Ilyosbek M.|| Blog ✍
Eng katta boylik — bu bilim. Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir. Ilyosbek Musurmonovning shaxsiy blogi.
Больше198
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-1130 дней
- Подписчики
- Просмотры постов
- ER - коэффициент вовлеченности
Загрузка данных...
Прирост подписчиков
Загрузка данных...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Boshqa OTMlarni yomonlab, oʻzini muassasasini reklama qilish qanchalar toʻgʻri, Oliy taʼlimda muammolarimiz bor, lekin, men inson effektiga katta baho beraman. Oʻqituvchi sizni bilimli qilib qoʻymaydi, kitob oʻqimasdan turib rivojlangan kadr boʻla olmaysiz, lekin oʻqimay turib bizni OTM yaxshi emas deydiganlar aslida oʻzi yaxshi oʻqimayotkan boʻladi.
Sifatli taʼlimga qoʻshilaman, lekin u sifatli oʻquvchi va oʻqtuvchi bilangina boʻladi.
Oʻquvchi bor aybni oʻqtuvchiga toʻnkab qoʻyadi va muammo hal, sizning bilmsizligingizga oʻqtuvchi aybdor boʻladi.
Reklamaga kelsak, huddi bozorda bu yaxshi mol sotmaydi kel mendan ol deb sherigini yomonlashdan gap. Faqatgina sotuvni bilmaydigan savdogargina boshqalarni yomonlab oʻzi foyda topishga harakat qiladi.
Bu baʼzi "aqlli" bloggerlarga ham tegishli gap, davlatni yoki raqobatchisini yomonlab oʻzi huddiki kuchli siyosatchiday tutadi. Masalan Nozim safar kabi.
@Kanspektor
Фото недоступноПоказать в Telegram
“WikiStipendiya II”da Voha oyligi: mukofot jamg'armasi 18 million so'm
WikiStipendiya 2-mavsumi davomida hududiy oyliklar loyihasi tashkil etilmoqda. Bunda 2023-yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar Oʻzbekiston viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda yangi maqola yaratish hamda mavjud maqolalarni tahrirlash maqsad qilingan.
Mukofot jamgʻarmasi: Voha oyligi marafoni davrida yuqori oʻrinlarni egallagan foydalanuvchilar quyidagi tartibda mukofotlanadi:
— 1-oʻrin uchun — 10 million soʻm.
— 2-oʻrin uchun — 5 million soʻm.
— 3-oʻrin uchun — 3 million soʻm.
Ishtirokchilar 2023-yil 1-avgustdan 31-avgustga qadar Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatiga oid maqolalarni yozish va boyitishlari lozim.
Bunda yangi yaratilgan yoki tahrirlangan maqolalar kamida 200 soʻzdan iborat boʻlishi, bilgiqutiga ega boʻlishi, turkumlashtirilgan hamda kamida 2 ta manbaga ega boʻlishi lozim.
👉 Dastur shartlari bilan batafsil BU YERDA tanishing.
𝙏𝙖𝙗𝙞𝙞𝙮 𝙛𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩𝙞 𝙧𝙖𝙨𝙢𝙞𝙮 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞
Kanalda Rus, ingliz, turk, arab tillarini biladiganlar, yoki tanishlaringiz bormi?
@ilyosbekM ga yozinglar.
Hissiyot
Mega jamiyatimizdagi odamlar borgan sari yuzsizlaahib ketmoqda deb oʻyladingizmi? Biror xato qilsa, aybini tushuntirsangiz ham hech qanday uyalish hissi sezmaydi. Ota, ona oʻz bolalarini kaltaklab, birini ipga bogʻlab boʻgʻsa, yosh bolaga ozor bergan odamda nega shafqat hissi yoʻq?
Biz 30 daqiqada rels video tomosha qilsak, 15 sekundan jami 120 ta video koʻramiz. Unda har bir video odamga har xil emotsiya, hissiyot beradi. Masalan bir vayn koʻrsa kulib hursand boʻladi, izidan qaygʻuli video koʻrib gʻamga botadi, yana birida insonni oʻylashga majbur qiladi. Bu 30 daqiqa ichida 120 ta hissiyotni boshidan kechirdi degani. Bu jarayon bizning hissiyotimizga taʼsir qiladi va har qanday holatda bizni hissiyotmizni oʻldirib boradi.
Shuning uchun ham, odamlarimiz bir biriga shafqatsiz boʻlib bormoqda, oʻz bolasini boʻgʻib, bola otasini pichoqlaydigan holatlar kundan kunga koʻpaymoqda. Ularda hissiyot oʻlib bolgani uchun ular oldingizda siz aytayotgan dakkingizga eʼtibor ham bermaydi, uyalmaydi, yuzsizlarcha turaveradi. Bir xatoni qayta qilaveradi, tez jahli chiqadi, mehr, shafqat, hurmat, eʼtibor, maʼsuliyat va shu kabi hislatlar ularda yoʻq boʻlib ketadi.
P.s: "Shuning uchun rels videolarni iloji boricha kamroq koʻrishni tavsiya qilaman" - agar, bu gapim sizga taʼsir ham, oʻylanishga majbur ham qilmagan boʻlsa demak yuqoridagi alomatlar sezilishni boshlagan.
