Dr. Algorithm
Открыть в Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Больше4 716
Подписчики
-524 часа
-217 дней
+36930 день
Архив постов
4 717
OpenAI da burilish.
OpenAI asoschisi OpenAI ni tark etdi.
OpenAI (ChatGPT nomi mashhurroq) blogida eʼlon qilinishicha.
CEO Sam Altman ishdan olindi. Bu qarorga direktorlar kengashi kelgan. Vaqtincha endi CEO (bosh rahbar) vazifasini Chief technology officer (CTO - bizni tilda Texnik ditektor) Mira Murati davom ettiradi.
Texnik korxonalarda shunaqasi ham boʻlib turadi. Koʻochilik bu voqeani Stiv Jobs Appleni tark etgani bilan baholamoqda.
4 717
Xavfsizlik 0-o`rinda.
Bugun yangiliklar orasida davlat saytlarini buzishayotganini va tashqaridan kirish IP larni blocklanayotganini o`qib qoldim.
Eng oson usul bu IP ni blocklash. Harajati kamroq. Bosh og`rig`i yo`q.
Ishxonaga kelib, elektron qutimni tekshirsam, qizziq har keldi.
Emishki, men my.gov.uz orqali ariza yuborgan ekanman. Muvaffaqiyatli qabul qilinibdi.
Albatta, birinchi ko`rishda havfsiradim. Man uhlab yotganda, mani ham buzib kirishibdimi deb. Keyin tekshirishni boshladim.
1. Ariza qabul qilinganlik haqida xatdan ariza raqamini oldim. Keyin bilsan, kerak bo`lmadi :)
2. Yana bitta xat kelgan ekan, parolni tiklash haqida. Osha yerda ismi ko`rsatilgan va kalit so`z (parol) ham. Ikkalasini kiritib ko`rdim. id.egov.uz qabul qildi va man rostakam kimga ekanini bildim.
3. My.gov.uz ga o`tdim va avtorizatsiya qilganim uchun avtomat kirib ketdim.
4. Afsuski endi men:
* Shaxsiy ma'lumotlar: to`liq ismi sharifi, tug`ilgan kuni, STIR (INN), JSHSHIR (INPS), telefon raqami, passport raqami, sanalari, manzili - hullas hammasini ko`ra oldim.
* Mehnat faoliyati: qayerda qaysi lavozimga ishlagan
* Ko`chmas mulk, oilasi, avto transporti va xokazo
* eng achinarlisi 2 ta kartasi tizimga ulangan ekan. Hozir uning nomidan arizalar yuborib, pulini ishlatib qo`yish mumkin. Bu miliyaviy ta'sir emasmi?
Albatta, yuqorida etilgan yomonliklarni qilib ko`rganim yo`q. :) Yoshlarimiz qiziqib ketishmasin.
Etmoqchi bo`lgan narsam. Bitta narsa qilinmagani uchun manga bu ma'lumotlar tushib qoldi. U ham bo`lsa:
Tizimga email manzil biriktirishda manzil o`ziniki ekanini tekshirish.Iltimos, bunday xatolarni qilmaylik. Tizim yasavotganda har tomonlama o`ylab, keyin PROD ga chiqaraylik. Ahir odamlarni pulini uhlatib ketilishiga sababchi bo`lib qolamiz. Nafaqat puli, shaxsiy ma'lumotlari ham. https://t.me/DrAlgorithm/367
4 717
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Assalomu alaykum
Ustozim Qudrat og'a Youtube platformasida bepul videodarslar qilayotgan ekan.
Java dasturlashga kirish. Foundation.
Java Game development
Ustozda tajriba juda katta.
Qaysi birini o'rganay deb ko'p yozishadi.
Ochiqcha aytaman, o'zimni jiyanim ham dasturlashni o'rganishni boshladi. Unga ham ikkitasidan birini tanla dedim.
PHP yoki Java
Javani tanladi.
Jiyan bu postni o'qisa tasdiqlaydi.
PS: Ushbu videoda man va do'stim haqida gapirib ketgan ekan. Mani qo'llab quvvatlagan yaqinlarimni hammasini umrbod duo qilaman.
4 717
Assalomu alaykum,
Boshlangan haftangiz barakali bo`lsin!
