TDIU Karyera va bandlik markazi
Открыть в Telegram
Talabalarga bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotlar berish va ularni ish bilan ta'minlashga amaliy yordam ko'rsatish Murojat uchun telefon: +998712344139
Больше4 407
Подписчики
+424 часа
+207 дней
+44330 день
Архив постов
Career Edu
💼 Lavozim: adminstrator resepshn администратор ресепшн
🏢 Korxona: "NAVRUZ HOTELS" MCHJ
📍 Hudud: Toshkent shahri, Yunusobod tumani
💰 Maosh: 4 000 000 - 4 600 000
👉 BATAFSIL KO'RISH
📌 Yangi vakansiyalar: Telegram | Instagram | web-site
QB Undiruv markazining hududlarda jismoniy shaxslar qarzdorligini undirish guruhi kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash, muzokaralar olib borish va mijozlar bilan samarali muloqot qilishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌 Asosiy vazifalar:
• Jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan va muammoli qarzdorligini undirish choralarini ko‘rish.
• Qarzdorlikni undirishning standart va individual strategiyalarini amalga oshirishda ishtirok etish.
• Qarz oluvchilar, birgalikda qarz oluvchilar, kafil va garovga qo‘yuvchilar bilan ishlash.
• Muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘yicha ishlarni nazorat qilish va ro‘yxatlarni yuritish.
• Mijozlar va kredit bilan bog‘liq shaxslar haqidagi ma’lumotlarni bank axborot tizimlarida yangilash.
• Muammoli kreditlar bo‘yicha sud, notariat, BPI, sug‘urta tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
• Muammoli kreditlar bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash va yig‘ish.
• Qarzdorlar bilan telefon orqali va boshqa aloqa vositalari orqali muzokaralar olib borish.
• Zarurat tug‘ilganda qarzdorning yashash joyiga chiqib, shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish.
• Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda javoblar tayyorlash.
• Muddati o‘tgan qarzdorlikni so‘ndirish bilan bog‘liq zarur kredit operatsiyalarini amalga oshirish.
📌 Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot. •
• Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar va savodli nutq.
• Muzokaralar olib borish va mijozlar bilan konstruktiv muloqot qilish qobiliyati.
• Qat’iyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va stressga chidamlilik.
• Bank mahsulotlari va kreditlash asoslarini bilish ustunlik beradi.
• Muddati o‘tgan va muammoli qarzdorlik bilan ishlashga tayyorlik.
• Qarzdorlarning yashash joyiga chiqib ishlashga tayyorlik.
📌 Ish joyi: Amir Temur BXM.
📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 28.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
SQB Qarqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot bank xizmatlari markazining qarzdorlikni undirish bo‘yicha menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Qarzdorlikni undirish, muzokaralar olib borish va muammoli kreditlar bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌 Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslarning muddati o‘tgan va muammoli kredit qarzdorligini undirish choralarini ko‘rish.
• Qarzdorlikni undirishning standart va individual strategiyalarini amalga oshirishda ishtirok etish.
• Qarz oluvchilar va garov mulki egalariga kredit majburiyatlari bo‘yicha o‘z vaqtida xabar berish.
• Qarzdorlarga talabnomalar va ogohlantirish xatlarini yuborish.
• Muammoli kreditlar bo‘yicha qarzdorlar bilan muzokaralar olib borish.
• Qarzdorlik bo‘yicha ma’lumotlarni bank axborot tizimlarida yangilab borish.
• Muammoli kreditlar bo‘yicha sud, notariat, BPI, sug‘urta tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
• Sud, notariat va BPIga taqdim etish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va yig‘ish.
• Qarzdorlar va yuridik shaxslar bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun joylarga chiqish.
• Markaz vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish va sifatli javoblar tayyorlash.
📌 Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot.
• Muammoli va muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Muzokaralar olib borish va mijozlar bilan konstruktiv muloqot qilish qobiliyati.
• Kreditlash asoslari va bank mahsulotlarini bilish.
