cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Fathiyya Nabijon

بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد 📚 “Sen: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!” deb ayt” [39:9] Murojaat uchun @Fathiyya_Nabijonbot

Больше
Рекламные посты
1 657
Подписчики
Нет данных24 часа
-157 дней
+13530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ommaviy hayosizlik 2 Muammoning ildizi, ya’ni kelib chiqish sababi dindan uzoqlashish ommatan yoyilgani, iymon zaifligi epidemiya kabi ummatning katta qismini qamrab olgani, islomni o’rganishga nisbatan beparvolik har qachongidan ko’ra ko’proq tarqalganida deb bilaman. Rosululloh alayhissalotu vasallam “الْحَيَاء مِنْ الْإِيمَانِ” - “Hayo iymondandir” deganlariga asoslanib xulosa qilsak, hayoning kamayishi iymon zaiflashishi bilan o’zaro proportsionaldir: Hayo ketdi = Iymon ketdi Iymonning ommatan zaiflashishi - ayol-qizlardan hayoning ham, erkaklardan rujulatning ham ommatan ko’tarilishiga sabab bo’lgan. Qiz farzandni yaxshi xonadonga turmushga berish onaning asosiy missiyasiga aylanib qolgani uchun, bundan ham muhimroq vazifalar, masalan Robbisi oldidagi mas’uliyatlari - ibodat, o’sha uzatadigan qizga aslida eng avvalo berishi kerak bo’lgan narsa - tarbiya, mukallaf bir shaxs o’laroq vazifasi - dinini o’rganish/ilm olish kabilar ikkinchi, ba’zida hatto o’ninchi darajali ishlar qatoriga tushib qolgan. Har kuni sovchilarni oldiga kirishi bilan maqtanadigan qizlarni ham mantig’iga butun umr tushunmay o’tsam kerak. Qachondan beri o’zlikni ko’z-ko’z qilish fahr bo’lib qoldi? Dengiz tubidagi har kim ham ololmaydigan qimmatbaxo marvarid bilan bozor rastalarida ochiq turadigan, xohlagan odam bir ko’rib ushlab keta oladigan yasama toshni farqini bilishadimi o’zi?! Ahli ilmlardan biri aytgandi: “Iffatini saqlagan ayolning zurriyodlarini Alloh O'zi tarbiyalab qo'yadi. Iffatiga e'tiborsiz ayollar farzand tarbiyasida qiyinchiliklarga uchraydi.” Mana shu qizlardan ertaga G’azodagi nohaq qurbon bo’lgan jonlar uchun o’ch oladigan mujohidlar tug’iladimi?! Shu qizlar mazlumlarga jismi ila posbon, iymoni ila qalqon bo’ladigan zurriyodlarni tarbiyalaydimi?! Hayosiz onalardan Buxoriylar tug’ilganini kim ko’ribti?! Hayosiz qizlar qanday qilib otalarini Jannatiy qilar ekanlar ajabo?! Avvalo o’zimga, so’ng barcha tengdoshlarim - muslima birodarlarimga eslatma: Biz “Hayo - yaxshilikdan boshqa narsani ziyoda qilmaydi” degan aqidadagi ummat vakilalarimiz. Turli xil sanoatlar, targ’ibot-u tashviqotlar va hatto urf-odatlar ham bizdan hayomizni tortib ololmaydigan immunitet hosil qilish - burchimiz! Boykot ishida qanday qilib ijobiy natijaga erishildi? “Birgina men nima qila olardim” degan fikrni nari surib har kim o’z tasarrufida borini qilgani bilan. Ommaviy hayosizlikka ham ommaviy qarshilik qilish mumkin, xuddi boykotdagi kabi. Bugun bitta qiz atelyega borib “Ko’ylaklaringiz kalta ekan” deb hech nima harid qilmay chiqsa, ertaga ikki dugona kirib “Uzunrog’i yo’qmi, men otam/qaynotam/akam oldida kalta kiyishga uyalaman” deb bo’sh qo’l bilan chiqishsa, indinga katta yoshli ayol qizi bilan kirib “Bularni hammasi badaninga yopishib qoldi, juda tor ham ichi ko’rinadigan ekan, kettik” deb qaytib chiqsa, ijtimoiy tarmoqlarda ko’ylak lozim rasmi yuklangandan so’ng izohlarda eng ko’p beriladigan savol “Qancha?” emas, “Uzunrog’i bormi?”ga aylansa - sotuvchilar o’ylanib qolishadi. Asta sekin asortimentga uzunroq, yopiqroq liboslar qo’shishni boshlashadi biiznillah. Harakat bizdan, natija esa Allohdan. @fathiyyanabijon
Показать все...
