cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

☕️ Java BACKEND☕️

Savol va taklif uchun : @java_admin_contact_bot Java For Everyone ✅Core Java ✅OOP ✅Collection ✅Exception ✅Database PostgreSQL ✅Spring Framework ✅SOLID ✅Design Patterns ✅Git ✅Linux OS Manba: dasturlash.uz

Больше
Рекламные посты
284
Подписчики
-124 часа
+37 дней
+1530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from IT suhbat
58:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
#adventOfCode Bugungi live codingdan nimalar o'rganishingiz yoki kuzatishingiz mumkin: — masalani yechishda dasturchi sifatida qanday o'ylash kerakligini; — binary searchni; — har xil vaziyatlarga mos keladigan universal kod yozishni; — kod yozish prinsplarini, misol uchun DRY; — xatolik chiqqanda nima qilish kerakligini; — kotlinning imkoniyatlaridan foydalanib readability ko'rsatgichi yuqori holda va 'functional programming' stilida yozilgan kodni. @it_suhbat
Показать все...
record.mp4215.36 MB
👍 2💯 1
Показать все...
☕️ Java BACKEND☕️

Bu kanalga hikoyalar joylashni yoqishi uchun ovoz bering.

#FOYDALI #​​Kompyuterning eng katta dushmani #coremavzular Kompyuterning eng katta dushmanini bilasizmi? Viruslar deysizmi? Yo’q! Bilimsiz foydalanuvchimi? Yo’q! Resurslar yetishmovchiligimi? Yo’q! Keling coremavzular turkumini shu qiziqarli savolga javob topishdan boshlaymiz. Fizikaning ta’siri Ha, Siz maktabda o’rgangan oddiy fizika kompyuterning eng katta dushmanidir. Aniqrog’i moddalarning o’tkazuvchanlik qonuniyati kompyuter tizimlarining aynan shunday holatga kelishiga sababchi bo’lgan. O’tkazuvchanlik hossasi umumiy olganda jismning vaqt o’tishi bilan elektr kuchlanishi natijasida ishlab chiqaruvchi issiqligiga ta’sir qiladi. Issiqlik esa o’z o’rnida jismning elektr tokining o’tkazuvchanligiga salbiy ta’sir qiladi. Demak, kompyuter tizimlarida eng katta dushman — bu issiqlikdir! Qanday yechimlar qilishga urinishlar bo’lgan? Kremniy. Eng birinchi bo’lib olim-muxandislar bir necha turdagi moddalarni tekshiruvdan o’tkazib, aynan kremniyda to’xtalishgan. Uning o’tkazuvchanligi yuqoriligi, issiqlikka nisbatan chidamliligi kompyuter tranzistorlarini ishlab chiqarishda hozirgacha eng asosiy modda sifatida turishini ta’minlamoqda. O’lchamlar. Keyingi o’rinda issiqlikka qarshi kurash o’lchamlarni kichiklashtirish orqali bo’lgan. Ya’ni, fizika qonuniga asoslanib — yuzasi kichik bo’lgan jismning issiqlik ishlab chiqarish darajasi nisbatan past bo’lishi — tranzistorlar o’lchamlari kichiklashtirila boshlagan. Albatta bu zo’r yechim, ammo ayni damda 3 nanometr o’lchamga kelib, muxandislar oldida o’lchamlar chegarasi muammosi kelib qoldi. Chunki 3 nanometrdan kichik o’lchamda kremniyning o’zi o’z sifatlarini yo’qotishni boshlaydi. Yadrolar. Keyingi o’rinda bitta protsessor ichida vazifalarni taqsimlovchi va mantiqan bir xil ishni bajaruvchi yadrolar (miya, oddiy qilib aytganda) joylana boshladi. Bu yechimning ikkita kuchli jihati mavjud — 1) vazifa taqsimoti ish bajarilish tezligini oshiradi; 2) issiqlikni yadrolar orasida boshqarish qulayligi (qizib ketgan yadro to’xtatib turiladi). Throttling. Yadrolar yordam bermay qo’ygan holatda yangi protsessorlar o’z tezliklarini sun’iy ravishda sekinlashtirishni o’rganib oldilar. Bu hodisa Throttling deb ataladi, uning maqsadi issiqlik o’ta yuqori darajaga ko’tarilib ketgan taqdirda, ichki tizimga ta’sir bo’lmasligi uchun Boshqaruvchi Qurilma (Control Unit) yadrolar tezliklarini 20%dan 80%gacha sekinlashtirshi mumkin. Bu holatda bjariluvchi ishlar natijasi ham o’ta sekinlashishi kuzatilishi mumkin. Energy-efficient Core. Yana bir zamonaviy yechimlardan biri — bu bitta protsessorda ikki turdagi yadrolardan foydalanish. Bu degani bitta protsessorda ham kuchsiz-effektiv (Energy-efficient Cores), ham kuchli yadrolar (Performance Core) o’rnatiladi. Oddity sodda vazifalarda effektiv yadrolar ishlaydi, biror o’yin yoki murakkab dasturlar ishga tushirilganda esa kuchli yadrolar ishlatiladi. Bu ham qizib ketish muammolarini kamaytiradi. Ortiqcha qizib ketishning muammolari Ortiqcha qizib ketish protsessorga salbiy ta’sir o’tkazadi. Birinchi o’rinda, albatta, fizik xossalarga ta’sir bo’ladi, ya’ni protsessor o’tkazuvchanligi sekinlashib, uning ishlashi ham sekinlashadi. Ikkinchi o’rinda, doimiy ravishda issiqlikda ishlagan protsessor tranzistorlari kuyib, erishni boshlaydi. Bu esa o’z o’rnida protsessorning ilgarigi tezlikka chiqa olmasligini ta’minlaydi. Tavfsiyalar - Kompyuteringiz uzoq vaqt yaxshi xizmat qilishi uchun uning ortiqcha qizib ketishining oldini oling. - Haddan tashqari issiq muhitda ishlatmaslikka harakat qiling, yoki vazifalarni kamroq yuklating. - Bir vaqtning o’zida o’ta og’ir vazifalar sonini kamaytiring. - Sovutish tizimini 6 oyda bir marotaba tozalab turing. P.S.: Agar ishlatilgan komputer olish niyatida bo’lsangiz, iloji boricha uzog’i besh yil ishlagan kompyuter oling. Undan ortiq ishlagan kompyuter protsessori kerakli kuchlanishda ishlab berishiga kafolat bo’lmaydi. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
Показать все...

