psycho sukunat | Feruza Kuchkarova
Открыть в Telegram
652
Подписчики
-124 часа
-197 дней
-8330 день
Архив постов
Yo‘q, siz «juda ko‘p o‘ylamaysiz». Siz shunchaki hech kim sizga bardosh berishni o‘rgatmagan darajadagi nozik qalb va sezgirlik bilan yashayapsiz.
Bugun ofisda emas, forumda boʻlishim mumkin edi🫠
Ammo ofisdagi dedlaynlar…
1 haftadan keyin yoz tugaydi. 2026 yil yozi tugab, kuzi keladi. Bu degani yil yakuni yil boshidan koʻra yaqinroq.
Bu yil hisobiga sarhisob qiladigan boʻlsam, oʻzim uchun katta va kichik yutuqlarga erishibman. Oʻzimdan faxrlanamanmi - yoʻq. Chunki, endi marraga yetdim deganimda boshqa marralarni koʻrishni boshlayapman.
Shunday boʻlsada, kichik kichio yutuqlarim uchun oʻzimni award qilishni unutmayman. Shu bilan birgalikda moliyaviy jihatdan savodxon boʻlishga ham intilish kuchli… (hozircha faqatgina intilish).
Psixologlik faoliyatimga keladigan boʻlsak, toʻxtatganim yoʻq. Qalb paltformasi orqali konsultatsiyalarimga yozilishingiz mumkin. Hattoki, hozirda terapiyada mijozlarim ham bor🙂↕️
Menga nisbatan “tishlagan joyini uzin oladigan qiz” degan iborani ham qoʻllashdi, lekin “uzib olgunimcha” onamni koʻp koʻp eslayapman😂
Xullas, xulosa qilib aytganda yoz ham yakun topayapti…🍃
Atrofimizda nima bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshi kayfiyatda qolish — bu qobiliyat. Tashqi voqealarning his-tuyg‘ularimizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik — o‘rganish mumkin bo‘lgan ko‘nikma.
Agar biz o‘zimizni yomon kayfiyatda boshqara olishni o‘rgata olsak, demak, yaxshi kayfiyatda bo‘lishni ham o‘rganishimiz mumkin.
Biz bilan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar ko‘p jihatdan ichimizda nimalar kechayotganiga bog‘liq.
Repost from Qalb.uz
+7
Munosabatlarda o‘z hislaringiz, istaklaringiz va ehtiyojlaringiz haqida ochiq gapirish muhim.
Ammo mehr, e’tibor yoki tashabbusni doim so‘rashga, eslatishga va tushuntirishga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, bu sizni asta-sekin charchatishi mumkin.
Ba’zan savol boshqa insonni qanday o‘zgartirishda emas, balki bu munosabatlarda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni tushunishda.Siz sevgiga loyiq ekaningizni isbotlab yurishingiz shart emas. 🙃 QALB psixologlari bilan munosabatlaringizni va o‘z hislaringizni yaxshiroq tushunishingiz mumkin. 📱 Yuklab olish 📱 Yuklab olish
Rostini aytsam, avvalari shunday rasmlarda aytilgan topshiriqni bajarishni yaxshi koʻrardim. Yana farq topish oʻynini ham. Hozir esa sabrim chidamaydi…
Hoʻsh, sizchi? Erkakni topdingizmi?
Anchadan beri bu yil birinchi marta mehnat ta’tiliga chiqdim. Burnout yuksak boʻlganligi uchun toʻliq mehnat ta’tili oldim va shunday darslarni oldim:
- butun mehnat ta’tilini olish shart emas, qismlarga boʻlib olish; - mehnat ta’tili uchun albatta dam olishli rejalarni boʻlishi; - oila a’zolarim bilan bir xil vaqtda mehnat ta’tiliga chiqmaslik; - ishxona uchun butunlay telefonlarni oʻchirib qoʻyish; - ish haqida oʻylamaslik, oʻylash uchun boshqa mashgʻulotlarni oʻylab topish;Bu punktlarni hech qaysiga amal qilganim yoʻq, aksincha idela dam olish shunday boʻlishi kerakligi haqida dars oldim. Mana shu olgan darslarim bilan mana ta’tilim ham tugadi. Keyingi yillarda ideal ta’tilimdan olgan darslarim haqida ham gapirib beraman…
Repost from Qalb.uz
+3
Ba’zan bitta vaziyat bizda o‘nlab savollar qoldiradi. Do‘stlar bir narsa deydi, internet esa butunlay boshqa.
Lekin har bir vaziyatning o‘z tafsilotlari bor. Shuning uchun boshqalarning tajribasi yoki tayyor maslahatlar har doim ham aynan sizga mos kelavermaydi.
Agar nima bo‘layotganini tushunish qiyin bo‘lsa, vaziyatga mutaxassis bilan birga qarash mumkin!
🙃 Qalb ilovasida sizni tinglashga va tushunishga tayyor psixologlar bor 💙
📱 Yuklab olish
📱 Yuklab olish
Yaxshi tartibga solingan asab tizimi doimo xotirjam holatda bo‘lmaydi.
Aksincha, u tez ta’sirlanadi va tezda xotirjamlik holatiga qaytadi.
U go‘zal narsani ko‘rganida yoki eshitganida badaningni jimirlab, qalbingni titratadi.
