cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Khamidjonov 🏌️

Aqlli emasman! Shaxsiy fikrlar, Kitoblar, adabiyot, kino, tanqid... yana bir nimalar @asarcha📚 @film_gramm🎬 Marketingni bilaman @marketologiyaa

Больше
Рекламные посты
488
Подписчики
-224 часа
-67 дней
-2430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ko'p tanishlarim postlarimni o'qishini xohlayman Blog bu insonning ichki dunyosin, hayolotini, qadriyatlarini, dunyo qarashini ochib beruvchi vosita(agar shunday yuritilsa). Shunday ekan mani yaqinroqdan bilish uchun, yoqtirgan-yoqtirmagan narsalarimni anglash uchun, tushunish uchun ko'p yaqinlarimni blogimni kuzatishlarini istardim. Bekorga telegram bioyimda blog linki turmaydi, qanday inson ekanligimni blogim aytishini istayman. Shuning uchun ham iloji boricha o'z fiklarimga, qunyo qarashimga to'g'ri keluvchi iqtiboslar, ma'lumotlar joylayman. Masalan mani yaqinlarim kanalimdagi postlar orqali qadriyatlarimni, chegaralarimni, zakovatga qiziqishimni, xazilkash ekanligimni, filmlar, kitoblarga qiziqishimni bilib olishlari mumkin. Blogni asli yuritish maqsadlarimdan biri ham shu bo'lsa kerak, ya'ni insonlar mani ko'proq va yaxshiroq tushunishsin. O'zim ham ko'pincha kanali bor insonlarni kanali orqali yaxshiroq bilib olaman. Bir so'z bilan aytganda blog yuritish yaxshi, sifatli blog esa undanda yaxshi bu orqali insonlar sizni yaqinroqda tanishadi. 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
👍 7 5🥰 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Biz qo'lga kirita olmaydigan narsa har doim o‘zimizda bor narsadan yaxshiroq ko'rinadi. Bu inson hayotining romantikasi va ahmoqligidir. Erix Mariya Remark 🏌@Khamidjonov_blogi
Показать все...
🔥 6 5👍 4🥰 1💯 1
#qiziq Imronni "Labing oʻzingnikimi?" Degan qoʻshigʻi bor ekan. Qoʻshiqni oʻzi qiziq undan klipi qiziq😅 Klipda bola uylanish uchun labi boteks boʻlmagan qizlarni qidirib yurar ekan.(Bu talabni onasi qoʻyadi) Tasavvur qilib koʻrdim, sohta chiroylilar shunchalik koʻpayib ketsa bollar shunaqa tekshirib yurarmikin...) 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
😁 16💋 3👍 2🥰 2🗿 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Siz gullarni yaxshi ko'rishingizni aytasiz ammo ularni uzib olasiz. Siz itlarni yaxshi ko'rishingizni aytasiz va ularni zanjirga bog'laysiz. Siz qushlarni yaxshi ko'rishingizni aytasiz lekin ularni qafasga qamaysiz. Siz meni sevaman deysiz..... men esa bundan qo'rqaman. Jan Kokto 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
💔 9🔥 5 3👍 1🥰 1🕊 1💯 1
Kitob oʻqish osonmi??? Uncha koʻp kitob oʻqimagan yoki umuman kitob oʻqimagan insonlar kitob oʻqishni juda oson va oddiy ish deb bilishadi. Shaxsan guvohi boʻlganman "eee oʻqib tashlayman" deb oddiy 160 200 betlik kitoblarni mandan olib, haftalab koʻtarib yurishgan. Aytmoqchimanki, mutolaa oson ish emas, u sizdan katta sabr, miyaning juda koʻp qismini ishlashini va uyquga qarshi kurashishni talab qiladi. Masalan 40 kunda 42 ta kitob oʻqigan Abdukarim Mirzayev ham aytgandi "kitobni olib 10 bet oʻqishim bilan uyqum keladi" deb. Oʻzimda ham birinchi oʻqilgan 10 betdan oʻtguncha uyqu keladi. Bu oson ish emas, lekin odatlanib olsangiz bu juda yaxshi. Qiyin ish boʻlgani uchun ham Hamma ham kitob oʻqiy olmaydi. Kitob oʻqishni odat qiling, bu qiyin ish inson uchun juda foydali. Faqta ehtiyot boʻling dunyo qarashingiz kengayib, fikrlashingiz rivjlanishi mumkin) 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