Yakshanba kuni berilgan savol biroz murakkab chiqib qoldi shekilli. Ko`pchilik urinib ko`rishganini ham yozishmadi. Nasib qilsa, hafta davomida yechimlarga yetib qolarmiz.
Bugun ishni maroqli davom ettirish uchun esa, soddaroq savol bermoqchiman.
Jon Londondan Mumbai ga tijorat safari bilan bordi. Har safar kelganida soatini teskari (tepadan pastga) qilib taqib oladi. Savol, nima uchun?
Yordam: Jon elektron soatlarni hush ko`rmaydi. Shunga analoq soat taqishni yoqtiradi.
Kuningiz hayirli bo`lsin!
Savol raqami: 31113
https://t.me/DrAlgorithm/365
4 717
Rasm xira ochilsa, bu file dan foydalansangiz bo`ladi.
Savol javobini bilib qolsangiz, izohlarga yozmang. @DrAlgorithmBot ga javobingizni yozsangiz, sizga tekshirib beradi.
Savol raqami: 31104
https://t.me/DrAlgorithm/364
4 717
Antiqa sudoku
Ko`pchilik uchun Sudoku o`yini tanish. Uni 3,4,5 yulduzchalik qiyin boshqotirmalarini ham ko`p yechib ko`rgansiz. Keling endi rostakam qiyin Sudoku yechimini izlab ko`ramiz.
Demak sizga 9x9 lik kvadrat berilgan. Ichida siniq chiziqlar bilan ma'lum sohalar ham ajratilgan. Har bir sonaning chap-ust tomonida son yozilgan.
Endi, har bir katakka 1 dan 9 gacha raqamlarni shunday joylashtiring-ki. Raqamlar har bir qatorda, ustunda, qalin ajratilgan 3x3 katakda va siniq chiziq sohalarida takrorlanmasin. Siniq chiziq bilan ajratilgan sohalardagi kataklar raqamlari yig`indisi shu sonaga yozilgan songa teng bo`lsin.
Qani boshladik!
Savol javobini bilib qolsangiz, izohlarga yozmang. @DrAlgorithmBot ga javobingizni yozsangiz, sizga tekshirib beradi.
Savol raqami: 31104
Javobini esa, kelasi hafta yakshanba kuni e'lon qilaman.
Kuningiz maroqli o`tsin!
https://t.me/DrAlgorithm/363
4 717
Hafta yakuni
Hafta yakunida biroz dam olib, miyyani kundalik hayotdan chalg`itib olgan ma'qul. Shunday emasmi?
Bugun sizga kundalik savollarimizdan ko`ra biroz murakkab, miyyani ko`proq ishlatadigan savol bermoqchimiz. O`ylaymanki sizga ma'qul keladi.
Savol qizziq bo`lsa, do`stlaringizga ham ulashishingiz mumkin.
https://t.me/DrAlgorithm/362
4 717
Shoshqaloq soat - javob
Bir chekkadan bizda bor maʼlumotlarni yozib chiqamiz.
* 00:00 da soat toʻgʻri ishlayotgan edi.
* Har soatda 12 daqiqa oldinga oʻtib ketadi
* Soat 22:00 ni koʻrsatmoqda
* 4 soat avval toʻxtagan
Agar har soatda 12 daqiqa oldinga oʻtib ketadigan boʻlsa, 60 daqiqada 72 daqiqani koʻrsatadi.
Agar 22 soat koʻrsatayotgan boʻlsa, 22*60=1,320 daqiqa.
Soatni aniqlaymiz, 1,320/72=18.33.
Demak 18 soat oʻtibdi, 0.33*60=20 daqiqa.
Natijada soat 18:20 ni koʻrsatauotganini chiqardik.
Endi, agar soat 4 soat avval toʻxtagan boʻlsa, hozir soat 22:20 ekan.
Topganlar koʻp boʻldi.
https://t.me/DrAlgorithm/361
4 717
Kalit - javobi
Bu yerda kiber xavfsizlik boʻyicha boshlangʻich bilimingizni sinab koʻrdik. Son, tartib va harf kabi tushunchalar moslashuvi haqida edi savol.
Sodda qilib aytganda, har bir harf ustidagi sonni tartib raqam deb olsak.
