🌷❤️Бахтимсан❤️🌷
Кўксимнинг чап ёнида асраганим сенсан. Ва шундай бўлиб қоласан
Больше1 981
Подписчики
+2124 часа
+827 дней
+38230 дней
- Подписчики
- Просмотры постов
- ER - коэффициент вовлеченности
Загрузка данных...
Прирост подписчиков
Загрузка данных...
Манга хамага карайдиган козлар эмас мандан бошкасини кормайдиган козлар йокади
❤️🍃
❤ 6👏 6👍 4🔥 2
Уйланмай.............
Йигирмадан ўтсанг соз.
Тинмас экан эговлар.
Қон қариндош бир бўлиб.
Қилишаркан терговлар.
Бошланади танбеҳлар.
Ўртага олиб хамма.
Бувим отам ва онам.
Бир томон бешта амма.
Бувим дейди боримда.
Яйраб ўйнаб кулиб қол.
Бўмаса калтак ейсан.
Қани тез уйланиб ол.
Ота онам дер ўғлим.
Ўтиб кетяпти ёшинг.
Шу буйилдан ўтмасдан.
Иккита қиламиз бошинг.
Камлик қилгандай яна.
Улардаям нағмалар.
Юрасанми сўппайиб.
Уйлан дейди аммалар.
Болачадай қилиқлар.
Шўҳчиликда бошман-ку.
Уйлан деб тергаманглар.
Аҳир хали ёшман-ку.
Уни муни айтганда.
Деманг улар латталар.
Уйланмасдан юрибди.
Бўйдоқ мендан катталар.
Эртани ўйламайсиз.
Бирозгина нўноқсиз.
Йўқчиликдан бузилган.
Оилалар саноқсиз.
Мен хали содда ғўрман.
Йўқотмаган ғуборни.
Масулиятни билмайман.
Эплолмайман рўзғорни.
Ишлаб уёқ буёқда.
Ўзим ўнглаб оламан.
Яқин уч тўрт беш йилда.
Бўйдоқликда қоламан.
Вақт соати етганда.
Элимга бериб ошлар.
Яҳши қизга тўй қилиб.
Уйланаман қардошлар.
Шундай экан тергаблар.
Қилмай тана нағмалар.
Бувижон ота онам.
Сабр қилинг аммалар.
👍 2❤ 1
🙏"TAVBA QILDIM...ASTAG‘FIRULLOH!"🙏
Bandalarga pinhon gunohim
O‘zing ogoh Qodir Ollohim
Tan olaman bo‘lgin panohim...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Ayblarimni ko‘nglimga ko‘mdim
Sirim dedim,yo‘qlikka yo‘ydim
Qalb seniki...unutib qo‘ydim...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Yolg‘onlarni yutdim "luqmadek"
So‘ng unutdim o‘tgan lahzadek
Qanday turgum So‘rog‘ingda tik...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Kimga ozor berdim tilimda
Ig‘vo qildim...Xasad dilimda
Xiyonatni bosdim yo‘limda...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Sir aytsalar sotdim...yuzsiz men...
Manmanlikka bog‘liq...ipsiz men...
Jon bermasang o‘lik Sensiz men!
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Zang bosgan...sahovat sandig‘im
Meni tanimas...mehr tantig‘im
Barcha barobar...yo‘q hech ortig‘im...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
O‘zni osmon tutib...qadrda
Noshukurlik...ilg‘or sabrda
Qiynalmasin jismim qabrda...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Kamsitganim bor goh faqirni
Oshno bilib...ulfat kibrni
Tulpor atab...asov g‘ururni...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Qaxrim qotdi qaytmay...ozordan
"Necha"ga go‘r qazdim mozordan!
Savob olib bo‘lmas bozordan...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Himmat dedim...ortida minnat
O‘zim "saxiy"....boshqaga "ibrat"
"Oppoq"midim...yog‘dirdim tuhmat...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Risqni berding...aytmadim shukur
O‘zim topdim...degan til qurg‘ur
Nasibam ham...Nafas...Sendandur...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Ibodatim surdim orqaga
Joynomozni goh bosdim zo‘rg‘a
Rizoliging o‘ylamay sira...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Chorlagan on ishrat,maishat
Qadamimni tortmadim...uyat
Nomozimga topmadim fursat...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Sinov berib sinagaysan...Sen!