👍 12🌚 3 2🔥 2🥰 2💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Biz xuddi kitobga oʻxshaymiz. Koʻpchilik faqat muqovamizni koʻradi, aksariyat faqat mundarijamizni oʻqiydi, yana koʻpchilik tanqidlarga ishonib xulosa qiladi. Juda ozchilik boshdan-oyoq oʻqib chiqadi. Emil Zolya, yozuvchi 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
14👍 2🥰 2
Nimagadir shunchaki, oddiy izoh yozgim kelmaydi. Izohlarim odamlarga qandaydir taʼsir oʻtkazishini istayman, ayniqsa kayfiyatini koʻtarishga. *Oʻzingizdan qandaydir jiddiy odam yasab yurgandan koʻra, samimiy, kayfiyat ulashuvchi boʻlib yursangiz, hamma sizni yaxshi xotiralar bilan eslab qoladi) 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
12🥰 4😁 4👍 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tugʻilgan ilk damlaridan boshlab qay tomon yurmasin, pirovard natijada faqat bir tomonga ​​— qabriston tomonga ​​— boradi inson. Neʼmat Arslon, “Kalit” 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
10👍 3🔥 2🥰 2💯 2❤‍🔥 1
Nima uchun mashinalar avariyaga uchrasa, odamlarning koʻpchiligi shunchaki tomosha qilib yoki suratga olib turadi? 🗿 Shunaqa holatlar koʻp tanqid bilan yoziladi. "Rasmga olguncha yordam ber, bla bla..." Bunday vaziyatlarda "Guvoh effekti" yoki boshqa bir nomi "Jenoveze sindromi " sodir boʻladi. Bu psixologik effekt bo'lib, biron jinoyatda, favqulotda vaziyat yoki boshqa holatlarda guvohlarning jabrdiydaga yordam bermasligini, qancha ko'p guvoh bo'lsa, jabrlanuvchiga shuncha kam yordam berilishini ifodalaydi. Bunda har bir guvoh jabrlanuvchiga o'zi emas, boshqa kimdir yordam berishi kerak deb hisoblaydi. Bu sindromning kelib chiqishi esa shunday. 1964-yil 13-mart. Nyu York. Kitti Jenovezega koʻchada bezori hujum qilib ikki marta pichoq urib qochib ketadi, birozdan soʻng qaytib kelib, yerda qonga belanib yotgan Kittiga yana pichoq uradi. Qotillik roʻy bergan vaqtda koʻcha gavjum boʻlgan, odamlar odatiy janjal deb oʻylashgan va hech kim jiddiy yondashmagan.(Boshqalar hal qilar deb oʻylagan) ❗️"The New York Times" jinoyatni taxminan 36 ta odam ko'rganini lekin hech kim yordam bermaganini yozadi. Qisqasi toʻpolon qilmoqchi boʻlsangiz olaman ichida qiling, birov sizga "gʻing" demaydi.🤓 🏌 @Khamidjonov_blogi
Показать все...
😁 7👍 3🗿 3🔥 2❤‍🔥 1🤩 1🆒 1
"Bir kishi hasan basriy oldida: "Men shirinlik yemayman, chunki uning shukrini qoim qila olmaslikdan qo‘rqaman" dedi. Hasan basriy : "Bu ahmoq ekan, sovuq suv shukrini ado qila olar ekanmi nima?!" dedilar" (Talbisi iblis) 🏌@Khamidjonov_blogi
Показать все...
🔥 7 5😁 1💯 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.