cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Psixolog Dildora Ulmasova

Instagramdagi sahifamiz https://www.instagram.com/dildorakhon_ulmasova?igsh=YzljYTk1ODg3Zg== Psixologik konsultatsiya va kurslar haqida ma'lumot uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.

Больше
Рекламные посты
1 388
Подписчики
-324 часа
+417 дней
+9830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Bishimbayev ishini men ham kuzatdim. Psixolog sifatida tahlil qildim. Kuzatish va tahlillarimni boshidan yozmoqchimasman. Faqat meni e'tiborimni ko'proq tortgan bir jihatga to'xtalmoqchiman. Bishimbayevning sobiq ayolining intervyusini ko'rdim. Uning aytishicha, Bishimbayev agressiv bo'lgan bo'lsa ham kaltaklash darajasigacha bormagan ekan. Agressiyasini narsalarni otish, yoki verbal ko'rinishda (nolish, aybdorlik his qildirish, kamsitish) namoyon qilgan ekan. Demak, abyuzerlar ham o'zini qadrini biladigan ayollar bilan munosabatda ehtiyotkorroq bo'lishar ekan. Jismoniy zo'ravonlik darajasiga borolmay, ruhiy zo'ravonlik bilan kifoyalanar ekan. Ayollarga "(opam, singlim), har doim o'zingizni qadringizni biling. Siz qandaydir maxsus qurbonliklarsiz ham sevilishga ardoqlanishga munosibsiz!", deb baralla aytishni xohladim. Agar qandaydir maxluq sizni qadringizni bilmaydigan bo'lsa, muammo sizda emas. Muammo oilasida risoladagidek mehr ololmagan, o'zida yo'q narsani berishga qodir bo'lmagan katta yoshdagi yosh bolada. Unga nimanidir isbotlashga harakat qilish siniq idishga suv to'ldirish kabi samarasiz urinish. Energiyangizni saqlang. @farzandruhiyati
Показать все...
👍 9 1💯 1
Bu rasmni men frustratsiyaga aloqasi borligi uchun ulashgandim. Rasmga qarab, postni o'qishni tavsiya qilaman. 😂
Показать все...
Psixolog Dildora Ulmasova

Frustratsiya holatiga tushmagan kim bor? - Bolaligingizda hammasi siz aytganingizdek bo'lmasa qanday holatga tushgansiz? -Xarxasha qilarmidingiz? -Arazlab olarmidingiz? -Narsalarni otib agressiv xulq-atvorni namoyon qilarmidingiz? Yoki?! (Bu yerda sizning variantingiz bo'lishi mumkin) 😄 Bolalar "Всё сразу" tamoyili bilan yashashadi. Darhol hammasi ular aytganlaridek (o'ylaganlaridek) bo'lishi kerak. Aks holda sarosimaga tushib qolishadi. Nima uchun shunday?! Bolada adaptatsiyaning qayishqoqligi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Ya'ni o'zgarishlar ularni qattiq cho'chitadi, boisi moslashuvchanlik layoqati yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham kutganlari bo'lmaganda frustratsiya holatiga (rejalari ko'ngildagidek yakunlamaganda insonlar his qiladigan hissiyot. U individ maqsadga erishishi yoʻlida uchraydigan, obyektiv ravishda yengib boʻlmaydigan yoki subyektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo boʻladi.) holatiga tushib qoladi. Bolada yoshlikdan frustratsiyaga nisbatan…

5🤣 5