Tavsiya Ayni vaqtda men o'qiyotgan kurslar 1. Academy for Developers in Poland 2. Express Backend 3. Spring Courses └─ Building a REST API with Spring Boot 4. Fundamentals of Network Engineering
Iye ba'zilari pullik ekan-ku. Internet dan tekinga o'rganish mumkinku. Tekini yo'qmi bularni? Tekini bo'lishi kerak. Baribir topaman...
deysizmi? Uchbu postni bir o'qib ko'ring va yana bir karra o'ylab ko'ring.
Bittasini eplagan yaxshi emasmi?
degan savol paydo bo'lishi mumkin. Ammo, hammasini eplay olishga ko'zingiz yetsa, ruhan va aqlan tayyor bo'lsangiz, hammasiniyam o'rganib ketaversangiz bo'ladi degan fikrdaman. Bitta kursga juda ko'p vaqt sarflab yuborsangiz, 1 2 kun dam olgingiz kelib qoladi. Shuning uchun 1-2 soat o'rganishga ajrating va boshqasiga o'ting yoki shu o'rganganingizni amaliyotda sinab ko'ring. Ba'zan bilgan mavzuyingizni boshqa ustozdan o'rgansangiz, yana nimadir bilmaganingiz chiqadi yoki bo'lmasam
Iye haaa, mana bu narsa ana shuning uchun shunaqa ekan-da
deyishingiz ehtimoli juda katta. Menda ham hozir shunday va'ziyat: Java haqida tushuncham bor Backend haqida tushuncham bor Frontend haqida tushuncham bor Networking haqida tushuncham bor Ammo, shu bor tushunchalarni yana bir marta boshqa joydan o'rganish menga eng katta yordam beradigan usullardan hisoblanadi, yaxshiroq yodimda qoladi va ajoyib lahzalarni tuhfa qiladi. Va hozir ko'rib yanayam yaxshiroq tushunyabman, takrorlayabman, o'rganyabman va boshqalarga o'rgatyabman (ha kichkinagina yangi narsa o'rgansam ham uni kimgadir o'rgatmasam bo'lmaydi 😅. Bu ham juda samarali). Biror yangi narsani qanday qilib o'rganish haqida alohida post tayyorlash mumkin va bu haqida keyinroq gaplashamiz. Ungacha uchbu video bilan tanishib turishni tavsiya qilaman. Telegram | Youtube
Показать все...

Master cutting-edge web technologies with a free-to-attend Sourcery Academy for Developers! Complete the admission and enter a three-month course, available in the Spring and Fall of each year.

👍 2
00:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
Biz foydalanadigan internet tarmogʻi mana shunday ishlaydi. Ummonlar ostidan tortilgan shisha tolali kabellar qitʼalarni bir biri bilan bogʻlaydi.
Показать все...
999-VIDEO PROSMOTR.mp48.18 MB
👍 1🤣 1
GIT.pdf6.41 KB
OpenAI kompaniyasi oʻzbekistonliklarga ChatGPTʻdan foydalanishga ruxsat berdi ChatGPT’dan endi o‘zbekistonliklar ham rasmiy tarzda foydalanishi mumkin. Bungacha mazkur xizmatdan faqat VPNʻni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin edi. Endi Oʻzbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Показать все...
Показать все...
☕️ Java BACKEND☕️

Bu kanalga hikoyalar joylashni yoqishi uchun ovoz bering.

Фото недоступноПоказать в Telegram
🥳🥳 Ajoyib yangilik. 🥳🥳 🔖 Linuzdan ajoyib maqolalar to'plami elon qilindi. 👉 Linux
Показать все...
#FOYDALI #MAVZUDAN_TASHQARI
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.