ru
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Закрытый канал

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Pulli Gap

Канал Pulli Gap языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 34 187 подписчиков, занимая 3 557 место в категории Экономика и финансы и 2 331 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 34 187 подписчиков.

Согласно последним данным от 14 июня, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -1 087, а за последние 24 часа — -30, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 33.51%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 11.41% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 11 474 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 3 906 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 38.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 15 июня, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Экономика и финансы.

34 187
Подписчики
-3024 часа
-2837 дней
-1 08730 день
Архив постов
Pulli Gap
34 187
📌 1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi? 😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-sentabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonun
📌 1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi? 😊 Pulli Gap O'zbekistonda 1-sentabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlarni bir yerga jamladi. ↗️ Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari lavozim maoshlari oshiriladi Tegishli prezident farmoniga muvofiq, maktab direktorlarining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, o‘rinbosarlarining bazaviy tarif stavkasi esa 15 foizga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining bazaviy tarif stavkasi ularni III va IV toifali maktab direktorlari o‘rinbosarlari tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. ❌ Ish beruvchilar uchun ayrim javobgarlik choralari bekor qilinadi 4-avgustda imzolangan “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan ayrim talablar soddalashtiriladi. Shuningdek, norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar 30 BHM (12,36 mln so‘m), huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda esa 100 BHM (41,2 mln so‘m) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi. ✅ Nogironlikni belgilashning yangi tizimi joriy etiladi 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. 💸Yolg‘iz ota-onalarga moddiy yordam “Inson” va YAIDXP orqali beriladi Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)larning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzand (lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha (618 ming so‘m) miqdorda moddiy yordam to‘lanadi. Moddiy yordam olish uchun “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YAMIH” AT), shuningdek, YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Kerakli hujjatlar:
➖qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti ma’lumotlari; ➖3 yoshgacha bo‘lgan farzand (lar)ining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (lari) ma’lumotlari; ➖mobil telefoni raqami; ➖AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi ma’lumotlari.
🚨PPX bo‘linmalari pulli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi Yuridik shaxslar PPX bo‘linmalariga shartnoma-huquqiy asosda xizmatlardan foydalanish uchun YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. PPX bo‘linmalari IIVning “Elektron patrul” tizimi orqali jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra quyidagilar tartibga solinadi:
➖aholi gavjum joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo‘linmalariga yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilish tartibi; ➖arizalarni ko‘rib chiqish va ularni rad etish asoslari; ➖jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish tartibi. ➖ma’muriy reglament ommaviy tadbirlarni, yig‘ilishlar, mitinglar va ko‘cha namoyishlarini tashkil etish va o‘tkazishga taalluqli emas.
