Dr. Algorithm
Открыть в Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Больше4 674
Подписчики
-124 часа
+1257 дней
+8530 дней
Архив постов
4 674
+2
Telefon Raqaminiz oʻg`rilandi
Qisqa:
Veritasium Youtube kanali qanday qilib sizning mobil telefon raqamingizni buzish mumkin ekanini ko`rsatib berdi.
Tavsiya, 5G ga oʻtish kerak.📱 https://www.youtube.com/watch?v=wVyu7NB7W6Y Uzun: Youtube da Veritasium kanali bor. Ular turli ilmiy ma'lumotlarni berib borishadi. Shulardan biri 15mln kuzatuvchisi bor LinusTechTips Youtube kanali ekasing telefonini buzishdi va kanali adminiga kirishdi. • Apple asoschilari avval telefon tizimini buzishgani (hack) qilishganini bilarmidingiz? • Rim Papasiga tekinga telefon qilib, ertalab uyg`otishganini-chi? • Dubai shayxining qizi Sheyx Latifani telefon orqali ocean markazidan topishgan. GPS siz. • Atigi $13,000 ga xohlagan telefon raqamini ochish mumkin. • SMS orqali keladigan OTP larni ham bilish mumkin. • OTP orqali telegramga kirishga atigi 15 soniya kerak. • Python'da yozilgan kod orqali sizga kelayotgan qo`ng`iroqlarni boshqa odam ko`tara olar ekan. Tasavvur qiling, bank xodimi sizga telefon qilsa-de, sizning oʻrningizga "do`stingiz" javob berib.... hullas davomi tushunarli. • Deputat va boshqa davlat arboblarining gaplarini eshitish mumkin... • GPS siz qachon va qayerga borganingizni bilsa bo`ladi. • 15 million a'zosi bor Youtube kanalini buzib kirishdi. shu va shunga oʻxshash juda ko`p mavzularni sodda tilda tushuntirib berishibdi. Soddaroq tushuntirsam. Voqea telefon tarmog`i endi raqamlasha boshlaganida Stij Jobs, do`sti Stiv Voznyak bilan tekinga xalqaro telefon qila oladigan qurilma yasashganidan boshlanadi. Keyin esa, 15 million kuzatuvchisi bor kanal muallifi bilan online gaplashib turib, uning telefonini buzishadi.
Buzish uchun faqatgina uning telefon raqami nechchi ekanini bilish yetarli.Oyiga $13,000 to`lab, tarmoqqa a'zo bo`lish mumkin. Keyin esa, barcha raqamlar sizning qo`lingizda bo`ladi. SS7 ning nozik jihatlarini ishlatib, birnecha narsalarni oʻgʻrilash mumkin. • Sizga kelayotgan telefonni boshqa raqamga oʻtkazish. • SMS ni boshqa odamga yuborish. • Joylashgan joyingizni aniqlash va boshqalar.
Shu orada sizning Telegram hisobingiz (akkaunt) ni ham oʻgʻrilash mumkin. 2FA ni yoʻqib qo`ying.Tezroq hamma 5G ga oʻtishi ham kerak ekan. Bekorga WiFi orqali telefonlashish rivojlanmagan ekan. Android telefonlarida shunday imkoniyat bor. Agar bino ichida mobil aloqa yashi ishlamasa, Wifi orqali qoʻngʻiroq qiladi. Man koʻp ishlataman. Ham sifat yaxshi, ham telefon uchun pul toʻlamaysiz. SMS ham shunday. Oddiy SMS da faqat matn yuborish mumkin boʻlsa, Android telefonlarda SMS uchun Like bosish ham mumkin, rasm ham yuborsa boʻladi. Va barchasi internet orqali yuboriladi. Mobil SMS shart emas. :) iPhone ham shunga kelishi kerak, rejasida bor. Hullar, shaxsan manga video juda yoqdi. Vaqtingiz bo`lsa ko`rishga arziydi. 📱 https://www.youtube.com/watch?v=wVyu7NB7W6Y
Birni koʻrib fikr qil, birni koʻrib shukr qil.07.10.2024 London @DrAlgorithm
4 674
Assalomu alaykum,
Juda ajoyib suhbat uyushtirilibdi. Chaqirilgan mehmonlar o`z sohasida mutaxassislar.
📱 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d
Ko`rishni tavsiya etaman.
@DrAlgorithm
4 674
Repost from Alisher Tojiev
“IT Park va Texnopark kabi yirik loyihalarni rivojlantirish uchun kadrlar, hamkorlar kerak..”
