331-sonli umumta'lim maktabi
Открыть в Telegram
Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta'lim maktabi 📍Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, 9-hududi, 31-uy. @locations_of_the_331st_school
Больше766
Подписчики
+124 часа
+57 дней
+330 дней
Архив постов
+9
🔔 Bugun Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qutlug‘ kunda maktabni a’lo baholar va namunali xulqi bilan tamomlayotgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari tantanali ravishda taqdirlandilar.
🇺🇿 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
❇️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Xudoyberdiyev Ural Jo‘rayevich, Yangihayot tumani prokurori Shukrullayeva Mohira Ergashbayevna, Toshkent shahar MMTB metodisti Xolmurodova Oynisa Ibrohimovna hamda Yangihayot tumani MMTB metodisti Vahobova Durdona Abdug‘afurovna faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.
✨ Bitiruvchi yoshlarimizga kelgusidagi hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyat va porloq kelajak tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
+3
“Payshanba – rahbar va yoshlar bilan uchrashuv kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani prokurori Shukurullayeva Mohira Ergashbayevna tomonidan 331-sonli umumta'lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Yangihayot tumani prokuraturasi qoshidagi departament boshlig'i Nazarov Ulug'bek Sadikovich hamda Yangihayot tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Mirzag'aniyev Otavbek Avazxonovichlar ham tashrif buyurishdi.✅ Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelgusida kasb tanlashda to'g'ri yo'nalish berish hamda yoshlar bilan ochiq muloqot olib borishdan iborat bo'ldi. ✅ Tadbir davomida Yangihayot tumani prokurori Mohira Ergashbayevna tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qonun ustuvorligi va huquqbuzarliklarning oldini olish, ta'lim olish va kasb egallashning ahamiyati, yoshlarning jamiyatdagi o'rni haqida batafsil ma'lumotlar berildi. @steam_school_331
Тошкент шаҳар, Янгиҳаёт туманидаги 331-сонли мактабнинг она тили-чет тили йўналишидаги танлов синфида таҳсил оладиган ўқувчиларнинг барчаси умумтаълим фанларидан миллий сертификатларни қўлга киритишди.
Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabining 4-“E” sinf o‘quvchilari ishtirokida sinf rahbari Sulaymonova Lobar tashabbusi bilan “Kitobxonlik” tadbiri tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida o‘quvchilar yil davomida mutolaa qilgan asarlari asosida turli bellashuv va shartlarda faol qatnashib, o‘z bilimlari hamda ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Bolajonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi, erkin fikrlashi va sahnadagi chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari esa davraga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida faol va bilimdon kitobxon o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi.
Kitob — insonni ma’naviyat sari yetaklovchi eng yaqin va bebaho hamrohdir.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabining 4-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Xotira muqaddas — e’tibor va qadrlash abadiy” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
❇️ 4-“B” sinf rahbari Gulnora Raxmatovnaning tashabbusi va mehnati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda raqs chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, faol, iqtidorli va bilimdon o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi. Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan ushbu tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
