cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

🇺🇿Prezident e’tirofidagi yosh diplomat 🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇧🇪🇳🇱🇫🇷🇦🇪 Shu davlatlarga ta’lim granti asosida borganman va sizga ham o’rgataman - UWED (189.0)🎓 - Harvard scholarship🇺🇸 - "Kelajak bunyodkori"🏅 - "UZB - USA 30 years of friendship"🎖 ✉️@gulrukhbonu_work

Больше
Рекламные посты
7 380
Подписчики
+1624 часа
+747 дней
+8130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

- Shu mavzuga qaytsak) ✈️Xalqaro dasturlarga noldan hujjat tayyorlash, motivational letterlar yozish strukturasi, recommendation letterlar, umuman, barcha xalqaro dasturlarni yutish bilan bog’liq ma’lumotlarni beruvchi mentorlik dasturimni endi @girls_development kanalida yoritamiz. Dasturga yozilish bo’yicha batafsil ma’lumotlar ham o’sha yerda beriladi. 🤝Qo’shilib olinglar, qiziq mavzularni yoritamiz: @girls_development Bu kanalimiz o’z yo’nalishida, davom etadi, “qo’rqamanglaaar” @Gulrukhbonu_official
Показать все...
👍 44 19🏆 5😘 3
🤝Networking yoxud “tanish-bilish” Bizda “tanish-bilish” negadir salbiy xarakter olgan, aslida bu juda zo’r va hammamiz uchun kerakli narsa. Networkingi kuchli insonlarning ta’sir doirasi ham kuchli, ishlari ham osonroq bitadi, savollariga tezroq javob topadi. Shunday ekan, networking doirangizni kengaytirishga harakat qiling. Yangi davralarda kirdingizmi, sizdan salohiyatliroq inson bilan tanishdingizmi, u bilan qandaydir “link” bog’lab oling. Raqamini oling. Noqulaydir, lekin ishoning, bir kun foyda beradi. Ba’zi tadbirlar sizga hech nima bermasligi mumkin, lekin hech bo’lmasa networking imkoniyati bo’lsa, boring. Uyalmang, uyalib ko’p narsani qiyin yo’lidan yurishga majbur bo’lasiz. Muhimi, sizdan kuchli insonlar savolingizga doim bittada javob bermasligi, xabaringizni ignore qilishi mumkin, siz qayta qayta yozavering, darrov, xafa bo’lib olmang) @Gulrukhbonu_official
Показать все...
👍 140 41❤‍🔥 20🌚 11👏 6😁 6💯 4 2🔥 2🐳 2
✉️ Bir qiz yozibtilar: - Siz boyni bolasi bo’lsangiz kerak, shuncha davlatga borishga kattagina pul kerak, oddiyroq oila farzandlariga bunday imkoniyat qayerda?! Shu kungacha 10 dan ortiq davlatlarda bo’ldim, barcha ta’lim orqali borgan dasturlarim mutlaqo bepulga bo’lgan. - 🇺🇸Youth Leadership Development Program’23 (AQSHda 2 haftalik to’liq qoplanuvchi yetakchilik dasturi) - 🇺🇸Youth Professional Internships Program’23 (Amerika Konsulligining 3 oylik amaliyot dasturi) - 🇰🇿CAYLA’23 (Almatadagi 1 haftalik to’liq qoplanuvchi yetakchilik dasturi) - 🇹🇷Youth Peace Forum’22 (Turkiyadagi 1 haftalik to’liq qoplanuvchi tinchlik dasturi) - 🇮🇳Youth Forum’22 ( Hindistonda 1 haftalik to’liq qoplanuvchi yoshlar forumi) - 🇺🇳Preventive Diplomacy Academcy’23 (Markaziy Osiyo yoshlari uchun BMT tomonidan 1 yillik diplomatiya akademiyasi) - 🇹🇷 ICYF’22 (Turkiyada to’liq qoplanuvchi 1 haftalik volontyorlik oromgohi) - 🇺🇸HPAIR’23 va 24 (Harvard universitetining yillik konferensiyasi) Shuningdek, Prezidentga bildirgan taklifim orqali elchixonalarimizda amaliyot o’tashga ham muvaffaq bo’lganman: - 🇺🇸Washington DC dagi O’zbekiston elchixonasi - 🇧🇪Bryusseldagi O’zbekiston elchixonasi Aytgancha, Global UGRAD dasturida g’olib va JACAFA dasturida “semi-finalist” bo’lganman. O’zbekiston doirasidagi yutuqlarimni o’zingiz bilasiz, “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotim ham bor. Ota-onamga kelsak, ikkalovlari ham davlat ishida ishlashadi) P.s: Shu dasturlarni har birini qanday yutishni o’rgatadigan dasturim bor, qabul ochamizmi? @Gulrukhbonu_official
Показать все...
212👍 51🔥 21🏆 13🥰 6❤‍🔥 4
🇺🇿30-iyun Yoshlar kuni barchamizga muborak bo’lsin! @Gulrukhbonu_official
Показать все...
IMG_8619.MOV6.20 MB
177🎉 33👍 18🔥 15🕊 5👏 3😇 3❤‍🔥 2🏆 2🙏 1😘 1
Hech narsa qilmaslik charchatadi Bugun bir narsani tushunib yetdim, ko’proq ish va vazifalarni qilayotganimiz bizni charchatmaydi. Bizni ko’p ishlarimiz borligini o’ylash charchatadi. Doim hayolimda qilishim kerak ishlarni o’ylab, rejalashtirib, bloknotimga yozib-chizib yuraman. Lekin, shu qilishim kerakligi meni charchatadi. Agar shuni boshlab olsam, tezda bitadi, keyingi qadamlar ko’rinadi. Stressga tushmayman, hayollarim bo’shaydi, charchamayman. Nimadir qilishingingiz kerakmi, shuni mukammal qilishim kerak, o’ylashim kerak, qilishim kerak, deb yurmang. Bu ko’proq charchatadi. Shunchaki, aniq vaqtni belgilang va shu vaqtda boshlang, o’zingizni qiynamang🙌🏻 @Gulrukhbonu_official
