cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

📝DAFTARDALIKLAR📒

Shunchaki, yozmayman endi yozsam ham Hislarim qog‘ozga o‘rab yozaman! ✍Ra‘no Sarafrozbegim Kanal faoliyati 31.01.2022

Больше
Рекламные посты
211
Подписчики
Нет данных24 часа
+47 дней
+530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Ko‘tarsangiz tonggacha yig‘lab beraman. Yuragingiz tig‘lab - tig‘lab beraman Yana yetmagandek butun dardimni - ko‘ksingizga mixlab beraman. Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Keyin ovutolmay qolasiz g‘arib. So‘ng, afsus aytasiz - nega go‘shakni ko‘taruvdim, deb. Takror-takror o‘zingizni ayblaysiz - nega senga duch keldim, deb. Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Tunda qo‘ng‘iroq qildimmi, demak, menga nimadir bo‘lgan. Yuragimni shuncha ovutib, va sovitolmay qolganim bo‘lgan. Sizga muhtoj bo‘lganim bo‘lgan... Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Faryodim eshitib, dilingizni ham ko‘nglingizni ham butun borlig‘ingiz xufton bo‘ladi. Yaxshisi, javobsiz qoldiring uni Shunda sizga yaxshi bo‘ladi. Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Tonggacha o‘zingiz kechirolmaysiz. Dimiqqan havoda yuragingizni Men kabi azobda qoldirolmaysiz. Sog‘ligingiz muhim men uchun. Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Baribir siz meni ovutolmaysiz... Bizni uchrashtirgan taqdirga boqib - la‘natlar aytasiz, voz kecholmaysiz. Sevasiz chunki... Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Eshitmang, yig‘lagan ovozimni hech. Chunki sizga yig‘lab berishdan ko‘ra, She‘rlar o‘qib bergan, she‘r yozib bergan tunlarim juda ham bo‘lgandi notinch. Sizga bo‘lgan hislarim haqqi Sevaman shunday... Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! Bag‘ringizga sanchilgan tikon bo‘lgim yo‘q O‘lsam, iforlarim qolsin deb yodda Ko‘zyoshimga qo‘lingiz yuvib bergim yo‘q. Unut bo‘lmay, deb. Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmang, xo‘pmi?! She‘rlar o‘qib bergan tunlarim haqqi. 🕰22:22 🗓24.06.2024 ✍Ra‘no Sarafrozbegim @DAFTARDALIKLAR📒
Показать все...
🔥 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yuragim zirqirab, og‘rib qolyapti Har bir so‘z ko‘nglimga toshdek botyapti Sog‘inchim bo‘g‘zimdan tinmay olyapti Alla aytib bering, charchadim ona... ✍ Ra‘no Sarafrozbegim @DAFTARDALIKLAR📒
Показать все...
😢 4😭 2
Ushbu postga anchadan buyon javob yozaman, deyman-u, biroq javob yozishga vaqt topolmayotgan edim. Bugun nimadir qoralamoqchiman in shaa Alloh... Sizningcha, nega Buxoriylar, Boburlar, Navoiylar, Yassaviylar, Termiziylar, Mirzo Ulug‘beklar, Beruniylar, Xorazmiylar, ... tug‘ilmayapti?! Eng ko‘p beriladigan javob, ularni dunyoga keltiradigan onalarning yo‘qligi bo‘ldi, nazarimda... Keling, hammasiga o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, guvohi bo‘lganlarimni yozaman. Shunda oz bo‘lsa-da, haqiqatga tik qararsiz. Avvalo, buyuk bobokalonlarimiz uzog‘i 10 yoshgacha Qur‘oni Karimni yoddan bilishgan va anglashgan. Ularga onalari, enagalari, otaliqlari birinchi navbatda Allohning Kalomini anglatishgan, tushuntirishgan. Demak, onalarimiz Allohni yaxshi tanishgan va uni rozi qilish uchun toat-ibodatda, ilm-ma‘rifatda bo‘lishgan. Keyinchalik farzandlariga dunyo ilmi o‘rgatila boshlangan. E‘tibor bering-a, avvalo ularga Qur‘oni Karim o‘rgatilgan. Endi hozirgi onalar bilan taqqoslaylik. Bugun birinchi o‘rinda jamiyatimizda dunyo ilmini o‘rganish, savod chiqarish turadi. Xo‘p, dunyo ilmini o‘rganib, (buning yomon tomoni yo‘q, albatta) talaba bo‘lib, o‘z-o‘zligini anglab, Allohni taniy boshlagan, arab tilini avvalo, Allohning Kalomini o‘qishni keyin esa boshqa arab tilidagi adabiyotlarni o‘qishlikni, ilmini