👍 61🔥 24💯 22❤‍🔥 15 8👏 3🥰 1🌚 1
Ommaviy hayosizlik Mavzuga qo’l urishdan oldin sarlavhani bunday qo’yish fikri yo’q edi, chunki bu illat asosan Toshkentlik ayol-qizlar orasida tarqalgan degan fikrda yurar edim. Biroq chuqurroq tahlil qilib ko’rib, muammo ancha kengroq tus olganini angladim. Gap satrsiz ayol-qizlarning g’ayriaxloqiy kiyinish tarzi haqida ketmayapti, hijobni (boshga o’ralgan bir parcha mato desa to’g’riroq bo’lsa kerak) tor shim bilan kiyish urfga kirgani, bu ortiq hayrat yoki atrofdagilar qalbida g’ashlik uyg’otmay qo’ygani to’g’risida ham emas. Diqqat qaratishimiz kerak bo’lgan nuqta: hatto jamiyatning nisbatan taqvoliroq, o’zini diniga chuqur amal qiladiganlar toifasiga kiritadigan musulmonlar xonadonining yaxshi tarbiya ko’rgan qizlaridan ham hayo ko’tarilib ulgurgani! Bu xulosaga ko’cha-ko’yda uchratgan ba’zi qizlarni ko’rib yaqindagina kelib qolganim yo’q. Tahsil oladigan universitetim - O’zbekiston bo’yicha eng ko’p qizlar o’qiydigan OTMlardan biri. Ya’ni 3 yillik o’qishim davomida har kuni turli xil mintaqalardan keladigan qizlarni kuzatish imkoniyatim bo’lgan. Har yili yanada ko’proq adadda yangi qabul qilingan talabalar kelib qo’shilishi, to’g’ridan-to’g’ri muloqot, o’zaro fikr almashish hisobiga bu imkoniyat kengayib beraverardi. Hayosizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi - qizlar orasida oila qurish uchun bo’lajak nomzod bilan uchrashish ermakka aylanib qolgani. O’z qadrini, qiymatini bilmay duch kelgan yigit bilan uchrashib ketaverish normal holatdek go’yo. 17 marotaba uchrashuvga chiqqanini gapirib, boshqa qizlar bilan solishtirganda bu juda kamligini aytgandi bir yoshroq ustozimiz. Haqiqatdan ham tengdoshlarim orasida 25dan ham ziyod nomahram bilan uchrashishga ulgurganlarni ko’rdim. Eng achinarlisi, gap diniga imkon qadar amal qilib keladigan xonadonning qizlari xususida borayotgani! Har bir nomahram bilan xoli qolib suhbatlashish - hayo kamayishi, qalbga bitta dog’ tushishi, ko’zlar qotib fitratga hos uyalish, tortinish yoqolib borishiga barobar. Qiz bola o’z qiymatini bilishi, asosiy ishni valiylarga topshirib, hammasi hal bo’lgandan keyingina istihora qilib qaror berishi darkor, unda ham yaxshilab o’ylab! Yana bir masala: hayosizlik turmushdan keyingi hayotda ham o’z ta’sirini ko’rsatishi. Oxirgi oylarda ham online, ham offline tarzda kelin look sotiladigan atelyelarni aktiv kuzatishni boshladim. Eng taniqlilaridan tortib, eng oddiy shoowroomlargacha. Atigi bir dona bo’lsa ham uzunligi tizzaga yetadigan ko’ylak topa olmaganim alam qildi. Barchasi yo mato qizg’onib tikilganday o’ta-o’ta kalta, yo ichi ko’rinadigan darajada shaffof, yo xuddi podiumga kiyib chiqadigandek qomatni bilintiradigan tor, yo ziynatlarni zohir qilib ko’rsatadigan fasonda. Atelye egalaridan ham, tikuvchilardan ham emas, muslimalardan - tengdoshlarimdan hafa bo’lib ketdim. Bozor iqtisodiyoti “Talabga yarasha taklif” prinsipi asosida