cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Dardi Bedavo hikoyalari

Assalomu alaykum barchaga! Kanalimizga obuna bo‘ling afsuslanmaysiz, biz siz uchun harakatdamiz. Bu kanal sizlar uchun, siz aziz muhlislarimiz nimani so‘rasangiz qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz sizlarni rozi qilish uchun! Admin: @dardi_bedavo_707

Больше
Таджикистан7 946Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
194
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Nimaga ba'zi insonlar bugungi kunda oilasiga xiyonat qilishni yaxshi ko‘rishadi? Nimaga allohdan qo‘rqamiz deb shaytonning aytganini qilamiz? Nimaga onamni boshimda ko‘tarib yuraman deb vaqti kelib arzimas insonlar uchun onalarimizni bizga bergan mehrini oyoq osti qilamiz? Nimaga bir insonga sevaman deb turib o‘zgasini bag‘rimizga bosamiz? Nimaga hayol suramiz-u, hayot qurishni unutib qo‘yamiz? Nimaga yaqinlarimiz bizga yaxshilikni ravo ko‘rib bizga maslahat bersa qayerdagi bir begonalarning gapiga quloq solib yomon qing‘ir yo‘llarga kiramiz? So‘nggi savolim! Nima shunchalar tuban bo‘ldikmi? Barchasi o‘z qo‘limizda jannatga loyiq bo‘lish ham do‘zax o‘tida yonishimiz ham hamma hammasiga o‘zimiz sababchimiz! Ogoh bo‘ling... #Dardi_Bedavo
Показать все...
Namoz o'qimay jannatdan umid qilish, avtobus bekatdia samolyot kutish bilan barobar... #Dardi_Bedavo @hastasiman
Показать все...
Hozir ovqat yetkazib berish hizmati #Tez_yordamdan oldin keladi. #Qoyilmisiz 🫠 #Dardi_Bedavo
Показать все...
Mana hikoyamni siz so‘ragan yangi fasli. Bugundan boshlab aynan shu kanalda eng birinchilardan bo‘lib bu hikoyani o‘qishingiz mumkin. Hikoya kuniga 1 qism tashaladi, iltimos davomini so‘ramang. Fikr mulohazalaringizni kutib qolaman, hurmat bilan #Dardi_Bedavo 😊...
Показать все...
Avvalo barchangizga assalomu alaykum. Baxt ortidagi dard hikoyamni birinchi, ikkinchi faslini o‘qigansiz, qahramonimiz Farruxning hayotidan qisman bo‘lsa ham xabardorsiz. Alloh bandasiga yomon ko‘rgani uchun emas, suygani uchun dard beradi deymiz. Ammo ko‘zlarimiz baxtni ko‘rmay yuragimiz baxtni his qilmay qo‘yadi baxtli bo‘lsa ham. Chunki bir yoqdan baxt bir yoqdan dard chekkan inson qalbi ko‘r bo‘lib qolarkan. Farrux huddi shu holatda yashab umrining eng shirin damlarini qadriga yetmagan inson bo‘lib qoldi. Keling gapni qisqa qilib hikoyamizni boshlaymiz. Baxt ortidagi dard... 3-fasl, 1-qism. 2020 yil, 1-yanvar, Farrux yangi yil bayramini nishonlab Farrux shirakayf ahvolda ertalab soat 9 larda uyqudan ko‘zlarini bazo‘r ochdi. Yuz qo‘llarini yuvib ozgina o‘ziga kelib oldi va telefoniga qaradi. Qarasa Mehrinozning xolasi va singlisidan bayram tabrigi kelgan ekan. Farrux Mehrinozning singlisiga telefon qildi: -assalomu alaykum ! 😊 -qalesan singlim yaxshimisan? 😊 -yaxshi raxmat o‘ziz yaxshimisiz? 😊 -chidasa bo‘ladi 😊 -nimaga chidasa bo‘ladi ? Bugun ham bayramku, bayramni nishonlamayapsizmi? 😁 -ha aytma kecha nishonlaganim o‘zi yetadi oshib ham ketdi. 🤦‍♂ -ichdizmi😱 -yog‘e shishani ichida suzdim 🤦‍♂ -tovba qildim 🤦‍♀ -nima bo‘ldi ? 🙄 -opam aytgandila ichmayla deb aytgandila. 🤦‍♀ -opang aytaveradi, o‘zi opangni deb ichaman, ozgina bo‘lsa ham eski kunlarimni unutaman. Aytgancha man opang uchun emas o‘zim uchun yashayapman. Opajoningdan kechganman 1 kun oldin. 😊 -aka unaqa demang, hali ko‘rasiz hamma hammasi zo‘r bo‘ladi ishoning manga. Man ishonaman siz mani pochcham bo‘lasiz. Akam bo‘lishini orzu qilganman. Siz mani orzuyimni ro‘yobga chiqishiga sabab bo‘ldiz. Xolam ham sizni muomalangizni yaxshi ko‘radila. Agar Mehrinoz shu yigitga tegsa man ishonaman butun umr g‘am ko‘rmay o‘tadi. Mani uyimga mehmon bo‘lib kelsa shu bolani oyog‘ini tagiga qo‘y sao‘ydiraman pochchanga degandila. 