cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Oq Xabarlar | Rasmiy Kanal

🌏Dunyo va O‘zbekiston hududida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi yagona kanal⚡️

Больше
Рекламные посты
275
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-1530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Bugun sizlarga qanday qilib Germaniya davlati fuqaroligini olish bo'yicha ma'lumotlar bermoqchiman. Eng avvalo shuni aytib o'tishim lozimki, bugungi post orqali "O'zbekiston fuqaroligidan chiqib, Germaniya fuqaroligini oling" deyishdan yiroqman. Bu yaxshi yoki yomon ekanligi haqida ham aytmoqchi emasman. Shunchaki kimdir shu narsani rejalayotgan bo'lsa, ana o'sha insonlar uchun ma'lumot bermoqchiman xalos. Shaxsan o'zimda ham nemis fuqaroligini olish niyatim yo'q, va yaqin kelajakda ham paydo bo'lmasa kerak. Vatan bu sen o'zingni xuddi uydek his qiladigan joy albatta, men o'zimni Germaniyada hech qachon bunday his qilolmasam kerak. Yaqinlarim, do'stlarim O'zbekistonda. Mavzuga qaytadigan bo'lsak, Germaniya fuqaroligini olish uchun nimalar talab etiladi? Ma'lumki ko'p davlatlarda fuqarolik uch xil yo'l bilan olinadi. 1️⃣. Qon orqali (Abstammungsprinzip, ya'ni ota yoki onasi nemis bo'lsa) 2️⃣. Tuproq orqali ("Jus Soli", Geburtsortsprinzip, ya'ni Germaniyada tug'ilsa. Bu holatda boshqa talablarga ham javob berish kerak.) 3️⃣. Naturalizatsiya orqali (Einbürgerung). Bugun shu uchingchi usul orqali nemis fuqaroligini olish haqida aytib o'tmoqchiman. Buning uchun quyidagilar talab etiladi : 1. Germaniyada 8 yildan beri qonuniy yashayotgan bo'lishi. Agar Integrationskursga qatnashgan bo'lsa, ushbu muddat 7 yilni tashkil etadi. Ba'zi holatlarda nemis tilini juda ham yaxshi bilishi, nemis universitetini bitirganiga qarab, atiga 6 yildan keyin ham fuqarolikni rasmiylashtirish mumkin. 2. Nemis tilini eng kamida B1 darajada bilishi. (Germaniyada nemis tilida o'qigan yoki Ausbildung qilganlardan sertifikat so'ralmaydi) 3. O'zi va agar bor bo'lsa oilasi uchun yetarli mablag' topishi (davlatdan yordam olmasligi kerak) 4. Fuqarolik uchun hujjat topshirayotganda Germaniyada qonuniy yashayotgan bo'lishi kerak. (Muddati o'tib ketgan viza, Aufenthaltstitel bilan fuqarolikka topshirish mumkin emas) 5. Einbürgerungstestni muvaffaqqiyatli topshirishi. Bu test Germaniyadagi oddiy qonun qoidalar haqida bo'lib, 33 ta savoldan 17 tasiga to'g'ri javob berish kerak. 6. Germaniya hududida jinoyat sodir etmagan bo'lishi. 7. Germaniya konstitutsiyasini (Grundgesetz) hurmat qilish va unga amal qilishga rozi bo'lishligi 8. Boshqa davlat fuqaroligidan chiqishi. Agar boshqa davlat Germaniya davlati fuqaroligini olmoqchi bo'lgan insonni fuqaroligidan chiqarishni istamasa, yoki jarayonni murakkablashtirib yuborsa yoki jarayon fuqaroga o'z oylik maoshidan qimmatga tushsa, unda fuqaroga ham o'zining davlati ham Germaniya davlati fuqaroligiga egalik qilish huquqi beriladi. Fuqarolikni olish 18 yoshdan kattalar uchun 255€, voyaga yetmaganlar uchun esa 51€ ni tashkil etadi. Yuqoridagi talablar bajarilgan taqdirda, Auslanderbehörde boshqa sabab bilan chet elliklarga fuqarolikni bermaslikka haqqi yo'q. Ya'ni agar siz yuqoridagi 8 ta talabning hammasiga javob bersangiz va Auslanderbehörde sizga fuqarolikni rasmiylashtirib bermasa, u holda sudga murojaat qilishingiz mumkin. Auslanderbehörde o'z qarorini asoslab berishi kerak. Faqat Bavariya