“Boshqa tarafdan, hamma IT sohasini o‘qiyapti, lekin o‘quv markazini bitirib chiqqanlarni hech kim ishga olmayapti”.
“Stajyorlarni ishga oladigan IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Aks holda qanchadan-qancha mutaxassis g‘oyasi bilan ishsiz qolib ketyapti”.
— “Yangi Hayot” televizion ko’rsatuvida Umidjon Ishmuhamedov, Sherzod Ahmadov, Qudrat Abdurimov va boshqa IT hamda texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar, faollar bilan qizg’in suhbatda ishtirok etdik.
👉 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d
@AlisherAhmatovich
4 674
🎉 Ustoz va murabbiy!
Assalomu alaykum, ustozlar va murabbiylar! Ayyomingiz muborak bo`lsin!
Sizning qilib kelayotgan mehnatingiz nafaqat sizning o`quvchilaringizga, balki yurtimiz va millatimizga katta manfaat olib kelishi hech kimga sir emas.
Bu mehnatning tagida qanchalik katta mashaqqat yotganini vaqt o`tib sezish mumkin ekan holos. Alloh sizni ulug`lasin, o`zi rozi bo`lsin!
Barcha hamyurtlarimizga bugun ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan tarihga nazar solib, sizga ilm bergan insonlaringizni eslab o`tishni tavsiya qilaman. O`zim ham kunni shu bilan boshlagandim.
1. Ona - sizning tug`ilishingizdan boshlab sizga ilm va tarbiya berishni boshlagan zot, ustozlarning birinchisi. Siz yorug` olamga kelishingizda sizni kutib turgan olam haqida tanishtirgan va tayyorlagan murabbiy. Siz katta rahmat!
2. Ota - sizga bitta qarashi bilan ma'no to`la dars bera olgan inson, o`zining hulqi va harakati orqali sizga namuna bo`lgan zot. Sizning quvonchli va qiyin kunlaringizda orqangizda dalda bo`la olgan zot. Katta ustoz!
3. Buvijoningiz - hali maktabga chiqmasingizdan sizga harf va hisobni o`rgangan ustoz. Maktabda 1-qatorga o`tirishingiz, doimo 5 baho olib kelishingiz sababchisi, urishib kiymingiz yirtilganida sizning yoningizni olgan zot, murabbiy.
4. Ilk o`qituvchingiz - maktabga 1-kundan sizni kutib olgan, ilm bergan, kitob ushlatgan va sizni boshlang`ich sinflarda katta bo`lishga tayyorlagan ustoz.
5. O`rta sinf ustozlaringiz - sizning qiziqishingizni bila olgan, o`zining faniga qiziqtira olgan ustozlar. O`zini bolasiga vaqt kam qolsa ham sizni Olimpiada va boshqa musobaqalarga olib yurgan zot. Ish vaqtidan tanshqari siz bilan shug`ullangan ustoz.
6. Universitet domlangiz - mustaqil hayotni endi boshlagan vaqtlaringiz sizni to`g`ri yo`naltira olgan, kelajakda hayot yo`lingizni topishingiz, qiziqishingizga mos kasb egasi bo`lishingiz, sohangizni mukammal egasi bo`lishingizga yordam bergan ustoz.
7. Hayot, Millat, Vatan - sizni tug`ilishingizdan boshlab, hozirgi kuningizgacha sizga sharoit yaratgan, oqibat o`rgatgan, xatolaringizni ko`rsatib bergan, ularni tuzatishga sharoit bergan murabbiy.
8. Do`stingiz, sinfdoshingiz, qadrdonlaringiz - sizni doim qo`llab-quvvatlab kelgan. O`ziga foydasi tegmasa ham sizni o`sishingizga sababchi bo`lgan birodarlaringiz. Sizning yoningizda bo`lganini o`zi bilan sizga kuch bergan, g`ayrat bergan qiyomatlik do`stlaringiz. Biroda-murabbiylar.
... bu ro`yxatni davomi juda uzun. Har birida birnecha insonni eslab o`tamiz.
Keling bugun shu sabab bilan ularni eslab o`taylik. Ismlari bilan eslab, duo qilsak.
Hurmatli ustozlarim, murabbiylarim! Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, yil davomida kuningiz bugungidek quvochli va barakotli bo`lishini tilab qolaman!
Ayyomingiz muborak!
01.10.2024 London
@DrAlgorithm
4 674
Kitob va Paradox kema
Avvallari kitob qayta nashr etilishini bilmas edim. Keyin esa nashr yiliga qarashni boshladim.