📸 “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi 15-mayda e’lon qilingan “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
🤔 Shikastlangan valyutani almashtirsa bo'ladimi? 😊 Biroz yirtilgan, shikastlangan valyutangizni bankda almashtirish jarayon
🤔 Shikastlangan valyutani almashtirsa bo'ladimi? 😊 Biroz yirtilgan, shikastlangan valyutangizni bankda almashtirish jarayonida qo‘shimcha to‘lov qilishingizga to‘g‘ri kelganmi? Nega bunday bo‘lganiga qiziqib ko‘rganmisiz? ➡️Bugun shu savolga javob topishga urinib ko‘ramiz. Shikastlangan valyutani qabul qilish jarayonida banklar tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Bu odatiy holat, chunki banklarning ma’lum xarajatlari mavjud. 💵Banklarda ko‘p miqdorda eskirgan, shikastlangan valyutalar yig‘ilganda, bank ushbu valyutalarni yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunda, quyidagi xarajatlar mavjud: 1️⃣ yangi valyutani yetkazib beruvchi bankning xizmat haqi; 2️⃣ bojxona xarajatlari uchun to‘lovlar; 3️⃣ transport xarajatlari; 4️⃣ vakil chet el bankining xizmat haqi. 📌 Shu tufayli ham shikastlangan valyutangizni qabul qilish jarayonida sizdan komission to‘lovlar undiriladi. Ushbu to‘lovlarning miqdori valyutaning shikastlanganlik darajasiga qarab, uning 3 foizidan 5 foizigacha bo‘lishi mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
❓Oshxona biznesiga qiziqasiz-u, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🥟 “Testo” chuchvaraxonasi asoschisi Zamira Rahmanova o‘z biznesini oddiy chuchvaradan boshlagan. Endi siz ham uning muvaffaqiyat hikoyasini eshitishingiz mumkin. 📌 Pulli Gap Talk’ning navbatdagi sonida: 🔘Marketing va PR’dagi real strategiyalar; 🔘Shaxsiy brend yaratish yo‘li; 🔘Qilingan xatolar, olingan saboqlar va kelajak uchun rejalari haqida biib olasiz. ❗️Suhbatni tomosha qiling — bu nafaqat ilhom beradi, balki sizning biznesingizni rivojlantirishda amaliy maslahatlar manbai bo‘ladi. Suhbatni to'liq tomosha qilish: https://youtu.be/MV63Pcoyric?si=ftE8y33Nv_Mivpjf

Pulli Gap
34 187
❗️Diqqat! .apk fayllarni hech qachon ochmang! 😊 So’nggi paytlarda Telegram orqali kiberxujumlar ko’paysa ko’paydiki, lekin k
❗️Diqqat! .apk fayllarni hech qachon ochmang! 😊 So’nggi paytlarda Telegram orqali kiberxujumlar ko’paysa ko’paydiki, lekin kamaygani yo’q. Kunda-kunora kimningdir firibgarlar tuzog’iga tushganini eshitamiz. Afsuski, ko’pchilik holatlarda kiberxujum natijasida yo’qotilgan mablag’ni qaytarishning iloji bo’lmaydi. Kiberxujum qanaqa bo'ladi❓ ➖ Sizga noma’lum kontaktdan “To’yga taklifnoma”, “Rasmdagi sizmi?” kabi nomdagi .apk fayllar yuborishadi. Qiziqib faylni ochishingiz bilan esa Telegram akkauntingiz qo’ldan ketadi. Birozdan keyin hisobingizdan pul yechib olingani haqida SMS keladi. Endi sizga na bankingiz, na mas’ullar yordam bera oladi. 🤔 Xo’sh, o’zi firibgarlar sxemasi qanday ishlaydi? ➖Faylni ochishingiz bilan firibgarlar SMS va qo'ng'iroqlarga ruxsat oladi. ➖Bu bank ilovalaridan keladigan SMS, tasdiqlash kodlarning to'g'ridan to'g'ri firibgarlarga uzatish imkonini beradi. ➖SMS xabarlariga ruxsat olish ketidan fuqarolar shaxsiy ma’lumotlarining sizdirilishiga yoki moliyaviy zararga uchrashigacha olib keladi. ⚡️ Nima qilish kerak? 📌 Oxiri “.apk” bilan tugaydigan hech qanday dasturni yuklab olmang va tushunmasdan hech bir ilovaga ruxsat bermang. Yaxshisi, siz virusli faylni “@Cyberqalqonbot” telegram botiga jo'nating. ➡️Bu bot ham faylni tahlil qilib beradi, ham o'sha zararli ilovalar yuklab olib, undan jabrlanayotgan yuzlab foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini asrab qoladi. Chunki botga kelib tushgan zararli fayllar mutaxassislar tomonidan o'rganilib, zararsiz holatga keltiriladi. ☝️Umumiy tavsiyalar 1️⃣ 2 bosqichli tekshiruvni yoqing. 2️⃣ Kuchli parollardan foydalaning. 3️⃣ Bir parolni boshqa joyda qayta ishlatmang. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
