Dr. Algorithm
Открыть в Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Больше4 724
Подписчики
-124 часа
-187 дней
+37130 день
Архив постов
4 724
Yana bir yangilik.
Ertaga nasib qilsa UzGeeks MeetUpda ko‘rishamiz. Borish rejasidaman.Shu bilan birga bir yangiligimiz bor. Uni ham e’lon qilishni reja qildik. Tadbirga kelganlar birinchi bo‘lib eshitadigan bo‘ldi. Sizdan bir iltimos bor. Agar UzGeeks tadbiridagi 3 ta mavzu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, shu yerda qoldirsangiz. Man tadbirga kiritishga harakat qilaman.
MeetUp mavzulari: 1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.Ertaga tadbirda ko‘rishguncha. 🎉 28.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
Hatto PHP chilar Farhodni kuzatishadi.
Sardor og`a ham tavsiya qildilar.
Farhodning kanalini kuzatishni men ham tavsiya qilaman.
👉 JOIN: https://t.me/farkhod_com/392
27.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 724
Assalomu alaykum,
Bugun talabalar bilan uchrashish nasib etdi. Ilmga chanqoq, kelajakka rejalari katta bo‘lgan yoshlarni ko‘rib, odam quvonadi.
O‘zim uchun olgan bilimlar:
* Savol berishdan uyalmaslik kerak.
* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan.
* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi.
~~~
* Savol berishdan uyalmaslik kerak.
Talabalardan bir guruhi MDCU tadbiriga oldinga kelib, universitetlariga taklif qilishdi. Man xursand bo‘ldim. Birinchidan, mehmonga chaqirishgani uchun. Ikkinchi, va asosiysi, ular kelib, gaplarini ochiq ayta olishdi. Uyalishmadi. Uyaladigan ish ham qilishmagan edi.
Tanishish uchun albatta gap boshlash kerak.Busiz uzoq muddat tanishlaringiz soni kam bo‘ladi. Qancha ko‘p tanish-bilish orttirsangiz, ertaga hamkorlik qilish uchun sizga variantlar ko‘p bo‘ladi.
Falonchini tanisanmi? Pinchonchi bor-ku.. - degan gaplar bo‘lar edi avval. To‘g‘ri qilishar ekan.* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan. Marra uzoq tuyulib, kaltaroq reja qilish holatlari bor. Lekin siz marrani uzoq oling. Rejalaringizni katta qiling. Shunga yarasha harakatda bo‘ling.
Jaa, bo‘lmasa, yarmiga borsangiz, shu yarmini orzu qilgan tanishingiz hali ham yetib kelmagan bo‘ladi.* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi. Universitetda o‘qish shartmi? Diplom nima qilib beradi? - degan gaplar ancha kamayibdi. Bu quvonarli. Universitetni bitirib ham ish topa olmayotganlar rosa ko‘p. Sababi, ular kattaroq ishlarga harakat qilishmoqda. Ular 100, 500 ta ishga topshirib, yaxshisiga ilinishmoqda. Shunday ekan, qisqa natijaga qarab xulosa qilmaylik. Hali hammasi oldinda.
Universitetda o‘qish ko‘p narsa beradi: * Intizom * Tanishlar * Yangilik qilish imkoniyatiTadbir juda zo‘r o‘tdi. Keyinchalik ham hamkorlik qilishga kelishib oldik. UBS faoliyatiga rivoj tilayman! 🏆 27.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
Talabalar boshqa olamda yashaydi. Xususiy universitet talabalari, ayniqsa biznesga qiziqadiganlari ham o`z olamnari bor.
UBS tashkil qilayotgan tadbirga mehmon qilib chaqirishdi. Shuni e'lon qilishgan ekan.
Sizga ham ulashgim keldi.
