaman. Har bir shaxs tajribalar, xulosalar orqali hayoti davomida juda ko'p marotaba o'zgaradi. Biroq, u shu yerda ham u o'z individualliligini saqlab qoladi. Balki bu borliqda tartibsiz kombinatsiyalar juda ko'pligining natijasidir... Hech kim senga: "Sen yakkasan. Sen alohida individual shaxssan"-demagan bo'lsa, men aytaman. Ha sen shunaqasan. Ko'chadagi lo'lilar ham,barcha-individual. Shunchaki, bu turfa xillilik. Individual shaxsliging ustidan maqtanish- bu kulgili. Axir, hamma shunaqa. Hammaning o'z fikri bor. Hech narsaga arzimaydigan bo'lsa ham, o'z qarashi bor. Ya'ni sen o'ylagan individuallilik-sening "har xilliging" ning jamiyatda qanchalik qiymatga egaligi bilan o'lchanadi. Qaysi darajadagi xilma-xillikga kirasan? (Individualist-egoist emas) @mindset0914
Показать все...
🔥 5
Ҳали ёрилмаган Янги пешонам, Жим тургин – Деворлар ураверсин дўқ. Қанча пешонамни, ахир, ёрганман, Аммо Бирор девор қулагани йўқ... ©️ Усмон Азим @mindset0914
Показать все...
👍 4💯 1
Juda keng mavzu. Har bir his haqida yozib chiqging keladi. Buni yana davom ettirmoqchi edim. Xullas bo'lmadi. Qolganini boshqa post qilarman. Ha aytgancha, bu mavzuda ma'lumot ham topishga qiynaldim. Hislarning ibtidosi... Qiziq.
Показать все...
👍 9🔥 2🥰 1
Kanalda realistlar anchagina. Ya'ni,ular muammolariga qaraganlarida,hissiyotlarni chetga surib qo'yib,real qarashadi. Hozir esa,biz hissiyotlarimizning o'ziga real qarab ko'ramiz. Mark Devonning izohlashidek qarasak,hissiyotlarni beshga bo'lib o'rgangan qulay:konsepsiyali, sensatsiyali, refleksiv, beixtiyoriy, ixtiyoriy hissiyotlar. Shulardan konsepsiyali,sensatsiyali,refleksiv,beixtiyoriy hissiyotlar biologik moslashish natijasida vujudga kelgan. Ya'ni,ular ko'payish orqali keyingi avlodga uzatiladi.Ular barcha odamlar uchun universaldir. Ixtiyoriy hissiyotlar madaniy moslashish orqali vujudga kelgan va ular keyingi avlodga aloqalar orqali o'tishi mumkin. Ular ma'lum bir madaniyatga qarab o'zgaradi. Konsepsiyali hissiyotlar Konsepsiyali hissiyotlarga ona mehri,sevgi,qayg'urish hissi,aybdorlik hissi,rashk,xudbinlik hissi, maqtanish hissi, hasad va yumor kabilar kiradi. Ular bizni xulq atvorimizni boshqaradi. Sensatsiyali hissiyotlar Ochlik, nafrat, orzu, yolg'izlik, zerikish, va ya'na instinktik hislarimiz sensatsiyali hissiyotlar deyiladi. Ular ham konsepsiyali hislardek bizni xulq-atvorimizni boshqaradi. Sensatsiyalar ko'rish, o'qish, tasavvur qilish orqali qo'zg'atilishi mumkin(Masalan, limonni ko'rganingizda sizda nima ro'y berganini o'zingiz bilasiz). Refleksiv hissiyotlar Refleksiv hissiyotlarga asosan to'satdan qo'rqib ketish,birdan sergak tortish kabi hislar kiradi. Va, tabiiyki ular bizda xavfdan himoyalanish uchun vujudga kelgan. Bu hissiyot turi boshqalaridan qadimiyroqdir. Chunki, ular vaqtida o'z turimizni saqlab qolishimiz uchun paydo bo'lgan. Shuning uchun, ular yuqoridagi ikki xil hissiyotni bostira oladigan aqliy ta'sirni keltirib chiqaradi. Ya'ni siz jar yoqasida turganingizda, kimdirni sizni kamsitayotganini,yoki shunga o'xshash hislarni, hattoki sevgan insoningizni o'ylamaysiz, siz bu paytda tabiatning bir turini saqlab qolishingiz kerak, tamom. Beixtiyoriy hissiyotlar Bunga qo'rqoqlik, jilmayish, yig'lash, uyatdan qizarish,va shunga o'xshash barcha yuz ifodalari kiradi. Beixtiyoriy hissiyotlar ko'proq ichki emas, tashqi muhit bilan aloqalarda vujudga kelgan. Va, ularni ham qaysidir ma'noda refleksiv hislarga qo'sha olishimiz mumkin. Ixtiyoriy hissiyotlar Bilganingizdek, bular sizning qo'lingizda, kimdandir achchiqlanmoqchi bo'lsangiz achchiqlana