• Tahliliy fikrlash, diqqatlilik va mas’uliyatlilik.
• Stressga chidamlilik va qat’iyatlilik.
• Hujjatlar va rasmiy yozishmalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Joylarga chiqib ishlashga tayyorlik.
📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 28.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Career Edu
💼 Lavozim: Административный менеджер
🏢 Korxona: "PREMIUM TRADE EQUIPMENT BY M5" MCHJ
📍 Hudud: Toshkent viloyati, Zangiota tumani
💰 Maosh: 6 000 000 - 8 000 000
👉 BATAFSIL KO'RISH
📌 Yangi vakansiyalar: Telegram | Instagram | web-site
📢 STAJIROVKA DASTURI | Tijorat bo‘limi
🏢 Kompaniya: Bering Servis
📍 Manzil: Toshkent shahri
🏭 Faoliyat yo‘nalishi: To‘qimachilik uskunalari
🎯 Kimlar uchun:
• Bitiruvchi bosqichdagi talabalar yoki yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar;
• Xalqaro kompaniyada o‘z faoliyatini boshlashga qiziqadigan nomzodlar.
📋 Asosiy vazifalar:
• Ish xatlari va tijorat takliflarini tayyorlash;
• Mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilish;
• Uchrashuvlar va muzokaralarda ishtirok etish;
• Tijorat bo‘limining kundalik ishlarini amalga oshirishda ko‘maklashish.
✅ Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Rus tilini yaxshi bilish;
• Ingliz tili — Upper-Intermediate (B2) yoki undan yuqori;
• O‘zbek tilini erkin bilish;
• Mas’uliyatli va kommunikativ bo‘lish.
🌟 Biz taklif qilamiz:
• Keyinchalik doimiy ishga qabul qilinish imkoniyati bilan amaliyot o‘tash;
• Tijorat sohasida amaliy tajriba orttirish;
• Ish haqi suhbat davomida kelishiladi.
📩 Ariza topshirish uchun Telegram orqali bog‘laning: +998 93 576 25 28
📢 TURANOS kompaniyasi tajribali Buxgalterni ishga taklif qiladi!
Sizning natijalaringiz oshgani sari daromadingiz ham oshadi — KPI asosida 7 000 000 so‘mdan 15 000 000 so‘mgacha. Agar buxgalteriya hisobini ishonchli yuritsangiz va kelajakda soliq maslahatchisi yoki auditor sifatida rivojlanishni istasangiz, ushbu vakansiya aynan siz uchun! 👇
💰 Ish shartlari:
✔️ Ish haqi: KPI asosida 7 000 000 – 15 000 000 so‘m
✔️ Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00
🍽 Tushlik: 13:00–14:00
✔️ Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7/1, Chilonzor metro bekati
✔️ Korporativ aloqa, choraklik mukofotlar va ish stajiga qarab ustama
✔️ Kompaniya hisobidan o‘qitish va xalqaro sertifikatlash (IFRS, ACCA)
✔️ Soliq maslahatchisi yoki auditor sertifikatini muvaffaqiyatli olganlik uchun 1 000 AQSh dollari miqdorida bonus
🧾 Asosiy vazifalar:
• Kompaniyaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobini tashkil etish;
• Buxgalteriya va soliq hisobini yuritish;
• Soliq organlari va jamg‘armalarga hisobotlarni tayyorlash hamda topshirish;
• Buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
• Hisobotlarni rahbariyatga o‘z vaqtida taqdim etish;
• Buxgalter yordamchisining ish faoliyatini muvofiqlashtirish.
👤 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
✔️ Yosh: 25–30 yosh, jinsidan qat’i nazar;
✔️ Oliy ma’lumot;
✔️ Buxgalter sifatida kamida 3 yillik uzluksiz ish tajribasi;
✔️ Rus va o‘zbek tillarini bilish — majburiy;
✔️ 1C 8.3, Google Sheets/Docs dasturlarini yaxshi bilish;
✔️ O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya va soliq qonunchiligini bilish;
✔️ Mas’uliyatlilik, tizimli yondashuv va analitik fikrlash.