Vaqt oʻtib yangi nashr faqat kitobni qaytadan chop etish emas ekanini bildim. Har bir yangi nashr yangi oʻzgarish degani ekan.
Tadavvur qilganmisiz, sizga kitob tavsiya qilishdi. Nomi, muallifi va muqovasi maʼlum. Sotib oldingiz. Oʻqib koʻrsangiz, tavsiya etgan odam aytgan narsalar kitobda yoʻq.
Menda ham oʻxshash holat boʻldi. Kutubxonadan kitob olib oʻqidim. Rosa yoqdi. Keyin online doʻkondan buyurtma berdim. Qoʻlimga olganimda oʻqib koʻrsam, ichi toʻlaligicha boshqacha. Bilsam, men kutubxonadan olganim 2-nashr va sotib olganim 3-nashr ekan.
Shundan beri kitob tanlashda nashr raqamiga ham eʼtibor bera boshladim.
Paradox kema haqidagi xabarib esingizdami?
Unda kemani qayta yasagan edik. Bu yerda esa kitob nomi oʻsha, ichi esa boshqa. 🥴
Hayot paradoxlarga toʻla. Yo biz e'tibor bermimiz yo bizga ta'siri yoʻq.
26.09.2024 L
@DrAlgorithm
4 674
+3
45- FIDE Shoxmot olimpiadasi
Juda qizg`in kechdi. Ilk bor Youtubeda UzChesss guruhi online translatsiyasini orqali shoxmot chempionatini ko`rdim. Ajoyib bo`lar ekan.
Kompyuter keyingi qadanni etib tursa, hamma narsa oson ko`rinar ekan. Nega unday yurmadi deb o`yinchini urishib qo`yar ekansan. Aslida u yurishni topish juda murakkab ekanini keyin tushinar ekansiz.
Yigitlarimiz medal bilan qaytishmoqda! #3 o`rinni egalladik! (3/188). Hindiston bilan kechgan jangni katta shoxmotchilar kelib tomosha qilib o`tirishdi. Haqiqiy qiymatga ega jang bo`ldi!
Qizlarimizga ham qoil qoldim. Juda zo`r ishtirok etishdi. Retingi o`zlaridan 100+ ortiq raqinlar bilan o`ylashdi. Natijalari juda zo`r, muborak bo`lsin!
Shu bilan qardosh Qozoqiston respublikasini ham tabriklayman! Qizlar bellashuvida #2 o`rinni egallashdi. Bu juda katta natija !! (2/170)
Farzandlarimiz albatta bizdan-da aqlli va dono bo`lishlar shart.45th FIDE Chess Olympiad 2024 Sep 11, 2024 – Sep 22, 2024 https://www.chess.com/events/2024-fide-chess-olympiad-open/results https://www.chess.com/events/2024-fide-womens-chess-olympiad/results @DrAlgorithm
4 674
Repost from LeetCodin
+9
Ready to build habits that stick?
Swipe through these key insights to get started!
@LeetCodin
4 674
Repost from LeetCodin
+9
Ready to build habits that stick?
Swipe through these key insights to get started!
4 674
Repost from UNICON SOFT
📱 Sun'iy intellekt: undan xavotir olishimiz kerakmi?
👉 https://youtu.be/93zDNy0UULM
4 674
+8
Webinardan rasmlar
Qizziqqanlar bo`lsa, yozib olingan videoni ko`rish mumkin: https://crowdcast.io/c/doit-finops@DrAlgorithm
4 674
FinOps haqida webinar bo`lib o`tdi.
Qizziqqanlar bo`lsa, yozib olingan videoni ko`rish mumkin:
https://crowdcast.io/c/doit-finops
Eng qizzig`i, FinOps bu moliyachilarning ishi emas, aynana CTO larning vazifasi ekani tushuntirilgan.
U yerda quyidagi FinOps Framework asosida tushuntirilgan:
https://www.finops.org/framework/
@DrAlgorithm
4 674
Sifat
Yaponiyada korxonalardan biri 100,000 ta IC karta buyurtma beribdi. Ishlab chiqaruvchi yozishi boʻyicha har 10,000 tada bitta karta nosoz (brak) chiqar ekan. Buyurtma yetib kelganida bitta katta quti ichi minglab IC kartalar solingan edi. Ajablanarlisi, katta quti yonida kichik bir quticha ham bor ekan. Mijoz qutichani ochib qarasa ichida 10 dona karta va quyidagi yozuv bor edi:
- bu ishlamaydiganlari.
