cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sakiنa

Sahifa faqat ayol-qizlar uchun🎀 @maktubingizbot @Sakina_Ahmadova link uchun. Postlarni olganda manbaa bilan joylashni unutmang💖

Больше
Рекламные посты
11 954
Подписчики
-3824 часа
-2617 дней
-55830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Kitob bilan kurashgan ayollar Sibavayhning xotini bir kuni erining kitoblarini yoqib yuboradi. Chunki olim kitob yozish bilan mashg‘ul bo‘lgani sababli ayoliga ko‘p vaqt ajrata olmagan. Holatdan xabar topgan Sibayh hushidan ketib qoladi va keyin o‘ziga kelgach, xotinini taloq qilib yuboradi. Lays ibn Muzaffar mashhur olim Farohidiyning “Al-Ayn" kitobini yod olishga kirishib, xotiniga vaqt ajrata olmaydi. Shuning uchun xotini kitobga hasad qilib, ularni yoqib yuboradi. Amir Mahmud Davla al-Omiriyning ko‘plab kitoblari bor edi, u vafot etganida xotini uning kitoblar bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun uning kitoblarini uyning o‘rtasida joylashgan suv havzasiga tashlab yuboradi. Ibrohim Ayoshiy o‘zining “Hujurot an-Niso” (Ayollar xonalari) degan kitobini yozish uchun yigirma yil vaqt sarflaydi. Bu esa uning xotinini g‘azabiga sabab bo‘ldi. Chunki u kitob yozish bilan juda band bo‘lgan. Keyin xotini rashk qilib shuncha muddatda yozilgan kitobni yoqib yuboradi. Buni bilgan Ibrohim Ayoshiy esa falaj bo‘lib qoldi. Muhammad ibn Shihob az-Zuhriyga bir kuni xotini dedi: “Allohga qasamki, bu kitoblar men uchun uchta kundoshdan ham qattiqroqdir!!”. Eng yoqimli kurash shu bo’lsa kerak) Ixtiyor Marg’iloniy
Показать все...
👍 115 60
Фото недоступно
“Oshiqlar (ishqlarini) qanchalik yashirmasinlar, ularni namoyon qilib qo’yadigan dalillari bo’lur”. Mavlono Shayx Hasan al-Hakim Oshiq ishqini maxfiy qilgani qadar go’zallashuvchidir. Modomiki, mahbubidan o’zgasi ham shavqiga guvoh bo’lishini istarkan, u chin oshiq bo’lurmi? Shavqida sodiq bo’lurmi? Ibodating riyodan xoli bo’lishi lozim bo’lgani kabi, “shavq”ingning hukmi ham shunday bo’lsin! Izoh: ”Shavq” - Robbga bo’lgan muhabbat, ibodatlarni va har qanday ishni ixlos bilan, Uning rizosini istab ado etish va bunda sustlashmaslik ma’nosida. @XitobEykongil
Показать все...
154👍 38
Savollarilar ham yig’ilib qolgandur) Ko’k yozuvga bosib, berishingiz mumkin. Javoblar izohda bo’ladi.
Показать все...
Anonim savollar

• Anonim suhbat qurish uchun o'zbekcha anonim chat bot. • Contact & Ads —

https://t.me/FoydalibotsUZ/7

8👍 4
Tajviddan ustoz so’rar edilar. Shularni tabsiya qila olaman. *reklama emas
Показать все...
30👍 4
Repost from Taحsiyn
Фото недоступно
📣Ovozli suhbatga marhamat. Bugun Ummu Solih mehmon Ustozamiz bilan Ovozli suhbatga sizlarni taklif qilamiz! Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da telegram kanalimizda bo'lib otadi!
Suhbatimizga dugonalaringizni ham taklif qiling!
👉@tahsiynul_quran — Qur‘on o'qishni birgalikda o'rganamiz!
Показать все...
👍 12 5
Savollarilar ham yig’ilib qolgandur) Ko’k yozuvga bosib, berishingiz mumkin. Javoblar izohda bo’ladi.
Показать все...
👍 39 10
Poliglotlar haqida eshitganmisiz Agar siz til o'rganishga qiziqsangiz, unda bu sahifa aynan siz uchun 🟢4 ta xorijiy til ➡️ Arab tili C1 ➡️Ingliz tili IELTS 6.5 ➡️Turk tili B2 ➡️Rus tili o'rganishdagi shaxsiy tajriba va texnikalar. 🟢Arab tili yo'nalishida ustoza bo'lish istagi bor qizlar uchun qimmatli maslahatlar. 🟢Homeschooling va psixolingvistika yo'nalishlari 🟢Sharqshunoslik universitetining Tarjima yo'nalishi bakalavr bitiruvchisining shaxsiy sahifasi 📍Rivojlanishga intiluvchi, o'tkir fikrli muslimalarni kutib qolamiz🕯️💚 https://t.me/+F7G3E3DJg0djZWUy
Показать все...
Robiya | Bintu Murod