harakatlanadi. Qizlar tomonidan bu kabi liboslarga talab bo’lmasa, tikuvchi va sotuvchilar shunday asortiment bilan chiqisharmidi?! Boshqa qizlarni qo’yib turaylik, taqvoli xonadonning muslima qizi o’ziga bularni kiyishni qanday ep ko’radi?! Hayosizlik bu darajada avj olishidan rujulati, g’oyurligini yo’qotib shunga qo’yib berayotgan ota/aka/erlar ham, qizlarning erkaligiga ko’z yumayotgan, nasihat kor qilmasa qattiqqo’llik bilan bo’lsa ham qaytarmayotgan onalar ham, asl fitrati, tabiati holatini unutib moda ketidan manqurtday quvadigan qizlar ham birdek mas’ul. Aybni muayyan bir qismgagina ag’darish katta xato, qolaversa bu yechim ham emas. @fathiyyanabijon
Показать все...
🔥 27💯 12👍 11❤‍🔥 4 1🥰 1🌚 1
Hayosizlik badali Bir blogger qiz yozayapti: “Sovchilar guruhiga ko’zim tushib qolibti. Kunda ikki mahal jonli efir qilishar ekan. Xolalar o’tirib olib “otchet” topshirishyapti: kim kulib kiradi, kimning oyisi qanday gaplashadi. Xuddi express24 dan buyurtma qilayotgandek bir xola “Falon joyga yaqinroq turadigan qizlardan beringlar (tashib ketishga oson bo’lsin..). Rozimi u qizlarning onasi u guruhlarda raqami aylanishiga yoki yo’q, hech kimning ishi yo’q. Birovning uyi, ichidagi narsalar, mahramiyat olib chiqib muhokamaga qo’yilyapti…” Aslidachi? Bunday guruhlarga onalar o’zlari xohlab qizlarining rasmlari va raqamlarini berib qo’yishar ekan, sovchi ayollar esa yoqqanini tanlab, uyiga borib qizini ham ko’rib kelisharkan (gap Toshkent shahri haqida ketyapti). وَمَآ اَصَابَكُمْ مِّنْ مُّصِيْبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ اَيْدِيْكُمْ “Sizga qaysi bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘lingiz qilgan kasbdandir…” {42:30} “Battar bo’linglar, так вам и надо!” degim keladi. Mahramiyatiga ega chiqa olmagan, uyini karvonsaroyga aylantirib duch kelgan ayolga qizini olib chiqib ko’z-ko’z qilaverganni badali - allada aziz qilib maqtagan o’sha qizini yetti yot begonalar istaganicha muhokama qilishi, xuddi express24 dan buyurtma qilgandek tanlab olishi, yoqmasa do’kondan olib qaytarilgan buyumdek ra’d etib qadrini yer qilishi bilan to’lanadi! “Urf-odat” deb baxona qilishadi, to’g’ri islomda urfni ham inobatga oladigan, ba’zi ko’rinishlari hatto joiz sanaladigan o’rinlar bor, ammo: shariat arkonlariga zid kelmaslik sharti bilan! Bu urfni yomonligi nafaqat qizlarda hayo kamayishi, balki o’rtada fitna yuzaga kelishida ham bilinadi. Qaysi qiz o’ziga oro bermay kiradi o’sha sovchilik bahona kelgan ayollar oldiga? Tabiiyki ziynatlanib ko’rinish beradi. Buni ko’rgan ayollar uyiga kelgach fitratiga xos bo’rttirish, ichidan qo’shib to’qish bilan yigitga qizni maqtay ketadi. Bu gaplardan keyin qizni hayolida tasavvur qilgan bo’ydoq yigit fitnalanmaydi deb kim kafolat bera oladi?! Shu emasmi hatto yaxshi xonadonni tarbiyali qizlari ham turmush qurishidan oldin o’nlab nomahramlar bilan uchrashuvga chiqishga ulgurishi sababi?! @fathiyyanabijon
Показать все...