va Saksoniya Bundeslandlarida Germaniyada o'qish davomidagi yillar hisobga olinmaydi. Ya'ni siz o'qishni bitirib, keyin yana 8 yil yashaganingizdan keyin fuqarolikni rasmiylashtirishingiz mumkin. Agar siz kasalligingiz yoki qariligingiz tufayli nemis tilini o'rgana olmasangiz yoki testdan o'ta olmasangiz ham, fuqarolik olishga haqqingiz bor. Bu holatda vrachdan ma'lumotnoma kerak bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining xabar berishicha, O'zbekiston fuqarolari boshqa davlat fuqaroligini olib, O'zbekiston fuqaroligidan voz kechmasa, unga chegarada yoki O'zbekistonning ichida hech qanday muammo tug'ilmaydi. O'zbekiston uni o'z fuqarosi sifatida tan oladi. Agar fuqaro O'zbekiston fuqaroligidan chiqmoqchi bo'lsa, unga tegishli ravishda fuqarolikdan chiqish rasmiylashtiriladi. ©️Abu Umar ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
02:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Video Yuqoridagi postga asos sifatida ushbu videoni ko‘rishingiz mumkun ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
videoplayback.mp44.75 MB
#Диққат Дўстлар, менимча жума кунлари юборилаётган “жума муборак” мазмунидаги табрик ва хабарларни бир-бирингизга юборишда, эҳтиёт бўлинг. Чунки, олинаётган маълумотлар шуни кўрсатаяптики, оддий, элементар саволлар ва жавоблар ҳам “экстремистик мазмундаги материал” сифатида талқин қилиниб, реал одамлар реал йилларга қамалиб кетаяпти. * Уларни болалари кўчада қолаяпти. Оилалар бузилаяпти. Тақдирлар синаяпти. Бу худди 1937 йиллардаги НКВД стилини эслатади. Ягона фарқ, улар отиб ташлар эди, ҳозирда қамашмоқда. * Мисол учун, виждон ва дин эркинлиги тамойилларига кўра, мусулмонлар “8-мартни нишонлаш мумкинми?”, еки “янги йилни нишонлаш ҳаром” деган саволлар, қарашлар – энг банал, оддий масалалар. Бундай саволлар қўйилишини ислом дини талаб қилади, ва бошқа дин еки қарашдаги шахсларнинг қадр-қиммати, хавфсизлигига ҳеч қандай таҳдид солмайди. * Лекин, шу кунларда айнан шу саволлар учун қамалга одамлар бор. Бу дахшат! Просто дахшат! Кичкина қадамлар билан қатта ишлар бўлиб кетаяпти, тарих бу вазиятни жуда қаттиқ қоралайди. Лекин, буни тушунган бор, тушунмаган бор. © Камолиддин Раббимов ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Eslatma O‘zbekistonlik maktab bitiruvchilari uchun Germaniyadagi universitetlarga kirish bo‘yicha qoidalar 2022 -yilda yangilangan edi 2022-yil yozgi semestrdan boshlab oʻrta maktabning 11-sinf bitiruvchilari ham darhol studienkollegga hujjat topshirish imkoniyati oladi. Ilgari maktabni tamomlagandan so‘ng, Studienkollegga o‘qishga kirishdan oldin bir yil O‘zbekistonda OTM da o‘qish shart edi. Kasib-hunar kolledji va litseyni bitirganlar uchun avvalgi qoidalar qoladi. 🔗 Batafsil ma‘lumot 👉https://anabin.kmk.org/anabin.html ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
#Ovozli_chat 🎙️ 📆Suhbat vaqti: 19.05.2023 (Juma)kuni 21:00 🎙️Suhbat mehmonlari: 📌Germaniyada Media menejeri yo’nalishida ishlayotgan Instagram tarmog’ida 157.000 obunachiga ega bo’lgan Germaniya Hayoti loihasi asoschisi Bozorov Behruz aka 📌Germaniyada Psixiatriya-Psixologiya yo’nalishida ishlayotgan Instagram tarmog’ida 127.000 obunachiga ega bo’lgan Germaniya Live loihasi asoschisi Xodjiev Nadir aka 🔥Germaniya haqidagi eng katta blog asoschilari bilan suhbat qilamiz . Katta tajribaga ega bu insonlardan eng ishonchli va foydali ma’lumotlarni olamiz in sha Alloh 🎙️Suhbat manzili: 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal 📌 Germaniya hayoti 📌Germaniya live ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