Agar hamma ham sifatga shunday eʼtibor berganida nima boʻlar edi?+ Dastur yozsang kamchilik (bug) boʻlmasa. + Ishga tushgan dastur 5 yil oʻchmay ishlay olsa. Qotib qolib, restart soʻzini eslatmasa. + Ixtiyoriy OTda dastur ishlay olsa. + Doimiy ishlashi uchun qoʻllab-quvvatlash (support, DevOps) kerak boʻlmasa.
Fantastika! - shunday emasmi?Avvallari koʻp martalik mahsulot ishlab chiqrar edik. Hozirgi kunda hatto avtomobil motori ham bir martalik. Izoh 1: Yuqoridagi voqea latifadan olingan. Izoh 2: IC karta, bu kunlalikda ishlatib keladigan toʻlov, transport yoki turniketdan kirish kartamiz. @DrAlgorithm
4 674
Hali umid katta!
Shunday habarlarni eshitsam hursand bo`laman. Hali umid katta, yoshlarimiz juda aqlli. Biz esa yordam berishimiz va jamiyatimizga foyda beradigan ishlarni ko`p qilishimiz kerak.
Qachon akademiklar ko`payadi, qachonki professorlar ko`paysa, Qachon professorlar ko`payadi, qachonki fan nomzodlari ko`paysa, Qachon fan nomzodlari ko`payadi, qachonki magistrlar ko`paysa, Qachon magistrlar ko`payadi, qachonki talabalar ko`paysa, Qachon talabalar ko`payadi, qachonki a'lochi o`quvchilar ko`paysa.Demak farzandlarimizni yaxshi o`qitsak, ular ko`p bo`lsa, bizda ham akademiklar ko`payadi. Hamma gap bizda ekan. Farzandlarimizni o`qitaylik. Qizlarimizni mustaxkam o`qitaylik. Farzandlarimizga aniq fanlarni ko`p o`qitaylik. Fan olimpiada g`oliblarimiz ko`paysin! 🥇🥇🥇 @DrAlgorithm
4 674
Repost from Competitive Programming Uz
Ana endi rasman: Mardon Hazratov Xalqaro Informatika Olimpiadasi 🥉 Bronza medali sohibi.
Bu 🇺🇿 O'zbekiston uchun IOI tarixida 3-bronza medali bo'ldi.
Tabriklaymiz 🎉
🧑💻 @cp_uz
4 674
Java vs C#
PHP vs Python
Nima uchun Java tanlaganim haqida aytib berdim.
👉 https://youtu.be/TwpZQgkLnds (1-qism)
Tavsiya qilaman!Aloqador postlar: [ 1 ] [ 2 ] [ 3 ] @DrAlgorithm
4 674
Repost from UNICON SOFT
#boshlandi
✔️ Kimga “eski” Java, kimga “yosh” C#: bahs qanday tugadi? Buyuk Britaniyaning Monef kompaniyasi IT-menejeri Saidolim Jo‘rayev bilan #texnosuhbat
👉 https://youtu.be/TwpZQgkLnds
4 674
Repost from UNICON SOFT
☄️ Kimga “eski” Java, kimga “yosh” C#: bahs qanday tugadi? Buyuk Britaniyaning Monef kompaniyasi IT-menejeri Saidolim Jo‘rayev bilan #texnosuhbat
❗️Premyera bugun soat 19:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1
📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/TwpZQgkLnds
4 674
Paradox kema
Tasavvur qiling yangi kema yasadik. Nom berdik , masalan Apollo. Vaqt oʻtib uni taʼmir qilgani olib bordik. Qaysidur qismini almashtirdi. Almashtirilgan qismni yigʻib qoʻydik.
Uzoq vaqt oʻtib, kemaning barcha qismlari almashdi.
Savol: bu kema hali ham Apollo kemasimi?Keyin bir bahona qilib, yigʻib qoʻyilgan qismlardan yangi kema yasadik. Chunki eski kemaning barcha qismlari bizda bor.
Savol: Bu yangi yasalgan kema Apollomi, yoki tagʻmirdan chiqqan va barcha qismlari almashganimi?Bu savol Grek faylasuflariga taqaldi. Tesey kemasi paradoksi deyiladi. Sizning fikringiz qanday? Qaysi kema Apollo? @DrAlgorithm
4 674
Endi Hamster egalari ham oʻyindan tez qutilishadi shekilli.
Hamster toʻxtasa yaxshi edi. Odamlarni vaqtini koʻp olib, asabga tegayotgan edi.
Haster Combat oʻynamang va foyda olish uchun pulini olmang. Bu piramida va koʻpchilik ziyon koʻradigan moliyaviy "oʻyin".@DrAlgorithm
