Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer
Открыть в Telegram
851
Подписчики
-124 часа
-77 дней
-230 день
Архив постов
Repost from Dev thinking loud
TDD, PP va AI
Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishladik. Ularning tezlikdan ko'ra sifatni ustun ko'rishlari har qadamda sezilib turar edi. Har "feature" uchun "refinement session"lar albatta bo'lar, sessionda "feature" qanday qilib "implement" qilinishining har qadami qayd qilinib "ticket"ga yozib qo'yilar edi. Bajaruvchi u ishga deyarli qiynalmas edi, chunki hamma "design decision"lar qilingan bo'lardi. U paytlari copilot edi chiqqan, faqatgina funksiya yozib berishni bilar edi. Jamoada ikkita qattiq qoida bor edi: 1) "Test-driven development (TDD)" - testlarning "implementation"dan oldin yozilishi 2) "Pair-programming (PP) for new features" - yangi qoshilayotgan imkoniyatlar uchun juft-dasturlash uslibi.
U proyektga qadar shaxsiy tajribamda testlarni yozish yoki "implementation"dan keyin edi ("beuracracy") yoki umuman yo'q edi (ha, shunday proyektlar ham bo'lgan va kam emas). Bazan shunday holatlar bo'ladi, sizga proyektga qo'shilishdan oldin shunaqa savollar berishadiki u proyekt ideal deb o'ylaysiz, qo'shilganingizdan keyin esa holat idealdan ancha uzoq ekanligini ko'rasiz va u kirishdagi savollarning bazilari sizga ma'nosiz tuyuladi. Bu gal ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylagandim, chunki TDD tatbiqini faqat kitoblarda o'qigandim. Kutilmaganda ko'rdimki har ikki qoida (TDD va PP) amalda qattiq qo'llaniladi. Ikkisi ham avvalida noodatiy tuyuldi, qanday qilib test yozishimiz mumkin agar hali "implementation"ni yozmagan bo'lsak deb o'ylardim, lekin jamoadoshlarimdan buni qanday amalga oshirishni tez orada o'rganib oldim. Masala muammoning yechimidan nima kutayotganimizni oldindan o'ylash haqida ekan. Undan tashqari PP ham boshida juda galati tuyuldi, jamoada kun boshida guruh teng ikkiga bo'linadi va har guruhdan bir odam narigi guruhdan birini tanlaydi va kun ohirigacha u bilan tanlangan ticket(lar) ustida birga ishlaydi. Odatda juftlar "shuffling" bo'lardi, yani bir odam bilan ketma-ket ikki kun ishlay olmasdik. Process juda qiziq, bir odam "navigator" boshqasi esa "implementor" (bazan "typist" deb aytilardi, chunki uning vazifasi asosan "keyboard"da tugma bosish) vazifasini bajaradi va har 15 minutda vazifa almashishadi. "Navigator"ning vazifasi muammoni qo'yish, u haqida fikr yuritish, "implementor"ga nima qilishi kerakligini aytib turish. Mabodo ticketda "refinement"da o'tkazib yuborilgan "case"lar bo'lsa ular uchun "tradeoff"larni ko'zdan kechirish va "design decision"larni qabul qilish. Bu orada "implementor"ning fikrini ham so'rab ko'radi. Tez orada bu uslubga ham ko'nikib qoldim. Bazan jamoa bazi sabablarga ko'ra toq sonli bo'lib qolar edi, shu paytlari kimdir yolg'iz ishlashi kerak bo'lar edi. Shunday holatga men tushib qolsam o'zimni noqulay his qilar, qilayotgan ishimning sifatiga shubhalanar edim.
Bularni nega gapirib berdim? Hozirgi kundagi AI "workflow"larni o'sha paytdagi "PP session"larga o'xshataman, faqat bu yerda endi AI faqat "implementor/typist" emas, balki oradagi chegara biroz surilgandek. Endi AI faqat kod yozmaydi, balki izlanish ham qiladi, muammoga yechimlarni ko'zdan kechiradi, "tradeoff"larga qarab ajratib chiqadi va biz("navigator")larga taqdim qiladi, bizga esa "design decision"larni qabul qilish va ish tugaganda uni "review" qilish qoladi. AI bilan oramizdagi mehnat taqsimotini "mechanics and responsibility" ga bo'lgim keladi, "mechanics" AIda, "responsibility" esa hanuz insonda.
