psycho sukunat | Feruza Kuchkarova
Открыть в Telegram
636
Подписчики
Нет данных24 часа
-117 дней
-5730 дней
Архив постов
Bilishingiz kerak boʻlgan narsa, hammasi siz uchun eng yaxshi holatda boʻlishi. Hozir sizga qiyin boʻlsada, mana shu qiyinchilik ortidan keladigan baxt va halovat, his qilgan ogʻir tuygʻularingizni ta’mini biroz boʻlsada lazzatliroq qiladi.
Charchagan boʻlsangiz, biroz nafas olib yana yoʻlda davom etishingiz mumkin. Bu oʻyinda sizning ortingizdan hech kim quvlayotgani yoʻq, siz oʻzingiz oʻzingizni sabrsizlik bilan yanada qiynab qoʻyasiz xolos.
Oʻzingizga vaqt bering. Ishoning hammasi yaxshi boʻladi, axir tunning eng qora zulmatidan soʻng chiroyli tong otadi.
Repost from Qalb.uz
+7
“Shunchaki qo‘yib yubor.”
Bu gapni aytish oson.
Lekin ba’zan biz insonni emas, u bilan bog‘liq umidlarimizni, rejalarimizni va orzularimizni qo‘yib yuborishga qiynalamiz.
Agar bu holat sizga tanish bo‘lsa, biling — siz yolg‘iz emassiz.
🙃 Qalb ilovasidagi psixologlar sizga o‘tmishni ortda qoldirish va o‘zingizni yana topish yo‘lida hamroh bo‘lishga tayyor.🤍
📱 Yuklab olish
📱 Yuklab olish
Javoblar.
🌙 1-oy
Siz – g‘ayratli va o‘ziga ishongan insonsiz. Qulay va xavfsiz hayot qurishni istaysiz hamda buning uchun astoydil mehnat qilasiz. Ammo o‘zingizga nisbatan juda talabchan bo‘lasiz. Xatolaringiz uchun o‘zingizni ayblamang. O‘zingizga mehribonroq bo‘ling va kuchingizni orzularingizni ro‘yobga chiqarishga sarflang.
🌙 2-oy
Siz – xotirjam va mehribon insonsiz. Ijodni yaxshi ko‘rasiz va u hayotingizning bir qismidir. Ammo tartibsiz odatlar energiyangizni kamaytirishi mumkin. Kun tartibini yo‘lga qo‘ysangiz, hayotingiz yanada yengil va mazmunli bo‘ladi.
🌙 3-oy
Siz – qat’iyatli, saxiy va ishonchli insonsiz. O‘zingiz va oilangiz uchun yaxshi hayot yaratishga intilasiz. Biroq ba’zan boshqalarga ishonish qiyin kechadi. Shubhalarni qo‘yib yuboring va ichki sezgingizga ishoning — bu sizga xotirjamlik olib keladi.
🌙 4-oy
Siz – nozik qalbli va olijanob insonsiz. Ko‘pincha boshqalarni o‘zingizdan ustun qo‘yasiz. Ammo o‘z baxtingiz va orzularingizni ham unutmang. O‘zingizga ko‘proq e’tibor bersangiz, hayotingiz yanada baxtli va uyg‘un bo‘ladi.
🌙 5-oy
Siz kuzatuvchan, qiziquvchan va xolis fikrlaydigan insonsiz. Boshingiz doim yangi g‘oyalarga to‘la, shu sabab ba’zan dam olishni unutasiz. O‘zingizga hordiq bering va ichki sezgingizga ko‘proq ishoning — bu sizni katta yutuqlarga yetaklaydi.
🌙 6-oy
Siz – sabrli va mehribon insonsiz. Qulay hayot va yaqinlaringiz davrasini qadrlaysiz. Ammo kelajak haqida ortiqcha qayg‘urishga moyilsiz. Bugungi kun bilan yashang va hozirgi lahzadan zavqlaning. Shunda ichki xotirjamlik va baxtni his qilasiz.
Uygʻun munosabatlarning eng buyuk haqiqati shuki: erkak ayolda oʻziga boʻlgan mehr, qiziqish va qadrlash tuygʻusini uygʻota olsa, ayol esa erkak qalbida jasorat va buyuk ishlarga intilish ruhini yoqa olsa, ularning orasidagi hurmat va muhabbat shunchalik mustahkam boʻladiki, bu tuygʻular ularni umr boʻyi birga olib borishi ham mumkin.
+6
Karta siz uchun qaysi jarayon yoki faoliyatni anglatmoqda?
Masalan: sekinlashish, yordam so‘rash, yolg‘izlikda biroz vaqt o‘tkazish.
Karta sizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otmoqda?
Ushbu his-tuyg‘ular hozir hayotingizda qanday namoyon bo‘lmoqda?
