cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Janob Musayev | Digital World

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta - Dasturiy Muhandislik va Arxitektura - Raqamli Transformatsiya - Biznes tahlil - Product va Project Management - UX va CustDev - Marketing - StartUp Start Something Priceless!

Больше
Рекламные посты
1 110
Подписчики
+424 часа
+167 дней
+7530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Muhammadkarim (Janob Panda) meni adashdi deb sal adashdi. NVIDIA 18-iyun kuni bozorni dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatida yopdi. 19-iyun kuni esa bozor dam oldi. 20-iyun kuni boshida aksiya narxi yana ham ko'tarilib tarixiy maksimumga chiqdi. Lekin kunni 18-iyundan ham past narxda yopdi. Juma, 21-iyunda ham bu narsa davom etdi. Shunday qilib NVIDIA faqat bir ish kuni davomida eng qimmat kompaniya bo'lib turdi ) Tushunmaganlar Muhammadkarim posti va men unga yozgan izohni o'qib ko'rarsizlar 🙂 @Janob_Musayev
Показать все...
🔥 9👍 5
Ba'zida tajriba ham yordam bermaydi Bir haftacha oldin Linkedindan recruiter yozdi "I'm impressed by your experience... etc. etc" deb. O'zi ishga kirganimdan beri 3-4 marta yaxshi-yaxshi kompaniyalardan yozishdi. Faqat endi ishga kirganim sabab hammasiga "Uzr hozir ish qidirmayapman" deb yozgandim. Bu safargisi ham Zoom sotib olgan Workvivo kompaniyasidan ekan. Qiziq tuyulgan joyi "PHP Laravel va React stekida Senior Software Engineer qidiryapmiz" degan joyi bo'ldi. O'zi hozir ham kompaniya o'zgartirish niyatim bo'lmasa ham "Qani o'zi tajribam yetarmikun?" deb o'ylab "Ok, let's have a chat" deb bitta kunni tanladim. Qiziq joyi menga yozgan recruiter o'zi Janubiy Afrikadan ekan. Irlandiyadagi ofisga odam qidirib yozibdi. Suhbat davomida ish uchun kerak texnologiyalarda tajribam necha yil, qanday loyihalarda ishlaganman kabi standard savollar berdi. Keyin esa "Ishlashing uchun sponsorship kerakmi?" deb so'radi. Men "Hozir kerak, lekin vizamni yangilashga topshirganman. U tugagandan keyin kerak bo'lmaydi" deb aytdim. Shundan keyin aynan o'sha ish o'rin uchun ariza topshirishim kerakligini va shundan keyin asosiy recruiter aloqaga chiqishini aytdi. Mayli deb topshirdim. Ertasi kuni esa... rejection keldi 😁 Agar o'zim qidirib topshirsam va ertasi kuniyoq reject qilishsa "Ha mayli" derdim. Lekin bunisi huddi oldin qizimizni bir borib ko'ring deb maqtab-maqtab, "Xo'p" qani deb borsangu, eshikdan kirmasingdan "Bizga to'g'ri kelmaysiz" deb qaytarvorishdek bo'lib tuyulib sal alam qildi ) Keyin haligi recruiterga "Adashib ketmadinglarmi?" deb qiziqib yozdim. U esa "Hozir yoki keyinchalik ishlashing uchun sponshorship kerakmi? degan joyiga "Ha" deganing uchun qaytarishibdi. Uzr" deb javob yozdi. Men ichimda "Qiziq ekansizlar" dedimu, unga "Mayli omad ishlaringizda" deb suhbatni tugatdim. Qissadan xissa Ba'zida sohada 4-5 yillik tajribang borligiyu, hozirda yurib turgan 2-3 ta loyihada (asosiy) ishda ishlaganing ham yordam bermasligi mumkin. Shunchaki yuqoridagi "yulduzingiz-yulduzingizga to'g'ri kelmaydigan" holatlar ham uchrab turadi 😁 #software_engineering #engineering_life #job_hunting @Janob_Musayev
Показать все...
