CHAPANI TV
Открыть в Telegram
🎬 CHAPANI TV – hazil, ijtimoiy haqiqat va samimiylik makoni! Bu yerda sizni: 📹 Qiziqarli video roliklar, 🧪 O‘ylantiruvchi ijtimoiy eksperimentlar, 🎤 Samimiy intervyular, 😂 Kuldiruvchi vaynlar va yana ko‘p chapani kontent kutmoqda!
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
235
Подписчики
Нет данных24 часа
+27 дней
+730 дней
Архив постов
235
Qozonda damlangan haqiqiy choyxona oshi tayyor! 🍛🔥
Navbatdagi videomizda qadrdon ulfatlarimiz bilan birgalikda tayyorlagan ajoyib palovimiz jarayonlarini e’tiboringizga havola etamiz! O’zgarmas qoidamizga ko’ra, hech qanday oshpaz yollamadik. Hamma o’z hissasini qo’shib, o’zimiz mehr bilan osh damladik.
Eng asosiysi — xolis baho! Garchi o’zimiz pishirgan bo’lsak ham, faqat mazasiga qarab adolatli baholadik. Bu safargi oshimizning xushbo’y ifori va lazzatiga jamoamizdan qat’iy 10/10 baho! 💯
Sizningcha, haqiqiy choyxona oshining eng asosiy siri nimada: go’shtidami, guruchidami yoki o’tin olovidami? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇
#korinmaslazzat #ulfatlarjamoasi #osh #palov #choyxona milliytaomlar xolisbaho uzbekistan
235
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
💁🏻♀️ Bizga ijtimoiy tarmoqlar orqali sizlardan turli xil izohlar kelmoqda. Loyihamizga nisabatan salbiy fikrlar va ishonchsizlik sezilyapti.
💙 HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali — bu Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi (nodavlat notijorat tashkiloti) loyihasi. Biz bu loyihani 2023-yil sentyabr oyidan boshlab mana 3 yil davomida amalga oshirib kelmoqdamiz.
‼️Eslatib o‘tamiz! Bizning jamoamiz sizga bepul huquqiy maslahat va yordam berishi mumkin. Qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda yozilgan huquqlaringiz va imtiyozlaringiz amalda ishlamasligi — bu katta muammo albatta. Ammo bu uchun biz ma’suliyatni olmaymiz.🇺🇿🇺🇳Chunki sizni huquqlaringizni amalga oshirish uchun turli xil mutasaddi davlat idoralari mas’ul. Bunday mas’uliyat BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada ham nazarda tutilgan va bizning davlat idoralariga yuklatilgan. O‘zbekiston bu Konvensiyani 2021-yil tan olgan. 🤖Shu kunga qadar Telegramdagi @huquqplus_bot orqali bizga 7900 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Ulardan 7872 murojaatga bepul huquqiy maslahat berilgan. Loyhamizda 70 dan ziyod yurist, advokatlar va volontyorlar jalb qilingan.
Bepul huquqiy maslahat va yuristlarimiz qabuliga yozilish uchun: 👉 https://t.me/huquqplus_botHaq olinur, berilmas! 🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan ajratilgan kichik grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda. ⚖ Asosiy hamkorimiz: Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi. Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #statistika #hisobot #huquqplus #nogironlarhuquqlari

⚖️🧏🏻♀️ Kar va zaif eshituvshi shaxslarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish uchun seminar tashkil etildi
💁🏻♀️ 2026-yil 20-oktyabr kuni Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekiston Karlar jamiyati hamkorligida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish mavzusida maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.
🖥 Tadbir davomida ishtirokchilarga HuquqPlus.uz axborot portali imkoniyatlari, @huquqplus_bot orqali yuristlardan bepul huquqiy maslahat olish usullari hamda eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan maxsus video-koll markazi taqdim etildi.