Hozir aynan nima qilishni xohlaysiz?
1. Sizni qiziqtirayotgan savol, vaziyat yoki maqsad haqida o‘ylang.
2. 1 dan 6 gacha bo‘lgan raqamlardan birini tanlang.
3. Tanlagan raqamingizni komentariyada yozib qoldiring.
Men bilaman, agar men xohlaganimdek boʻlmasa, xohlaganimdan ham yaxshisi boʻladi.
Repost from Qalb.uz
+9
Ba’zan biz o‘zimizni ulg‘aygan deb o‘ylaymiz.
Ammo aslida shunchaki omon qolishga o‘rganib qolgan bo‘lamiz.
Ichimizdagi kichkina bola hanuz qo‘rqayotgan bo‘lsa, dam olish, yordam so‘rash yoki o‘zimizni zaif his qilish biz uchun juda qiyin bo‘lib qoladi.Lekin buni o‘zgartirish mumkin 🤍 🙃 Qalb ilovasida siz ichingizdagi bolani tushunishga, eski og‘riqlarni sog‘lom tarzda qayta ishlashga va haqiqatan ham ulg‘ayishga yordam beradigan psixologlar bilan bog‘lanishingiz mumkin. 📱 Yuklab olish 📱 Yuklab olish
Repost from Qalb.uz
+6
Birga yashash va birga bo‘lish — bir xil narsa emas.
Ba’zan kunlar ro‘zg‘or, vazifalar va mayda janjallar bilan o‘tib, eng muhim narsa — bir-biringiz bilan gaplashish ortda qoladi.
Agar sizda ham shunday his bo‘lsa, munosabatlarni o‘zgartirish uchun hammasini boshidan boshlash shart emas.
Ba’zan birinchi qadam — bir-biringizni eshitishni boshlash.🙃 Qalb ilovasida sizga mos psixologni toping va munosabatlaringizni yaxshiroq tushunish yo‘lini bugundan boshlang.🩵 📱 Yuklab olish 📱 Yuklab olish
Inson ko‘pincha o‘ziga yomon his qilishga ruxsat bermaydi. U g‘azabini, xafaligini, alamini yoki mayusligini yashirishga, ichiga yutishga harakat qiladi. Aslida esa bu his-tuyg‘ularning barchasi insoniy va tabiiydir.
His-tuyg‘ularni doimiy ravishda bostirish ularni yo‘qotmaydi. Aksincha, bu ichki zo‘riqishni kuchaytiradi va sizning hayotiy kuchingiz hamda ijobiy energiyangizni asta-sekin so‘ndiradi.
Ba’zan o‘zingizga his qilishga, yig‘lashga, xafa bo‘lishga yoki g‘azablanishga ruxsat berish — zaiflik emas. Bu o‘zingizni qabul qilish va ruhiy sog‘lomlik sari tashlangan muhim qadamdir.
Repost from Qalb.uz
+1
Separatsiya — ota-onadan uzoqlashish emas. Bu o‘zingizni yo‘qotmasdan, o‘z hayotingizni yashashni o‘rganishdir.
Ba’zan biz yillar davomida ota-onamizning kutganlari, aybdorlik hissi yoki ularni xafa qilish qo‘rquvi bilan yashaymiz. Natijada esa o‘zimizga mos bo‘lmagan qarorlar qabul qilamiz.
Aslida esa sog‘lom separatsiya:
✨ ota-onani rad etish emas;
✨ ularni ayblash emas;
✨ balki o‘z chegaralaringizni, qadriyatlaringizni va mustaqil hayotingizni qurishni anglatadi.
💙 Agar bu mavzu sizga yaqin bo‘lsa, Qalb ilovasida psixolog bilan ishlash orqali sog‘lom chegaralarni qurishni va o‘zingizni yaxshiroq tushunishni boshlashingiz mumkin.
📱 Yuklab olish
📱 Yuklab olish
Yaqinda check-updan oʻtdim, Allohga shukur hammasi yaxshi ekan. Xuddi, nimadir yomon xabar eshitishni kutib borgan bemordek, yaxshi xabarni eshitishim bilan xursand boʻlib ketdim. Check-up umumiy, butun sogʻligʻim tekshirilgan. Hammasi yaxshi.
Faqat terapevt balki, burningizda bitish tez tez boʻlib turishi mumkin degan gapni aytdi. Unday emasligini aytdim. U ham oʻzinikida turib oldi, men ham. Xullas, hozir endi burnim bitayotganini his qilishni boshlayapman.
NLP shunday ishlaydi, soʻzlar orqali miyangizga ustanovkalarni singdirish. Miya esa oʻz kuchi bilan buni amalga oshiradi. Shu sababdan ham pozitiv narsalarni koʻproq oʻylang. Pozitiv mindsetni miyangizga singdiring va hayotingizga tatbiq eting.