👍 27🔥 3🤓 1
Interface vs Inheritance | OOP Universitetdagi dasturlash darslarida OOP bu huddi Ingliz tilidagi “To Be” mavzusiga o’xshaydi. Qanchalik ko’p o’tilmasin va oddiy ko’rinmasin, amalda juda kam odamlar ishga kirish suhbatlarida OOP asosiy mavzularidan biri — nasl olish va interfeyslar farqini va ishlatilishini aniq tushuntirib bera oladi. Bugun ularni o’zimning tajribamdan kelib chiqib tushuntirishga harakat qilaman. Interface vs Inheritance klassik misollarda Nasl olishda klassik misol bo’lib jonzotlar keltiriladi. Ya’ni agar sizda Bird classi bo’lsa, undan Eagle, Falcon va Sparrow kabi qush classlarini nasl qilib olishingiz mumkin. Bunda qushlar umumiy qushlarga ega xususiyatlarni o’zida jamlaydi: ovqatlanish, nasl qoldirish va uchish… Bir daqiqa! Agar hamma qushlar ucha oladi deb belgilab qo’ysak unda Pingvin va Tuyaqush kabi qushlar nima bo’ladi? Aynan mana shu joyda bizga Interface yordamga keladi. Bu holatda Flyable degan interfeys yaratib uni ucha oladigan qushlar turiga biriktirib chiqishimiz mumkin. Yoki FlyableBird nomli classni Bird classdan nasl olib, unga Flyable interfeysini biriktirib qo’yish (implementatsiya qilish) va ucha oladigan qushlarni undan nasl olish mumkin. Bu bizga o’zimiz o’ylamagan boshqa qiziq narsani ham beradi. Agar bizda Transport classidan nasl olingan Plane (Samalyot) classi bo’lsa, endi shu Flyable interfeysni unga ham bog’lab qo’yish mumkin. Toy classidan nasl olingan Kite (Varrak) classiga ham. Qush, Samalyot va Varrak har xil uchishini esa bemalol ularning har biri ichida izohlab/implementatsiya qilib chiqamiz. Shundan kelib chiqib quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
Intefeys — bu obyektga ma’lum bir xususiyatni biriktirish imkoniyati
OOP asosi bo’lgan tillarda (Java) inhertance bitta, lekin Interfacelar ko’p bo’lishi mumkinligi ham ma’lum bir jonzot odatda asosan bir turdagi jonzot nasl bo’lgani, lekin ko’p xususiyatga ega bo’lishi mumkinligidan kelib chiqqan deyish mumkin. Interface va Inheritance dasturlashda Yuqoridagi kabi misollar umumiy konsepsiyani tushunib olish uchun yaxshi, lekin dasturlashda biz qushlar, samalyotlar va varraklarni yasamaymizku, to’g’rimi? ) Shunga realroq misollarga o’tamiz: 1. Tasavvur qiling sizning sistemaga bir xil foydalanuvchi kirib ishlaydi: Admin, User va Partner. Ular hammasini bitta jadvalga tiqib, type degan maydon orqali ajratib olib keyin dasturingiz hamma joyida if…else qilib yursangiz ham bo’ladi. Lekin buning o’rniga Authenticable nomli interfeys yaratib, uning ichida identifikator va parol orqali ishlaydigan login metodini qo’shishingiz mumkin. Shundan keyin Admin class identifikator o’rnida username, User uchun email va Partner uchun telefon raqam ishlatib metodni implementatsiya qila olasiz. 2. Real misollardan biri esa — Laravel Notification Channels kutubxonasi. U yerda juda ko’p turdagi xabar yetkazuvchilarni ko’rish mumkin (Push, Email, Social). Garchi ular ma’lum interfeysni implementatsiya qilmasa ham, barcha kanallarda bir xil tuzilgan send() metodi mavjud. 3. Interfeyslar bundan tashqari metod ortidagi driverni almashtirish ehtimoli bor holatlarda ham yaxshi ishlaydi. Ya’ni sizda to’lov tizimi uchun Paymeni integratsiya qilgansiz, lekin ertaga talab o’zgarib Click yoki boshqa to’lov tizimiga o’tish kerak bo’lganda ham bu ishni PaymentProcessor interfeysi va Dependency Injection orqali oson hal qilish mumkin. Bu mavzu haqida esa keyinroq :) #software_engineering #design_patterns @Janob_Musayev
Показать все...
