cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TOSHKENT VILOYATI HUDUDIY BO'LIMI

Больше
Рекламные посты
319
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-2030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#bayroq32 “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumlik televizor, kitoblar to‘plami hamda diplom bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli), 2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli), 3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli). Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/91 Rasmiy sahifalarimiz👇 Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishga tushirildi. 🗺Endilikda respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin. 🔔ESLATMA: 📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 233-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgandagina o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi. ✅Yuqoridagi talablardan kelib chiqib arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz. 📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur. ❗️ESLAB QOLING! ⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin. 📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180) Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
03:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
#yangi_baholash_tizimi 📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi. ⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. ❓Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi? ✅ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz. Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
baholash (2)~1.mp422.98 MB
13:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Maxsus reportaj | 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning metodikasi va baholash tizimi joriy etildi #uzbekiston24 Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
8МР.mp4137.75 MB
Repost from Hilola Umarova
Repost from Hilola Umarova
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli. Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda. Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi. Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.
Показать все...
#FAXR ✨BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR! 🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlimi muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maqsad sari navbatdagi odim qadam tashladi va xorijiy Universitetlardan qabul xatlari kelishni boshladi. ♻️Jumladan maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Madaminov Shamshodbek AQSHning Wingate Universitetiga + 27 000$ lik grantni qo'lga kiritdi.(4 yilga jami 108 000$) O'quvchimizni kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz. 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz https://t.me/Chinoz_im_piima
Показать все...
#FAXR #congratulations ✨BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR! 🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlimi muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yana bir ajoyib xursandchilik. ♻️Jumladan maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Tursunova Charosxon AQSHning Wingate Universitetiga + 30 500$ lik grantni qo'lga kiritdi.(4 yilga jami 122 000$) O'quvchimizni kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz. 👆Eslatib o'tamiz o'quvchilar ushbu Universitetga shu vaqtgacha eng yuqorisi +27 000$ grant qo'lga kiritishgan edi. 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz https://t.me/Chinoz_im_piima
Показать все...
👍 1
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor IELTS 📣ITMA tizimidagi Bõstonliq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-“A” sinf õquvchisi Azizxonov Mustafo xalqaro IELTS sertifikatini qõlga kiritdi. 🌍 IELTS 📃 Listening 6.0 📚Reading 7.5 🗣 Speaking 6.5 📖 Writing  6.0 🧮 Overall Band Score 6.5 🇦🇺🇳🇿 Shu sababli o'quvchimiz chet eldagi bir qancha universitetlarga hujjat topshirib grand yutib olish imkoniga ega  bo'ldilar. 📌IELTS haqida qisqacha ma’lumot: IELTS International English Language Testing System - imtihoni butun dunyo bo'ylab ingliz tili o'rganuvchilarning til bilish darajasini tekshirish uchun ishlab chiqilgan test tizimi hisoblanadi. IELTS imtihoni to'rt yo'nalishdan iborat: Listening, Reading, Writing va Speaking. Bu to'rttalasi bir biriga chambarchas bog'liqdir. 🥳🥳 Yutuq muborak va bardavom bõlsin Mustafo!  Biz sen bilan faxrlanamiz.
Показать все...
👍 1
#CHSB_imtihonlari 🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Ijod maktablarida ChSB (choraklik summativ baholash) jarayonlari oʻtkazilmoqda. ✅Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. 📝Imtihonlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan nazoratchilar ishtirokida boʻlib oʻtmoqda. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.