cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Foydali Moliya

Kanaldagi mavzular: 🔹 Moliyaviy savodxonlik 🔹 Firibgarlardan saqlanish 🔹 Biznesga oid yangiliklar 🔹 Shaxsiy rivojlanish 🔹 Fikrlar va tahlillar 🔹 Kulgu va sarkazm Reklama va hamkorlikka https://t.me/foydalireklom

Больше
Рекламные посты
26 794
Подписчики
-10824 часа
-4907 дней
+5 11630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступно
🏆Bir bepul loyiha tashkil qilmoqchimiz Unda bilim olishga va oʻzgarishga targʻibot kuchli boʻladi. ✨Mediada mashhur ustozlarni chaqirib, jonli nutq qildirmoqchimiz ✨Shaxsiy samaradorligingizni oshiradigan chellenjlar va mashgʻulotlar qilmoqchimiz ✨Eng foydali kitoblarni birgalikda mutolaa qilmoqchimiz 😉Shunday qilsak, kimlar xohlaydi?
Показать все...
🔥 216👍 92 16🤝 11 9👏 6👎 3
Фото недоступно
☀️Yozda qiziqarli bir muhit tashkil qilamizmi? 🔖Shaxsiy va ma'naviy rivojlanishga doirJonli suhbatlar Foydali chellenjlar Qizg'in muhit Xohlaydiganlar bormi?
Показать все...
🔥 108👍 48 9 6💯 5👏 4
BOLA VA PUL MUOMALASI... 1. Bolaga necha yoshdan boshlab pul bergan ma'qul? Avvalo, pul daraxtda o'smasligini har bir bola bilishi shart. Pul qanday sarflanadi, qay tarzda keladi, kirim-chiqimlar haqida bola bilan suhbatlashish, boshlang'ich tushunchalarni berish, 6-7 yoshdan boshlab esa, ular o'z cho'ntak pullariga ega bo'lishlari lozim. Chunki aynan shu yoshdan boshlab ularda pulga qiziqish uyg'ona boshlaydi. 2. Bolaga qancha miqdorda pul berish kerak? Pul miqdorini har bir ota-ona o'zi maslahatlashib, hal qilgan ma'qul. Bolalarga kunlik yoki haftalik cho'ntak puli bergan ma'qulroq. 3. Bola berilgan pullarni har doim behuda, foydasiz narsalarga sarf qilsa, nima qilish kerak? Avvalo, bolaga to'g'ri tanlov qilishni o'rgatib borish kerak. Bola bilan savdo paytida aynan nima uchun shu sutni sotib olayotganingizni tushuntirishdan erinmang (sifati, narxi, yaroqlilik muddati). Masalan, bola velosiped olishni istab, pul jamg'ara boshladi va orada yangi krossovka ham xohlab qoldi. Darrov ikkala istagini amalga oshirishga shoshilmay, hozircha zarurini olishi kerakligini tushuntiring. Savdo rastalarida bola orzu qilgan biror buyumni uchratib qolsa, "pullaringni foydasiz, zararli yegulikka (chips, krieshki, energetik ichimliklar) sarflamay, yig'ib borsang, o'zing istagan narsangni sotib olishing mumkin" deng. 4. Bolaning barcha xarajatlari ota-onasi tomonidan qoplansa, unda nima uchun pul berish kerak? Moliyaviy bilimlar bir kunda singdirilib qoladigan jarayon emas. Farzand ulg'aygach, ota-onasiga doimiy pul borasida qaramlikda hayot kechirmasligi uchun ham pul qonuniyatlarini bilishi shart. Pulni oqilona sarflash, to'g'ri tasarruf qilish, qadriga yetishni o'rgatish uchun ham bolaga pul berish kerak. © Obunachimiz Oydina Yuldasheva 🔝 @foydali_moliya
Показать все...
👍 105 13 8🔥 8🤔 5💯 2
Фото недоступно
#iqtibos
Har bir inson daho! Ammo siz baliqni daraxtga chiqish qobiliyatiga qarab baholasangiz, u butun umri davomida oʻzini axmoq deb hisoblab oʻtadi.