💁‍♀ -Oygul o‘zing o‘yla kimdandir mehr qidirib mehr muhabbat o‘rniga zarda gaplar, pisandilar bo‘lsa ohir oqibat sani ham sabring tugaydi va hammasiga qo‘l siltab ketishga majbur bo‘lasan. Ko‘zing ochiladi, hayotni past balandini ko‘rasan, ko‘zlaring yoshlanib turganida kimdir kelib nima bo‘ldi desa ko‘zing yoshini artib bahona qilib shunchaki ko‘zimga pashsha kirib ketdi deb o‘sha insonni aldaysan. Kimdir ko‘zlaringdan biladi ichingda og‘ir darding borligini. Kimdir esa soatlab gapirsang ham tushunmaydi. Qisqasi singlim man charchadim opangni behuda arazlaridan. Kun keladi afsus qiladi, alamdan ko‘z yosh to‘kadi lekin o‘shanda hamma hammasi uchun unsiz yig‘lab u uchun vaqtida nimalarga tayyor bo‘lganimni va u uchun nima ishlar qilganimni, uni baxtli qilish uchun o‘zimdan ham kechganimni payqaydi keyin oynaga qarab o‘zidan o‘zi nafratlanib ketadi. Man shunaqa insonman. Bir narsaga erishmoqchi bo‘lsam u uchun astoydil kurashaman, hamma hamma narsaga chidayman lekin osonlikcha taslim bo‘lmayman. O‘zing ko‘rding guvohi bo‘lding 4 oy davomida opangni kamsitib gapirishlarini eshitdim hop deb indamadim, bundan 1 yil oldin opangdan so‘ragandim: "-Mehrinoz kun kelib o‘sha birinchi muhabbating yoninga kelib sandan chin qalbdan uzr so‘rab uni kechirishingni va yana qaytib u bilan birga bo‘lishingni hohlab sandan so‘raganida nima qilasan? -bilasizmi siz mani eng og‘ir kunlarimda hayotimga kirib keldiz. Dunyo ko‘zlarimga tor bo‘lganida hayotimga yorug‘lik olib kirdingiz. Balki ko‘nglimda sizga nisbatan sevgi yo‘qdir lekin man aniq ishonaman qachondir sizni chin yurakdan sevaman. Mandan kechmaysanmi degan savolingizga kelsak mani og‘ir kunlarimda yordam qo‘lini cho‘zganlarni hech qachon tashab ketmayman. Janob hazilkash nasib qilsa dunyodagi eng baxtli oila bo‘lamiz man bunga ishonaman siz ham ishoning va qaytib bunaqa savollarni bermang manga, kelasi safar hafa bo‘laman 😕" degandi. O‘sha gapdan 2 oy o‘tib izsiz yo‘q bo‘lib qoldi. Keyin bilsam o‘sha eski sevgilisi bilan sevishib yurgan ekan. Opang xiyonat og‘rig‘ini bilmaydi bilganida unaqa qilmasdi. 1-qism tugadi. #Davomi_bor Muallif: #Dardi_Bedavo Kanal: @hastasiman
Показать все...
Yostiqqa bosh qòyishim bilan uxlab qoladigan yoshligimni soģindim... Hayrli tong azizlarim, yangi kun barchangizga muborak bo‘lsin!!! #Dardi_Bedavo
Показать все...
#faqat_yiglamang Onam... Ichiga yutadi so'z demay, Uch kunlab yuradi tuz yemay, Qaytishim intizor kutyapti, SOCHLARI OQARIB KETYAPTI...😞 @hastasiman
Показать все...
1.93 MB
#faqat_yiglamang Onam... Ichiga yutadi so'z demay, Uch kunlab yuradi tuz yemay, Qaytishim intizor kutyapti, SOCHLARI OQARIB KETYAPTI...😞 @hastasiman ♻️𝒀𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒚𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈❗️ @Islomiy_Statuslar 🍃
Показать все...
1.93 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌹 АССАЛОМУ АЛАЙКУМ 🌹 🌹 ва Рaҳматуллоҳ 🌹 🌹 ва Барокатуҳ 🌹 🌸ЖУМА МУБОРАК🌸 ▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔ 🌹Ният қилинг ёмон бўлмасин, 🌹Орзу қилинг армон бўлмасин, 🌹Янги кунни қаршиланг аста, 🌹Аллоҳ йўлингизга омад боғласин! 🌷Дилдаги меҳрингиз бўлмасин адо, 🌷Азиз бошингизни силасин Худо, 🌷Қалбингиз доимо қувончга тўлсин, 🌷Жума айёмингиз муборак бўлсин! @hastasiman
Показать все...