@Kanspektor
Davlatning rivojlanishi yoki rovjlanmasligiga uning tanlagan yoʻli emas, balki, shu davlatda yashovchi jamiyatning saviyasida, nima bilan band ekanligida, va shu davlat uchun nima qila olishligini bilganida.
@Kanspektor
"Molxona" haqida
Haqiqiy ismi Erik Artur Bler bo‘lgan angliyalik mashhur va mahoratli yozuvchi Jorj Oruell o‘zbek kitobxonlariga “Molxona” va “1984” asari bilan yaxshi tanish. Bugun loyihamiz doirasida eʼtiboringizga “Molxona” asarini havola qilamiz. Asarda siyosiy arboblar Lenin va Stalin tomonidan davrlashtirilgan SSSR Totalitar kommunistik-sotsial tuzumi qattiq tanqid ostiga olinib, hayvonlar misolida gavdalantiriladi.
Asar haqida turli ilmiy farazlarga duch kelish mumkin. Ayrimlar buni Rossiyadagi 1917-yil qo‘zg‘olonining yilnomasidir desa, kimdir ayrim davlatlarning kelajakda qurilishi mumkin bo‘lgan tuzumlari haqidagi bashorat deb hisoblaydi. Ammo kitobni o‘qigan har qanday insonda baʼzi davlatlarning siyosiy tuzilishi haqida yaxlit tasavvur hosil bo‘lishi aniq. Asardagi voqealar har qancha qiziq va kulgilidek ko‘rinmasin, tag zamirida o‘ziga xos va bugun uchun ham taalluqli haqiqatlar ko‘p. Bir so‘z bilan “Molxona”ga utopik, siyosiy-majoziy asar deb taʼrif berish mumkin!
1943-yil noyabr, 1944-yil fevral va 1945-yil avgust – bu uch sana asarning yozila boshlangan, tugallangan va dunyo yuzini ko‘rgan davrlaridir. Hajman kichik bu kitobning bosh g‘oyasi, asosiy maʼnosini sezgan kitobxon qayta-qayta o‘qishga ishtiyoq sezadi. Voqealari mustaqil hayvonlar jamiyati qurilishidan boshlanib, to qulashigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan asarni mutolaa qilgan ko‘pchilik yoshlarda tanqidiy kayfiyat paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda ko‘pchilikka sevimli bo‘lib ulgurgan obrazlar haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tsak.
Shunday qahramonlardan biri – Boksyor. Yozuvchi u orqali sadoqat, mehnatkashlik, umid va ishonchning tafakkurimizdagi dogmatik qoliplari, pirovard natijada halokatga olib kelishi mumkinligini mukammal yoritadi. Demokratik hayotni o‘zi bilan olib ketgan Snouboll ham kitobxonda bir vaqtning o‘zida ham achinish, ham havas hissini uyg‘otadi. Napoleon va Qichqiroq obrazi esa ko‘pchilikka ayrim amaldor va chinqiroq siyosatchilarni eslatib yuboradi.
Asarni o‘qimagan, ammo o‘qib chiqish niyatidagi yoshlar uchun esa, kitobda uchratishingiz mumkin bo‘lgan eng “qaymoq” iqtiboslardan keltirib o‘tamiz:
O‘rtoq Napoleon tufayli osmonimiz tinch.
Qichqiroq raqamlar bilan qurollangan holda ularga ishlar kundan kunga yaxshilanayotganiga ishonchli tushuntirardi.
Quyidagilar ishlagan, yuqoridagilar yeb ichgan, hayvonlar uchun hamisha ochlik, qashshoqlik va hayronalik hasrati. Bu foniy dunyoning rad qilib bo‘lmas tartiboti shundoqdir.
Bir paytning o‘zida o‘n ikki ovoz qichqirar, ammo ularning hammasi bir xil edi. Cho‘chqalarga nima bo‘lgani endi ayon edi. Tashqarida qolganlarning nazari cho‘chqalardan odamlarga, odamlardan cho‘chqalarga ko‘char, ular yana va yana goh odamlarning basharalariga, goh cho‘chqalarning basharalariga boqar, ammo ularning qay biri cho‘chqa-yu, qay biri odam ekanligini ajrata olmasdilar.
Snouboll davrida hayvonlar uchun 7 ta arkon tuzilgandi... 1. Ikki oyoqda yuradigan har kim – dushman. 2. To‘rt oyoqda yuradigan yoki qanoti bor har kim – birodar. 3. Hayvonlar kiyim kiymaydilar. 4. Hayvonlar to‘shakda yotmaydilar. 5. Hayvonlar sharob ichmaydilar. 6. Hech bir hayvon boshqa hayvonni o‘ldirishi mumkin emas. 7. Barcha hayvonlar teng huquqlidir.
@Kanspektor
Oʻzbekiston terma jamoasi JCHga chiqishi mumkin.
Baʼzi manbalarga koʻra 2034 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatini Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlikda qabul qilish boʻyicha ariza topshirgan.
Federatsiya hali rasmiy maʼlumot bermadi.
@Kanspektor
Bugungi muqaddas Juma bilan barchani tabriklayman.
@Kanspektor.
#Kayfiyat
– Shayx hazratlari, hozirda bosh urushtirib koʻrishish urfga kirdi, bu mumkinmi?
– Ha, yorilmasa boʻldi!
@Kanspektor
Выберите другой тариф
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.