Frustratsiya holatiga tushmagan kim bor? - Bolaligingizda hammasi siz aytganingizdek bo'lmasa qanday holatga tushgansiz? -Xarxasha qilarmidingiz? -Arazlab olarmidingiz? -Narsalarni otib agressiv xulq-atvorni namoyon qilarmidingiz? Yoki?! (Bu yerda sizning variantingiz bo'lishi mumkin) 😄 Bolalar "Всё сразу" tamoyili bilan yashashadi. Darhol hammasi ular aytganlaridek (o'ylaganlaridek) bo'lishi kerak. Aks holda sarosimaga tushib qolishadi. Nima uchun shunday?! Bolada adaptatsiyaning qayishqoqligi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Ya'ni o'zgarishlar ularni qattiq cho'chitadi, moslashuvchanlik layoqati yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham kutganlari bo'lmaganda frustratsiya holatiga (rejalari ko'ngildagidek yakunlamaganda insonlar his qiladigan hissiyot. U individ maqsadga erishishi yoʻlida uchraydigan, obyektiv ravishda yengib boʻlmaydigan yoki subyektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo boʻladi.) holatiga tushib qoladi. Bolada yoshlikdan frustratsiyaga nisbatan bardoshlilik ko'nikmasi shakllantirilsa, frustrativ holatlarda ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi. Imkoniyatlarini realizatsiya qilishdan cho'chimaydigan bo'ladi. Bola frustratsiya holatiga tushganda qanday reaksiyalar ko'rsatadi? 1. Agressiya (verbal/jismoniy) Bola magazinga onasi bilan kirdi va qandaydir o'yinchoqni olib berishini so'radi. Ona unga puli yetmasligini, hozir arzonrog'ini olib berishini aytadi. Shunday pallada bolaning agressiv xulq-atvorini namoyon qilishi xarxasha qilishi, baqirishi agressiv reaksiyaga misol bo'ladi. 2. Fiksatsiya Bola biror musobaqada qatnashdi. Lekin g'olib bo'lolmadi. Shunday vaziyatda uzoq vaqt mana haqiqatni tan olishga qiynalishi, nima uchun u g'olib bo'lmaganini qayta-qayta so'rashi, muhokama qilishi fiksatsiya (biror obyektni ushlab olish)ga misol bo'ladi. 3. Qochish. Bola ukalik bo'ldi. Bu esa ota-onasidan kutgan mehrini olishiga to'sqinlik qilyapti. Bola arazlab olishi, gapirmay qo'yishi qochish reaksiyasiga misol bo'ladi. 4. Regressiya. Ancha harakat qilib, o'qishga kira olmagan abiturientning "adolat yo'q ekan. O'qimayman endi", deya o'qishni tashlab qo'yishi regressiyaga misol bo'ladi. 5. Bostirish. Frustratsiya holatida bola jahl, qayg'u kabi og'ir hislar bilan yuzlashishdan qochib ularni bostirishi mumkin. Bu ham frustrativ reaksiyaning o'ziga xos ko'rinishidir. Lekin bostirilgan emotsiyalar natijasida bolada tashabbuskorlik sifatini pasayib ketishi, aksincha, xavotir hisi ortishi mumkin. Bittada bir nechta frustrativ rekasiyalarni ham namoyon qilishi mumkin. Masalan, ukalik bo'lganda agressiv bo'lib qolishi, shu bilan birga avval o'zi bajargan yumushlarni(ovqat yeyish, kiyimini kiyish) ota-onasi bajarishini so'rashi mumkin. (regressiya) Bolada frustratsiyaga nisbatan bag'rikenglik ko'nikmasini shakllantirish uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozim? 1. Bolaga xato qilish hamda ularni tuzatishga ruxsat berishi ; 2. Bolada tanlovlar qilish, qaror qabul qilish bo'yicha tajribalarini boyitish; 3. Ratsional (mantiqiy) fikrlashga o'rgatish; 4. Bola biror narsani rejalashtirayotganda A reja bilan birgalikda B rejani ham tafakkur qilishni o'rgatish. Farzandingiz tushib qolgan frustrativ holatlarni muhokama qilish, yechim topishiga, tafakkur qilishiga ko'maklashish lozim. Eng muhimi, bolangizni qo'llab-quvvatlash, unga ishonch bildirish, muammolari oldida yolg'iz emasligini his qildirish orqali frustratsiya holatida irodali bo'lishiga ko'maklashishingiz mumkin. Frustratsiyaga bardoshli bolalar psixologik sog'lomroq, stresga bardoshliroq, tashabbuskorroq, yangiliklarga ochiqroq bo'ladi. Hozirgi davrdagi eng zaruriy sifatlar ham shular emasmi?! @farzandruhiyati
Показать все...
