PACEMAKER | 2.0 |
Открыть в Telegram
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Больше4 793
Подписчики
+424 часа
+107 дней
+930 дней
Архив постов
4 795
Аллохга шукур! Ушбу беморни 22 кун деганда выписка килдик. Бемор тугрикдан кейин ИМ огир утди. 15 кун тоник ва О2 да ушладик. Беморга COVID ва шифохона ичи пневмония хам кушилиб анча кийинчилик булди. Клиникамизни бошка шифокорлари ва албатта булим ходимлари биргаликда харакат килишди.
4 795
Антитромботическая терапия при искусственных клапанов сердца
Источник: 👏 2021 Рекомендации ESC/EACTS по ведению пациентов с клапанной болезнью сердца
4 795
🚨 O'tkir koronar sindromda shifoxonagacha bo'lgan bosqichda tizimli tromboliz
1. Tizimli tromboliz uchun ko'rsatmalar:
✅ ST-segment ko'tarilishi bilan o'tkir miokard infarkti (STEMI):
– Ko'krak orqasida kuchli, 20 daqiqadan ko'proq davom etadigan og'riq.
– EKGda ST-segmentning ≥ 1 mm ko'tarilishi (kamida ikki qo'shni ko'krak yoki qo'l-oyoqlar elektrodlarida).
– Chap tarmoq to'sig'ining yangi blokadasi bilan kechuvchi STEMI.
⏰ Vaqt omili muhim:
– Agar ko'krak og'rig'i boshlanganidan 12 soat ichida koronar angiografiya imkoniyati bo'lmasa, tromboliz o'tkaziladi.
– 12-24 soatdan keyin: faqat og'riq va EKG o'zgarishlari davom etsa amalga oshiriladi.
2. Qarshi ko'rsatmalar:
🚫Gemorragik insult yoki bosh miya qon aylanishi buzilishi (o'tmishda)
🚫Yaqinda o'tkazilgan jarrohlik yoki travma (3 hafta ichida)
🚫 Faol ichki qon ketishi
🚫Aorta diseksiyasi gumoni
🚫 Og'ir gipertenziya (≥ 180/110 mm Hg)
🚫 Qon ivishining og'ir buzilishlari
3. Tizimli trombolizda ishlatiladigan dori vositalari:
➕ Fibrinolitik preparatlar:
– Alteplaza (rtPA)
– Tenekteplaza (TNK-tPA)
– Streptokinaza
4. Tez tibbiy yordam shifokorining amaliyotida qo'llash usullari:
🔹 Alteplaza (rtPA):
– Bolus va infuziya:
• 15 mg vena ichiga bir martalik bolus.
• 30 minutda 0,75 mg/kg (maksimal 50 mg) infuziya.
• Keyin 60 minutda 0,5 mg/kg (maksimal 35 mg) infuziya.
– Umumiy doza: Maksimal 100 mg.
– Antikoagulyantlar bilan birga qo'llash: Heparin bilan birgalikda ishlatiladi.
🔹 Tenekteplaza (TNK-tPA):
– Bir martalik bolus: Tana vazniga qarab:
• < 60 kg – 30 mg
• 60–69 kg – 35 mg
• 70–79 kg – 40 mg
• 80–89 kg – 45 mg
• ≥ 90 kg – 50 mg
– Antikoagulyantlar bilan birga qo'llash: Enoksaparin yoki Heparin bilan birga ishlatiladi.
🔹 Streptokinaza:
– Dozasi: 1,5 million birlik 30-60 minut davomida vena ichiga tomchilab yuboriladi.
– Maxsus eslatma: Allergik reaktsiyalar va gipotenziya xavfi yuqori, shu sababli bir martalik qo'llanadi (o'tmishda ishlatilgan bo'lsa, takrorlanmaydi).
5. Qo'shimcha davolash:
💊 Antikoagulyantlar: Heparin yoki Enoksaparin.
💊 Antiagregantlar: Aspirin va Klopidogrel.
💊 Og'riq qoldiruvchi: Morfin.
➕ Oksigenoterapiya – agar saturatsiya < 90% bo'lsa.
4 795
Qabul jarayonida ulgurmaganlar uchun Dush chor juma kunlik guruhga 4-5 kishi qabul qilinadi
4 795
+1
Batafsil maʼlumotlar: Kursda o'tiladigan mavzular
📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏
Darslar 🎓
Dush chor juma / 20:00
🕓
Qabul uchun:
@pacemaker_admin4 795
Intensiv Kardiologiyaga Aritmiyalar bo'limi ko'pchillikka maʼqul boʻlgan darslardan. Sizlarga ham ulashgim keldi
Manfaat li qilsin 🤲
☎️ https://t.me/PACEMAKER_2
4 795
+3
#Tez_tibbiy_yordam 5-mavzu
•Oʻtkir yurak yetishmovchiligi
•Yurak tampanadasi
@doctor_ashrafz0da
4 795
#Bolalar kasalliklari
🔷️ Tabiiy ovqatlantirish
▫️ 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqat ingradientlariga bo‘lgan talabi:
• Oqsil = qo‘shimcha ovqatga qadar 2-2,5 g/kg og‘irligiga;
= qo‘shimcha ovqat berilgandan so‘ng 3-3,5 g/kg og‘irligiga.
• Yog‘ = 3 oygacha - 6,5 g/kg.
4-5 oygacha - 6 g/kg
6 oydan boshlab - 5,5 g/kg.
• Uglevod = 1 yoshgacha - 13 g/kg.
▫️Energiyaga bo‘lgan talabi.
6 oygacha -120 kkal/kg
1 yoshgacha - 115 kkal/kg.
🔶️ Qo‘shimcha ovqatlar.
▪︎ 6 oyda - sabzavotlar pyuresi 🥔🥕
▪︎ 6,5 oyda - mannaya kasha 5%li 🍚
▪︎ 7 oyda - mannaya kasha 10%li 🍙
▪︎7,5 oyda - go‘shtli bulyon 30-50ml 🍵
▪︎8 oydan - guruchli mastava🍛,
kefir🍶, shakarsiz tvorog🥛,
pechenye 🥯
▪︎9 oydan - frikadelka 🥘
▪︎11 oyda - parlanvan katlet 50gr 🧆
🔺️Bolalarni 1 oyligidan boshlab vitaminlar o‘rnini to‘ldirish uchun meva sharbatlari beriladi. Dastlab 2 tomchidan. Har 1 oyiga 10 ml dan ko‘paytiriladi. Asosan olma va sabzi sharbatlari beriladi!
❗ Qo‘shimcha ovqat berish qoidalari:
- bolani sog‘lom vaqtidan boshlanadi;
- ko‘krak sutidan oldin beriladi;
- 1 choy qoshiqdan boshlanadi.
https://t.me/PACEMAKER_2
4 795
Hammaga birdik kerakli yangi ma'lumotlarga boy kitobcha, chiqarib olib tòldirib borsanglar manfa'atli bòladi, tòldirilgan variantini ham tashlab boramiz kòrib borasizlar in shaa Alloh.
@doctor_ashrafzoda