123456789 ga mos harflarni qoʻyib chiqamiz. Natija:
123456789
MUSTAHKAM
chiqadi.
Javobni topgan va bot orqali yurtdoshlarimizga rahmat deb qolaman.
https://t.me/DrAlgorithm/3604 717
Assalomu alaykum,
Bugun javoblarni berishni davom etaman. Kechroq esa murakkabroq savol qoʻyishga harakat qilaman.
Oʻzi murakkab savollarni izlasangiz, sodda yozilgan va yechimiga odamni chalgʻitadigan savollar chiqadi. Masalan:
Tennis koptogi va roketkasi £1.10 turadi. Agar roketka koptokdan £1 qimmat boʻlsa, koptok narxi qancha?
Koʻp oʻylamay bittada javob bersangiz odatda xato javob bergan boʻlasiz. Tekshirib koʻrishsa aynan shu savolda koʻpchilik adashgan.
Savolni iqtisodchi olim oʻylab topgan. Shu sababli odam psixologiyasini yaxshi ishlatgan.
Man javoblarni berguncha miyyani qizdirib turamizmi?
4 717
Javob: So`nggi manzil
Ko'pchilik so`z o`yiniga kam e'tibor beradi. Aslida bu yerda aynan tilimizning boyligidan foydalanganmiz.
Oxirgi qidirgan joyimizdan topishimiz sababi esa, aynan uni topganimizdan keyin boshqa qidirmasligimizda. 😉
Agar birinchi izlashni boshlagan joyimizdan topgan taqdirimizda ham u so`nggi manzil bo`lar edi. Shunday emasmi?
Kuningiz hayirli o`tsin!
https://t.me/DrAlgorithm/356
4 717
Qalbaki chiplar
Tizimingiz holatini yangilash uchun foydalanmoqchi bo’lgan bir nechta chip yetib keldi. Lekin siz ularni elektrostatik himoyalangan sumkasidan chiqarib olganingizdan so’ng, ko’zingiz unchalik ham to’g’ri kelmaydigan narsani ko’rdi.
Siz ish stolingiz ustiga bir nechta chiplarni sochdingiz va ko’z tashladingiz. Aha - bu yerda nimadir noto’g’ri! Ushbu chiplardan biri qolganlari bilan solishtirganda biroz o’zgartirilgan chiqdi.
Qaysi chip yoki chiplar qalbaki ekanligini aniqlay olasizmi?
O`sha gap. Javobni topgan bo`lsangiz, "Javobni topdim", - deb yozib qo`ying. Javoblar e'lon qilinganida tekshirib olasiz va "Ko`rdilami, man topgan edim", - deb xabar berib qo`yasiz.
Savol raqami: 31107
https://t.me/DrAlgorithm/357
4 717
Buzilgan uzatma
G’alati elektron xabar keldi. Bu kursimiz uchun odatiy xolat - siz uni shunchaki ochib ko`rish va yaxshilikni umid qilish xato ekanini bilasiz.
Buning o’rniga siz uni karantinga qo’yasiz va tashqi dunyoga kirish imkoni bo’lmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan sozlangan toza virtual mashinani ishga tushirasiz.
Siz elektron pochtani ochganda quyidagi qiziqarli ekranni ko`rdingiz.
Kimdir sizga xabar yuborishga urinayotganga o’xshaydi. Lekin har bir satr buzilib kelganga o`xshaydi. Uni dekodlay olasizmi?
P.S. Terminalda xabar xatolari ingliz tilida bo`lgani uchun tarjima qilinmadi. Javob inglizcha bo`lishi ham mumkin.
Savol raqami: 31106
https://t.me/DrAlgorithm/356
4 717
Javob: Oilada muammo
Bu savol ko`proq matematikaga bog`lanib qolganlar uchun berilgan edi. Javobini juda tez topilgan bo`lsa ham, hayotiy masalaga o`xshash bo`lgani uchun muhokamalar davom etib turdi.
Javobi esa rostan ham oila Monopoliya o`yini o`ynayotgan edi. U yerda burchakda qamoqxona bor. O`yin kataklarida turli bizneslar: uy, temir yo`l va mehmonxonalar bor. O`yin qoidasi bo`yicha begona odam sotib olgan katakka tushib qolgansiz, pul to`lashingiz kerak. Va agar pulingiz yetmasa, o`zingizning mulkingizni sotishingiz kerak bo`ladi.