📩 Ariza topshirish: @odilbekovicn
👉 “Buxgalter” lavozimiga anketani to‘ldiring. Batafsil ma’lumot beramiz va suhbatga taklif qilamiz!
📢 TURANOS jamoasiga Bank o‘tkazmalari bo‘yicha buxgalter kerak!
Raqamlar bilan ishlashni yoqtirasizmi va mas’uliyatdan qo‘rqmaysizmi? Kompaniyaning barcha bank o‘tkazmalarini nazorat qila oladigan, e’tiborli va ishonchli mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz 👇
💰 Ish shartlari:
✔️ Ish haqi: 5 000 000 so‘m + KPI
✔️ Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00
🍽 Tushlik: 13:00–14:00
✔️ Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7/1, Chilonzor metro bekati
✔️ Korporativ mobil aloqa
✔️ Choraklik mukofotlar + ish stajiga qarab ustama
✔️ Kompaniya hisobidan o‘qitish
🧾 Asosiy vazifalar:
• Buxgalter topshirig‘iga asosan barcha turdagi pul to‘lovlarini amalga oshirish;
• Internet-banking tizimida ishlash, to‘lov rekvizitlarini (MFO, STIR, kodlar) tekshirish va kiritish;
• Banklar va ularning filiallari bo‘yicha aloqa ma’lumotlari bazasini yuritish;
• Xorijiy banklarga o‘tkazmalar amalga oshirilganda E-contract tizimidagi shartnomalarni tekshirish;
• Bank ko‘chirmalarini 1C dasturiga kiritish;
• Kompaniyaning E-imzo (ERI) va elektron kalitlarini saqlash hamda himoyalash.
👤 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
✔️ Ayol, 25–45 yosh;
✔️ Kamida 1 yillik ish tajribasi;
✔️ Rus va o‘zbek tillarini bilish — majburiy;
✔️ Kompyuterdan ishonchli foydalanish: Google Sheets/Docs, internet-banking; 1C dasturini bilish — qo‘shimcha ustunlik;
✔️ Raqamlarga e’tiborli, mas’uliyatli va stressga chidamli bo‘lish.
📩 Ariza topshirish:
👉 “Bank o‘tkazmalari bo‘yicha buxgalter” lavozimiga anketani to‘ldiring. Batafsil ma’lumot beramiz va suhbatga taklif qilamiz!
📢 TURANOS kompaniyasi Buxgalter yordamchisini ishga taklif qiladi!
Buxgalteriya sohasida rivojlanishni va kelajakda buxgalter lavozimiga qadar o‘sishni xohlaysizmi? Tajribali mutaxassis bilan birga amaliyotda o‘rganish va kasbiy rivojlanish imkoniyati mavjud! 👇
💰 Ish shartlari:
✔️ Ish haqi: 2 000 000 so‘m
✔️ Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00
🍽 Tushlik: 13:00–14:00
✔️ Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7/1, Chilonzor metro bekati
✔️ Ish stajiga qarab ustama
✔️ 6 oy ishlagandan so‘ng kompaniya hisobidan malaka oshirish imkoniyati
✔️ “Buxgalter” lavozimigacha karyera o‘sishi
🧾 Asosiy vazifalar:
• Birlamchi buxgalteriya hujjatlarini qayta ishlashda ishtirok etish;
• Ma’lumotlarni 1C dasturiga kiritish;
• Buxgalterga soliq organlari va jamg‘armalarga hisobotlarni tayyorlash hamda topshirishda yordam berish;
• Hisob-fakturalar va to‘lovlarni nazorat qilish;
• Hisoblarni rasmiylashtirish;
• Buxgalteriya bo‘limi rahbari topshiriqlarini bajarish.