O'tkir fikrli muslimalar manzili📍 ▫️Arab tili ustozasi ▫️Tarjimon ◽Polyglot ❗Diqqat, bu yerda arab tiliga qiziqishingiz ortishi xavfi bor Link: @bintumurod_blog

👍 21 10
Old, o’ng va chap miyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar yig’dim. Maqola ko’rinishida qulaymi yoki qisqaroq efir qilamizmi?
Показать все...
👍 25 14
Sal kam bir soat vaqtimni olgan post bo’ldi. Buni qadrlaysizlar degan umiddaman.)
Показать все...
215👍 50
Hissiy intellekt Postni boshlashdan avval eslatma qilib o’tmoqchi bo’lgan ma’lumotim: -G’arb olimlari o’zi bir chetga surib qo’ygan ma’naviy qadriyatlarini endilikda-zamonaviy hayotda qo’lga kiritib olgan yutuqlarini saqlab qolgan holda “psixologiya” nomi ostida qayta faollashtirmoqda. Aslida uxlayotgan g’arbni sharq uyg’otgani, uyg’ongan ga’rb esa, sharqni uxlatayotgani barchamizga ma’lum. Aslida “hissiy intellekt” kabi narsalar sahobalar hayotida namoyon bo’lgan va buning ilmi ham dinimizda komil tarzda “nafs tarbiyasi”, “ilmun nafs” nomlari ostida tatbiq etib kelinmoqda. Ushbu postda esa, zamonaviyroq tarzda yoritishga urundim. Hissiy intellekt nima? Hammaga maʼlumki, IQ (intelligence quotient, yaʼni, zehn koeffitsienti) insonning aqliy va tahliliy qobiliyatini belgilab beradi. EQ (emotional Intelligence) esa insonning shaxsiy va ijtimoiy koʻnikmalari va malakalari jamlanmasidir. IQ darajasi yuqori bo’lgan kishilar odatda ilmiy yutuqlarga erishgan, qobiliyatli bo’lsalar, EQ darajasi yuqorilar shaxsiy hayotda , turmush qurishda va do’stona munosbatalarda yuqori natijaga erishishadi. Ya’ni bu hissiyot va hislarini tushuna olish. Atrofimizda ilm va irfon bir biridan ajrab qolgan holda tasvirlanadi. Ilmi bor-u, irfoni yo’q kimsalar xuddi sirtiga kitob yuklab olgan, biroq “insoniylik”ga erishmagan kishilarga o’xshaydi. IQ yuqori bo’lmagan insonlar ham muvaffaqiyatga erishish ehtimollari mavjud garchi juda oz bo’lsada. Lekin EQ bu bizga umrimiz davomida, sog'lom, baxtli hayotimiz uchun zarur omildir. Qushning qanoti kabi ikkisini teng qoqish orqali hayotni yanada zavqli qilishimiz mumkin. Hissiy intellekt yetarli bo’lmasligi nimalarga olib keladi? Hissiy intellekt yetarli bo’lmaganda, kishida depressiya, zo’ravonlikka to’la hayot, giyohvand moddalarga qaramlik va ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatsizlik kabi holatlar kuzatilishi isbotlangan. Shuningdek yaqinlari bilan munosbatda doimiy muammolar va hayotni yaxshigina qiyinlashishi ham kuzatilgan. Nazoratsiz Stress qon bosimini oshiradi, immunitet tizimini bostiradi, yurak xuruji va qon tomirlari xavfini oshiradi, bepushtlikka hissa qo'shadi va qarish jarayonini tezlashtiradi. Hissiy intellektni yaxshilash uchun birinchi gadam stressni qanday boshqarishni o'rganishdir. Emotsional intellekt bu barchamizda yashiringan hissiyotlarimiz bo'lishi ham ehtimol, aytaylikki, o'smirning hissiyotlari bilan xech kim qiziqmadi, u esa olamga jar soldi; menga e'tibor kerak, menga yordam kerak, lekin xech kim uni eshitmadi va oqibatda uning hissiyotlari javobsiz qoldi. Oqibat unda hissiy intellekt borgan sari pasayib biror-bir faoliyatga bundan buyon hissiyotini ishlatmaslikka qaror qildi. Natijada biorobotga aylana boshladi, shuning uchun ham jamiyatda emotsionla intellktning nechog li muhim ekanligini barchamiz tushunshimiz va anglab olishimiz darkor. Hissiy intellekti yuqori insonlarda qanday belgilar namoyon bo’ladi? • O’z-o’zini anglash • O’z-o’zini nazorat qilish • Hissiyotlarni to’g’ri ifodalay olish • Boshqalarni his tuyg’ularini tushunish • Har qanday to’siqlarga qaramay yo’lda davom etish (matonat) • O’z o’zini ruhlantirish • Moslashish va o’z muammolarini hal qilishga layoqat • Murosaga, yechimga yo’naltirilgan dunyo qarash (yutib qo’yishga emas) • Optimistik bo’lish va umidsizlikka tushmaslik. • Yangi tajribalarga ochiqlik, o’z-o’zini rivojlantirishga, o’z ustida ishlashga doim tayyor bo’lish. Sakina Anvar qizi
Показать все...
352👍 78