👍 6🔥 5 2
Dilsora: "O'zi boshqalani yomon deydiganlar o'zi shunaqa bo'ladi-a? To'g'rimi? Man bilaman." (Kichik psixolog 😂) Sal avvalroq "oyi, nega bir xilla hich kimga ishonmidigan bo'p qoladi?", degan savoli bilan hayron qoldirgandi. Qizim misolida bolalarda kuzatuvchanlik, axborotlarni tahlil qilish,  noverbal signallarga sezgirlikni yaxshi rivojlangan bo'lishini kashf qildim. @farzandruhiyati
Показать все...
👏 13👍 7 7
Dilsora: "O'zi boshqalar yomon deydiganlar o'zi shunaqa bo'ladi-a? To'g'rimi? Man bilaman." Kichik psixolog. 😂 Sal avvalroq "oyi, nega bir xilla hich kimga ishonmidigan bo'p qoladi?", degan savoli bilan hayron qoldirgandi. Kuzatuvchanlik, axborotlarni tahlil qilish, noverbal signallarga sezgirlik
Показать все...
#takror Ruhiy yetuklik bu... hayoting mas'uliyatini bo'yningga ola bilishing. Qarorlaring, tanlovlaring uchun birovni aybdor qilmasliging; Hayotingni resurslaring hamda imkoniyatlaringga qarab rejalashtira olishing; kerakli paytda o'zgarishlarga ochiq bo'lishing va qachon turg'unlik ma'qulligini payqab shunga muvofiq harakat qila olishing; hislaring, ehtiyojlaringni yaxshi anglab, ularni to'g'ri yo'naltira olishing; O'zing bilan samimiy bo'la olishing. Imkoniyat hamda ojizliklaringni samimiy tan ola bilishing; o'zingni ojiz his qilayotganinda ham qo'llab quvvatlay olishing; Dam olishga, xato qilishga o'zingga ruxsat bera olishing hamda xatolardan xulosa chiqarib yo'lingda davom etishing; Jamiyatdagi streotiplarga tanqidiy ko'z bilan boqa olishing, seni qabul qilishlari, yaxshi ko'rishlari, e'tirof etishlari uchun olomon ortidan quvmasliging; Har bir ishni bajarayotganingda fokusni Alloh rizoligiga qaratishing. Ruhiy yetuklik uzun yo'l. Umr bo'yi manzil tomon oshiqamiz. Ba'zan yo'ldan adashamiz, ba'zan tajribasizligimiz bois xatolar qilamiz. Muhimi yo'limizda davom etishimiz. Jarayonda takomillashamiz, o'zimizni yaqinroqdan taniy boshlaymiz.🌸🌸🌸 @farzandruhiyati
Показать все...
👍 6🥰 3 2
00:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
farzandlarimizga o'rgtishiniz kerak! @farzandruhiyati
Показать все...
7👍 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Rasmni qanday nomlagan bo'lardingiz? @farzandruhiyati
Показать все...