olasiz, yig'lamoqchi bo'lsangiz yig'laysiz, o'ziz xohlagan paytda kulasiz- bularning barchasi ixtiyoriy. So'zlardan ko'ra hislaringiz kuchliroq va ,albatta, qadimiyroqdir. Sizda birinchi hislar rivojlangan, va tabiiyki, ularni so'zlarda ko'rsatib berish miyada ancha turtkilarga, ko'proq neyronlaringiz ishlashiga olib keladi. Buni hammamiz his qilganmiz. Balki, siz ham ahmoqlarcha, hislaringizni kimgadir "tushintirib" bermoqchi bo'lganingizda, bu jarayon ancha noqulayligini his qilgandirsiz. Ularga alohida so'zlar kerakdek tuyiladi. Men bilgan be'mani hislar: Kutish hissi. Nimadirlar qilib, nimadirlarni kutasan. Self-improvement kitob o'qib bo'liboq, barcha muammolaring hal bo'lib qolishini, yangi uyga ko'chib, eski xotiralarsiz yangi, go'zal hayot boshlashni... Xullas befoyda.Hech qachon "chiroyli" yoki "o'zgacha" kunlar kelmaydi. Bu be'mani kutish deyiladi. Azaldan shunaqasan. Umid hissi. Senda umid bor. G'alati, yo'q, be'mani umid. Hammasi yaxshi bo'lib ketishiga bo'lgan umid. Ba'zi narsalarga harakat qilasan, ammo ular butkul senga tegishli bo'lmaydi. Keyin ,seni qo'lingdan kelgani faqat o'sha umid bo'ladi. Oxirgi daqiqaga qadar o'sha narsani kutasan,oxirigacha umid qilasan. Bu yerda "oxirgi daqiqa" deyish ham g'alati,chunki sen hali kutyapsan. Miyang tinmay qo'l siltash va umid qilish o'rtasida sarson bo'ladi. U oxiri nima bo'lishini bilmaganda qiynaladi. Ma'nosiz muhitda u turolmaydi. Boshqa turkum: Yolg'izlik hissi. Sen undan bir paytning o'zida nafratlanib,bir paytning o'zida rohatlanasan.(O'zi shunaqa, ba'zi og'riqlar miyaga yoqadi.) Balki, hissiy va ekzistensial yolg'izlikni birga boshdan kechirganing uchun shunaqa bo'lar. U o'sishinga yordam beradi,qiynaydi va ikkinchi shunaqa hisni olib keladi-... Zerikish. @mindset0914
Показать все...
👏 8🔥 2 1
Repost from Marketing bo'limi
Фото недоступно
ChatGPT yangiliklari Bugungi yangiliklar orasida O‘zbekistonda ham ChatGPT ishga tushgani haqidagi xabarni o‘qigandursiz. Bu o‘zgarishlar 6-noyabr kuni San-Fransiskoda o‘tgan konferensiya bilan bog‘liq. Konferensiyada Open AI CEO’si Sem Altman GPT yanada aqilliroq va samaraliroq “tool”ga aylanishini eslatib qator yangiliklarni e'lon qildi. Bular: — GPTni lokal ma’lumot bazasiga ulab qo‘yib, e-maillarda yoki e-commerce buyurtmalarini olish, saralashda ishlatish mumkin bo‘ladi; — GPT-4 ning Turbo modeli tanishtirildi, yangilangan model 300 betgacha bo‘lgan ma’lumot qabul qilib, qayta ishlay oladi, bu oddiy GPT-4’dan 16 martaga ko‘proq; — GPTning ma’lumotlar bazasi 2023-yil aprelgacha kengaydi, bungacha botning dunyo haqidagi bilimlari 2021-yil bilan cheklangan edi. Altman bugungi kunda GPTning haftalik aktiv foydalanuvchilari 100 mlndan ortiqligini ta’kidladi. Siz ham ularning ichidamisiz — GPT dan foydalanib turasizmi? Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Показать все...
👍 7
Maydalashib ketmasimdan, birorta ilmiy mavzu aytinglar, longread yozaman.
Показать все...
Ha aytgancha, anchadan beri kuzatib kelayotganganlar, balki, kanalni boshidagi,yoki o'rtasidagi fikrlar hozirgi fikrlashimga umuman mos kelmas. Ha,men shunaqaman. Tez o'zgaraman. Hech qachongidekmasman. Hozir qaysidir fikrimga qo'shilayotganlar,(balki hech kim qo'shilmas) ertaga fikrim o'zgarishi mumkin. Manimcha, siz shu o'zgargunga qadar qoladigan hamrohsiz. #justthinking @mindset0914
Показать все...
7👍 3
Фото недоступно
Yaxshi narsang bo'lib, uni yo'qotib qo'yganing yaxshiroqmi, yoki hech qachon u senda bo'lmagani? #Charlz Dikkens
Показать все...
🔥 6👍 2 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.