29🔥 11💯 11👍 5❤‍🔥 4💔 3🏆 2🥰 1👏 1
​​#eid الله أكبر الله أكبر لا إله إلا الله الله أكبر الله أكبر ولله الحمد Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd! Alloh Taolo “Yunus” surasining 58-oyatida aytadi: “قُلۡ بِفَضۡلِ ٱللَّهِ وَبِرَحۡمَتِهِۦ فَبِذَ ٰ⁠لِكَ فَلۡیَفۡرَحُوا۟ هُوَ خَیۡرࣱ مِّمَّا یَجۡمَعُونَ Ey Muhammad, ayting: «Allohning fazlu marhamati yaʼni Islom neʼmati va rahmati mana shu neʼmat bilan shod-xurram bo‘lsinlar. Zero, bu ular to‘playdigan narsalardan yaxshiroqdir».” Bugun Robbimiz bizga O’z fazlu marhamati ila Islom ne’matini bergani uchun xursand bo’ladigan kun! Bugun bizning kun, bizning bayram. Bu kunda shodlikka eng ko’p biz haqlimiz! • Yaqinlaringizni tabriklang, ularga hadyalar ulashing, bolalarni erkalang, birodarlaringizga tabassum qiling, yaxshi ko‘rgan taomlaringizni yeng, hayitliklarni sanab mazza qiling! • Olgan sovg‘alaringizga qarab ko‘zlaringizni quvnating, yangi va chiroyli liboslar kiying, oila-a’zolari bilan dildan suhbat quring va albatta Allohga ko’p-ko’p hamd ayting! Iyd Al-Adha muborak @fathiyyanabijon
Показать все...

❤‍🔥 21 9🥰 3👍 2🕊 1😍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
🔥 12👍 3 2🥰 2🤝 2
#eslatma Арафа кунининг режаси • Арафа кечаси (бугун) барвақт ухланг! • Эртаси куни саҳарлик қилиш учун саҳарда туринг. • Ҳеч йўқ 4 ракаат таҳажжуд намозини ўқинг! Бошингизни саждага қўйиб дунё ва оҳират яхшилигини сўранг! Шундай кунларга етказганига  ҳамдлар айтинг! • Бомдод вақти киргунча «Саҳарларда Аллоҳга истиғфор айтадиган кишилар» (Оли Имрон,18-оят)дан бўлиш учун истиғфор билан машғул бўлинг! • Бомдод азонидан беш дақиқа олдин сиз намозга тайёр бўлинг! Тасаввур қилинг таҳоратингизнинг охирги томчиси билан таҳорат аъзоларингизнинг барчасидан гуноҳларингиз оқиб тушиб кетяпти. • Таҳоратдан сўнг айтиладиган дуони айтинг! • Бомдодни ўқинг! Саломдан кейиноқ такбиру ташриқни айтинг! • Сўнг жойнамозда қуёш чиққунга қадар Қуръон, тонги зикрлар билан машғул бўлинг! Кун чиқиб ўн беш дақиқа ўтгандан сўнг... • Ҳаж ва умра савоби ёзилиши учун Шуруқ намозини ўқинг! • Сизни энди танлаш ҳуқуқингиз бор. Агар ухламасдан шу кунни ўтказа олсангиз , ухламанг! Ҳар сониянгиз ғанимат билиб  зикр, дуолар қилинг! Ва ижобатига ишонинг! • Ёки Аллоҳга ибодат қилиш учун куч тўплаш нияти ила бир соат ухлаб олинг! • Сўнг уйғониб таҳорат олинг! Энг ози тўрт ракаат Зуҳо намозини ўқинг. Такбир, зикр, тиловатни айниқса: «Ла илаҳа иллоллоҳу Ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳ Лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва Ҳува аъла кулли шайъин Қодийр »ни кўпайтиринг. • Пешин намозини ўқинг! Такбир айтинг! Қуръонни бир оз тиловат қилинг! • Арафа ҳутбасини жон қулоғингиз билан эшитинг! • Асрни ўқинг! Такбир айтиб кечки зикрлар, дуолар қилинг! • Шом номозига бир соат қолганда Қуръон ўқишни бошланг! Ҳушуъ ила дуолар қилинг! • «Эй, Роббим  шу куннинг қуёши ботар экан, мен жаҳаннамдан озод бўлиб, жаннатинг ёзилган бандаларинг қаторида ёзгин» деб дуо қилинг! • Аллоҳ сизни солиҳ амалларга муваффақ айласин! Дуоларингиз қабул бўлишини биз ҳам сўраб қоламиз! • Шомга азон айтилди. Ифтор қилишни бошланг!!! Ундан олдин кўп дуо қилинг! Ёдингизда бўлсин рўзадорнинг дуоси албатта ижобат бўлади! (C) @fathiyyanabijon
Показать все...