Shukurimni so‘ragaysan...Sen!
Shak keltirgan...gunohkoring men...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Qo‘rquvim bor...gunohlarimdan...
Yelkamdagi "guvohlarimdan"
Ko‘z yoshlarim...afsus-ohimdan...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Azroil...olar...ajalim yetgay!
O‘lim...keladi amalim yetmay.
Umrim tugab qoladi kutmay...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Bor davlatim...ortimda qolar,
Kafan o‘rab...lahadga solar.
"O‘zimman"...yo‘q gunohim olar...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Foyda bermas...mansab-amalim
Fursat yetsa go‘rda "qamalim"
Qur‘on bo‘lgay qodir malhamim!...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Bandam degin...qulingman o‘zim,
Nafsga to‘lib yashabdi ko‘zim
Sajdada bosh...iqrorlik so‘zim...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Umidvoring...Marhamatingdan!
Rozidurman taqdir xatingdan
Nasibangman...tilab "avf"ingdan...
Tavba qildim...Astag‘firulloh!
👍 3❤ 1👏 1
O‘LIMNI ESLAB.
Umrining oxirin kutmagan kim bor,
Azroil zaxrini yutmagan kim bor.
Barchamiz dunyoda kelib ketguvchi,
O‘limning etagin tutmagan kim bor.
Kimnidir dard bilan olib ketarkan,
Tiliga tovbasin solib ketarkan.
Uzoq chopqilama quvib yetarkan,
O‘limning etagin tutmagan kim bor.
Dunyoni titradgan Temurlar qani,
Misrga shoh sulton Firavin qani.
Birma bir yer yutib ketdi xammani,
O‘limning etagin tutmagan kim bor.
Ikki quloch qabr eng so‘ngi Vatan,
O‘lim xaqligini olgan yaxshi tan.
Indamas zaboning egningda kafan,
O‘limning etagin tutmagan kim bor.
Qodiriy Cho‘lponni otgan dunyosan,
Mashrabni bo‘g‘izlab ketgan dunyosan.
Go‘ro‘g‘lini tiriklayin yutgan dunyosan,
O‘limning etagin tutmagan kim bor.
Shoh-u gadoni xam teng qilar qabr,
Amaldor qashshoqni teng qilar qabr.
Yoqa eding bir kun yeng qilar qabr,
O‘limning etagin tutmagan kim bor.
Qilgan amallaring iymon uchunda,
Bu dunyo jannatga imkon uchunda.
To‘plagan mol dunyong foydasiz bari,
Jimgina yotursan laxad ichinda.
👍 1❤ 1
YO‘LOVCHIMAN!
O‘lim soya yo‘limga mushtoq,
Bo‘g‘zimda jon, tanamda titroq,
Manzil aniq, bir uyum tuproq,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Tan olganga besh tanga dunyo,
Na senga, na, menga bu dunyo,
Kimga vafo qilgan bu dunyo,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Yigirmamda sevgidan kuydim,
O‘ttiz yoshda jonimdan to‘ydim,
Bu dunyoni o‘ylamay qo‘ydim,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Tan olmaydi odamzod nasli,
Qachonlardir o‘ladi asli,
Oldinda bor Allohning vasli,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Aylanganman joni fidoga,
O‘ralgan bir oppoq ridoga,
Sinov uchun kelgan dunyoga,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Armonim ko‘p, qo‘limdan tutkan,
Dardlarim bor ichimga yutkan,
Bexos kelar o‘limni kutgan,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Gunoh to‘la o‘ngu-so‘lida,
Qolgan o‘sha qismat do‘lida,
Kafan tutib turgan qo‘lida,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Kerilma qo‘y, bo‘lma jonsarak,
Urib-urib to‘xtaydi yurak,
Shonu-shuxrat nimaga kerak?
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
Qachonlardir o‘lishin bilgan,
Qalbda og‘riq, ko‘zlari kulgan,
Jon berganga tavakkal qilgan,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman.
O‘lim soya, jonimga mushtoq,
Bo‘g‘zimda jon, tanamda titroq,
Ko‘z oldi bir tumandek oppoq,
Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman!...
(Gohi yomg‘ir, gohi do‘ldaman, Yo‘lovchiman yarim yo‘ldaman..)
❤ 1
Выберите другой тариф
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.