👍 18🔥 4 2😐 2👨‍💻 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qirol taxtiga qaytdi Applening kechagi taqdimoti katta ehtimol bilan Stiv Jobs davridan beri eng muhimi bo'ldi. Avvaliga o'sha kuni kompaniya aksiyasi 2% pasayishi va NVIDIAdan ham pastga tushishiga qaramay keyingi ikki kunda 10% atrofida o'sib, eng qimmat kompaniya sifatidagi taxtini Microsoftdan qaytarib oldi. Albatta, gap Sun'iy Intellekt (AI) yoki kechagi taqdimotda aytilishiga ko'ra Apple Intelligence haqida. Lekin foydalanuvchi sifatida gap bu yerda faqat AI da emas, balki o'z asosini "eng yaxshi dizayn"ga ega mahsulotlar atrofida qurgan kompaniya mana shu narsaga qaytganida bo'ldi. Bu haqida esa alohida post yozish mumkin. Ko'ramiz yil oxirgacha "Qirol" o'z taxtini saqlab qola oladimi yoki uni "Yosh shahzoda"ga vaqtinchalik bo'shatib beradimi. #financial_markets #news @Janob_Musayev
Показать все...
👍 18🔥 3🥴 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Java — birinchi chuqur o'rgangan va hozir ham ishdagi asosiy ishlatadigan dasturlash tilim. Lekin u taqdirimga tug'ilishimdan roppa-rosa 2 yil oldin yozilganini bilmagan ekanman 😁 @Janob_Musayev
Показать все...
🤓 15 4👍 3👨‍💻 2
Junior (Backend) dasturchi bo'lganimda dasturlashni qanday o'rganardim — Beginner Level yoki portfoliomni qanday boyitardim Junior dasturchilar ishga kirishda qiyinchilikka duch kelishlari asosiy sababi ularda har tomonlama to'liq qilingan kichik bo'lsa ham loyiha yo'qligida deb bilaman. Portfoliodagi loyihalar, hattoki oddiy blog website bo'lsa ham "Lorem ipsum"ga to'la yoki login ishlamayotgan bo'ladi odatda. Shu sababli bugun agar Junior (Backend) dasturchi bo'lganimda qanday qilib bitta oddiy blog vebsaytni to'liq ishlab chiqish orqali ham dasturlashni chuqurroq o'rganib, ham portfolio uchun loyiha qilib chiqish mumkinligi haqida aytib o'taman. 1. Texnologiya tanlash va Trelloda reja Eng birinchi saytni qaysi texnologiyada (yoki 0 dan) yozib chiqmoqchi ekanimni aniqlab olardim. Tasavvur qilish uchun o'zim bilgan PHP va Laravelni olaylik. DB uchun MySQL yoki PostgreSQL, qaysi biri qulayroq bo'lsa. Boshlanishiga shuning o'zi yetarli. Keyin esa qolgan qilishim kerak ishlarni Trelloda reja qilib chiqardim. 2. Asosiy setup, (Docker), Git, GitHub va Run Keyingi bosqichda shunchaki yangi Laravelni olib, uning Readmesini tozalab, Gitni o'rnatib va uni Githubga "Initial commit" deb joylab qo'yardim. Maqsad ishimning har bir qadami Gitda saqlab ketilishi. Undan keyin boshlang'ich o'rnatish ishlarini amalga oshirib saytni run qilib olardim. Bu narsani esa PHP, Nginx, Postgres Server va Composer kabi narsalarni noutbuk o'ziga o'rnatmasdan Docker (kontenerizatsiya) orqali