Hullas, chegaramizdan chiqib fikrlashni ham mash qilib turaylik!
https://t.me/DrAlgorithm/354
4 717
Javob: Ikki arqon
Bu savolning javobini ko`pchilik tez topdi. Barakalla!
Ammo ba'zilar arqonni kesishni ham o`ylab ko`rishdi. Arqon bir me'yorda yonmasligini, faqat ixtiyoriz bir uchidan yoqilganida 1 soat yonishini hisobga olishmadi.
Javoni esa ko`pchilik topganidek: Birinchi arqonning ikki uchuni va ikkinchi arqonning bir uchini yoqiladi.
Birinchi arqon yonib tugaganida 30 daqiqa o`tgan bo`ladi. 2 arqonda yana 30 daqiqa qolgan bo`ladi.
Shu vaqt 2-arzonning yana bir uchu yoqiladi va yonishi kutiladi.
15 daqiqada yonib tugaydi.
Shu bilan 30 + 15 = 45 ni hosil qilsa bo`ladi.
https://t.me/DrAlgorithm/353
4 717
Javob: Ikki son
Tarihi 1906 yilga taqaladigan va Charles-Ange Laisant tomonidan 9^9 hisoblab berilgan deyiladi. Endi o`ziz o`ylab ko`ring, kompyuter va kalkulator bo`lmagan vaqtda qo`lda sihoblashni.
O`ziz qo`lda 9^9 ni necha daqiqada (kunda) hisoblab chiqa olasiz?
Aslida bu savolning men bilgan javobi ham 9 darajasi 9 edi.
Chunki 9^9 (qog`ozda ^ belgisi ishlatilmaydi) = 387,420,489
Shuning uchun ham "Shuncha puling bo`lsa, kitob olardim" desa, katta kutubxona yasasa bo`ladi.
Lekin izohlarda kelgan javob manga ko`proq yoqdi. Mirzosharif Habibovga rahmat! Sababi u atama yanada kattaroq son ekan.
1947 yilda Goodstein tomonidan kiritilgan atama (tetration) bu savol javobini o`zgartirib yuborgan. Sababi endi 9 darajasi 9 darajasi 9 darajasi 9.... darajasi 9 ni 9^^9 qilib yozish mumkin bo`lgan (Kichik 9 chap tomonda).
Rasmda qanday yozilishini berishga harakat qildim. Shunga natija: Juda katta son. 400 mln xonadan ham ko`p raqami bor. Shunga aniq yoza olmadim.
https://t.me/DrAlgorithm/353
4 717
Bugun hafta ichida berilgan savollarning javoblarini etish vaqti keldi deb o`ylayman.
Izoh yozganda javobni topib, izohga "Javob topdim" deb yozganlar uchun katta rahmat! Boshqalarda oldindan bilib qolish oldini ancha olindi deb bilaman.
Demak javoblar ->
https://t.me/DrAlgorithm/351
4 717
Javob: Ikki arqon
Bu savolning javobini ko`pchilik tez topdi. Barakalla!
Ammo ba'zilar arqonni kesishni ham o`ylab ko`rishdi. Arqon bir me
4 717
Shoshqaloq soat
Sizda buzilgan soatingiz bor. Afsuski u har soatda 12 daqiqa oldinga oʻtib ketadi.
Hozir soat 22:00 ni koʻrsatmoqda. Siz aniq bilasizki qoq tunda uni toʻgʻrilagan edingiz.
Agar soat 4 soat avval toʻxtagan boʻlsa, hozir soat nechchi?
Shoshqaloq soat degani, aslida hali 1 soat oʻtmagan boʻlsa ham 1 soat deydi.
Savol raqami: 31104
4 717
Kalit
Doʻstingiz sizga xabar yuborgan. Uni ochish uchun kalit soʻz yuborishini kutib turibsiz. Undan 2 ta SMS keldi. Shu xabarlar yordamida kalit soʻz (parol)ni aniqlay olasizmi?
4826 TAUH 95713 MAKMSBoshida qiyin koʻrinadi, topganizdan keyin adasha olmay qolasiz. Savol raqami: 31103 https://t.me/DrAlgorithm/349