👍 14❤‍🔥 10 5🔥 3💯 1🤗 1
#eslatma АРАФА КУНИДА РЎЗА ТУТИШНИ ВА ДУО ҚИЛИШНИ УНУТМАНГ! Абу Қатода розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Арафа кунининг рўзаси сабабли Аллоҳ таоло ундан олдинги бир йил ва ундан кейинги бир йилининг (гуноҳларига) каффорат қилишини умид қиламан». Имом Муслим ривояти АРАФА КУНИДА ҚИЛИНГАН ДУО: Салафлар эҳтиёжларини сўраб дуо қилишни Арафа кунига олиб қўярдилар. Қанча эҳтиёжлар, орзу-умидлар ва дуолар борки, айнан Арафа куни охирида ижобат қилинган. Арафа кунининг ашийясида холи қолиш имконингиз бўлса, албатта шундай қилинг. Ашийя - аср намозидан тортиб шом намозига азон айтилгунига қадар бўлган вақт. Солиҳлардан бири шундай дейди: "Арафа кунида қайси дуони қилган бўлсам, бир йил ҳам ўтмасдан (унинг жавобини) оппоқ тонгдек кўрдим." Арафа куни 15-июн, (эртага) шанба кунига тўғри келмоқда. Шундай экан бундай имкониятни ҳеч қачон ўтказиб юборманг! Янада кўпроқ ажр олиш учун ушбу хабарни барча таниган инсонларингизга юборинг! Аллоҳ барчамизни ушбу муборак куннинг фазилатидан баҳраманд қилсин! (C) @fathiyyanabijon
Показать все...
👍 7 6👏 1🤗 1
#just 3-kursda o’talgan amaliyot yuqoridagi hadisga kengroq rakursdan qarab tahlil qilishimga turtki bo’ldi. “Ota-onasi uni nasroniy yoki yahudiy yoki majusiy qiladi” degan qismini faqatgina “Ota-ona qaysi dinga e’tiqod qilsa, bola ham o’shani to’g’ri bilib katta bo’ladi” deb tushunmaslik kerak nazarimda, chunki farzandning tanlaydigan yo’li, e’tiqodi va qadriyatlari shakllanishida faqatgina ota-onaning dini emas, bolasi uchun qabul qiladigan qarorlarining ham ta’siri bor. Ularning farzandi uchun tanlagan bog’chasi, maktabi, qo’shimcha to’garaklari, ustozlari, repetitorlari ham bolaning yo haq e’tiqodda sobit turishiga, yo fikri buzuq, ongli/ongsiz ravishda dinga dushmanlik qiladigan munofiqlardan bo’lishiga zamin yaratadi. Ota-onalik faqat yaxshi yedirib, chiroyli kiydirishdan iborat emas. Buni mehribonlik uylarida ham qoyillatishadi. Ota-onalik riskdan, mas’uliyatdan, to’g’ri va noto’g’ri qarorlar orasida ikkilanish, sabablarni ushlab doimiy tavakkal qila olishdan iborat. Olamlar Robbisi Allohdan qabul qilingan omonatni muhofaza etish, rioyasida zulm qilish ehtiyot bo’lish bu. Ota-onani farzandiga qilishi mumkin bo’lgan eng katta yaxshiligi - unga solih ustoz topib berishi ekan. Bunga amaliyot davomida qat’iy amin bo’ldim. Xossatan hali mustaqil shaxs o’laroq voyaga yetmagan, dunyo qarashi endi-endi shakllanayotgan individ uchun (maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalar) ota-ona to’g’ri qadriyatdagi ustoz tanlashi zarur. Universitetdagi ustozlarimiz “Sizlar bolaning ideali hisoblanasiz” deb ko’p ta’kidlashadi, pedagogikadan ozroq xabari bor odam biladi, bu yoshdagi bolalar uchun ustoz avtoriteti ota-onanikidan ham ustun turadi. Ota-ona yomon bo’lishi mumkin, lekin ustoz emas. Ular xato qilsa ham, ustoz xato qilmaydi (qilolmaydi) degan tasavvurda bo’lishadi. Misol uchun, 2-kursdagi amaliyotni xususiy maktabda o’tagandik, 1-sinflarda. Ramazon oyi yakuniga to’g’ri kelgan payt edi, ustoz bir bolani 30 kun to’liq ro’za tutgani sabab butun sinf oldida “U bizning qaxramonimiz, uning kuchliligi, sabri tahsinga loyiq” deb maqtagan, qo’shimcha qilib “Kelasi yili sizlar ham qaxramonimiz safiga qo’shilasiz deb umid qilaman” degandi. Bu rag’bat - o’sha sinfdagi har bir bolani avtoriteti hisoblanmish ustozidan maqtov eshitish uchun ham ro’za tutishga shijoatlantiradi. Shu bilan birga endi ularning mitti olamida Ramazon oyi ochlik va mashaqqat emas, qaxramonlik va fahr tuyg’usi bilan asossiatsiya bo’ladi. Ota-onaniki bilan qadriyati bir ustoz, ularning uyda beradigan tarbiyasini maktabda to’ldiradi, hatto ortig’i bilan. 3-kursda esa dekanatdagi yangi buyruq sabab amaliyot uchun davlat maktabiga borishga majbur bo’ldik. 2-sinflar ustozi 8-martga bag’ishlangan mavzuda bolalarga ilgari (islomiy tuzum hukm surgan paytlar) ayollar qanchalik “tahqirlanishgani”, huquqlari poymol etilgani, ruslar kelgach esa ozodlikka erishishgani va hkzlar haqida gapirib ketdi. So’ng birdaniga (8 yoshlik bolalarga!) turk seriallarida ko’rsatiladigan saroydagi sultonning joriyalari haqida gapirib:“В один день я вам как-нибудь расскажу о том, что с ними делали в этих храмах” dedi. Qaytib u ustozni darsiga kirmadik. Xususiy va davlat ta’limi farqlari, ayrim ustozlarni saviyasi nihoyatda pastligi, nutqidagi hatto biz sezgan xatolar, har kunlik forma mojarosi va hkzlar alohida mavzu. Gapirilaverib siyqasi chiqib ulgurgan zotan. Men yetkazmoqchi bo’layotgan nuqta - tanlanadigan ustozni qadriyati qanchalik muhimligi. Ota-ona jon jahdi bilan farzandiga sof islomni ta’lim berayotgan bo’lsa ham, bola uchun uning butun dunyosi hisoblanadigan ustozining saroylardagi joriyalar haqida gapirgan yolg’onlari haq bo’lib qolaveradi. Bola faqat ota-onasining dini sababli emas, ular tanlagan bog’cha/maktab/ustozlar sababli ham fitrati buziladi, yo nasroniy yo yahudiy yo majusiy bo’lib ketadi! @fathiyyanabijon
Показать все...