26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 724
Repost from UBS Toshkent | Rasmiy kanal
👍👍👍👍 👍👍👍👍
IT va Biznes — Vebinar
UBS Toshkent filialida 27-noyabr kuni soat 10:00 da Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT Menejeri Saidolim Jo'rayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Suhbat davomida: 🔺Londonda IT karyera qanday quriladi? 🔺 Chet el kompaniyalariga qanday ishga kirish mumkin? 🔺 Yosh IT mutaxassislarga amaliy tavsiyalar🔘 27-noyabr, 10:00 📌 University of Business and Science, Toshkent filiali IT va FinTech sohasida katta maqsadlari bor barcha talabalarni uchrashuvga taklif etamiz! ↗️ UBS IT Klubiga a'zo bo'ling UBS Toshkent rasmiy sahifalari: 👍 Telegram | 👍 Instagram
4 724
+1
📱 DevFest London 2025
22 Noyabr kuni GDG DevFest London bo‘lib o‘tdi. U yerda bizning UzTech - IT Community a’zolari ham ishtirok etishdi. Mavlonbekning LinkedIn sahifalaridan o‘qiganim bo‘yicha ularga juda foydali bo‘lgan.
Mavzular:
* Gemini 3 Pro Image & Nano modellari - real vaqt rejimida tasvir yaratish va tahrirlash jarayonlarini ko‘rish juda hayratlanarli bo‘ldi.
* Multi-Agent Workflows (ADK) - BigQuery, Qidiruv (Search) va Multimodal agentlari qanday qilib birgalikda ishlashini o‘rganish avtomatlashtirish bo‘yicha butunlay yangi dunyoqarashni ochib berdi.
* Human-in-the-Loop va vositalarni mukammal boshqarish (orchestration) - haqiqiy mahsulotlar uchun ishonchli AI tizimlarini yaratishda juda foydali.
* Open-source Gemma oilasi xronologiyasi - 2024–2025 yillarda innovatsiyalar qanchalik tez sodir bo‘layotganini ko‘rish kishini hayajonga soladi.
* Ovozli AI interfeysi demolari - real vaqtda nutqni matnga aylantirish va agentlar orkestratsiyasi meni lol qoldirdi.
- deb yozadi Mavlonbek.
Nasib qilsa boshqa shaharlarda bo‘ladigan DevFestlarda ham qatnashish nasib etsin. Toshkent, Qarshi, Guliston, Oxford, Manchester, Edinburgh, Bristol.
Men esa sizlar bilan 6 Dekabr kuni DevFest Toshkentda ko‘rishish niyatidaman.
Tadbirlarga faol bo‘ling, Bir birimiz bilan ko‘rishib, tanishib olaylik. Ertaga katta odam bo‘lib ketganingizda, siz bilan bir piyola choy ishganmiz deb yuramiz.
Tadbirda ko‘rishguncha.
26.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 724
Shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlay olamizmi?
Tadbirdagi shu mavzu menga juda qiziq. Chunki ko‘p o‘ylaydigan va xavfsiraydigan mavzuyim. Doim bitta ibora tilimda aylanadi:
O‘zbekistonda tizimlar va ma’lumotlar dasturchilar insofida ushlanib turibdi.Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha qonun bor. Ammo uni amalga oshirish biz AT mutaxassislari qo‘lida. Shunga bu masalaning nozik jihatlarini biz ochib berishimiz kerak. * Foydalangan ma’lumotlarimizni vaqtida o‘chirib yuboryapmizmi? * Egasidan so‘ramasdan ma’lumot olmadikmi? * Hech kim bilmaydi-ku, - zaylida ish yuritmayapmizmi? Manim bilganlarim hozircha shular. Tadbirda ko‘proq ochib berilsa kerak. Eshitib bilimimni oshirish niyatidaman.
Sizda ham shaxsiy ma’lumotlar bilan muammo bo‘lganmi?Agar qiziq holatlar (case) bo‘lsa, izohda qoldiring. Muhokama qilamiz. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
Assalomu alaykum,
Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi.
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.
MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan.
Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay.
Shanba kuni ko`rishguncha.