#Video_Chat 📹 #📆 13.05.2023 (Shanba)kuni 21:00 da Germaniyada ishlayotgan shifokor Topilov Doston aka bilan suhbat 📋Ma’lumot: Topilov Doston aka O’zbekistonda stomatologiya fakultetini 2020 -yil tamomlagan, 2 yil o’z sohasida ishlagan so‘ngra Brüder Grimm o’quv markazida Nemis tilini mukammal o’rgangan va ayni paytda Germaniyada ishlamoqda Shu hafta FSP imtixonidan muvofaqiyatli o‘tgan 🔥 🎙️ Mavzu: FSP imtixoni va unga tayyorlanishning samarali yo‘llari, Tibbiyot Talabalari uchun maslahatlar 🕙Shanba Toshkent vaqti bilan 21:00 da 🎙️Suhbat manzili: https://t.me/Nemis_Tili_Kanal ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
Bu Germaniyadagi klassik Universitetlar röyxati (röyxat Fachhochschulelarni ichiga olmaydi). Bular barchasi davlat tomonidan moliyalashitirilgan va 100% lik grant taklif qiladi. ❗️Istisno: Baden-Württemberg bundeslandi universitetlarida 1500€ atrofida to’lov bor. ®️abdukhalilreal ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
univer_röyxat.pdf1.89 KB
Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) 👉https://www.uni-halle.de/ 1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2022-yil mart oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 461-oʻrinni egallab turibdi. ▪️Xarajatlar – Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi. – Biroq talabalar har bir semestr uchun 56,1 yevro (taxminan 62 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak. – Shuningdek, har bir semestr uchun 60 yevro (taxminan 68 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi. Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas. ▪️Yoʻnalishlar: Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi. Biroq ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar: ▪️Bakalavriatda faqat 1 ta: – B.Sc. Business Economics👉https://studienangebot.uni-halle.de/business-economics-bachelor-180 ▪️Magistraturada 5 ta: – M.Sc. Economics: Data Science and Policy – M.Sc. Pharmaceutical and Industrial Biotechnology – M.Sc. Polymer Materials Science – M.Sc. Molecular and Cellular Biosciences – M.Sc. Biodiversity Sciences ▪️Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar: 👉https://studienangebot.uni-halle.de/ tanishishingiz mumkin. ▪️Talablar: Ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi. Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin. Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin). Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin. ▪️Qabul: Bakalavriat bosqichi uchun qabul 15-iyulgacha davom etadi. Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 30-aprelgacha qabul qilinadi. Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring. Mazkur universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. ▪️Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist 👉https://www.uni-assist.de/en/ tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim. ▪️Qabul haqida 👉https://www.uni-halle.de/ssc/bewerbungsinformationen/ba-ma-studium ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘qish Bepul bo‘lgan universitetlar: 🏛️Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) Ushbu Oliygoh haqida quyida batafsil ma‘lumot olasiz ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.