👤 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
✔️ Yosh: 19–20 yosh, jinsidan qat’i nazar;
✔️ Ma’lumoti: oliy yoki o‘rta maxsus (tegishli yo‘nalishda);
✔️ Rus va o‘zbek tillarini bilish — majburiy;
✔️ Buxgalteriya hisobi va birlamchi hujjatlar bo‘yicha bazaviy bilimlar;
✔️ Kompyuterdan ishonchli foydalanish: Google Sheets/Docs, 1C 8.3 dasturini bilish — qo‘shimcha ustunlik;
✔️ Diqqatlilik, aniqlik, mas’uliyatlilik va rivojlanishga intilish.
📩 Ariza topshirish:
👉 “Buxgalter yordamchisi” lavozimiga anketani to‘ldiring. Sizga batafsil ma’lumot beramiz va suhbatga taklif qilamiz!
Junior IT Recruiter
Agrobank IT департаментига Junior IT Recruiter излаяпмиз!
Агар сиз одамлар билан мулоқот қилишни ёқтирсангиз, IT соҳаси сизга қизиқ бўлса ва ўзингизни Recruitment йўналишида ривожлантирмоқчи бўлсангиз — бу имконият айнан сиз учун!
Сиздан кутамиз:
1. Одамлар билан мулоқот қилишни ёқтиришингиз;
2. IT соҳасига қизиқишингиз;
3. Фаол ва масъулиятли бўлишингиз;
4. Янги нарсаларни тез ўрганишга тайёр бўлишингиз;
5. Ўзбек ва рус тилларида эркин мулоқот қила олишингиз;
Recruitment соҳасида тажриба бўлса — яхши, агар тажрибангиз бўлмаса ҳам, хавотир олманг — иш жараёнида барча керакли билим ва кўникмаларни ўргатамиз.
Нималарни таклиф қиламиз?
1. Нолдан бошлаб IT Recruitment’ни ўрганиш имконияти
2. Тажрибали жамоа билан ишлаш ва доимий қўллаб-қувватлаш
3. IT соҳасидаги турли мутахассислар билан ишлаш орқали тажриба орттириш
4. Профессионал ва карьерa ривожланиши учун имконият
5. Йирик банкнинг IT департаментида замонавий recruitment жараёнлари билан танишиш
6. Дўстона ва ривожланишга йўналтирилган жамоа
Иш ҳақи: суҳбат натижасига кўра келишилади.
Иш жойи: Agrobank Бош офиси, Тошкент шаҳри
Иш графиги: Тўлиқ иш куни
Агар сиз Recruitment соҳасига киришни, IT оламини яқиндан ўрганишни ва кучли мутахассис сифатида ривожланишни истасангиз — CVингизни юборинг. @Shahzodasaidovaa
Career Edu
💼 Lavozim: Uchtepa tumanida joylashgan IT HOUSE oquv markaziga Robototexnika oqituvchisi
🏢 Korxona: "IT HOUSE EDU" NODAVLAT TA'LIM MUASSASASI
📍 Hudud: Toshkent shahri, Uchtepa tumani
💰 Maosh: 6 000 000 - 12 000 000
👉 BATAFSIL KO'RISH
📌 Yangi vakansiyalar: Telegram | Instagram | web-site
⚡️WOLTER jamoasiga "Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer" kerak!
Tez rivojlanayotgan va istiqbolli loyihamiz safida o‘z karyerangizni boshlash va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Biz nimalarni taklif qilamiz?
⚬ Daromad: 3 000 000 – 8 000 000 so‘m (Fiksa oylik + KPI va natijadorlik bonuslari)
⚬ Karyera o‘sishi: Ishlab turgan real startup muhitida qimmatli amaliy ko‘nikmalar va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish
⚬ O‘rganish imkoniyati: Tajriba shart emas — ish jarayoni to‘liq o‘rgatiladi
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
⚬ Faqat o‘g‘il bolalar
⚬ Yoshi: 19 yoshdan 23 yoshgacha
⚬ Kompyuterda ishlash bo‘yicha boshlang‘ich/yetarli bilim
⚬ Mijozlar bilan xushmuomala muloqot qilish va tushuntirish qobiliyati
⚬ Ishga mas’uliyatli, intizomli va moslashuvchan yondashuv
Ish shartlari:
⚬ Ish vaqti: 10:00 dan 20:00 gacha
⚬ Qabul jarayoni: Rezyumesiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual suhbat asosida
Murojaat uchun:
⚬ 👤 Mas’ul: Muhammadamin
⚬ 📞 Telefon: +998 (91) 171-65-59
Joylar soni cheklangan, o‘z nomzodingizni qoldirish uchun yuqoridagi kontaktlarga hoziroq yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling!