📝​Турмуш ўртоғингиз сиздан совуса... Баъзан аёл киши турмуш ўртоғи уни илгаригидек севмаслигини ёхуд ўрталаридаги масофа анча узоқлашиб, муносабатлари чигаллашганини ҳис қилади. Ишончимиз комилки, сиз ҳам аёл сифатида буни тезда пайқайсиз. Сизга қуйида эрнинг аёлига бефарқлигига далолат қиладиган омилларни баён қиламиз: Зерикиш Ушбу ҳолат эр-хотин ўртасида бўладиган илиқ алоқаларда кўзга ташланади. Мисол учун турмуш ўртоғингиз сиз билан узоқ ўтиришни, суҳбатлашишни истамаслиги ёки ёнгинангизда ўтирса ҳам, гапларингизга аҳамият қилмаслиги мумкин. Шунинг учун баъзида сукут сақлаганингиз афзал. Баъзи эркаклар эса аёлларига улар билан ўтиришдан ёки улар билан яшашдан зерикканларни очиқ айтадилар. Беэътиборлик Эрнинг аёлига  баъзи байрамларда ҳадя бермаслиги, аёли кўчага чиқиб, узоқ қолиб кетса ҳам, ундан хавотир олмаслиги унинг турмуш ўртоғига бефарқлигига далолат қилади. Албатта, илк турмуш қурган вақтларидан табиати шундай бўлган эркаклар бундан мустасно. Шунингдек, кийимларингиз ёки ташқи кўринишингизга аҳамият қилмаслиги, ҳозирлаган таомларингизга эътибор бермаслиги ҳам шулар жумласидандир. Турмуш ўртоғингиз сиз билан ўтирганида телевизорга бутун эътиборини қаратиши, электроник ўйинлар ўйнаши ёки ҳар хил газета-журналлар ўқиш билан машғул бўлиши эрнинг аёлидан қочишининг йўлларидандир. Танқид қилиш Эрнинг аёлини кўп тергаши, арзимас нарсаларни катта деб ҳисоблаши, халқ тилида айтганда, “пашшадан фил ясаши” унинг  ҳис-туйғулари салбий томонга ўзгарганига далолат қилади. Агар турмуш ўртоғингиз ҳар сафар сизни кўрганида урушса ёки ҳақоратласа, сизни беҳурмат қилиб, туйғуларингизни жароҳатлаган вақтида ўзингиз билан эрингиз ўртасида масофа сақланг. Қовоқ солиш ва қарамаслик Қовоқ солиш сиқилиш ва безовталик аломатларидандир. Турмуш ўртоғингизнинг сизга умуман қарамаслиги эса ёлғон ёки бефарқликка далил бўлади. Эрнинг аёлига умуман қарашни хоҳламаслиги, ундан юз-кўзини олиб қочиши ўша эркакнинг аёлидан совуганига далолат қилади. Сиз эрингизнинг бундай қилишини асло қабул қилманг. Эр-хотинлик алоқасидаги совуққонлик Эр-хотин ўртасидаги энг муҳим алоқалардан бўлган ушбу мулоқотда эрнинг аёлига совуққонлиги унинг аёлидан совуганига энг яққол далилдир.  Баъзида ушбу совуққонликнинг сабаби  жинсий заифлик бўлиши ҳам мумкин.  Ҳар қандай ҳолатда ҳам аёл турмуш ўртоғидан бунинг сабабини очиқ сўраши лозим. Чунки ҳар бир эрнинг аёл устида ҳаққи бўлгани каби аёлнинг ҳам эрида ҳақлари бор. Эҳтиромнинг йўқолиши ҳамда озор берувчи хатти-ҳаракатлар Турмуш ўртоғингизнинг сизга қасддан озор беришга ҳаракат қилиши унинг муҳаббати сўниб, ўрнини нафрат эгаллаганига далилдир. Буни сиз билан совуққонлик-ла гаплашиши ёки таҳқирловчи танбеҳлар бериши, фарзандларингиз ва оилангиз олдида ҳам беҳурматлик қилишидан сезишингиз мумкин. Эркак киши аёлини бошқалар олдида, хусусан, оиласи ва дўстлари олдида таҳқирлаши эр аёлини ортиқ севмаслигини таъкидлайди. Бу ҳолатда турмуш ўртоғингиздан босиқлик билан бундай қилишни тўхташини талаб қилишингиз керак. Чунки сиз эрингиз қўлидаги Аллоҳнинг омонатисиз. Бахиллик Аёлига нафақа беришдан қочиш, унинг олдида пулини кўрсатишни хоҳламаслик, имкони бўла туриб ўзининг ночорлигини даво қилиш аёлнинг эри ҳаётида аҳамияти, қадр-қиммати йўқлигига далолат қилади. @hastasiman
Показать все...