boyitishlikni xohlayotgan qizlarga qanchalik imkoniyat bor, deysiz?! To‘xtovsiz tekshiruvlar, shubhalar, gumonlar, hatto Qur‘onini yashirish majbur bo‘lishlar... ro‘moli uchun dakki eshitishlar, Allohdan qo‘rqmasdan "ro‘molingni yech", degan tahdidlar... bular bugungi kun haqiqati emasmi?! Buyuk-buyuk zotlarning avlodimiz. Nega bizning naslimizdan o‘sha buyuklar avlodi chiqmayapti, deya ayyuhannos solishdan avval, o‘sha buyuklar naslini dunyoga keltiraman, deya ilm o‘rganayotgan qizlarga qay darajada qiyin bo‘layotganini o‘ylab ko‘rganmisiz? Men ham to‘xtovsiz qistovlar, boshqalarga dinni o‘tkazishga harakat qilyapti, degan tuxmat va bo‘htonlar, qanaqa kitoblarni xonada saqlayapsizlar, degan beo‘xshov rasmiyatchiliklar (qayerda va qaysi moddada keltirilganki, Qur‘oni Karimni, Saodat asri qissalarini, Tarixi Muhammadiyni, Baxtiyor oilani va yana bir qancha arabcha yozuvlari bor kitobni saqlash, o‘qish ta‘qiqlanadi deyilgani? Ta‘qiqlansa, nega unda "Hilol nashr" nashriyoti tomonidan muhr bilan ishlab chiqilyapti?) hamda tekshir-tekshirlar bu voqealardan so‘ng, sog‘ligimda muammo bo‘lganidan so‘ng tashlab ketilgan darslarim, biroz moddiy qiyinchiliklar sabab orzumni ushaltirolmay yana biroz muddatga chekinganim bu odddiy hol emas-ku... Talabalar turar joyidagi xonamiz 5,6 marta tekshiruvdan o‘tgan (eng ko‘p aynan, men yashaydigan xonani takror va takror tekshirishgan) Xonadoshlarim bilan birga hayron-u, lol qolardik... Aybim nima?! Bir pokiza niyatni dilimga tuyganim va shu niyat, orzu, maqsad sabab ilm o‘rganishga harakat qilganimmi?! Ha, mayli meni qo‘ya turing. Lekin qanchadan-qancha ro‘mollik, oriyat talab qizlar boshiga ne-ne savdolar tushib kelmoqda... Aybimiz ro‘moldaligimiz bo‘lsa kerak. Hatto, bir qancha maktabga ish so‘rab borganimda ham ro‘molim sabab rad etilganman. Ro‘mol o‘quvchilarga boshqacha ta‘sir qilishi mumkin ekan... Qiziq...?! Qayerdadir o‘zing o‘rgangan ilm haqida, o‘zing o‘qib chiqargan savoding haqida, savob-gunoh haqida gapirib ko‘rchi... ahvolingga maymunlar yig‘laydi keyin.
Показать все...
Mirshodning kanalidan chopib🪓 keldim🙊😁
Показать все...
👍 2
Repost from Talabaning gaplari
Показать все...
😍 1
#kechikkan_tabrik Insonlar ichidan inson izlab charchagan paytda ham "men borman-ku...", deguvchi ukalaring bo‘lsa, yashash osonlashar ekan. 4 yillik qadrdonlar ichida qadrdonim, yaxshi-yomon kunlarda ham ishonsa arzigulik insonim, ijodkor ukam Mirshod Ne‘matovning bugun tavallud ayyomi😍❤️ Bu kun xolam o‘g‘il farzand ko‘rdim, menga qalqon bo‘ladi, deya quvongan bo‘lsa kerak...😅 Menga achchiq bo‘lsa-da, ko‘p haqiqatlarni aytib ranjitadigan va yana hech narsa bo‘lmaganday yana gapirib ketadigan yaqin insonlar qatoridagi ukam, desam ham bo‘ladi☺️ lekin shu bola jahlimni chiqarsa ham xafa qilsa ham darrov unutib yuboradigan odatim borligi uchun menga rahmat aytishi kerak, aslida😉 Qisqasi, hali Erkin Vohidov, Abdulla Oripov qayta tug‘ilishidan umidvor bo‘lgan biz Mirshodga katta ishonch bildirmoqdamiz😁 Balkim, Usmon Nosirga aylanar😄 Nima bo‘lganida ham oqibatni unutmasa bas😉 in shaa Alloh oradan yillar o‘tib, shirindan-shakar farzandlarini olib, Ra‘no ammangni ko‘rib kelamiz, deya yo‘qlab kelishidan umidimiz bor😅 Mirshod, ilohim xayrli va barokatli hayot kechiring! Eng eng eng zo‘rlaridan bo‘ling tanlagan, o‘zingiz sevgan sohangizning🤲😊 Siz bilan uchrashtirgan, tanishtirgan Robbimga hamd-u sanolar bo‘lsin!!! Yaxshiyam borsiz😊🤗 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!!! @talabaning_gaplari kanali admini Mirshod Ne‘matovga opasi Ra‘no Sarafrozbegimdan kechikkan tabrik😌🙃
Показать все...
🎉 6
Показать все...
Log in or sign up to view