24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 724
Repost from UzGeeks Community
📌 UzGeeks November2025
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.
⚜️Meetupʼda quyidagi mavzular bo'yicha chiqishlar bo'ladi:
1️⃣ Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2️⃣ IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3️⃣ Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
❗️Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
🗓 29 Noyabr, Shanba
🕰 14:00 da
📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.
✅ Hamkorlar:
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.
Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
4 724
Assalomu alaykum,
Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi.
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.
MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
🗓 29 Noyabr, Shanba
🕰 14:00 da
📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan.
Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay.
Shanba kuni ko`rishguncha.
24.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 724
+2
MDCU 2025 tadbiri haqida fikrlarim
Microsoft Community Conf 2025 juda yaxshi tashkil etildi.
Bu endi 3-marta tadbir o‘tkazayotgan jamoa uchun katta yutuq.
1. Mavzular juda dolzarb va qiziqarli.
* So‘zga chiqqanlar va taqdimotchilar tajribalari kitoblardan topib bo‘lmaydigan ilm bo‘ldi.
* Taqalib, yechimini topa olmagan muammoingni ayta oladigan payt.
* Hayotiy tajriba esa, kelajak rejalaringni tuzishga yordam beradi.
2. Tanish-bilish. Menga eng yoqqan qismi.
* Juda ko‘p mutaxassislar bilan ilk marotaba yuzma-yuz ko‘risha oldik. Turli mavzularda suhbatlashdik.
* Yoshlarimiz uyalmasdan: Siz bilan tanishsam bo‘ladimi? - degan yondashuvi menga yoqdi. Aynan shu bizga yetishmayotgan xislatlardan biri.
* Hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan loyihalar ham chiqdi.
Bitta gap, sen uchun sodda bo‘lgan narsa, boshqasi o‘ylab ko‘rmagan va yechim qidirayotgan muammo bo‘lishi mumkin.Nasib qilsa, keyingi tadbirlarga ham qatnashish niyatidaman. U yerda ham yangi ilm egalari bilan tanishaman deb o‘ylayman. P.S. Ismlar lavhasida o`zimni topishga Gemini 3 yordam berdi. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
+1
Event-Driven Architectures with .NET & Azure
— Erkin Mukhammedkulov
Event bus juda nozik mavzu. Uning aynan muammolarini olib chiqib berdilar.
Muammolarni turli kategoriyalarga bo‘lib, nimalarga e'tibor berish kerak ekani, qanday yechimlari bor ekanini yoritib berdilar.
Mavzu og‘ir, lekin hazil bilan to‘ldirilgan taqdimotlari ma'lumotni oson hazm qilishga yordam berdi.Savollar ham qiziq bo‘ldi. Menga bitta javoblari yoqdi, shuni aytmasam bo‘lmaydi. - 30 yoshdan kattalar bormi? qarsak chalilar 👏 👏 👏 - ana endi, Microservice bilan ishlash sizlar uchun qiyin. Buni bilib turibsiz.
Lekin sizdan keyingi yosh avlod bunga tayyor.(aytmoqchilar-ki, biz kattalar qo‘rqqan va hazm qila olmaydigan texnologiyalarga yoshlarimiz tayyor va yechimlarga oson erishishmoqda) P.S. Tadbirning bu postini yubora olmagan ekanman. Internet ishlamay qolgan ekan. Shu sababli eski sanani qoldiraman. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
+1
Azure OpenAI, GitHub on Azure, GitHub Copilot — Yerlan Shokataev
Bu bolaga qoil qoldim. Taqdimoti yarmida tugab qoldi. Bola hayajonda.
Lekin oʻzini yoʻqotmadi.Birdan savol-javobga oʻtib ketdi. Taqdimotini tahlab berishganida, davom etib ketdi. Barakalla. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
+2
Capacity & Performance Management in Tech Teams — Djahongir Makhkamov
Jamoani boshqarish murakkab jarayon. Odamlar bilan ishlashda biror jarayonni qolibga solish koʻp vaqt oladi.