amalga oshirishga harakat qilardim 3. Bazaga ulanish, ilk migratsiya va jadval Agar haligacha bazaga ulanishni tekshirib ko'rmagan bo'lsam, oldin bazaga ulanib olib, undan keyin oddiy blog post uchun DB jadvali uchun quyidagi ma'lumotlar bilan migratsiya yozib chiqardim: - ID; - Title; - Author; - Status; - Created At; - Updated At; Bu yerda hozircha Author ham oddiy string, qolgani esa standard. 4. Console orqali CRUD Keyin esa eng oddiy interfeys — console (command line) orqali ana shu jadvalga ma'lumot qo'shish, o'qish, yangilash va o'chirish kabi amallarni qo'shib chiqardim. Bunda userdan console orqali title va avtorni qadamma-qadam so'rab, shular orqali blog post yaratardim. Yangilashda esa oldin ID, keyin esa Title va Author. Bu narsani avvaliga PHP o'zining echo va readline funksiyalari orqali keyin esa Laraveldagi maxsus Console Commands orqali qilish orqali ikkalasini ham o'rganib olardim. 5. Console CRUDdan REST API ga Shundan keyin yuqoridagi oddiy CRUDni console kommandalarni, REST API ga aylantirib chiqardim va Postman orqali ishlatib ko'rardim. Nima uchun REST, HTML va CSS orqali UI emas. Sababi REST API yasash, vizual UI yasashdan ancha osonroq ) Faqat bu yerda yasagan API larim aniq RESTful bo'lishiga. Metodlarni URL nomi bilan emas aynan GET, POST, PUT/PATCH, DELETE metodlari orqali farqlashga, umuman iloji boricha RESTful API Best Practicesni qo'llashga alohida e'tibor qaratgan bo'lardim. 6. Oddiy filtr va saralash Keyin esa blog postlarni status bo'yicha saralab olishni qo'shardim. Masalan, {domain}/posts?status=draft so'rovi faqatgina qoralama postlarni qaytarib beradigan qilib. Undan keyin esa (saralangan) postlarni yaratilgan sanasi bo'yicha saralashni qo'shardim. Masalan, {domain}/posts?status=active?sort=-created aktiv holdagi eng yangi postlarni (yaratilgan vaqti teskari tartibda) qaytaradigan qilib. 7. Avtorlarni alohida jadvalga olib chiqish Shundan keyin esa avtorlar qismini normalizatsiya qilib alohida jadvalga olib chiqardim va one-to-many relations yasardim. Bunda relations faqat kod darajasida emas, aynan databaza darajasida boshqarilishiga, postlari bor avtorni adashib o'chirib yuborishga ruxsat bermaslikka alohida e'tibor qaratardim. Qo'shimchasiga indeksatsiya va foreign keylar haqida ham o'qib chiqardim. Ana shundan keyin yuqoridagi Console va Rest API larni shunga mos o'zgartirib chiqardim. Ikkita joyda o'zgartirishga to'g'ri keldimi? Unda keyingi darajaga o'tish vaqti keldi ) Davomi bor... #software_engineering #juniors
Показать все...
👍 26🔥 3 2👨‍💻 1
P.S: "Juniorlarga yordam bermaysizlar" deb shikoyat qiladiganlarga yuborib qo'yinglar ) @Janob_Musayev
Показать все...
