cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Faxriyor Baxtiyorov

Больше
Рекламные посты
1 557
Подписчики
+124 часа
+37 дней
-1430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

♻️Bugun 1-iyul 22yoshni qarshi oldim! Shu bilan birgalikda leytenant harbiy unvoni va qizil diplom! Bizni qo'llab quvvatlagan barchaga o'zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman! Hurmat bilan Faxriyor Baxtiyorov 🫡 @Faxriyor_Ijod
Показать все...
🎉 16👌 7👍 5💯 2🍓 2 1 1🔥 1💋 1😎 1
🔰Bugundan e'tiboran o'rtoq leytenant Faxriyor Baxtiyorov🫡 "Leytenantlik ila tashlandi qadam. Endi biz ham emas kichkina odam" Barchangizni bugun ya'ni 25-iyun O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 19:00da bo'ladigan bitiruvga taklif qilaman! @Faxriyor_Ijod
Показать все...
👍 20😍 4💔 4🍓 2🔥 1🥰 1👌 1💘 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
♻️ONA) Qiynalgan,qiynagan Dard,azob va jon.. Ko'nglingga boshqa his. Koshki kirsaydi.. Yelkangga bosh qo'ygim Keldi onajon. Sukut barisini Unuttirsaydi..) Noligan o'kingan Ichimda nafas.. Va aslo qiynalmay Yurdiku vijdon Ko'zingdan to'kilgan Yoshni men emas. Ro'moling artganin Sezdim onajon..) Yelkangga boshimni Qo'yganim yuk-ku Shuncha qiynalsang-da Sen tag'in shaysan.. Taqdir.. ona zoti Juda buyuk-ku Hammasini bilib Nega qiynaysan? Barini beparvo Kuzatar ochun. Azobdan ko'zlarim Namlik qiladi.. Ona..shuncha chekkan Azobing uchun Balki bitta jannat Kamlik qiladi..) ✍Faxriyor Baxtiyorov 21.06.2024 @Faxriyor_Ijod
Показать все...
🔥 6😢 6💔 4👍 2
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Uydan chiqay desam tashqari issiq Uydan chiqay desang issiq tashqari" 🛑Jamoat xavfsizligi universiteti 4-bosqich kursanti Faxriyor Baxtiyorovdan hazil she'r) @Faxriyor_ijod
Показать все...
8.22 MB
🤣 6 3🕊 2💋 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Maqsadim ishq degan manzilga bormoq, Uzukni xohlaydi to'rtinchi barmoq. Menga qizartirish vakolatin ber, Yuzingga yarashar gulim qizarmoq! Mening qo'lim oqmi,sening qo'ling oq? Nasib ayladiku dardingni yormoq.. Qanday ilinganim bilmay qoldimay, Hissiyotim uchun tashlading qarmoq.. Sen mensiz toq o'tma,men ham sensiz toq..) Doim kulib yurgin solmagin qovoq. Bu juftlik nomini oila deyishar Ikkimiz bir umr ishqiy hamtovoq.. Fikrimiz shundayin niyatlaring oq. Tabassumni boshlar axir sevinmoq. Ming shukur aytamiz berildi gulim, Menga sevish, baxti senga sevilmoq. ✍Faxriyor Baxtiyorov 18.06.2024 @Faxriyor_ijod
Показать все...
🤩 575🥰 486👍 209🔥 55🤣 3💋 1🤓 1
01:09
Видео недоступноПоказать в Telegram
♻️QURBON HAYITI MUBORAK BO'LSIN AZIZLAR! ✍Faxriyor Baxtiyorovning Qurbon Hayiti haqidagi she'ri taniqli blogger Abdulla Bahromov ijrosida! @Faxriyor_ijod
Показать все...