7
Repost from Allaev Uz
Bitiruvchilarga bazi bir kichik maslahatlar. Erta tongdan xayolga kelganlari: 1. Aslida sening hayoting deyarli hech kimga qiziq emas. O'zing uchun o'l yetim. Qattiqroq mehnat va harakat qil. 2. Sen haqiqatdan o'zing xohlagan narsalarni qilib boshlasang ko'pchilik norozi bo'ladi, hatto jahli chiqib bosim o'tkazadi. Ko'pchilikka o'zi xohlagan hayotga intilayotgan sen emas, ular uchun qulay sen kerak. Sening baxtli bo'lishing, ruhiy sog'lomliging jamiyat to'g'ri deb biladigan hayotdan muhimroq. 3. Senga ishi tushmaguncha seni payqamaydigan insonlar bor. Senga ishi tushganda sen dunyodagi eng yaxshi insonga aylanasan. 4. Ayrim masalalarga shunchaki parvo qilishni to'xtatganingda hammasi yaxshilanadi. Vaziyatni o'zgartirish qo'lingda emasmi, shunchaki beetibor qoldir. 5. Yuragingni yaralaydigan narsalar odatda ko'zingni ochadigan narsalardir. 6. Ba'zida odamlarning faqat yaxshi tomonini ko'rishni to'xtatib, ular senga o'zini qanaqa ko'rsatayotganini anglashga majbur bo'lasan. 7. Ba'zi insonlar seni hech qachon qo'llab quvvatlamaydi, hatto to'g'ri yo'ldan seni qaytarishga harakat ham qiladi. Ko'rolmaydigan yoki hasadchi odamlar hayotning bir qismi. 8. Bu hayotda odamlar seni xafa qiladi, va'dasida turmaydi, aldaydi. Sen boshqalardan kamroq narsa kutishing va o'zingga ko'proq ishonishing kerak. 9. Yaxshi inson bo'l, ammo yaxshi inson ekanligingni isbotlashga vaqt sarflama. 10. O'zingga eslatib tur, agar bu oson bo'lganida, hamma shu yo'ldan borgan bo'lardi. Qiyin yo'l ko'pincha eng to'g'risi bo'lishi mumkin. 11. Agar biror maqsad sen uchun muhim bo'lsa, yo'lini topasan, bo'lmasa bahona topasan. 12. Kimgadir qanchalik ishonishingdan qatʼiy nazar, ba'zi sirlar butun umr o'zing bilan qolishi kerak. 13. Agar haqiqatdan buyuk ish qilmoqchi yoki yaratmoqchi bo'lsang, tanqidlarga tayyor tur. 14. Seni yoqtirmaydigan insonlar bo'lishi tabiiy. Buni boricha qabul qil. Ko'p odamlar sen u yoqda turgin, hatto o'zini ham yoqtirmaydi. 15. Hayot har doim o'ylaganingdek yoki reja qilganingdek ketmaydi. Moslashuvchanlikni o'rgan. 16. Ko'proq networking qil, yaxshi insonlar bilan tanish, ko'proq suhbatlash. Ular seni shaxs sifatida yuksaltiradi. 17. Har kuni hech bo'lmasa 10 bet kitob o'qishni odat qil. Arzimagan 20-25 daqiqa dunyoingni qanchalik o'zgartirishini faraz ham qilolmaysan. @allaevuzb
Показать все...
👍 9
#takror Bolalarning sizga aytolmaydigan ehtiyojlari Ruhiy sog'lom bola deganda xayolingizda birinchi bo'lib qanday bola keladi? Farzand ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi uchun ota-ona farzandining qanday hissiy ehtiyojlarini qondirishi kerak deb o'ylaysiz? Bolaning eng bazaviy hissiy ehtiyojlaridan bu xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojidir. Bunga bola bir narsadan cho'chiganda tinchlantira olish ko'nikmasidan tortib, oilada psixologik jihatdan osoyishta muhitni tashkil qilib bera olish layoqati kiradi. Tarbiyada qo'rqitishdan ko'p foydalanilgan oilalarda odatda farzandning xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojini qondirishida muammolar yuzaga keladi. Bu esa bolada doimiy xavotir hamda aybdorlik hislarini oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bola uchun