🚀 UZUM E-COM’ДА КАРЬЕРАНГИЗНИ БОШЛАНГ!
🎯 Marketplace Category Intern — стажировка дастурига таклиф қиламиз!
Агар сиз e-commerce, бизнес ва маркетплейс соҳаларига қизиқсангиз, янги билим ва амалий тажриба орттиришни истасангиз — ушбу имконият сиз учун!
📌 Лавозим: Marketplace Category Intern
🏢 Бўлим: Commercial Department
🛍 Йўналиш: Lifestyle, Sports & Hobby
🔹Талаблар:
💻 Касбий кўникмалар:
• Microsoft Excel дастурини яхши даражада билиш — мажбурий;
• Аналитик фикрлаш қобилияти — афзаллик беради.
🤝 Шахсий кўникмалар:
• Самарали мулоқот қила олиш;
• Масъулиятлилик ва пунктуаллик;
• Бизнесни ривожлантиришга қизиқиш;
• Ўзбек ва рус тилларини юқори даражада билиш.
⭐️ Имкониятлар:
✅ Расмий ишга қабул қилиш;
⏰ Ҳафтасига камида 20 соат ишлаш имконияти;
🔄 Эгилувчан иш графиги;
💰 Рақобатбардош иш ҳақи;
📊 Реал бизнес жараёнлари билан ишлаш;
💡 Қизиқарли ва ижодий вазифалар;
📈 Профессионал билим ва кўникмаларни ривожлантириш;
👨💼 E-commerce соҳасида тажрибали экспертдан менторлик ва қўллаб-қувватлаш.
📢 Ўз карьерангизни кучли компанияда бошлаш имкониятини қўлдан бой берманг!
📩 Стажировкага ариза топшириш учун шаклни тўлдиринг:
👉 АРИЗА ТОПШИРИШ
📞 Аризангиз кўриб чиқилгандан сўнг, Uzum E-com HR жамоаси сиз билан боғланади.
SQB Denov bank xizmatlari markazining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Mijozlar bilan ishlash, savdo va bank xizmatlarini rivojlantirishga qiziqadigan faol mutaxassislarni jamoaga taklif qilamiz.
📌 Asosiy vazifalar:
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish.
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish.
• Mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish va qayta faollashtirish.
• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos bank mahsulotlarini taklif qilish.
• Muzokaralar olib borish va belgilangan reja hamda KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
• Jismoniy shaxslarga bank kartalarini sotish va Bank mobil ilovasiga ulash.
• Aholining bo‘sh mablag‘larini omonatlarga jalb qilish.
• Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonida ishtirok etish, hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish.
• Mijozlar murojaatlari va e’tirozlari bilan ishlash hamda xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
📌 Talablar:
• Oliy ma’lumot, iqtisodiy yoki moliyaviy ma’lumotga ustunlik beriladi.
• Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Rivojlangan kommunikativ va muzokara olib borish ko‘nikmalari.
• Sotuv va mijozlarni jalb qilish ko‘nikmalari.
• Mijozlarga yo‘naltirilganlik va uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olish.
• Mas’uliyatlilik, intizomlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Belgilangan KPI ko‘rsatkichlari bilan ishlashga tayyorlik.
📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 27.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin
Career Edu
💼 Lavozim: Ingliz tili O'qituvchisi
🏢 Korxona: "NEWCASTLE NC" MCHJ
📍 Hudud: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri
💰 Maosh: 3 000 000 - 10 000 000
👉 BATAFSIL KO'RISH
📌 Yangi vakansiyalar: Telegram | Instagram | web-site
Repost from NBU_career
Stajirovka — ish tajribasiz ham bankka kirish uchun haqiqiy imkoniyat
OTMlar bilan o’zaro aloqalar bo’yicha yo’nalish rahbari Azamat Amriddinov dasturning hamma tafsilotlarini aytib berdi: kimlar ishtirok etishi mumkin, tanlov qanday bosqichlardan iborat va tayyorgarlik ko‘rishda nimalarga e’tibor qaratish kerak.
Videoni tomosha qiling va NBU'dagu yo‘lingizni kashf qiling. ✨
➖➖➖
Стажировка — реальный шанс попасть в банк, даже без опыта работы
Азамат Амриддинов, руководитель направления по взаимодействию с вузами, делится всеми деталями программы: кто может участвовать, из каких этапов состоит отбор и на что стоит обратить внимание при подготовке.
Смотрите видео и узнайте свой путь в НБУ. ✨
🔥 HR Assistant
🏢 Компания: UBI Consulting
📍 Манзил: Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Нукус кўчаси
💼 Йўналиш: Лойиҳаларни бошқариш ва HR
🎓 Халқаро компанияда карьера бошлашни истайсизми? Тажрибангиз йўқми?
Унда ушбу вакансия айнан сиз учун!
👤 Биз қандай номзодни излаяпмиз?
• Рус ва ўзбек тилларини эркин билиши;
• Инсон ресурсларини бошқариш (HR) ва лойиҳаларни бошқариш соҳаларида карьера қуришга қизиқиши;
• Ташаббускор, масъулиятли ва ижобий ёндашувга эга бўлиши;
• Янги билим ва кўникмаларни ўрганишга тайёрлиги.
🚀 Биз сизга таклиф қиламиз:
✅ Тажриба талаб этилмайди — бошланғич даражадан тўлиқ ўқитилади;
✅ Аниқ карьера ўсиши: HR Assistant → Manager;
✅ Тажрибали мутахассислар томонидан менторлик ва қўллаб-қувватлаш;
✅ Тошкент марказида жойлашган замонавий ва қулай офис;
✅ Қизиқарли лойиҳаларда иштирок этиш ва компания ривожига ўз ҳиссангизни қўшиш имконияти.
💡 Муҳим: Компания фақат иш ҳақи учун иш излаётган эмас, балки ўрганиш, ривожланиш ва узоқ муддатли профессионал карьера қуришга интилаётган номзодларни таклиф этади.
📞 Мурожаат учун:
+998 97 464 04 54
📲 Телефон / Telegram
🌟 Тажрибангиз бўлмаса ҳам, карьера бошлаш учун имконият бор! Ўз келажагингизни бугундан бошланг!
🏫 Westminster International School in Tashkent жамоаси Personal Assistant лавозимига муносиб номзодларни ишга таклиф этади.
📍 Манзил: Тошкент шаҳри
💼 Лавозим: Personal Assistant
📌 Асосий вазифалар:
• Иш жадвали, учрашувлар ва қабулларни мувофиқлаштириш;
• Ички ва ташқи хизмат ёзишмалари ҳамда коммуникацияларни ташкил этиш;
• Ҳисоботлар, тақдимотлар ва хизмат материалларини тайёрлаш;
• Хизмат сафарлари ва сафар билан боғлиқ ташкилий ишларини мувофиқлаштириш;
• Учрашувлар баённомасини юритиш ва белгиланган вазифалар ижросини назорат қилиш;
• Лойиҳаларни мувофиқлаштириш ва белгиланган муддатларга риоя этилишини мониторинг қилиш;
• Махфий маълумотлар билан ишлаш;
🎓 Номзодга қўйиладиган талаблар:
• Бизнес бошқаруви ёки турдош йўналиш бўйича олий маълумот;
• Executive/Personal Assistant ёки шунга ўхшаш лавозимда иш тажрибаси;
• Инглиз ва рус тилларида юқори даражада мулоқот қила олиш;
• Юқори даражада ташкилотчилик ва вақтни самарали бошқариш кўникмалари;
• MS Office дастурларида ишлашни яхши билиш.