❓Kredit ta’minoti nima uchun kerak? 😊 Bankdan kredit olishni istagan har bir mijoz bir narsaga duch keladi — bu “kredit ta’m
Kredit ta’minoti nima uchun kerak? 😊 Bankdan kredit olishni istagan har bir mijoz bir narsaga duch keladi — bu “kredit ta’minoti” talabi. Ko‘pchilik uchun bu so‘z tushunarsiz: Bu nima? Nega kerak? Qanday bo‘ladi? Keling, buni oddiy tilda tushuntirib beramiz. 📌 Kredit ta’minoti — bu bankka sizning qarzingizni qaytarishingizga kafolat beruvchi vosita. Ya’ni, agar siz kreditni vaqtida to‘lay olmasangiz, bank o‘z pulini shu ta’minot orqali qaytarib oladi. 👍 Nima uchun kerak? Bank har bir mijozga ishonadi, lekin xavfni ham hisobga oladi. Agar mijoz to‘lamay qo‘ysa, zarar ko‘rishni istamaydi. Shuning uchun kredit ta’minoti bank uchun himoya vositasi hisoblanadi. 👍 Kredit ta’minoti nimalar bo‘lishi mumkin? Banklar quyidagi narsalarni kredit ta’minoti sifatida qabul qiladi: 🔹 Ko‘chmas mulk – uy, yer, bino, ofis 🔹 Avtomobil 🔹 Omonat (depozit) — o‘z bankdagi pullaringizni garovga qo‘yish 🔹 Tovarlar yoki uskunalar 🔹 Uchinchi shaxs kafilligi — ya’ni kimdir siz uchun kafolat beradi 🔹 Sug‘urta polisi — ba’zi hollarda qarz hayot sug‘urtasi bilan ta’minlanadi. Misol: Agar siz bankdan 50 mln so‘m kredit olmoqchi bo‘lsangiz, bank sizdan ushbu miqdorga yaqin qiymatdagi ta’minot talab qiladi. Masalan, 60 mln so‘mlik kvartira yoki avtomobil bo‘lishi mumkin.
To‘lovlarni o‘z vaqtida bajarsangiz, ta’minot sizga qaytariladi.
📌 Agar kredit olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo qanday ta’minot ko‘rsata olishingizni aniqlab oling. Shunda bank bilan muloqot ham oson, qaror ham tez bo‘ladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
🤔 Talabalar turar joyi uchun qanday ariza yuboramiz? 😊 Joriy o'quv yili uchun talabalar turar joylariga (TTJ) joylashish is
🤔 Talabalar turar joyi uchun qanday ariza yuboramiz? 😊 Joriy o'quv yili uchun talabalar turar joylariga (TTJ) joylashish istagida bo‘lgan talabalar 1-avgustdan boshlab ariza topshirishni boshlashlari mumkin. ➡️Ariza yuborish: 1. my.gov.uz portaliga OneID orqali kirasiz yoki Ro'yxatdan o'tasiz. 2. Xizmatni tanlaysiz. 3. Ariza to'ldirib, yuborasiz. 🔜Ariza natijasi uch xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1️⃣Yo'llanma berish: Arizangizga ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, dastlabki taqsimot o‘tkazilgandan so‘ng, sizga uch ish kuni ichida yotoqxonaga yo‘llanma yuboriladi. 2️⃣Arizani qabul qilish to'g'risida xabarnoma: Imtiyozlar bo‘lmasa, dastlab imtiyozga ega talabalarga yotoqxona taqsimoti yakunlangach, talabalar turar joyi to‘liq taqsimlanguniga qadar arizangizga javob beriladi. 3️⃣Arizangiz rad etiladi: Yo’llangan arizangiz turli sabablarga ko’ra rad etilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari ko'rsatilgan xabarnoma olasiz. ☝️ Imtiyozli talabalarning arizalarini ko'rib chiqilgandan so'ng, imtiyozsiz talabalarga maxsus navbat raqami beriladi va yotoqxonada bo'sh o'rinlar bo'lsa, shu navbat bilan turar joy uchun yo'llanma olishadi. 📌 Imtiyozli toifaga kiruvchi talabalar uchun ustuvorlik:
🔹 "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari, yetimlar va ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar; 🔹 "Ijtimoiy himoya yagona reestri", "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan talabalar; 🔹 I va II guruh nogironligi bor talabalar; 🔹 Bitta oiladan 2 yoki undan ortiq farzandi to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi bo‘limda o‘qiyotgan talabalar; 🔹 Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; 🔹 "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari; 🔹 "Zakovat" intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari; 🔹 TTJda qavat sardori yoki talabalar kengashi raisi bo‘lganlar.
Umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun kvota taqsimoti 🟢 1-kurs talabalariga — 55% dan 65% gacha; 🟡 2-kurs talabalariga — 15% dan 20% gacha; 🔴 3-kurs va undan yuqori kurs talabalariga — 20% dan 25% gacha. Bu postni talaba tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
❗️Parolingizni himoya qiling! Oddiy kombinatsiyalar — xakerlar uchun eng oson nishon. Kuchli, takrorlanmas va murakkab parol tanlab, hisoblaringizni xavfsiz saqlang. Kuchli parol qanday bo'lishi haqida batafsil videoda👆 📌 Xavfsizlik — o'z qo‘lingizda! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
🤔 BHM nima va nima uchun kerak? 😊 O‘zbekistonda tez-tez eshitiladigan qisqartma bu — BHM, ya'ni bazaviy hisoblash miqdori.
🤔 BHM nima va nima uchun kerak? 😊 O‘zbekistonda tez-tez eshitiladigan qisqartma bu — BHM, ya'ni bazaviy hisoblash miqdori. Ko‘pchilik bu nima degani va nima uchun kerakligini to‘liq tushunmaydi. Keling, oddiy tilda tushuntiramiz. 📌 Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — davlat tomonidan belgilanadigan pul birligi bo‘lib, u orqali turli to‘lovlar, soliq, jarima, nafaqa, stipendiya va boshqa mablag‘lar hisoblanadi. Hozir, 2025-yil 1-avgust holatiga ko'ra, BHM 412 000 so‘mni tashkil qiladi. ❓Nega bu muhim? BHM hayotimizda ko‘p sohalarda ishlatiladi: ✅ Jarimalar — yo‘l harakati qoidabuzarliklari yoki boshqa huquqbuzarliklar uchun jarimalar ko‘pincha BHMga bog‘liq. ✅ Davlat to‘lovlari — pasport olish, guvohnoma almashtirish yoki boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar BHM asosida hisoblanadi. ✅ Stipendiya va nafaqalar — talabalar oladigan stipendiya yoki pensiyalar ham ko‘pincha BHMga bog‘lanadi. ✅ Soliqlar va yig‘imlar — ayrim soliq turlari yoki davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar ham shu miqdorga asoslanadi. Misol uchun: Aytaylik, sizga 2 BHM miqdorida jarima yozildi. Bu degani: 2 × 412 000 = 824 000 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi. 🔔 Agar sizga jarima, to‘lov yoki soliq haqida ma’lumot kelgan bo‘lsa, BHM necha so‘mligini tekshirib ko‘ring — bu sizga qancha to‘lashingizni aniq tushunishga yordam beradi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
📚 “Maktab bozori” qanchaga tushadi? 😊 Avgust oyi — ota-onalar uchun eng “serxarajat” davrlardan biri. Ayniqsa, bolangizni m
📚 “Maktab bozori” qanchaga tushadi? 😊 Avgust oyi — ota-onalar uchun eng “serxarajat” davrlardan biri. Ayniqsa, bolangizni maktabga tayyorlashga to‘g‘ri kelsa, “maktab bozori” degan ibora bejiz ishlatilmaydi. Daftar, ruchka, forma, ryukzak... Hammasini olish kerak, hammasi pul demak. 🤔 Xo‘sh, bir farzandni maktabga tayyorlash qanchaga tushyapti? Keling buni tahminan hisoblab chiqamiz. 🔎O‘quv qurollari (kanselyariya): Daftar, ruchka, qalamlar, rangli qog‘oz, flomaster, plastilin va hokazolar. Hamma kerakli mayda-chuyda o‘quv anjomlari uchun: 👛300 000 – 500 000 so‘m atrofida mablag‘ ketmoqda. 👔 Maktab formasi va kiyim-kechak: Ko‘ylak, shim yoki yubka, galstuk, tufli, sport kiyimi, kurtka — bularning barchasi maktab kiyimi ro‘yxatida. Ota-onalar tajribasiga ko‘ra: 👛1 200 000 – 1 800 000 so‘m oralig‘ida xarajat qilishmoqda. 🎒 Ryukzak (sumka): Yaxshi, sifatli ryukzak narxi hozirda o‘rtacha 200 000 – 400 000 so‘m atrofida. 💰 Umumiy xarajat: 1 700 000 – 2 700 000 so'm atrofida. 📌 Shunday qilib, 2025-yilning avgust oyida bir farzandni maktabga tayyorlash uchun o‘rtacha 2 million so‘m atrofida mablag‘ kerak bo‘lmoqda. Bu xarajatlar farzandingizning nechanchi sinfda o‘qishiga, sifatli mahsulotlar tanlashingizga va qayerda xarid qilishingizga qarab o‘zgaradi. 💡 Maktab bozorini oldindan rejalashtiring. Taqqoslab xarid qiling, ko‘pchilik joylarda chegirmalar bo‘ladi. Ba’zi xaridlarni sentabr oyining boshiga qoldirish orqali ortiqcha sarf-xarajatlardan qochish mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