Показать все...
261👍 64💯 39 11😁 10😘 7❤‍🔥 4🤗 4🏆 3🎉 2🕊 1
📢”El-yurt umidi” stipendiyasiga qabul ochildi Qabul 25-iyulgacha davom etadi. Agar siz TOP unuversitetlardan qabul xatini olgan bo’lsangiz, shu dastur orqali barcha xarajatlardan ozod bo’lasiz, judayam zo’r imkoniyat. P.s: Bu dastur orqali ketsangiz, o’qishni tugatib yurtga qaytishingiz va ishlashingiz(oylik olasiz) shart. @Gulrukhbonu_official
Показать все...
😁 76👍 28 16😇 10👏 4🕊 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
"El-yurt umidi" jamg'armasidan bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichlarini top universitetlarda o'qish uchun 500 o'rinli grant Talablar — Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha ta'lim olishni istaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ariza topshirishlari mumkin; — Bakalavriat uchun: 25 yoshgacha bo'lgan; Magistratura uchun: 20-45 yosh oralig'idagi; doktorantura uchun: 22-45 yosh oralig'idagi, tanlagan mutaxassisligi bo'yicha kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega bo'lganlar (oliy talim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno) ariza topshira oladi. Foydali tomonlari — Kontrakt to'liq qoplanadi; — Viza olish, transport xarajatlari (ikkala tomonga); — Yashash, ovqatlanish, tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi. Oxirgi muddat 25.07.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/49251 @Gulrukhbonu_official
Показать все...
👍 39🕊 2 1
00:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
🥹Bu videoda “kichkina Gulruxbonu” ni topasiz 4 yil ham bir pastda o’tib ketar ekan, bakalavr yillarimda bajarish uchun qo’yilgan maqsadlarimni deyarli 50 foiziga erishdim, qolgan 50 foiziga erisha olmadim. Har doim shunday, qilinayotgan harakatni yarmiga yetishamiz, shunday ekan, hech xavotirlanmang, menda ham “o’xshmagan” narsalar juda ko’p🙂‍↔️ @Gulrukhbonu_official
Показать все...
IMG_8220.MOV12.99 MB
323❤‍🔥 67👍 47😇 14🤩 8😘 8🕊 6🤗 6👏 4🏆 4🎉 3
🎓Diplom ishi pulga yozdirishga arzimaydi Bitiruv malakaviy ishi, ya’ni xalq tilida diplom ishimni 92/100 ballga himoya qildim. Va bu JIDUdagi eng yuqori ballardan biri. - Diplom ishini yozish siz o’ylagandan ancha oson, a’lo o’qigan talabalarga juda oson ham. - Birinchi mavzu tanlaysiz, mavzuyingizni juda tor doiraga olmang, biroz kengroq, xorijiy ma’lumotlar borini oling. 3 ta bob nomini va ular ostida 2 tadan jami 6ta paragraf nomini tuzvolsangiz, ishingizni yarmi tayyorda) - Ilmiy rahbaringizni aql bilan tanlang, ishning muvaffaqiyati 50% ilmiy rahbarga bog’liq. Ilmiy darajasi bor ustoz tanlang. - Sun’iy intellekt ishingizni kirish qismi, strukturasi, nimalar qo’shishingizni zo’r ko’rsatib beradi, foydalaning. Lekin ishni muhim qismi, ya’ni taklifni o’zingiz bering. Bu muhim. - Xorijiy manbalardan foydalaning, ingliz tilida istalgan mavzuga maqolalar juda ko’p. Ayniqsa, statistika bilan ishlang. - JIDUda o’qisangiz kichik ekonometrik tahlil qo’shing, eng oddiysini, bu sizga 5-6 ball+ beradi himoyada. - Imkon bo’lsa ingliz tilida yozing, men plagiat bo’lib qoladi, deb o’zbek tilida qilgandim. Lekin ingliz tilida yozsangiz plagiat kutganingizdek baland chiqmaydi, “zato” ishingiz ancha oson bitadi. Va ingliz tilida himoya qilasiz, bu yana + sizga) - Diplom ishingizni diplom himoya kuningizdan 1 kun avval print qildiring, undan avval, shoshib, ilmiy rahbarim ruxsat berdi, palonchi chiqazib oldi, deb shoshmang. Yana qaytaraman, himoya kuningizgacha chiqazmang. Biron nimalar o’zgarib yana qayta printga pulingiz ketadi. - Himoyangizni birinchi kunlarda qiling, osonroq bo’ladi. Xullas, shunday gaplar🙃 @Gulrukhbonu_official
Показать все...
204👍 70😍 24💯 10🕊 5 3🔥 3🎉 3❤‍🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
✨Assalomu alaykum, aziz do’stlar! Qalbimizni hidoyat nuri va iymon bilan to’ldirgan Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin!🌙 Doimo Alloh panohida bo’ling. Oilangizni baxt va saodat aslo tark etmasin. Eng ezgu tilaklarim siz uchun! Keyingi hayit ayyomlariga barchamizni sog’-salomatlikda yetkazsin. @Gulrukhbonu_official
Показать все...
184❤‍🔥 27👍 22🎉 7🔥 5🥰 5🏆 2😘 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.