👩🏻⚖️ Seminar so‘nggida sayyor qabul tashkil qilinib, unda barcha qatnashchilar malakali yurist va advokatlardan yuzma-yuz huquqiy maslahat va yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🇺🇳🇫🇮 Tadbir BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil.Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar! #yangiliklar
235
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
💁🏻♀️ Bizga ijtimoiy tarmoqlar orqali sizlardan turli xil izohlar kelmoqda. Loyihamizga nisabatan salbiy fikrlar va ishonchsizlik sezilyapti.
💙 HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali — bu Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi (nodavlat notijorat tashkiloti) loyihasi. Biz bu loyihani 2023-yil sentyabr oyidan boshlab mana 3 yil davomida amalga oshirib kelmoqdamiz.
‼️Eslatib o‘tamiz! Bizning jamoamiz sizga bepul huquqiy maslahat va yordam berishi mumkin. Qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda yozilgan huquqlaringiz va imtiyozlaringiz amalda ishlamasligi — bu katta muammo albatta. Ammo bu uchun biz ma’suliyatni olmaymiz.🇺🇿🇺🇳Chunki sizni huquqlaringizni amalga oshirish uchun turli xil mutasaddi davlat idoralari mas’ul. Bunday mas’uliyat BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada ham nazarda tutilgan va bizning davlat idoralariga yuklatilgan. O‘zbekiston bu Konvensiyani 2021-yil tan olgan. 🤖Shu kunga qadar Telegramdagi @huquqplus_bot orqali bizga 7900 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Ulardan 7872 murojaatga bepul huquqiy maslahat berilgan. Loyhamizda 70 dan ziyod yurist, advokatlar va volontyorlar jalb qilingan.
Bepul huquqiy maslahat va yuristlarimiz qabuliga yozilish uchun: 👉 https://t.me/huquqplus_botHaq olinur, berilmas! 🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan ajratilgan kichik grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda. ⚖ Asosiy hamkorimiz: Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi. Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #statistika #hisobot #huquqplus #nogironlarhuquqlari
235
2️⃣↘️3️⃣Nogironligi bo‘lgan shaxslarni 2-guruhdan 3-guruhga tushirisha, nima qilsa bo‘ladi?
❌ Agar siz Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) xulosasi bilan rozi bo‘lmasangiz, uni bekor qilib bo‘lmaydi degani emas. Qonunchilik xulosa ustidan shikoyat qilish va qayta ko‘rikdan o‘tish huquqini beradi. Asosiysi, muddatlarni o‘tkazib yubormaslik va hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash kerak!
❗️TIEK xulosasi berilgan kundan boshlab 30 kun ichida viloyat TIEKga maxsus dastur orqali norozilik arizasini kiritishingiz kerak. Agar bu arizani o‘zingiz kiritolmasangiz, mahallangizdagi ijtimoiy xodim yoki oilaviy shifokoringizdan arizani kirgizib berishda yordam so‘rashingiz mumkin.
TIEK xulosasidan norozi bo‘lsangiz, nima qilish mumkin?
👉 Batafsil maqolamizda o‘qing
🤖Bepul huquqiy maslahat olish uchun: https://t.me/huquqplus_botBizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #TIEK #nogironlik #nogironliknibelgilash
235
🔥 Challenge! 💪😎
Siz ham qaytara olsangiz, bizni belgilab qo‘ying! 🙃
Bizni qo’llab quvvatlash uchun quyidagi linkga kiring
https://taps.uz/shula_music
@shula_music
@fotimashavkatjonovaijodi
235
Olovda pishgan haqiqiy choyxonacha qovurma lag’moni tayyor! 🍲🔥
Va’da qilganimizdek, navbatdagi videomizda jamoamiz bilan birgalikda tayyorlagan ajoyib taomimiz jarayonlari! O’zgarmas qoidamizga ko’ra, hech qanday oshpaz yollamadik. Barcha ulfatlar birgalikda masalliqlarni to’g’radik, qovurdik va mehrimizni qo’shib pishirdik.