🚗 Bugungi kunda haydovchilik guvohnomasini olish, mashina boshqarishdan ko'ra, jarima ballari va narxlari aktualroq. Ayniqsa
+6
🚗 Bugungi kunda haydovchilik guvohnomasini olish, mashina boshqarishdan ko'ra, jarima ballari va narxlari aktualroq. Ayniqsa, jarima miqdorlari oshgani fonida haydovchi bo'lish ham murakkablashib bormoqda. 😊 Pulli Gap jamoasi haydovchilar eng ko'p uchraydigan TOP-5 yo'l harakati jarimalari, miqdorlari va ulardan qanday saqlanish haqida post tayyorlagan! ➡️ Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
😮 Ta'lim krediti haqida nimalarni bilasiz? Bugun sizlar bilan ta’lim krediti olish va uni qaytarish (undirish) bilan bog‘liq
😮 Ta'lim krediti haqida nimalarni bilasiz? Bugun sizlar bilan ta’lim krediti olish va uni qaytarish (undirish) bilan bog‘liq asosiy tartiblar, talablar haqida gaplashamiz! Ta’lim kreditining asosiy tartiblari: ➖Talaba O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak; ➖Kredit, odatda, bakalavr va magistratura bosqichidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun ajratiladi; ➖Kredit yiliga bir marta, asosan o‘quv yilining boshida rasmiylashtiriladi; ➖Kredit miqdori – kontrakt summasi miqdorida bo‘ladi. 💵 Qaytarish muddati: O‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga ↗️ Foizi: Yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2025-yil 24-mart holatiga), qizlar uchun - foizsiz (0%) ⚡️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shart emas). 📃Kerakli hujjatlar: ➖ariza; ➖talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; ➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); ➖bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. 📌 Ta’lim krediti olish uchun arizani onlayn topshirish mumkin. Bunda https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborasiz! ❗️ Eslatmalar: 1️⃣Agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). 2️⃣Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. 3️⃣Super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
🤔Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun qanday javobgarlik bor? 😊 Majburiy mehnat – biror bir jazoni qo‘llash bilan tahdid
🤔Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun qanday javobgarlik bor? 😊 Majburiy mehnat – biror bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash hisoblanadi. Ish beruvchi yoki biror mansabdor shaxsning majburiy mehnatga jalb qilishi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq: ➖ Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 000 so‘mgacha) miqdorida jarima; ➖ Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda, ya'ni 41 mln so'mdan 61mln 800 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Unutmang, hech kim shaxsni ishdan bo‘shatib yuboraman, oyligingni kamaytiraman, lavozimingni tushiraman va hokazo tahdidlar bilan majburiy mehnatga jalb qilishga haqli emas. Postni tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
🚗 Haydovchilik guvohnomangizni yo‘qotdingizmi? Sarosimaga o‘rin yo‘q! Hayotda turli holatlar bo‘ladi: hujjat yo‘qolishi, o‘g
