cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Yoshlar ovozi

✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali 🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin • www.yoshlarovozi.uz

Больше
Рекламные посты
11 986
Подписчики
+624 часа
-2537 дней
+2 47930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
#parlament_eshituvi Oliy majlis Qonunchilik palatasi majlisida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning “Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotganishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Eng muhim faktlar: 🔹 “Yoshlar daftari” tizimida 25 ta vazirlik va idoralarning tahlillari integratsiya qilinganligi evaziga haqiqatda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ro‘yxatlari shakllantirildi. 🔹 “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan yordam turlari 30 taga yetdi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi. 🔹 “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 1 038 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar zamonaviy kasblar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul o‘qitildi. 🔹 Yoshlar yetakchilari tomonidan xatlov ishlari orqali 268 ming nafar xorijdagi yoshlar balansi shakllantirilib, ular bilan muloqot o‘rnatildi. Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
IMG_6942.MOV5.15 MB
🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#yangi_qaror ⚡️Boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lgan oilalarga yordam puli beriladi Boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lgan oilalarga: ➖Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam; ➖Nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon va kerakli uskunalar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam; ➖pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma; ➖bolalarga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo‘llanmalar berish yo‘lga qo‘yiladi. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yordam-puli Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
👍 2👎 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#yosh_dehqon 🌾 Yer bor, ishsiz yo‘q Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Qassobon“ mahallasida yashovchi Nodirbek Ibodullayev ishlari o‘xshamay, migratsiyadan qaytgan. O‘zbekistonda ham ma’lum muddat ish topolmagach, mahalladagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiladi. Yetakchi yordami bilan aprel oyida Nodirbekka 10 sotix yer ajratildi. Yosh dehqon yerga baqlajon, bulg‘or qalampiri, kortoshka, pomidor, bodring, qovoq va loviya ekkan. Bor mehrini yerga berib, ko‘chatlarni hafsala bilan parvarishlagan Nodirbek kam bo‘lmayapti. Uch oy ichida daromadga chiqdi.
Boshqa yoshlar qatorida menga ham ishonib, yer berilganidan xursandman. Endi Rossiya yoki boshqa davlatga ishlash uchun ketish niyatim yo‘q. Mana shu yerdan foydalanib, oilamni boqmoqchiman, deydi qahramonimiz.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yer-bor-ishsiz-yoq Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
👍 2🔥 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi Prezident farmoni bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi. ❓Kredit kimlarga beriladi? ➖ O‘zbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari); ➖ o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji). 📁Qanday hujjatlar kerak? ➖ bankka ariza; ➖ pasport; ➖ taʼlim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi; ➖ talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
1🤔 1😢 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#munosabat 🔖 Bir kadastr ostida yashaydigan oilalar uchun alohida hisobraqam ochiladi Gazetamizning o‘tgan sonida elektr energiyasi uchun belgilangan ijtimoiy norma e’tirozlarga sabab bo‘layotgani haqida maqola chop etgan edik. Unda limitni hisoblashda oila a’zolari soni hisobga olinmagani, 200 kVt bir oy uchun yetarli emasligi aytilgandi. “Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev mazkur savollarga javob berdi. Unga ko‘ra:
➖ 1-avgustdan respublika bo‘yicha billing tizimi yangilanadi; ➖Bir kadastr ostida yashaydigan oilalar uchun alohida hisobraqam ochiladi; ➖ Elekromobillar bo‘yicha qo‘shimcha hisobraqami masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ijtimoiy-norma Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
👍 3😢 1
#OTM ⁉️ Abituriyent fikri: Bu yilgi test savollari osonmi yoki qiyin? Bugun test sinovlari respublikamizdagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binoda boʻlib oʻtdi. “Yoshlar ovozi” test savollarining qay darajada murakkabligi boʻyicha abituriyentlarning fikri bilan qiziqdi. 👉🏻 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/tlDbEsRS7ow?si=T8ovjFw26fY_ZID6 Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
Testlar boshlandi. Abituriyentlar savollar haqida qanday fikrda.

👍 4🔥 2🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tezkor ⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi 2024/2025-o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi. Eng yuqori o‘tish balli huquq sohasi uchun belgilangan — 140 ball. Shuningdek, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi kerak bo‘ladi. Ballar joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi, deyiladi xabarda. Ma’lumot uchun, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi. 👉 PDF shaklida yuklab olish Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#reyting 🍃 O‘zbekistonning eng yashil shahri qaysi? O‘zbekistondagi 14 ta ma’muriy markazning ekologik reytingi tuzib chiqildi va shaharlar 100 balli tizimda baholandi. Ekologik barqaror shaharlar reytingi hududlarni 7 ta yo‘nalishda o‘rganish orqali tuzib chiqilgan. Bunda havo sifati, yerdan foydalanish, transport, suv, chiqindi, sanitariya va energiya sohalari qamrab olingan. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ekologik-toza Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
👍 4🔥 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#yuridik_klinika ⁉️O‘qishni ko‘chirish: 10 savolga 10 javob Yoz mavsumida OTMga kirish va magistratura imtihonlari bilan birga yana bir muhim sinov – o‘qishni ko‘chirish imtihonlari o‘tkaziladi. Ushbu jarayon 15-iyuldan boshlanishi ma’lum qilindi. ➖Xorijdan o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday? ➖Xususiy OTMdan boshqa bir xususiy oliygohga “perevod” qilish imkoni bormi? ➖Bir davlat OTM ichida o‘qishni ko‘chirish talablari qanday? ➖Ta'lim shakli va tilini o‘zgartirish uchun nima qilish kerak? Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/10-savolga-10-javob Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
👍 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#yetakchi_tajribasi ✨ Bir liderning oʻn yutugʻi
O‘lmasjon Pardayev – 30 yoshda, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Bo‘ston” mahallasi yoshlar yetakchisi. 2023-yili “Eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi. 30-iyun Yoshlar kuni arafasida faol yosh sifatida e’tirof etilib, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
“Karving” – meva va sabzavotlarda gulli shakllar yasash O‘lmasjon Pardayevning hobbisi. Bu san’atni mahalladoshlariga o‘rgatib kelmoqda. “Umid uchqunlari” loyihasini yo‘lga qo‘yib, 11 nafar imkoniyati cheklangan yoshning uyiga borib “karving” san’atini o‘rgatib kelmoqda. Bu orqali yoshlar bandligi ta’minlanib, daromad topishi ham mumkin. – Kelgusida bu loyihani yanada rivojlantirib, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand nogiron yoshlarga uyida turib kasb o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilganmiz, – deydi O‘lmasjon. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/bir-liderning-on-yutugi Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Показать все...
👍 11 3🔥 1🎉 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.