#personal_experience #startup GrantGO loyihasi obunachilari soni 36,800 taga chiqdi. Bu son men uchun juda muhim ahamiyatga ega. Nima uchunligi esa sal keyinroq Ba'zida startaplar bozordagi mavjud o'yinchilar ishidan qanoat hosil bo'lmaslik ortidan paydo bo'ladi. Masalan, Amazon yoki eBay saytiga kirsangiz interfeys haqida "Shuyam saytmi?! Men zo'r interfeys qilib ulardan ham o'tib ketaman" degan o'y paydo bo'lishi mumkin. Lekin juda ko'pchilik o'sha loyiha/kompaniya nimalarni to'g'ri qilayotganiga yoki e'tibor bermaydi, yoki tashqaridan baho baho berolmaydi. Eng muhimi esa mijoz va foydalanuvchilar katta qismiga siz o'ylagan narsa aslida rostdan qiziqmi aniq bilmaysiz. Amazon ham mijoz uchun UI emas ishonchlilik, arzonlik, qulaylik va tezkorlik eng muhimi ekanini tushunib bu borada tengsiz bo'la olgani uchun gigant kompaniyaga aylana olgan. GrantGO loyihasini boshlash paytida tan olishim kerak Grantlar loyihasi haqida shunaqaroq tasavvur bor edi. Yaxshiroq interfeys bilan ulardan bemalol o'tib ketish mumkin deb hisoblagandim. Telegram kanali formati va reklamalar ko'pligi haqida ham taassurot yaxshi emasdi (lekin loyiha sifatida hurmat qilardim). Ammo GrantGO loyihasini boshlab his qildimki, ular bir ishni juda zo'r amalga oshirishar ekan - grantlar haqidagi ma'lumotni to'g'ri, to'liq va vaqtida yetkazish. Bu borada hattoki chet saytlaridan ham ko'ra ko'proq ishonaman. Va GrantGO ochilgan paytda ulardagi obunachilari soni 36,800 ta edi. Bugun esa biz ham shu natijaga erishdik. Bu son muhimligi shundaki, biz Grantlar to'g'ri qilib kelgan ishni qaytara olishimizni o'zimiz uchun ko'rsatdik. Bunga esa biz kutgan uzog'i bir yil emas, naqd 3 yilu 3 oy vaqt ketdi. Telegram foydalanuvchilari soni o'sishini hisobga olmaganda ) Aynan shu sababga ko'ra Grantlar loyihasiga yana ham hurmatim oshdi. Chunki men foydalunvchi sifatida "shunaqa bo'lishi kerakda" deb tabiiy qabul qilgan narsamni yetkazib berish qay darajada qiyin ekanini his qildim. Albatta, yo'l-yo'lakay, hattoki juda kichik paytimizda ham ularga ham yaxshi raqobat tashkil qilib bera oldik ham. Buni ularning aynan biz ochilgan paytdagi postlari va undan 6 oy o'tib, bizdagi obunchilar hali 3000 taga chiqmaganda qanday o'zgarganidan ko'rish ham mumkin (grantlar haqida ma'lumotni aniq formatda va batafsil berishni biz olib kirgandik). Va albatta asosiy vazifani yaxshi uddalay olishimizni tasdiqlab olganimizdan keyin, o'zimiz boshidan xohlagan innovatsiyalar ustida tajribalar qilib ko'rsak bo'ladi. @Janob_Musayev
Показать все...