🔥 17👍 12💯 8 6❤‍🔥 3🥰 2🐳 1🏆 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar. So‘ngra Abu Hurayra «Agar xohlasangiz: «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», der edi». To‘rtovlari rivoyat qilishgan @fathiyyanabijon
Показать все...
10👍 5🥰 2🏆 2
Avlaviyat: solih amalmi yoki gunohdan tiyilish 2 Alloh rizosiga intiladigan inson - U Zotni o’z payg’ambarlarini qanday sifatlar bilan maqtaganiga ko’proq nazar solishi va uni o’zida shakllantirishga haris bo’lishi lozim. Qur’onda, Alloh Taolo Yusuf alayhissalomni maqtab: “اِنَّهٗ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِيْنَ” - “Albatta u bizning muxlis (ixlosli) bandalarimizdan” deydi {12:24}. Ayrim tarjimalarda “الْمُخْلَصِيْنَ” so’zi “pokiza”, “osiylik gunohidan poklangan/saqlangan” deb ham keladi. Oyat tafsirida Saadi rahimahulloh shunday deydilar: «Bu galdagi sinov uchun beriladigan ajr, Yusuf akalari tomonidan haydalganda olgan ajridan ko’ra buyukroq. Sababi bu safar juda ko’p narsa uning o’ziga bog’liq bo’lib, gunohga yetaklaydigan ancha-muncha omillar bor edi, biroq uning Allohga bo’lgan muhabbati barcha narsadan ustun chiqdi. Akalari bilan sinalgan vaqtida uning sabri ilojsizlikdan bo’lgan. Xuddi bandalar tasarrufida bo’lmagan kasallik, illat va boshqa ko’ngilsiz voqealar yuz berishi kabi. Bunday vaziyatlarda kishini xohlaydimi u, yo’qmi, sabr qilishdan boshqa chorasi qolmaydi…» Yusuf alayhissalomda gunohni oqlash uchun bir talay sabablar bor edi: yosh, ko’rkam buni ustiga bo’ydoq bo’lganlar. Begona yurtdaliklari hisobiga qilmishlari ovoza qilinib sharmanda bo’lishlari u qadar jiddiy xavf emasdi, qul o’laroq ho’jayinlariga “itoat”ni ro’kach qilishlari ham mumkin edi. Barcha zamonlardagi klassik uslublar: “Keyin tavba qilib olaman, Alloh Rohiym zot, kechirib yuboradi” yoki “Atiga bir marta bo’lsa hech nima qilmaydi, boshqa qaytmayman”, “Kafforotiga sadaqa qilib yuboraman, unut bo’lib ketadi” ham desalar ham bo’lardi. Biroq ular: “Bu jirkanch ishdan meni asra Allohim! Shubhasiz bu ma’siyat Allohning g’azabini keltiradi, kishini Robbisidan uzoqlashtiradi va menga boshpana berib barcha ehtiyojlarimni ta’minlab qo’ygan xo’jayinimga hiyonat hisoblanadi. Meni unga nisbatan bunday vaxshiyona nonko’rlik bilan javob qaytarishim katta nohaqlik bo’ladi, nohaq insonlar esa hech qachon yaxshilikka erishmaydilar” deb aytdilar. Bu payg’ambarni “ixlosli, pokiza banda” maqomiga ko’targan narsa majburlik yoki nazorat ostidaligi bahonasida emas, hamma sharoit muhayyo bo’lib turgan qulay paytda gunohdan tiyilishi. Yuqorida yozilganlardan umumiy xulosa bir narsaga borib taqaladi: “Kishini Robbisi nazdidagi qiymatini kengchilik vaqtida qilgan solih amallarining adadidan ko’ra, qiyinchilik payti tiyila olgan gunohlari ko’proq yuksaltiradi. Boshqa chorasi qolmagani tufayli sabr qilgan emas, sabr qilmaslikka ming xil “uzr”lari bor paytda sabrli bo’lgan ajrga haqli.@fathiyyanabijon #fathiyyasthoughts
Показать все...
❤‍🔥 19👍 7🔥 4 2🆒 2 1🥰 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.