Eng asosiysi — xolis baho! Garchi o’zimiz tayyorlagan bo’lsak-da, ta’miga kelganda adolat qildik. Xushbo’y ifori va o’zgacha mazasi uchun jamoamizdan lag’monga 10/10 baho! 💯
Siz lag’monni qanday usulda yeyishni ko’proq yaxshi ko’rasiz: suvlik (qaynatma) yoki qovurma? Izohlarda yozib qoldiring! 👇
#korinmaslazzat #ulfatlarjamoasi #choyxonalagmon #milliytaomlar #qozontaomlari xolisbaho uzbekistan
235
Repost from huquqplus.uz
♿️⚖️ Sudlar nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitish bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqoladimi?
🇺🇿O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi — Oybek Isakov o‘z fikrlari bilan bo‘lishdilar.
Nogironlik belgisiga koʻra kamsitish nima va undan qanday himoyalansa boʻladi?
👉 Maqolamizni o’qing
Agar shunday kamsitishga uchrasangiz bizga murojaat qiling va sizga bepul huquqiy yordam beramiz: 🤖 https://t.me/huquqplus_botBizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #kamsitish #nogironlik #ekspertfikri
235
Repost from huquqplus.uz
✨♿️ @huquqplus_bot orqali barcha imtiyozlaringiz haqida bilib oling!
📱 Buning uchun siz @huquqplus_bot imizda /start tugmasini bosib ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Botimizdagi profilingiz to‘liq bo‘lishi kerak — tug‘ilgan yilingiz, nogironlik guruhingiz va boshqa siz haqingizdagi ma’lumotlar to‘liq kiritilgan bo‘lishi kerak.
Shundan so‘ng botimizning pastki menyusidagi "✨Imtiyozlarim" tugmasini bosing. Sizga taklif qilingan yo‘nalishlardan birini tanlashingiz kerak. Tizim sizning toifangiz va yoshingizga mos imtiyozlarni ko‘rsatadi.
‼ Eslatma! Agar "✨Imtiyozlarim" tugmasi sizda ko‘rinmayotgan bo‘lsa, /start so‘rovini berib botni qayta ishga tushiring.Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #nogironlik #imtiyozlar

Assalomu alaykum!
💁🏻♂️ Esingizda bo‘lsa, 2026-yil 2-oktyabr "Nogironligi bo‘lgan oʻqituvchilarning qanday huquq va imtiyozlari bor?" mavzusida O‘zbekiston Milliy universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi professori v.b., sotsiologiya fanlari doktori — Abdullo Abduxalilov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti, tarix fani o‘qituvchisi Furqatjon Bozorov ochiq suhbat qilgan edik.🎙Podkastni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, yozib olingan audioni tinglashingiz mumkin. 🗣 Quyidagi masalalarni muhokama qildik: 03:12 va 16:37 O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglarning statistikasi bormi? 09:00 Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tarjimon-kotiba (yordamchi assistent) ajratish tartibi va amaldagi muammolar 25:00 Malaka toifa sinovlaridan (attestatsiyadan) o‘tishda nogironligi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun imtiyozlar ❓ Obunachilarimizdan qabul qilingan yozma savollar: 42:36 Joriy yilning 1-sentyabridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlayotgan ko‘zi ojiz o‘qituvchilarning har biriga alohida yordamchi assistent (tarjimon-kotiba) shtati ajratilishi kerak edi. Amaldada ajratilyaptimi har bir ko‘zi ojiz o‘qituvchiga bittadan? 57:41 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga tarjimon kotiba bermayapti maktabda. O‘zgalar yordamiga muhtoj emas ekan, shunda 2-guruh nogironligi bor o‘qituvchilarga tarjimon kotiba berilmaydimi? 1:28:52 Maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ko‘zi ojiz pedagog va tarbiyachilarga ham yordamchi assistent ajratiladimi? 1:30:14 Nogironligi bo‘lgan o‘qituvchilarning oyliklari qachon ko‘tariladi? 1:32:20 Maktabda ishlaydigan 2-guruh nogironligi bor psixolog attestatsiyadan o‘tolmasa, nima qilishi mumkin?
