with vasatiya.
Открыть в Telegram
kimdir mendan biron narsa o'rgansa-yu, menga nisbat bermasa. (diniy sahifa emas)
Больше179
Подписчики
-124 часа
-17 дней
-930 день
Архив постов
Vaqt yo‘qolmaydi.
Bir dona urug‘ni yerga tashlasangiz — shunchaki o‘t chiqishi mumkin.
Lekin uni parvarish qilsangiz — daraxt bo‘lib, meva berishi mumkin.
Temir oddiy, qarovsiz bo‘lsa — zang bosadi.
Ustasi qo‘liga tushsa — san’at asariga aylanadi.
Qog‘oz oddiy holatda — chiqindi.
Lekin unga fikr qo‘shilsa — kitobga aylanadi.
Bir xil resurs.
Natija esa — yondashuvga bog‘liq.
Vaqt ham xuddi shunday.
Band bo‘lish — samarali bo‘lish degani emas.
Charchash — foydali ish qilganingni anglatmaydi.
Vaqt yo‘qolmaydi.
U har doim nimagadir aylanadi.
Ba’zida u arzimas zavqlarga ketadi — cheksiz skroll, bekor o‘yinlar, foydasiz suhbatlar.
Ba’zida esa:
— bilimga aylanadi,
— tajribaga aylanadi,
— daromadga aylanadi.
Chunki vaqt — sarf qilinmaydi.
U doim konvertatsiya qilinadi.
Eng to‘g‘ri konvertatsiya — vaqtni ilmga aylantirish.Chunki ilmga aylangan vaqt — ertaga natija, indinga imkon, bir umrga esa qadriyat bo‘ladi.
Repost from Qur’on xodimasi || خادمة القرآن
“Qur’onni qanday ravon o‘qish mumkin?”
Qur’on tilovatida duduqlanish yoki to‘xtalib oʻqishdan qutulishning yagona yo‘li —
o‘qish, o‘qish va yana o‘qishdir.
Koʻp oʻqing, davomiy oʻqing. Soʻzlar shu qadar koʻp takrorlansin-ki, ular tilingizdan xuddi suv oʻz yoʻlini topib oqavergani kabi oqib chiqsin.
Bundan boshqa sir ham, hiyla ham, maxsus usul ham mavjud emas.
#tarjima
Alloh Ramazonning kelishini qalblarda bir bayram oʻlaroq ayladi.
Ketishida moʻminlarning dillarini xufton etmasin deya hayitni ehson qildi.
Bayram bilan kutib olib, bayram bilan kuzat dedi.
Mahzun boʻlma, Alloh sizdan va bizdan qilgan yaxshi amallarimizni qabul aylasin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh uchun g'azabini yutgan bandaning ichi iymon bilan to'ldiriladi» (Imom Ahmad rivoyat).
Qalb poklangan sari muloyimlashib boradi.
Muloyimlashgan sari porlab boradi.
Porlagan sari zavqqa to‘lib boradi.
Zavqqa to‘lgan sari yuksalib boradi.
Yuksalgan sari ishtiyoqi ortib boradi.
Ishtiyoqi ortgan sari faol bo‘lib boradi.
Faollashgan sari unda jannatning mayin shabadalari esadi.
Shundan keyin u toat ibodatdan lazzatlanadigan eng baxtli insonga aylanadi.
Necha ming chaqirim, bugun oramiz,
Xatlarning qatida koʻngil olamiz,
Ey meni duosi yoʻqlayotgan, doʻst!
Ayting, Madinaga qachon boramiz?
Ishqida yigʻladik, ishqida yondik.
Ishqi deb dunyoning ishidan tondik.
Umidga suyandik, Unga ishondik.
Ayting, Madinaga qachon boramiz?
Koʻngillar qoraydi, tosh qotdi, doʻstim.
Kipriklar ichida yosh qotdi, doʻstim.
Yana umidvorlik asqotdi, doʻstim.
Ayting, Madinaga qachon boramiz?
Repost from чойҳўрқиз.
Esingizda bo’lsa ehson uyishtirishni aytgan edim va shunga harakat boshlandi.
Ramazon — faqat ro‘za tutish emas, balki boshqalarning iftoriga sabab bo‘lishdir.
Biz ko‘chalarda iftor vaqtida suv va xurmo tarqatib, ro‘zadorlarning duosiga sababchi bo‘lishni niyat qildik.
Ehsoningiz balki siz kutmagan eng go‘zal duoga sabab bo‘lar.🤲🏻
Yaxshilik safimizga qo‘shiling.🌷
5614 6819 1694 2836 A.SH✨