🚗 Haydovchilik guvohnomangizni yo‘qotdingizmi? Sarosimaga o‘rin yo‘q! Hayotda turli holatlar bo‘ladi: hujjat yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi yoki shikastlanishi mumkin. Bunday paytda nima qilish kerak? Haydovchilik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish jarayoni qanday? Va eng muhimi — qancha xarajat bo‘ladi? 👍 Qanday tiklash mumkin? my.gov.uz portalida "Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotgandan keyin tiklash" xizmati mavjud. Bu xizmat orqali yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangani tufayli yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini elektron tarzda ariza berish orqali tiklash mumkin. 👍 Qanday hujjatlar kerak? 1️⃣Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma. 2️⃣ 083 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma. 3️⃣ Oxirgi bir yil davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma (ishonchnoma, haydovchilik bilan shug‘ullansa - ishxonadan maʼlumotnoma, texpasport va boshqalar). 4️⃣Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi (nusxasi mavjud bo‘lsa). 😀 Xizmat narxi va muddat Narxi: 0.09 BHM (bazaviy hisoblash miqdori) Xizmat 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi. 👍 Onlayn tartib Arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali berish mumkin. Ariza elektron shaklda to‘ldiriladi, hujjatlar biriktiriladi, to‘lov onlayn amalga oshiriladi. Tayyor guvohnomani yaqin Davlat xizmat markazidan olish yoki pochta orqali yetkazib berish mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
1-avgustdan nimalar o‘zgaradi? 😊 O‘zbekistonda joriy yil 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi, qonunchilikda qanday o'zgarishlar bo
1-avgustdan nimalar o‘zgaradi? 😊 O‘zbekistonda joriy yil 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi, qonunchilikda qanday o'zgarishlar bor? Pulli Gap mamlakatimiz hayotidagi eng muhim o'zgarishlar haqida post tayyorladi! 🗑 Chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasi uchun to‘lov qilolmaydi Endi har oyning 3-sanasigacha qarzdor abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hududiy elektr tarmoqlari kompaniyasining billing tizimiga uzatilib, chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha HET’ning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi. Undan keyin qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun vaqt beriladi. Bu muddat ichida mavjud qarzdorlik to‘lanishi lozim. 💸 Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi 2025-yilning 1-avgustidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10% ga oshiriladi. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar budjet hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 🤑 Bazaviy hisoblash miqdori oshiriladi Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming so‘mdan 1 mln 271 ming so‘mga oshirildi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 412 ming so‘mga yetkaziladi. Amalda bu 375 ming so‘mni tashkil etgandi. 💰 Viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi 16-iyun kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari “ishchan va jozibador muhit yaratish” uchun 1-avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshirilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi. 📮 UzPost bo‘limlarida e-commerce servis markazlari ochiladi Mamlakatning 14ta hududidagi tuman pochta aloqasi bo‘limlarida elektron tijoratga xizmat ko‘rsatish markazlari ishga tushiriladi. Ularda yirik marketpleys hamda tadbirkorlar bilan tovarlarning onlayn savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Postni yaqinlaringizga ulashib, ularni ham xabardor qilib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