10.66 MB
👍 7🔥 1💯 1😎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Og'riq bersa hamki ishqqa sharaf-shon, Sevgi ikki dunyo bitta bo'lgan payt Men senga shunchalar bog'landim ishon.. Sen menga qanchalar mahliyosan ayt? Taqdir telbalikni ko'rganmidi ep? Oh mening nafasim senga bog'liqmi? Shifokorlar aytar soppa sog'siz deb, O'zim his qilyapman faqat og'riqni.. Yoningizdaman deb labing jilmayar.. Ko'zingdan ishq degan ko'zyosh sizadi.. Va taqdir shu payti sokin xotirjam.. Baxtli lahzalar deb surat chizadi..) Hatto chalg'isamda seni o'ylayman. Xo'p deysan hamisha senga ne desam. Men seni hech kimga berib qo'ymayman.. Bir umr yonimda bo'lgin azizam..) ✍Faxriyor Baxtiyorov 14.06.2024) @Faxriyor_ijod
Показать все...
🥰 209🔥 194🎉 181🤩 159👍 154❤‍🔥 6 2🤔 2🤗 2
🔰KONSTITUTSIYANI ZO'R BILADIGAN QIZ HAQIDA YURIDIK SHE'R) Ko'zlarim ko'zingga ishqiy nazorat. Men senga oshiqman yashagan sarim. Shaxsiy huquqlarim sendan iborat. Sendan iboratdir erkinliklarim.. Yigirma beshinchi moddani o'qib. Yashashga qolmadi ishtiyoq hissam. Axir taqiqlangan o'lim jazosi, Sen meni hajringda o'ldirmoqchisan. Yorqin hissiyotim sening labingda. Dardim davo topmas bilsang dorisiz. Qirq sakkiz soatdan ko'proq qalbingda, Ushlab turmoqchisan sud qarorisiz. Axir o'zingsanku xayolga o'g'ri. Tabassum qilgansan qoshlaring uchgan. Sen meni sev gulim,to'g'ridan to'g'ri. Ishqimiz egadir yuridik kuchga. Axir qonun mening ko'ngil qanotim. Sog'inchdan ko'zlaring buncha namlangan. Sevgimiz daxlsiz qo'rqma hayotim. Konstitutsiya bilan mustahkamlangan..) ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Показать все...
🔥 11👍 5 4🥰 4❤‍🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
🔰Ofitser bo'lishiga oz fursat qolgan harbiy yigit nomidan sevgilisiga aytilgan she'r! ♻️ BO'LAJAK LEYTENANT SEVGISI..) Juda ko'p narsani xohlaydi dilim, Ko'ngil orzu qilgan arslon,sherlikni. Menga pagon taqib qo'ysa sevgilim. Zavqini bilardim ofitserlikni.. Hozircha kursantsan,juda xursandsan.. Bizning taqdirimiz tutashgan chiziq. "Vipuskka" necha kun qolgani emas. To'yimizga qancha qolgani qiziq? Bajarib qo'yibman yigitlik burchim, Qo'rqmadim hayotning tahlikasiga Uchta shaxdam qadam tashlay baxt uchun..) Harbiycha sevgimning malikasiga.. Ofitser yoringman ko'zlaring bilar, Asl muhabbatni ko'zlaydi "plan" Men vatanga sen-chi muhabbat ila, Menga xizmat qilgin sadoqat bilan.. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Показать все...
❤‍🔥 12 5👍 3👏 3🥰 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Manfaatlar to'qnashar taqdir kuchli jang, Soxta insonlar ham bari zo'rdan zo'r. Otangning qadrini bilaman desang. Bir bor tasodifan kasal bo'lib ko'r.. Jilmaygan ko'zlarning barisi yolg'on.. Uzoqni ko'zlaydi hatto yordamlar. Vaqt kelsa vijdonning narxi eng arzon.. Shunday bo'lib ketgan ko'plab odamlar.. Mayliga sof bo'lsin sening niyating. Olamdan baribir yaxshilik qolar.. Senga zarba bo'lsa mag'lubiyating.. Onang ko'zlariga og'ir yosh olar. Oddiy haqiqatni hikmatga qo'shdim. Kuning qolmasinki har bahonaga. Sog' payting hammaga keraksan do'stim. Kasal bo'lganingda ota-onaga..) ✍Faxriyor Baxtiyorov 5.06.2024 @Faxriyor_ijod
Показать все...
14👍 4❤‍🔥 1🔥 1🥰 1👏 1🤣 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.