Jahongir aka aynan shuni andoza qilib, tushuntirib berdilar.
* Metrika yasash * Qaysi metrika nimaga yordam beradi * Metrika kiritilgach Dasturchilar ichida challange koʻpaygan. * Oʻzini koʻrsatgichini koʻrib, harakati oshgan dasturchilar voqeasikabi juda koʻp qiziqarli maʼlumot berdilar. Loyiha boshqaruvingizga kiritsangiz, juda foydali boʻladi. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
+2
Microsoft Agent Framework — Alexander Trofimenko
Man Microsoft SI sohasida orqada qolmoqda deb yurar edim. Shu fikrni almashtirishimga sabab boʻldilar.
Aleksander Microsoft SI yordamida dasturlash jarayoni va hujjatlar bilash ishlashni optimallashtirish boʻyicha gapirib berdilar.
Endi yozilgan hujjatlarni PR/MR larga qoʻshish, xulosa yozish, hujjatlarni toʻgʻri tashkillashtirishda SIning oʻziga topshirsak boʻlar ekan.
22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
4 724
+1
Unity + AI
GaveDev'ga qiziqadiganlar uchun rosa qiziq boʻldi.
Ildar baraka topsin, Unity bilan AI ni ulashni koʻrsatib, ishlatib berdi.
Unity localda ishlaydi, shuni cloudga oʻtkazib, API orqali SIga murojaatni ulabdi.
- chiroqni yoq
- camerani almashtir
kabi buyruqlar juda oddiy. Shunday emasmi?
Hanoy minorasi oʻyinini AI bitta buyruq bilan yechib berdi. Console emas, 3D Game sifatida qilib berdi.
22.11.2025 Toshkent
@DrAlgortihm
4 724
+2
MCP nima?
Taqdimot juda yoqdi. Mavzu osob emas, lekin juda sodda qilib tushuntirib berdilar. Taqdimot yuritishni zoʻr bilar ekanlar.
Mavzu haqida:
1. Elektr toki
2. Kompyuter
3. Dastur
4. SaaS
5. AI (Sun'iy Intellect)
6. ???? 🤩⁉️
Aynan shu 6 nima haqida?Shu haqida ekan... 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm
4 724
+1
Muxtor aka Koʻchqorov - Hayot yoʻlingni tuzib ol.
Hayot yoʻllari haqida bosqichma boshqich
Hayot rejasi: 1. Orzu qil 2. Harakatni boshla 3. Oʻqi 4. Yaxshi turmush oʻrtoq top. 5. Orzuga erishib, yoʻlingni toʻxtatma.Yoʻlning davomida nima qilish kerak?
1. Mehnat - har kuni qattiq ishlash. 2. Tanish bilish - tanish orttir. Kabinet odami boʻlib qolma. 3. Be innovator - yangilik topish va kiritishga harakat qil. 4. Soʻrashdan uyalma - Nobody makes success by their own. Hech kim muvafaqqiyatga bir oʻzi erishmaydiOʻzlaridan eshitish boshqacha. Shunga videosi chiqsa albatta koʻrila. Juda zoʻr gaplar etdilar. Davom etamiz... 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm
4 724
AQShga tekinga borish
Umidjon aka Ishomuhamedov qanday qilib AQShga tekinga borish imkoniyati haqida aytib berdilar.
Sharti oddiy ekan.
Oʻqish, tayyorlanish va imtixon topshirish. Pulini toʻlab berishadi.Shunday ekan, harakat qilib qoling. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm
4 724
Tadbir boshlandi.
Juda katta tadbir tayyorlashibdi. Baraka topishsin.
Tavsiyam: Juda koʻp yoshlar kelishgan. Yosh vaqtida koʻrishib, tanishib oling.
Ertaga katta odam boʻlganida, birga ishlab qolarsiz.
* Keling
* Tanishing
* Oʻrganing
22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