👍 15 1🔥 1💯 1👨‍💻 1
Millarder bo'lish uchun muhandislikka o'qishingiz kerak...mi? Approved Index 2014-yildagi tahliliga ko'ra dunyodagi eng boy 100 ta odamning 5 tadan bittasi (22%) muhandislik yo'nalishida universitetni tamomlagan va bu borada ular hattoki 2-o'rindagi biznes yo'nalishidan ham 2 baravarga (!) balandroqda (22% vs 12%). Ularning o'rtacha boyligi ham qolganlardan yuqori, $25.8 millardni tashkil qiladi. Bu borada ikkinchi o'rinda kim ekanini esa post oxirida aytaman. 2024-yilgi Aaron Wills tahlili ham bu natija yana ham mustahkamlanganini ko'rsatadi. Tabiiyki savol tug'iladi: Millarder bo'lish uchun muhandislikda o'qish kerakmi? Muhandislar biznesdagi muvaffaqiyati sababi Yuqoridagi savolga javob berishdan oldin boshqa bir savolga javob topish kerak. Qaysi hislatlar muhandislarni zamonaviy dunyo biznesida biznes boshqaruvi (MBA)da o'qiganlardan ham muvaffaqiyatliroq qiladi? 1. Muammolarni hal qilish (problem-solving) Zamonaviy biznes bu shunchaki arzonga olib, qimmatga sotish emas. Hozirgi paytda eng taniqli mahsulot va xizmatlar yagona, mijoz muammosini hal qilish g'oyasi ustiga quriladi. Investorlar startaplardan so'raydigan eng birinchi savol ham "Bu narsa nima muammoni hal qiladi?" bo'ladi. Muammolarni hal qilish esa muhandislik asosi, muhandislar har kuni qilishi kerak vazifa hisoblanadi. 2. Qora mehnatdan qochmaslik (getting hands dirty) Ko'pchilik tashqaridan biznesni Turkiya seriallaridek faqat kostyum-shimlarda yurib, qandaydir shartnomalar imzolab yurish deb tasavvur qilishi mumkin. Lekin biznes bilan jiddiy shug'ullanib ko'rgan odam biladiki, biznesmen kompaniyadagi har qanday vazifani qilishga tayyor bo'lishi kerak. Bu kod yozish, marketing, mijozlar bilan gaplashish, recruiting va hattoki kerak bo'lsa jamoa a'zolariga kofe damlab berish ham bo'lishi mumkin. (Dasturiy) Muhandislikni esa chindan ham "oq dunyodagi qora mehnat" deb atash mumkin. 3. Gapirish emas, bajarish (get things done) Biznes va menejmentga qiziquvchi, o'zini "lider" sifatida ko'rishni xohlovchi odamlardagi eng asosiy kamchiliklardan biri ular ko'pincha "shunday qilishimiz kerak" degan g'oyalarga to'la bo'ladi. G'oyalar atrofida muhokamalar va brainstorming qilishni yoqtirishadi. Muhandislar esa gapirishni emas, shunchaki olib o'sha ishni bajarishni ma'qul ko'radi. Elon Musk ham o'z samaradorlik 6 qoidasidan birinchi 2 tasida "majlislar katta bo'lmasligi va iloji boricha kamroq bo'lishi kerak" deydi. 4. G'oya asosini qura olish Zamonaviy dunyoda boy bo'lib ketish uchun ko'p resurs (pul) kerak emas, ayniqsa IT olamida. Lekin rostdan shundaymi..? Bu gap faqatgina amalga oshirmoqchi bo'lgan loyihangiz asosini o'zingiz qura olsangizgina to'g'ri. Agar siz "uchib ketishi aniq" bo'lgan g'oyalarga to'la, lekin ularni amalga oshirish uchun muhandislarga millionlab summa ketkazishga majbur bo'lsangiz, u holda sizga aniq juda ko'p resurs kerak bo'ladi ) Mahsuloti ilk versiyasini o'zi qurgan millarderlarni esa ko'plab sanash mumkin: Gates, Wozniak, Sukerberg, Brin, Musk, Durov... Sukerberg esa o'zi Facebookni qurmaganda, hozir balki umuman egalik qilmayotgan ham bo'lishi mumkin edi. Musk esa hattoki GPT-2 kutubxonlari kodlarini yozishda ham qatnashgan ekan. 5. Innovatsiya va vision Zamonaviy dunyo bizneslari muvaffaqiyati 2 ta eng muhim asosi mahsulot to'g'ri qarashga ega va innovatsiyalarda oldinda ekanligi. Yaqqol misolni Microsoft sobiq direktori, bakalavrni Garvardda iqtisodda, magistraturani esa Stenfordda (MBA) o'qigan Stiv Balmer va hozirgi direktor Satya Nadella (muhandis) faoliyati farqida ko'rish mumkin. Bu haqida keyinroq alohida ) Xulosa Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib "Millarder bo'lish uchun muhandislikda o'qish kerakmi?" savoliga javob beradigan bo'lsam
Muhandislar aslida muhandis bo'lgani uchun emas, yuqoridagi qobiliyatlarga ega bo'lgani sabab zamonaviy biznes dunyosida muvaffaqiyat qozona olgan degan bo'lardim. Ular aynan shu qobiliyatlari sabab muhandis bo'lgan deyish balki to'g'riroq )
#software_engineering #business P.S: O'rtacha boyligi eng yuqori bo'lgan 2-tur diplomsiz odamlar ekan @Janob_Musayev
Показать все...