AI subsidiya qilinayotgani va aslida 20$lik subscription qanchaga tushishi haqida tez-tez maqolalar koʻrib turibmiz va bular sizdirilishidan nimadur maqsad borligi aniq.
Subsidiya tugaganda kunimiz dumb modellarga qolishi mumkin, hamma ham oyiga 5-10Klik AI ishlatishga toʻlay olmaydi, enjoy until it lasts :)
- "ona tabiatimiz"
n**ga why the fk do you live as if there are borders? you're living on Earth. There are actually no borders - earth is our original home, without any borders
upd: cloudflare tunnel oxirgi paytlar tez-tez o'z-o'zidan ishdan chiqishni boshladim, ngrokka o'tdim hozircha :)
Sohaga kirganimning birinchi ikki yilida koʻp narsa oʻrgangandim, keyingi ikki yilida uncha oʻsmadim deb nolirdim, undan keyingi vaqtda esa bilimlarim orqaga ketishini kim oʻylabdi deysiz)
Bizning kompaniya frontend dasturchi izlayapti, topshiringlar:
https://t.me/SRP_fergana/54
Dasturchi roli uchun HRlar emas, dasturchilar hodim izlasa yaxshiroq natija beradi.
Tajribamdan.
Ushbu komandani run qilib koʻring va skrinshotni kommentga tashlangchi, codebase qanchalik "sogʻlom" ekanini koʻramiz 👇
Insonlarning boshqa insonlar ishsiz qolishi ortidan kulishi juda jirkanch tuyuladi men uchun.
Unga zarari tegmagan boshqa bir insonning mashaqqatga tushishida qanday zavq bor ekan?
AI falon kasblarning yoʻqolishiga yoki ishlar kamayishiga olib kelyapti desa, u kasb egalarini mazah qilayotganlarni koʻrib turibman.
Naqadar pastkashlik.
Repost from SRP_Fergana
🎯Summer internship applications are open for a web product development
🗓 June 8 → August 17 (ten weeks)
📍 Ferghana office, in person
💵 Paid
You will be working on a live product alongside our product team. Frontend code, planning meetings, reviews, and seeing what you built go in front of users.
What you should bring:
👉 HTML, CSS, JavaScript — Beginner level
👉 English — IELTS 4 or higher
👉 Willingness to learn
👉 Available all ten weeks, in person
⏱️ Apply here by May 25
Chet el loyihalari bilan ishlaydigan kompaniyada internship ochildi, topshiringlar.
Har bir internshipga qabul qilingan dasturchi ish bilan taʼminlanishi kafolatlanmagan.
AI bu reusable kod yozilgan folderga oʻxshaydi, AI zoʻr yozayotgan kod aslida allaqachon minglab marta qayta yozilgan va bu reusable folderga hammada access borligida farq bor xolos :)
Ish bozori haqida: junior pozitsiya uchun topshirib ham suhbatgacha bora olmayapman
Repost from Dev thinking loud
Assalamu alaykum!
Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon paydo bo'ldi, alhamdulillah! Bu safar mavzumiz AI va LLMlar. Shaxsan o'zim bu soha mutaxassisi emasman afsuski, darsda asosan kuzatuvlarim va shu paytgacha tajribamdan o'tkazgan xulosalarimni aytib o'tishga harakat qilaman. Xatolar, noaniqliklar bo'lishi mumkin, agar shunday holat uchsatsangiz kommentlarda qoldirishingiz mumkin, undan keyingi darslarda tuzatish va aniqliklar kiritib ketishga harakat qilaman.
Kuningiz xayrli bo'lsin!
https://youtu.be/yeZ8QXzsYEU
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