keyingi muhim ehtiyojlar tan olinish hamda qadrlanish ehtiyojidir. Bu ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgani uchun ham ketma-ketlikda qayd etdim. Farzand ota-onasi uni qandaydir o'ziga xosliklari bilan ham qabul qilishi hamda shu sifatlari bilan ham yaxshi ko'rishini his qilishi lozim. Bolaning asab tizimi, xarakteridagi o'ziga xosliklarni hisobga olmay "Balandroq gapir, nega sekin gapirasan?, "imillama", "singlingdan o'rnak olsang-chi" kabi buyruq/dakkilar uning tan olinish hamda qadrlanish ehtiyojlarini sog'lom usulda qondirishiga to'sqinlik qiladi. Faqat yuksak natijalarga erishgandagina ota-onasidan mehr olgan, qadrlangan bolalarda narsisistik xarakter shakllanishi mumkin. Maqtov eshitish (e'tirof) ham bola uchun muhim ruhiy ehtiyojlardandir. Boisi o'zi haqida hali yetarli tasavvurga ega bo'lmagan farzandga ota-onasining u haqidagi fikrlari, e'tiroflari,sog'lom tanqidlari birlamchi manbaa bo'lib xizmat qiladi. Kuzatishlarim bo'yicha aytishim mumkinki, ko'pchilik ota-onalar maqtov o'rniga xatolariga urg'u berishga moyil bo'ladi yoki aksincha, e'tirofni haddan oshirib yuborib, bolada o'zi haqida sun'iy tasavvurlar hosil qilishiga sabab bo'lib qolishadi. Konstruktiv maqtov haqida bu yerda o'qishingiz mumkin. Keyingi muhim ehtiyoj qo'llab-quvvatlanish. Bola yosh taraqqiyoti mobaynida turli inqirozli holatlar bilan yuzlashadi. Deylik, emizishdan chiqarilayotgan farzandning buvisinikiga olib borib qo'yilishi yoki ona ko'kragiga achchiq surtib olishi bolaning xavfsizlikka hamda qo'llab-quvvatlanishga bo'lgan ehtiyojini qondirishiga shafqatsiz usulda to'sqinlik qilish sanaladi. Boisi bola psixikasi hali juda ta'sirchan bo'ladi. Qiyin vaziyatlarda qo'llab quvvatlansa, inqirozlarni yengishi oson bo'ladi. Aksi bo'lsa bola travmali holatlarda kechirgan emotsiyasi bilan yolg'iz qolib ketadi.Bu bolada surunkali ravishda shu emotsiyalarni his qilishiga olib kelishi mumkin. Bola qayg'udaligida, biror yangi narsani sinab ko'rayotgand, qandaydir vazifani yaxshi bajara olmaganda qo'llab-quvvatlanishga ko'proq ehtiyoj sezadi. Navbatdagi ehtiyoj mustaqillik ehtiyojidir. Bola mustaqillik ehtiyojini qondirishi orqali o'zini butun shaxsdek his qila boshlaydi. Bolalarning mustaqillik ehtiyoji ham hissiy infantil ota-onalar tomonidan bostirilishi mumkin. Ya'ni ota-ona bolaga biror narsada mustaqil bo'lishiga o'zida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavotirlar sabab to'sqinlik qilishi mumkin. Aslida, mustaqilikka bo'lgan ehtiyoj bolada 3yoshdan boshlanadi. U olamni mustaqil o'rganish, unda turli eksperimentlar qilib ko'rish istagi paydo bo'ladi. Shunday pallada bolaning imkoniyati doirasida bunga to'sqinlik qilinmasa, unda o'ziga bo'lgan ishonch shakllanishni boshlaydi. Kiyimlarini taxlamoqchimi, idish-tovoq yumoqchimi, mayli yuvib ko'rsin. Garchi sizning ko'nglingizdagidek qila olmasa ham😄. Mustaqillik ehtiyoji yaxshi qondirilmagan bolalar ulg'ayganda ham o'zini anglashga qiynaladilar. Nimalarda o'zlarining qobiliyatli ekanliklari, qanday yumushlarni yaxshi uddasidan chiqa olishlar borasida tasavvurlari kamroq bo'ladi. Bolaligingizda sizning shu ehtiyojlaringiz qanchalik qondirilgan? @farzandruhiyati
Показать все...
9👍 3