Muhim va ta’sirli lahzalarda ko‘z yosh to‘kishga imkon beradi.
Chegaralaring buzilganda esa g‘azablanadi.
Ammo eng muhimi — u tez orada yana xotirjam holatga qaytadi.
Mana shu jihat uni shunchaki «muzlab qolgan» asab tizimidan ajratib turadi.
Odamlar bu ikki holatni ko‘pincha adashtirib qo‘yadilar. Chunki hech narsani his qilmaslik — juda ko‘p narsani his qilishdan osonroq.
Istasamda, uzoq vaqt xafa boʻlib yura oladigan inson boʻla olmadim…
Repost from Qalb.uz
+7
Ba’zan ayriliqdan keyin hayotning rangi yo‘qolgandek tuyuladi.
Kechagina hammasi mazmunli va yorug‘dek edi. Bugun esa hech narsa avvalgidek quvonch bermaydi. Oddiy kunlar ham og‘ir o‘tadi, ko‘z yoshlari to‘xtamaydi va hayot go‘yo ma’nosini yo‘qotgandek tuyuladi.
Agar bu holat uzoq davom etsa, u depressiyaga aylanishi mumkin.
Eng muhimi — bu holatda yolg‘iz qolmaslik.
Qalb ilovasidagi psixologlar ayriliq og‘rig‘ini sog‘lom tarzda yengib o‘tishga va hayotni yana o‘z iziga qaytarishga yordam beradi. 🤍
📱 Yuklab olish
📱 Yuklab olish
Bilishingiz kerak boʻlgan narsa, hammasi siz uchun eng yaxshi holatda boʻlishi. Hozir sizga qiyin boʻlsada, mana shu qiyinchilik ortidan keladigan baxt va halovat, his qilgan ogʻir tuygʻularingizni ta’mini biroz boʻlsada lazzatliroq qiladi.
Charchagan boʻlsangiz, biroz nafas olib yana yoʻlda davom etishingiz mumkin. Bu oʻyinda sizning ortingizdan hech kim quvlayotgani yoʻq, siz oʻzingiz oʻzingizni sabrsizlik bilan yanada qiynab qoʻyasiz xolos.
Oʻzingizga vaqt bering. Ishoning hammasi yaxshi boʻladi, axir tunning eng qora zulmatidan soʻng chiroyli tong otadi.
Repost from Qalb.uz
+7
“Shunchaki qo‘yib yubor.”
Bu gapni aytish oson.
Lekin ba’zan biz insonni emas, u bilan bog‘liq umidlarimizni, rejalarimizni va orzularimizni qo‘yib yuborishga qiynalamiz.
Agar bu holat sizga tanish bo‘lsa, biling — siz yolg‘iz emassiz.
🙃 Qalb ilovasidagi psixologlar sizga o‘tmishni ortda qoldirish va o‘zingizni yana topish yo‘lida hamroh bo‘lishga tayyor.🤍
📱 Yuklab olish
📱 Yuklab olish
Javoblar.
🌙 1-oy
Siz – g‘ayratli va o‘ziga ishongan insonsiz. Qulay va xavfsiz hayot qurishni istaysiz hamda buning uchun astoydil mehnat qilasiz. Ammo o‘zingizga nisbatan juda talabchan bo‘lasiz. Xatolaringiz uchun o‘zingizni ayblamang. O‘zingizga mehribonroq bo‘ling va kuchingizni orzularingizni ro‘yobga chiqarishga sarflang.
🌙 2-oy
Siz – xotirjam va mehribon insonsiz. Ijodni yaxshi ko‘rasiz va u hayotingizning bir qismidir. Ammo tartibsiz odatlar energiyangizni kamaytirishi mumkin. Kun tartibini yo‘lga qo‘ysangiz, hayotingiz yanada yengil va mazmunli bo‘ladi.
🌙 3-oy
Siz – qat’iyatli, saxiy va ishonchli insonsiz. O‘zingiz va oilangiz uchun yaxshi hayot yaratishga intilasiz. Biroq ba’zan boshqalarga ishonish qiyin kechadi. Shubhalarni qo‘yib yuboring va ichki sezgingizga ishoning — bu sizga xotirjamlik olib keladi.
🌙 4-oy
Siz – nozik qalbli va olijanob insonsiz. Ko‘pincha boshqalarni o‘zingizdan ustun qo‘yasiz. Ammo o‘z baxtingiz va orzularingizni ham unutmang. O‘zingizga ko‘proq e’tibor bersangiz, hayotingiz yanada baxtli va uyg‘un bo‘ladi.
🌙 5-oy
Siz kuzatuvchan, qiziquvchan va xolis fikrlaydigan insonsiz. Boshingiz doim yangi g‘oyalarga to‘la, shu sabab ba’zan dam olishni unutasiz. O‘zingizga hordiq bering va ichki sezgingizga ko‘proq ishoning — bu sizni katta yutuqlarga yetaklaydi.
🌙 6-oy
Siz – sabrli va mehribon insonsiz. Qulay hayot va yaqinlaringiz davrasini qadrlaysiz. Ammo kelajak haqida ortiqcha qayg‘urishga moyilsiz. Bugungi kun bilan yashang va hozirgi lahzadan zavqlaning. Shunda ichki xotirjamlik va baxtni his qilasiz.