👍 14🔥 7😎 2 1👨‍💻 1
Firibgarlikdan kam bo'lmagan xavf Bugun UzGeeksCommunity va boshqa ko'plab ustozlar Telegramda yangi tarqalgan firibarlik turidan ogohlantirib yozishdi. Hozirda bu kabi firibarlik shu darajada ko'paydiki ko'pchilikda shunga yarasha immunitet ham hosil bo'lyapti. Lekin o'zim shu kunlarda ko'rayotgan xavf darajasi bir xil bo'lgan holat bor...
Katta xarajatlardan emas, kichik daromadlardan qo'rqing
Yuqoridagi Jon Rokfeller tomonidan aytilgan gap hayotimda juda muhim rol o'ynagan. Sababi talabalik paytlarda pul kerak payti men har xil usullarni sinab ko'rishga qiziqardim. Ana shulardan biri botlar orqali pul ishlash edi. Ularning ko'rinishi har xil bo'lishi mumkin: — kichik topshiriqlar bajarib — botga odam taklif qilib — reklama ko'rib — o'yin o'ynab — mayning qilib — izoh yozib va h.k va h.k ❗️Ulardagi umumiy xavfli jihat — ular sizga buning uchun kichik miqdorda pul berishida Gap hali pulni yechib olish imkonsiz, afirist, scam botlar haqida ketmayapti (ularning 99%i shunday bo'lsa ham). Bu yerdagi asosiy xavf sizni oson ishlar orqasidan hozir sizga katta ko'ringan, aslida kichik daromadlarga o'rgatib qo'yishda. Talabalik paytim 2-3 ta shu kabi botlar, ilovalarni sinab ko'rgandan keyin o'zimga "To'xta! Nima qilyapsan o'zi?! Hozirgi shu topayotgan arzimagan sentlaring orqasidan kelajakdagi kasbing, olishing mumkin biliming va daromadingni qurbon qilyapsanku!" deganman va shu bilan qaytib bu narsalarga yaqinlashmaganman. Bu narsaga shu darajada amal qilishga harakat qilganmanki, IELTSdan 2019-yili birinchi urinishdayoq 7.5 olib ham dars o'tishni, uning ortidan daromad qilishni xohlamaganman. Eng asosiy sabab sifatida bu daromadni kelajakdagi daromad oldida juda kichik va barqaror bo'lmagan deb hisoblaganman. Eng asosiysi, hozir mana shu qarorlarimdan juda xursandman. Aytmoqchi bo'lganim
Hozirgi sizga "kichik" ishlar evaziga daromad taklif qilayotgan, lekin kelajagingiz uchun hech qanday foyda bermaydigan har qanday taklifni ko'rsangiz orqa-oldingizga qaramay undan uzoqlashing. Bilim oling, til o'rganing, o'z kasbingiz mutaxassisi bo'ling va chinakam katta va barqaror daromad qilishni maqsad qiling
HamsterBot, Notcoin va yana bir narsalar bilan o'ralashib yurgan do'stingizga ham bu haqida yetkazib qo'ying! #financial_freedom @Janob_Musayev
Показать все...
UzGeeks Community

Hozirda har xil muttahamlar telegramda guruhlarda tanishlar nomida Telegram profile ochib, birovni nomidan pul so’rashmoqda. Shundaylardan ehtiyot bo’ling! Agar Sizdan telegramda biron bir tanishingiz pul so’rasa, avvalo yozishmalar tarixiga qarang, username, rasmlarni tekshiring. Iloji bo’lsa telefon qilib aniqlashtirib oling! @uzgeekscommunity

👍 21🔥 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.