💸 Soliq – faqat pul emas, bu Ishonch! O‘zbekiston byudjeti va har bir fuqaroning hissasi 📌Pulli Gap AI da yangi video! ☕️ Siz choy olganingizda ham soliq to‘layotganingizni bilasizmi? 😊 Ushbu videoda soliq tizimining oddiy odam hayotidagi o‘rni haqida sodda va tushunarli qilib tushuntiramiz. 2024-yilda O‘zbekiston byudjeti qanday shakllantirilgan? QQS nima? Oyligingizdan ushlab qolingan 12% soliq qayerga sarflanadi? Yoki nega benzin narxining yarmi soliqdan iborat? ➡️ Bu savollarga javob olish uchun videoni tomosha qiling! Videoni ko'rish uchun link: https://youtu.be/y7BB4GKzEE8?si=D54xoazSTIQqrSqJ

Pulli Gap
34 187
🚗 Avtoreklama nima? Uning afzalliklari va kamchiliklari. Daromad qanday bo'ladi? 😊 Avtoreklama — bu avtomobil sirtiga rekla
🚗 Avtoreklama nima? Uning afzalliklari va kamchiliklari. Daromad qanday bo'ladi? 😊 Avtoreklama — bu avtomobil sirtiga reklama joylashtirish orqali mahsulot, xizmat yoki kompaniyani targ‘ib qilish shaklidir. Bu reklama banner, stiker (yopishtirma) yoki magnit doska ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Afzalliklari: ➖ Avtomobil ko‘chada harakatda bo‘lgani uchun reklama ko‘p odamga yetib boradi ➖ TV yoki tashqi bilbord reklamalariga qaraganda ancha arzon va uzoq muddatli ➖ Avtomobil doim harakatda bo‘lgani uchun logotip, telefon raqami, xizmat ko‘rsatiladigan soha odamlarga tez yodda qoladi. ❗️ Kamchiliklari: ➖ Reklama yomg‘ir, quyosh va changdan eskiradi yoki yuvilib ketadi. ➖ Mashina faqat ma’lum bir hududda yuradi. Demak, auditoriya faqat shu joydagi odamlar bo‘ladi. ➖Agar avtomobil egasi qoidabuzar bo‘lsa yoki avariya qilsa — reklama beruvchining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 🤑 Daromad qanday bo‘ladi? ➖ Daromad miqdori — mashina turi, yuradigan masofasi va joylashtirilgan reklama turi bo‘yicha o‘zgaradi. ➖ O‘zbekistonda bu narxlar oyiga 200 000 so‘mdan boshlanib, 2-3 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Postni mashinasi bor tanishlaringizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
😊 Ko'pchilik kredit olayotganda salbiy kredit tarixi sabab kredit ololmaydi. Bugungi videomizda aynan salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkinligi haqida gaplashamiz! ➡️Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin! Videoni kredit tarixini yaxshilashi kerak bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
😊Dekret puli — bu ayolga homiladorlik va tug‘ruq ta’tili (ya’ni, mehnat ta’tili) davrida to‘lanadigan yillik mehnatga haq to
😊Dekret puli — bu ayolga homiladorlik va tug‘ruq ta’tili (ya’ni, mehnat ta’tili) davrida to‘lanadigan yillik mehnatga haq to‘lash kompensatsiyasi yoki nafaqa hisoblanadi. 🇺🇿O‘zbekistonda bu nafaqa turini to‘lash tartibi Mehnat kodeksi, Fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida tartibga solinadi. 📌 Kimlarga beriladi? 1. Rasmiy ishlovchi ayollarga (ya’ni, ish joyi bor, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotganlar). 2. Ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lagan fuqarolarga. 3. Ishsiz yoki norasmiy ishlovchi ayollarga esa FHDYO (ZAGS) guvohnomasi orqali byudjetdan bir martalik nafaqa to‘lanadi. 📊 Qanday hisoblanadi? 👍 Ishlovchi ayollar uchun: Homiladorlik va tug‘ruq ta’tili muddati odatda 126 kun (70 kun tug‘ruqqacha va 56 kun tug‘ruqdan so‘ng) yoki 140 kun (agar tug‘ruq og‘ir kechsa yoki ko‘p homilalik bo‘lsa). 💰 Hisoblash tartibi: 1️⃣ Oxirgi 12 oy davomida olgan o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblanadi. 