📩 Мурожаат учун:
💬 @Makhbuba_Sattorovna
🌟 Халқаро таълим муҳитида профессионал фаолиятингизни ривожлантириш имкониятини қўлдан бой берманг!
📢 Маъмурий бўлим мутахассиси
🏢 Компания: Drivo.com
📍 Манзил: Тошкент шаҳри
💼 Иш тури: Тўлиқ иш вақти
💰 Маош: 600 АҚШ долларидан бошланади
🕒 Иш графиги: 5/2 | 11:00–21:00
📌 Талаблар:
• Рус ва инглиз тилларини ёзма ва оғзаки равишда юқори даражада билиш;
• Excel дастурида ишлаш ва ҳисоботлар тайёрлаш кўникмаси;
• Microsoft Office 365 дастурларини юқори ўрта даражада билиш;
• Кучли таҳлилий ва ҳисоб-китоб кўникмалари;
• Эътиборлилик, масъулиятлилик ва тартиблилик;
• Катта ҳажмдаги маълумотлар билан ишлаш ва босим остида самарали фаолият юрита олиш;
• Ташаббускорлик ва янги билимларни ўзлаштиришга тайёрлик.
🎯 Биз таклиф қиламиз:
✅ Расмий ишга қабул қилиш;
✅ 90 кунлик ҳақ тўланадиган синов муддати;
✅ Халқаро иш муҳитида фаолият юритиш имконияти;
✅ Касбий ва лавозим бўйича ўсиш имкониятлари.
📩 Мурожаат ва қўшимча маълумот учун:
👩💼 HR мутахассис Шахноза
📞 +998 97 977 77 21
💬 Telegram: @HR_Shakhnoza
🌟 Янги иш — янги имкониятлар! Ўз касбий фаолиятингизни халқаро муҳитда ривожлантиринг!
📢 Ҳурматли битирувчилар !
🎓 Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси ўз тизимидаги мавжуд бўш иш ўринларига билимли, ташаббускор ва салоҳиятли битирувчиларни ишга таклиф этади.
🏛 Агар сиз давлат хизмати соҳасида фаолият юритиш, ўз билим ва касбий салоҳиятингизни амалиётда намоён этиш ҳамда профессионал фаолиятингизни ривожлантиришни мақсад қилган бўлсангиз, ушбу имконият сиз учун !
💼 Иш берувчи: Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси
📌 Иш ўринлари: Қўмита тизимидаги мавжуд бўш лавозимлар
✨ Ўз билими ва салоҳиятини муносиб иш ўрнида намоён этишни истаган битирувчиларни ушбу имкониятдан фойдаланишга таклиф этамиз!
Батафсил маълумот учун
🚀 Касбий фаолиятингизни давлат хизматида бошланг — янги имкониятлар сари ишончли қадам ташланг!
📢 Ҳурматли битирувчилар!
🌱 Сирдарё вилояти Қишлоқ хўжалиги бошқармаси битирувчиларни ишга таклиф этади.
🎓 Агар сиз қишлоқ хўжалиги соҳасида ўз билим ва салоҳиятингизни намоён этиш, касбий тажриба орттириш ҳамда ўз фаолиятингизни ривожлантиришни истасангиз, ушбу имкониятдан фойдаланинг!
🏢 Иш берувчи: Сирдарё вилояти Қишлоқ хўжалиги бошқармаси Молия-иқтисод шўбаси
💼 Касбий фаолиятингизни муносиб иш ўрнидан бошланг!
Батафсил маълумот учун
📌 Битирувчилар белгиланган тартибда мурожаат қилишлари мумкин.
