Muhammadsaid - Blog
Открыть в Telegram
Startaplar, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Bog‘lanish: @saidov Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz
БольшеУзбекистан27 648Категория не указана
1 743
Подписчики
+124 часа
-77 дней
-1630 дней
Архив постов
1 742
Klaviatura qilyapman, qiziq statistika:
Ş harfi uluşi 2%, Ö da esa 1.6%, Ç — 1%, Ğ — 0.4% ekan. Şunga qarab hozir terilmani işlab çiqiş kerak.
1 742
Repost from Tilmoch
🇺🇿 O‘zbek tili bayrami muborak!
1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu sana munosabati bilan tilimizning boy yozuv tarixiga nazar tashlaymiz.
Bir yarim ming yil davomida tilimiz beshta yozuvda bitildi:
𐰾𐰇𐰔 · سوز · sɵz · сўз · so‘z
Yozuvlar besh bor o‘zgardi, ammo tilimizning jozibasi o‘zgarmadi.
📖 Toshbitiklardan bugungi klaviaturagacha bo‘lgan yo‘l haqida maqolamizni o‘qing: tilmoch.ai/21-oktyabr
🎁 Bayram sovg‘asi: pulli obunalar 21% arzonroq!
Chegirma Pro va Max’ning barcha (1, 3 va 12 oylik) tariflariga 27-oktyabr oxirigacha amal qiladi.
Bayramingiz muborak! 💚
Tilmoch jamoasi
1 742
Tilmochga xodim izlayapman.
- Produkt yasolishi kerak, research qila olishi kerak, Claude Code orqali.
- Universitetni tamomlagan bo’lishi shart.
- O’rta darajali ishlar emas, sifatli ish qilishi kerak
- Ish to’liq ofisda, masofadan ishlash yo’q, lekin grafik erkin
- Agar qandaydir matematika/informatikadan olimpiadalarni g’olibi bo’lsangiz yoki shunga o’xshagan yutuqlaringiz bo’lsa undan ham zo’r.
Bu yerda tajriba, senor/junior, yosh bo’yicha talablar yo’q. Ko’nikmalar, qaysidir sohada iste’dod, didingiz kuchli bo’lsa topshiring: @saidov
Maosh: 2000$ dan boshlanadi
1 742
Menga ikkita fikr keldi
1. Mahallarga havo sifatini o’lchaydigan filtr sotish, bu filtrlar keyin yagona tizimga ulanib, havo ifloslanish darajasini dinamik tarzda kuzatib, asosiy o’choqni anilqaydi. Keyin avtomatik tarzda tegishli joylarga ariza yuboradi.
2. Chiroq yo’q degan platforma bor edi, odamlar kirib, uyimda chiroq yo’q deydi, jonli kuzatsa bo’ladi, qayerda nima o’chgan. Xuddi shuni endi havo sifatiga moslasa bo’ladi
1 742
Hazonni kim yoqqanini avtomatik aniqlab, uni jarimaga tortadigan tizim qilish kerak.
Mahallalar taraf kimdir xohlagancha har kuni hazon yoqyapti. PMI 50-60 har kuni.
Nimalar qilsa bo’larkan?
1 742
Men o‘zi hech kimdan so‘ramasdan Tahrirchiga shu so‘zlarni qo‘shaman doim, eksperiment qilib
1 742
Brelok, keychain => osmachoq, taqmacha
Stiker, stikerpak => yopishtirma, yelimcha
Shopper => to'rva (bu bor so'z)
1 742
Brelok so‘ziga muqobil so‘z qidirib ko‘rdim, osmachoq degan variant yoqyapti, yaxshimi?
1 742
Repost from A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Zo‘r resurs qilishibdi. Kirib, titkilab ko‘ringlar, mazza qilasizlar: til.uz
1 742
U-bu kim dublyaj aktyorlarini taniydimi? Menga hozir bir nechta litsenziyali ovoz kerak bo‘lyapti