See posts, photos and more on Facebook.

SЕN MЕNI ISHONTIR Sen meni ishontir muhabbatingga, Degilki, sen uchun yaraldim, illo. Yig‘lab iltijo qil: munis dunyoda Sening diydoringdan bo‘lmayin judo. Sen meni ishontir ertaklaringga, Manguga ketishing bilsam-da atay. Degilki, bir tola sochim qoldirgum, Kuydirgin, shu lahza yoningga qaytay. Sen meni ishontir qayg‘ularingga, Garchi zaqqum ular, sen degilki, bol- To‘yib ichaversang, dardlaring ketar, Faqat taqdiringda qolar bir savol. Sen meni ishontir sog‘inchlaringga, Toki men ishonay: sog‘inchlari haq. Ona o‘limiga ishonmay, go‘rni Qayta qaziyotgan yetimday ilhaq. Sen meni ishontir... ✍Halima AHMЕDOVA @DAFTARDALIKLAR📒
Показать все...
👍 3
Xuddi o‘zim olgandek xursand bo‘ldim😊😍❤️ Allohga shukurlar bo‘lsin🤲😊 bizga ham kelasi yil nasib etsin🤲😊 Neki taqdirda bo‘lsa, nasibdir❤️❤️
Показать все...
👍 5 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Buncha qaysar, buncha injiqman Nega bunday yaratding Egam? Bu dunyoning sinovlaridan To‘rt tomonim to‘libdi bekam. G‘alatiman nega bunchalik? Gap ilmaydi ruhim chalajon. Hammasidan charchab va qochib Senga borsam, deyman Xudojon! Nega meni bunday yaratding? Ko‘zlarimdan oqizib mujgon. Hammasiga chidashim uchun Qanday yurak berding, Xudojon?! Ruhim tirik, tanam jonsizdir Yuragimga g‘am to‘ldi har on. Qochib inson zotidan butkul Senga ketgim kelar, Xudojon! Tushunmaydi aslo so‘zimni Anglamaydi dardim hech qachon. Tushunmaslar yurtidan butkul Senga ketgim keldi, Xudojon! Dushman bo‘ldi do‘stlarim kulib Ortga pichoq urdilar xandon. Hammasidan, hammadan kechib, Senga borsam, deyman Xudojon! Ishontirar iliq tuyg‘uga Sevmaydilar, sevgisi yolg‘on. Sevaman, deb qasamlar ichib, Sevgisini sotdi, Xudojon! Charchatdilar yuzi turlilar Vijdonlarin sotgan bearmon. Qalbi o‘lik, ruhi o‘likni Qanday yashatyapsan, Xudojon! Qanday yashatyapsan, meni Xudojon...?! 🕰00:17 🗓21.06.2024 ✍Ra‘no Sarafrozbegim @DAFTARDALIKLAR📒
Показать все...
👍 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.