Bepul huquqiy maslahat uchun: 👉 https://t.me/huquqplus_bot🇺🇳🇫🇮 Huquq+ podkast BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #podkast #kotiba #attestatsiya #milliysertifikat
235
Repost from huquqplus.uz
Ⓜ️👩🏻🦽 Metroga hamma tusholadimi?
🚇 HuquqPlus.uz loyihasi doirasida "Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatidan "Mirzo Ulug‘bek" metro bekatigacha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlarini davom ettiramiz.
🎯 Maqsadimiz — barcha uchun qulay va to‘siqlarsiz muhitni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga e’tibor qaratish.
🔍 Monitoring davom etadi… Davomi bor!
Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal
Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar!
#Huquqplus #Monitoring #TosiqsizMuhit #InklyuzivJamiyat #NogironligiBolganShaxslar
235
Bu galgi diydorimiz o'zgacha fayzli o'tdi. «Ko'rinmas Lazzat» jamoasi bilan yana birga jam bo'lib, bu safar o'z qo'llarimiz bilan maza qilib baliq pishirdik! 🐟🔥
O'zimiz mehr solib tayyorlagan taomning lazzatiga o'zimiz yuqori baho berdik! Dasturxonimiz fayziga esa Rustam qori akamizning go'zal Qur'on tilovatlari va dildan qilingan duolari yanada nur qo'shdi. Alloh barchamizning halol rizqimizga va o'zaro oqibatimizga baraka bersin! ✨
Sizlar baliqni qanday usulda tayyorlashni yoqtirasiz: qovurilganmi yoki dimlangan? Izohlarda yozib qoldiring! 👇
#korinmaslazzat #ulfatlarjamoasi #baliq #choyxona #duo #tilovat #uzbekistan #xolisbaho
@CHAPANITV
235
Repost from Вафо Мўмин
Фаросати кўрларнинг кўзи кўрларга қилган иши...
@VafoMumin:
Мақсадимиз — демократик қоидалар асосида миллий қадриятлардан оғишмасдан Ўзбекистон давлатчилигини мустаҳкамлаш ҳамда қудратли давлатга айлантириш!✅ Telegram | 🌐 Instagram | 📹 Youtube | ✅ Facebook
235
Repost from N/a
Bizning jamoada qat’iy qoida bor: o’zimiz yig’ilganda hech qachon oshpaz yollamaymiz! 🍲
Doimiy an’anamizga sodiq qolib, bugun ham mahallamiz guzarida jam bo’ldik. Ko’rish bo’yicha nogironligi bo’lgan, ammo pishir-kuydirga ishtiyoqi baland havaskor do’stlarimiz bilan birgalikda qozon atrofida ajoyib “Teftel dimlama” tayyorladik.
Nasib qilsa, tez orada choyxona va kafelardan tushgan takliflar bo’yicha ularning taomlariga xolis baho berishni boshlaymiz. Ungacha esa an’anamizni davom ettirib, o’zimiz mehnat qilib pishirgan taomning mazasini o’zimiz baholaymiz — bugungi dimlamamizga lazzat 10/10! 💯
Sizningcha, jamoamiz navbatdagi safar guzarda qanday taom pishirib ko’rishi kerak? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇
#korinmaslazzat #ulfatlarjamoasi #mahalla #tefteldimlama #milliytaomlar xolisbaho uzbekistan
235
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
🎙 9-oktyabr (juma) soat 17:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda qanday imtiyozlar bor?" mavzusida Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy reabilitatsiya palliativ yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish boshqarmasi mutaxassisi — Ravshanova Nazokat Rustamovna bilan ochiq suhbat qilamiz.
🎤Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov
Ovozli chatga ulanish uchun havola:
👉 https://t.me/huquqplus?livestream
❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.
🇺🇳🇫🇮 Huquq+ podkastlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida tashkil etilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal
#podkast #SVV #tibbiyxizmatlar
@CHAPANITV
235
👁️🗨️ Ko‘zi ojiz insonlar kamsitishga uchramoqda. 😔
Sizning fikringiz qanday? 🤔
💬 Fikringizni kommentlarda qoldiring! 👇
@CHAPANITV