© Albert Eynshteyn 🔝 @foydali_moliya
Показать все...
👏 79👍 38💯 19🔥 11 10 3
Фото недоступно
Показать все...
👍 8🔥 3 2 2
Markaziy bank tijorat banklaridan nimasi bilan farq qiladi? O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi ikki pog‘onali hisoblanadi. Birinchi pogʼonada - Markaziy bank boʼlsa, qolgan barcha bank va nobank kredit tashkilotlari ikkinchi pogʼona hisoblanadi. Markaziy bank banklar uchun bankdir. Agar tijorat banklarida mablag‘ yetishmasa, ular Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin. Regulyator nafaqat tijorat banklariga xizmat ko‘rsatadi, balki banklarning faoliyatini nazorat qiladi, banklarga litsenziyalarini beradi va bekor qiladi. Markaziy bank jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanmaydi! 🔝 @foydali_moliya
Показать все...
👍 68🔥 7 5 5💯 5👎 4😁 2
02:14
Видео недоступно
❗️DIQQAT, YANGI FIRIBGARLIK ⏺Endi kartangizda pul bo‘lmasa ham kartangiz ma’lumotlari va bir martalik SMS-kodni begona shaxslarga aytmang! ⏺Firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishadi. ❗️Buni qanday uddalashmoqda? Batafsil ushbu videoda © Markaziy bank matbuot xizmati 🔝 @foydali_moliya ogohlikka chaqiradi!
Показать все...
10.58 MB
👍 24 4🤝 4🔥 3🤔 3
Фото недоступно
Yer sayyorasidagi eng boy joy qayer deb o'ylaysiz? Dubay, London yoki Nyu-York? Unday emas! Sayyoramizdagi eng boy joy - qabriston... Bu ular dafn etilgan joy: ▪️ Ko'plab xasis boylar; ▪️ Ajoyib biznes g'oyalar; ▪️ Foydalanilmagan iste'dodlar; ▪️ Amalga oshirilmagan loyihalar; ▪️ Aytilmagan qo'shiqlar; ▪️ Yozilmagan kitoblar... 🔝 @foydali_moliya
Показать все...
👍 209😢 69💯 17 7🔥 7 4👏 4😁 3
Фото недоступно
O'zingiz yaxshi ko'rgan narsani birovlarga ham ravo ko'rmas ekansiz, hech biringiz chin mo'min bo'la olmaysiz. © Muhammad alayhissalom Biz Islomdan oldin boy bo'lish uchun pulni yig'ish kerak deb o'ylar edik. Keyin bilsak, boy bo'lish uchun uni sarflash (ehson, sadaqa qilish) kerak ekan. © Ali roziyallohu anhu 🔝 @foydali_moliya Juma muborak!
Показать все...
👍 208 27🔥 24 16😁 3
Asling kabi ko'rin yoki ko'ringaning kabi bo'l Tillani maqtamasangiz ham, u tilla bo'lib qolaveradi, misni tilla deb qancha maqtamang, u baribir tilla bilan tenglasholmaydi, qorayadi, aslini, ya'ni misligini ko'rsatadi. Hayotda ham shunday, kimdir tilla bo'lib yashaydi, kimdir mis bo'lib... Bir insonni rosa maqtashardi, yaqindan u insonni taniganimdan keyin uni maqtalganchalik yaxshi inson emasligini tushundim. Boshqa bir inson esa o'zini oddiyligi bilan hayron qoldirdi, juda ko'p yutuqlarga erishsa ham katta-katta davrlarda maqtanmas, o'zini oddiy tutardi, shunday bo'lsa-da, uni qanday yaxshi insonligini hamma bilardi. Nega yutuqlaringiz haqida aytmaysiz deyishganda: - Men o'zimni yo'qotib qo'yishdan qo'rqaman - derdi. © Obunachimiz Nurjahon Saʼdullayevna 🔝 @foydali_moliya
Показать все...
👍 152 16🔥 15 10👏 6🤔 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.