2️⃣ Har bir ta’til kuni uchun o‘rtacha kunlik ish haqi aniqlanadi: O'rtacha oylik ish haqi / 30 (30 — o'rtacha oyning kunlari) 3️⃣ So‘ng, bu kunlik summa 126 yoki 140 kunga ko‘paytiriladi. Masalan: Agar ayolning o‘rtacha oylik ish haqi 3 000 000 so‘m bo‘lsa: Kunlik ish haqi: 3 000 000 / 30 ≈ 100 000 so‘m Dekret muddati 126 kun bo‘lsa: 100 000 × 126 = 12 600 000 so‘m Ushbu summa ish beruvchi tomonidan yoki budjetdan, ijtimoiy sug‘urta fondi orqali to‘lanadi. 👍 Ishsiz (rasmiy ish joyi yo‘q) bo‘lgan ayollar: FHDYO tomonidan berilgan tug‘ilish haqidagi guvohnoma asosida bir martalik nafaqa olishadi. Bu nafaqa har yili yangilanadi. Hozirgi kunda bu miqdor  2 992 000 so‘mni tashkil etadi. 🗣️Muhim eslatmalar: ➖ Nafaqa olish uchun tibbiy muassasadan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida ariza beriladi. ➖ Ish beruvchi tomonidan o‘z vaqtida topshirilgan hujjatlar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi. ➖ Agar ayol o‘z hisobidan yoki bolani parvarish qilish ta’tilida bo‘lsa, boshqa tartibda hisoblanadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
📌 Firibgarlar lug‘ati 😊Noma'lum raqamdan qo'ng'iroq qilib, o'zini bank xodimi sifatida tanishtiradigan va sizga yordam berishni taklif qiladigan firibgarlarga duch kelgan bo'lsangiz ajab emas. Ba'zida esa ularning firibgar ekanligini ham bilmay, chuv tushamiz! Kiberhujumga uchramaslik uchun esa, firibgarlar lug'atidan boxabar bo'lishimiz kerak. ➡️ Batafsil videoda Siz qaysi firibgarlik usuliga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring✍️ TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 187
Yandex Go yoki Uklon — qaysi birida taksi qilish yaxshiroq? 😊Yandex Go va Uklon ilovalari O‘zbekistonda faol ishlayotgan mas
Yandex Go yoki Uklon — qaysi birida taksi qilish yaxshiroq? 😊Yandex Go va Uklon ilovalari O‘zbekistonda faol ishlayotgan mashhur taksi agregatorlaridan hisoblanadi. Quyida ularni qulaylik, narx, ishlash vaqti, bonuslar va umumiy foydalanuvchi tajribasi bo‘yicha solishtirib ko'ramiz! 1️⃣ Narxlar 🚗 Yandex Go: ➖Buyurtmalar ko‘p. ➖Komissiya: 2,6% (+soliq 12%) dan boshlanadi (mashina rusumiga qarab) ➖Bonus va garantiyalar mavjud (ko‘p ishlasangiz, qo‘shimcha to‘lanadi). 🚗 Uklon: ➖Buyurtmalar kamroq, lekin narxlari barqaror. ➖Komissiya: 19% ➖Haydovchi o‘zi narxni tanlashi mumkin — bu katta plus. 2️⃣ Ish vaqti va moslashuvchanlik 🚗 Yandex Go: Buyurtmalar 24/7. Jadval yo‘q, xohlagan vaqtda ishlash mumkin. 🚗 Uklon: Buyurtmalar 24/7. Buyurtmalar kamroq va ko‘proq shaharning markazida. 3️⃣Talablar va tizim 🚗 Yandex Go: ➖Ro‘yxatdan o‘tish oson. ➖Avtomatik baholash: mijozlar yomon baho bersa, tez bloklanishingiz mumkin. 🚗 Uklon: ➖Baholash tizimi oddiy. ➖Haydovchi ko‘proq mustaqil: buyurtmani qabul qilish yoki rad etishda erkin. 4️⃣ Ilova va interfeys 🚗 Yandex Go: ➖Ilova mukammal, buyurtmalar tez chiqadi. ➖Ba’zida algoritmlar haydovchidan foyda ko‘radi. 🚗 Uklon: ➖Ilova oddiy, tushunarli. ➖Narxni haydovchi qo‘yishi — katta ustunlik. 🤑Bonuslar 🚗 Yandex Go: ➖Har doim ham bo'lavermaydi. O'rtacha 250-300 000 so'm atrofida 🚗 Uklon: ➖Bonuslar ko'p, ayniqsa yangi taksistlar uchun. ➖Qancha ko'p buyurtma olsangiz, shuncha ko'p bonus olasiz. Bundan tashqari, "pik" vaqtlarda ham qo'chimcha bonus beriladi. 📌 Xulosa ➖Ko‘p ishlayman, kam komissiya, ko‘proq buyurtma bo‘lsa bo‘ldi — Yandex Go. ➖Erkinlik, o‘zim narx qo‘ymoqchiman, bonuslar — Uklon. Siz qaysi birini tanlaysiz? Izohlarda yosib qoldiring!✍️ TelegramInstagramYouTubeTikTok